5.6. Yuklarni qo‘yish Tashqi statik kuchlarni qo‘yish Programma kompleksida statik va dinamik ko‘rinishlardagi barcha
yuklarni berish imkoniyati mavjud. Programma kompleksida amalga
oshirilgan eng muhim yuk turlarini keltirib o‘tamiz:
• konstruksiyaning xususiy og‘irligidan kelib chiqadigan doimiy
yuklar;
• barcha turdagi vaqtinchalik statik kuchlar (to‘plangan, taqsimlangan,
moment va h.k);
• zarba, impuls, tebranishlar bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik kuchlar;
• darajalar farqi hisobiga paydo bo‘ladigan harorat kuchlari;
81
• akselegramma yordamida beriladigan, dinamik seysmik kuchlar;
• majburiy ko‘chishlar hisobiga paydo bo‘ladigan kuchlar.
Yuklarni qo‘yishni rama mallasidan foydalanib ko‘rib chiqamiz.
Yuklanishlarni tanlash Lira programma kompleksida yuklanishlarni 1 dan 200 tagacha
qilib berishga ruxsat etiladi. Har bitta yuklanishga tartib raqami va
ixtiyoriy nom beriladi. Yuklanish istalgan miqdordagi yuklardan iborat
bo‘lishi mumkin.
Yuklanishning nomi va tartib raqami Нагрузки→Выбор загружения ( ) menyusi orqali chiqariladigan Активное загруже- ние muloqot oynasi orqali beriladi (5.13-rasm). Programma kompleksida
yuklanishlar o‘z holicha qoldirilganda Загружение 1 raqami va
nomi bilan qabul qilinadi.
5.13-rasm. Активное загружение (Faol yuklanish) muloqot oynasi.
Yuklarning qo‘yilishi Yuklar: kuchlar, momentlar, majburiy chiziqli va burchak
ko‘chishlari tugun va elementlarga Нагрузки→Нагрузка на узлы и элементы ( ) menyusi orqali chaqiriladigan Задание нагрузок muloqot oynasi orqali qo‘yiladi. Muloqot oynasi tugunga, sterjenga, plastinaga, hajmiy elementlarga, superelementlarga va muvaqqat dinamik kuchlarni berishga mo‘ljallangan kartochkalarni o‘zi ichiga
olgan.
Undan tashqari oynada joriy yuklanishdagi yuklarni korrektirovka
qilish yoki olib tashlash imkoniyatini beruvchi kartochka ham mavjud.
Oynada global (asosiy), mahalliy (element uchun), lokal (tugun
uchun) koordinata sistemalari va ta’sir yo‘nalishlari – X, U, Z larni,