X1, Y1, Z1 lar bilan belgilanuvchi chiziqli va ux, uy, uz



Yüklə 98,01 Kb.
səhifə4/57
tarix13.12.2023
ölçüsü98,01 Kb.
#175850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
arginal

5.6. Yuklarni qo‘yish
Tashqi statik kuchlarni qo‘yish
Programma kompleksida statik va dinamik ko‘rinishlardagi barcha
yuklarni berish imkoniyati mavjud. Programma kompleksida amalga
oshirilgan eng muhim yuk turlarini keltirib o‘tamiz:
• konstruksiyaning xususiy og‘irligidan kelib chiqadigan doimiy
yuklar;
• barcha turdagi vaqtinchalik statik kuchlar (to‘plangan, taqsimlangan,
moment va h.k);
• zarba, impuls, tebranishlar bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik kuchlar;
• darajalar farqi hisobiga paydo bo‘ladigan harorat kuchlari;
81
• akselegramma yordamida beriladigan, dinamik seysmik kuchlar;
• majburiy ko‘chishlar hisobiga paydo bo‘ladigan kuchlar.
Yuklarni qo‘yishni rama mallasidan foydalanib ko‘rib chiqamiz.
Yuklanishlarni tanlash
Lira programma kompleksida yuklanishlarni 1 dan 200 tagacha
qilib berishga ruxsat etiladi. Har bitta yuklanishga tartib raqami va
ixtiyoriy nom beriladi. Yuklanish istalgan miqdordagi yuklardan iborat
bo‘lishi mumkin.
Yuklanishning nomi va tartib raqami Нагрузки→Выбор
загружения ( ) menyusi orqali chiqariladigan Активное загруже-
ние muloqot oynasi orqali beriladi (5.13-rasm). Programma kompleksida
yuklanishlar o‘z holicha qoldirilganda Загружение 1 raqami va
nomi bilan qabul qilinadi.
5.13-rasm. Активное загружение (Faol yuklanish) muloqot oynasi.
Yuklarning qo‘yilishi
Yuklar: kuchlar, momentlar, majburiy chiziqli va burchak
ko‘chishlari tugun va elementlarga Нагрузки→Нагрузка на узлы и
элементы ( ) menyusi orqali chaqiriladigan Задание нагрузок
muloqot oynasi orqali qo‘yiladi. Muloqot oynasi tugunga, sterjenga,
plastinaga, hajmiy elementlarga, superelementlarga va muvaqqat
dinamik kuchlarni berishga mo‘ljallangan kartochkalarni o‘zi ichiga
olgan.
Undan tashqari oynada joriy yuklanishdagi yuklarni korrektirovka
qilish yoki olib tashlash imkoniyatini beruvchi kartochka ham mavjud.
Oynada global (asosiy), mahalliy (element uchun), lokal (tugun
uchun) koordinata sistemalari va ta’sir yo‘nalishlari – X, U, Z larni,

Yüklə 98,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin