STERJEN moduli materiallarning hisobiy va me’yoriy
xarkteristikalari hamda beton kesimlarining geometrik xarakteristikalarini
aniqlash tadbirlarini o‘zida jamlagan me’yoriy bazaga tayanadi.
Foydalanuvchining talabiga binoan yoriq ochilishi eni hisoblaniladi.
Uzoq davom etadigan va etmaydigan yoriq ochilishining ruxsat
etiladigan eni foydalanuvchi tomonidan beriladi. Yoriq ochilishi enining
nolinchi kattaligini berish taqiqlanadi.
Sterjen ishining maxsus sharoitlari belgisi nazarda tutilgan:
126
0 – oddiy sterjen;
1 – balka;
2 – ko‘p qavatli karkasli binolarning birinchi qavatining pastki
kolonnalari;
3 – ko‘p qavatli karkasli binolarning boshqa kolonnalari.
2-chi va 3-chi maxsus sharoitlari [54] 3.56 bandi tavsiyasiga ko‘ra
kiritilgan.
Кo‘ndalang kuchlar beton va ko‘ndalang armaturalarga qabul
qilinadilar.
Modul [33,34] da keltirilgan usulardan foydalanadi.
Foydalnuvchining xohishiga binoan kesimning mahalliy Y1 yoki
Z1 o‘qlariga nisbatan simmetrik armaturalash yoki nosimmetrik
armaturalash amalga oshirilishi mumkin. Odatga ko‘ra, egilishga
ishlaydigan elementlar (balkalar) uchun nosimmetrik (odatda gorizontal
Y1 o‘qqa nisbatan) armaturalash tayinlanadi.
Кolonnalar uchun odatda, simmetrik armaturalash tayinlanadi,
chunki kolonnalarda eguvchi momentlar asosan ishorasi o‘zgaruvchan
yuklar sababli kelib chiqadi. Кolonnalarning nosimmetrik armaturalanishi
bir talay mahalliy yuklarning mavjudligi sababli izohlanishi
mumkin (masalan, gruntning bosimi). Foydalanuvchi tomonidan, o‘qqa
nisbatan simmetriya mavjud bo‘lmagan o‘qni aniqlamasdan, nosimmetrik
armaturalashni tayinlash yetarli.
Bu o‘q hisobiy zo‘riqishlar jamlamasini tahlil qilish yo‘li bilan
avtomatik ravishda aniqlanadi.
Umumiy holatada har bir kesimdagi natijalar uchta qatorda
chiqariladi:
• chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhi bo‘yicha
tanlab olingan to‘liq armatura;
• chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yicha tanlab olingan
armatura;
• armaturalarning burilib qolgan qismlari.
Zaruriy holatlarda bosmaga chiqarish xatolar haqidagi xabar yoki
ogohlantiruvchi xabarlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Xuddi
shunday natijaviy jadvallarda armaturalash foizlari, ko‘ndalang
armaturaning ikita yo‘nalishdagi kesimi va yoriq ochilish kengliklari
keltiriladi.
Tavra shakldagi kesimlarni hisoblashda, yuzalari AS1 va AS2 natijalarga kiritilmaydigan, tavra tokchasidagi konstruktiv sterjenlar
hisobga olinadi.
127