X1, Y1, Z1 lar bilan belgilanuvchi chiziqli va ux, uy, uz


Epyura oynachasiga belgi o‘rnatish joriy sterjen elementidagi zo‘riqish va egilishlarning epyurasini tasvirlash imkoniyatini yaratadi. Эпюра усилий



Yüklə 98,01 Kb.
səhifə9/57
tarix13.12.2023
ölçüsü98,01 Kb.
#175850
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
arginal

Epyura oynachasiga belgi o‘rnatish joriy sterjen elementidagi
zo‘riqish va egilishlarning epyurasini tasvirlash imkoniyatini yaratadi.
Эпюра усилий (zo‘riqishlar epyurasi) tugmasi sterjen kesimidagi
zo‘riqishlarni Lir-КS sistemasiga eksport qilish uchun mo‘ljallangan.
5.17-rasm. Model elementlari haqidagi ma’lumotlar oynasi.
Hisob sxemasini yaratish rejimida tugun ma’lumotlari muloqot
oynasi tugun raqami, blok raqami va tugunni o‘zi ichiga olgan absolyut
bikr jism raqami, qo‘shishi va o‘chirish tugmalari, sxemada tugunni
belgilash asbobi, koordinatalari, bog‘lanishlar, yuklanishlar raqamini
varaqlash asbobi, Новая (yangi) va Удалить (o‘chirish) tugmalariga
ega bo‘lgan o‘yilgan yuklar ro‘yxati maydoni, tugunning lokal
koordinata sistemasi ko‘rsatkichlarini kiritish maydoni, joriy tugunning
qaysi birlashtirilgan ko‘chishlar guruhiga kirishini kiritish maydonlariga
88
ega. Ulardan tashqari muloqot oyna yuqorida keltirilgan funksiyalarning
barchasiga taalluqli bo‘lgan Применить (qo‘llash), Закрыть (yopish)
va Справка (ma’lumotlar olish) tugmalarini ham o‘zida jamlagan.
Hisob sxemasi natijalari rejimida esa tugun ma’lumotlari muloqot
oynasi keltirib o‘tilganlardan tashqari quyidagi qo‘shimcha kartochkalarga
ega:
- ustuvorlikni yo‘qotish shakli ordinatalari;
- dinamik inersiya kuchlari;
- fragmentdan tugunga tushadigan yuklar yoki poydevorga bo‘lgan
yuk;
- xususiy tebranishlar shakli ordinatalari.
Ma’lumotlar oynasining eng diqqatga sazovorligi shundagi,
muloqot oynasi ma’lumotlarni aks ettirish bilan bir qatorda sxemaga
o‘zgartirishlar kiritish uchun ham xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash joizki,
o‘chirishga mo‘ljallangan tugma element va tugunni (shu bilan birga
elementga ulanganlarni ham) o‘chirishga xizmat qiladi. Ushbu tugma
bosilgan onda element (yoki elementga tegishli bo‘lgan tugun)
yo‘qotiladi.
Кeltirilgan ma’lumotlarning ulkan vositasi asosida qaralayotgan
rama hisob sxemasining to‘g‘riligini tekshirib chiqing.

Yüklə 98,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin