HZJ ni tanlash masalasi asosiy yuza qiyalik burchagiga qarab eguvchi
kuchlanishlarni o‘rganishga keltiriladi.
HZJ jadvallarini shakllantirishning umumiy qoidalari quyidagicha:
• zo‘riqishlar jamlamasi ko‘rsatkichlari masaladagi har bitta
yuklanish uchun kiritiladi;
90
• har bir HZJ me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan jamlamalar
turlaridan biriga tegishli bo‘lishi kerak;
• PКda yuklanishlarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishini programma
darajasida ta’minlab bera oladigan 8 ta turi joriy qilingan. Bunda
yuklanishlarning ishorasi o‘zgaruvchanligi, bir-birini inkor etishi va
yo‘ldosh bo‘la olishlarini hisobga olish imkoniyatlari yaratilgan.
Yuklanishlarning har bir turi quyidagicha raqamlangan:
• doimiy;
• uzoq muddatli muvaqqat;
• qisqa muddatli;
• kransimon;
• tormozlovchi;
• seysmik (zilzila);
• maxsus (seysmiklardan tashqari);
• bir lahzali (bir onli);
• pulsatsiyasi hisobga olingan statik shamol.
Bu klassifikasiyalash me’yordan bir muncha farq qiladi. Masalan,
qor yoki muzlash yuklanishi alohida guruhlarga ajratilmagan. Lekin
ularga yoki uzoq muddatli, yoki qisqa muddatli deb me’yoriy hujjatlarda
ko‘rsatilgandek yuklanish turiga ajratish mumkin.
Programma kompleksi yordamida joriy yuklanish turiga mos
keluvchi ko‘rsatkichlar avtomatik ravishda (o‘z holicha qoldirilganda)
kengaytlanadi. Lekin foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra istalgan
ko‘rsatkichlarni o‘zgartirishi mumkin.
HZJ ni shakallantirishning barcha jarayonlari Расчетные сочетания усилий muloqot oynasi orqali amalga oshiriladi (5.18-
rasm);
HZJ ni shakllantirishdagi ma’lumotlar hisoblashdan oldin hisob
sxemasini shakllantirish rejimida yoki keyin hisob natijalarini vizuallashtirish
rejimida kiritilishi ham mumkin.
Eslatma. Yuklanish atamasi quyidagi hollarda ishlatiladi: