Xabibullayeva Matlubaning



Yüklə 13,9 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü13,9 Kb.
#130292
Xulosa


A. Qodiriy nomli Jizzax DPU kunduzgi bo`lim bitiruvchisi Xabibullayeva Matlubaning 5111700-Boshlang’ich ta’lim va STI mutaxassisiligi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun matеmatika o`qitish mеtodikasi fanidan « Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakillantirish metodikasi» mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishiga
RAHBAR XULOSASI
Shuni ta`kidlash lozimki, jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ishlab chiqarish kuchiga aylangan bugungi kunda ta`lim –tarbiya ishida pedogogik texnologiya davri boshlandi. O`lmon olim G`. Xovfman pedogogika fani taraqqiyotida uch davrni: tarbiya haqida donolik, pedogogika ( pedogogik g`oyalar) va pedogogika ilmi rivojlanish bosqichlarini ko`rsatadi. Shundan kelib chiqib pedogogik tkxnologiya davrini to`rtinchi bosqich desa bo`ladi.
Zamonaviy o`qitish texnologiyalari majmuaviy integral (butun uzviy bog`liq) tizim bo`lib, unda ta`lim maqsadlari asosida belgilangan kasbiy ko`nikma va malakalar o`rganuvchilar tomonidan shaxsiy xislatlarni egallash hamda bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan harakatlarning tartiblashtirilgan to`plami aks etadi.
Magistrant Habibullayeva Matluba tomonidan bajarilgan ushbu magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida, o’quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalar berishning o`ziga xos xususiyatlarini, tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qo`llashning ahamiyati, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi fan sifatida nazariy tahlillarni o’rinli yoritgan bo’lib, ikkinchi bobida boshlang`ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarini shakllantirishning metodik asoslari yuzasidan tavsiyalarni taqdim etgan. Magistrlik ishining uchinchi bobi boshlang`ich sinf o`quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish deb nomlangan bo’lib, ushbu bobda o’quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalar qo`llashning samaradorligini aniqlagan hamda pedagogik texnologiyadan foydalangan holda o`quvchilarga tabiatga doir dars ishlanmalarini ishlab chiqilgan.
Habibullayeva Matlubaning Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakillantirish metodikasi mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida - o’quvchilarga jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o`z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakillantirish va rivojlantirish; tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o`zgarishlarni kuzatish; oddiy ilmiy dunyoqarashni shakillantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatdagi voqelikni o`quvchilar bilan doimiy kuzatib borish; aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta`sirini ko`rsatish; tabiatni asrash amaliyoti hg`aqida bilimini rivojlantirish yuzasidan o`tkazilayotgan tarbirlar bilan tanishtirish; kabi vazifalarni bajarish va o`quvchilar bilan suhbat, kuzatish, tabiiy va tasviriy ko`rgazmalardan foydalanish, o`yin va sayohatlari htkazish metodlaridan foydalanish orqali ko’zlangan maqsadga erisha olgan.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasida bazi imloviy hatolar va kamchiliklar ham mavjud ammo bu ishning mazmuni va saviyasiga o’zining ta’sirini ko’rsatmagan. Shuni inobatga olib Habibullayeva Matlubaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakillantirish metodikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini nizom talablari asosida mustaqil bajarilgan ish sifatida, himoyaga tavsiya qilish mumkin deb hisoblayman.
Yüklə 13,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin