Chekli element turi Кiritiladigan bikrliklar 1 EF 2 EF, EJy 3 EJy, GJk 4 EF 5,6 EF, EJy, EJz, GJk, GFy , GFz • po‘lat profil va po‘lat prokat namuna kesimlari bazasidan
olingan, ularning kombinasiyalari xarakteristikalari;
• LIR-КS (kesimlar konstruktori) sistemasi yordamida hisoblanadigan
nostandart kesim xarakteristikalari.
Ulardan tashqari quyidagi xarakteristikalar ham kiritilishi
mumkin:
• mahalliy koordinata sistemalari bo‘yicha bikr kiritmalar;
• kesimning yadro masofalari – har bir inersiya o‘qlari uchun
ikkitadan son;
• sonli xarakteristikalarni kiritish;
• sof burilish burchagi kattaligi;
• A, S1, S2elastik zamin ko‘rsatkichlari, bu yerda A – kesim eni
yoki balandligi; S1 va S2 – Pasternak modeli bo‘yicha qayishqoqlik
koeffitsiyenti.
• bikrlik matrisalarini tuzishda siljishni hisobga oluvchi belgi.
78
Ilovadagi 1-jadvalga muvofiq po‘lat prokat kesimlar bazasi
yordamida berilgan kesim uchun bikirlik xarakteristikalari avtomatik
ravishda hisoblanadi.
Agar sterjen kesimining bikrlik xarakteristikalari sonli ravishda
berilgan va bunda hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi hisobini bajarish zarur
bo‘lsa, unda albatta yadro masofalari o‘lchamlari berilishi shart.
Yassi chekli elementlar uchun quyidagi xarakteristikalar kiritiladi:
E (elastiklik moduli, ν (Puasson koeffitsiyenti) va δ (element qalinligi).
Hajmiy chekli element uchun E va ν lar beriladi.
Жесткости элементов muloqot oynasi bikrlik xarakteristikalari bibliotekasiga kirish imkoniyatini beruvchi grafik menyuli uchta oynachaga
ega. O‘z holicha qoldirilganda Стандартные типы сечений oynasi ochiladi. Qolgan ikkita oynalar tarkibi: namunaviy kesimli
prokat po‘lat bazasidagi xarakteristikalarni berishga mo‘ljallangan
muloqot oyna; plastina va hajmiy elementlarning ko‘rsatkichlarini berish
uchun mo‘ljallangan muloqot oyna; shu bilan birga nostandart kesim turini tanlash tugmachasi kabilardan iborat.