Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

ko‘radi

25

”  deyiladi.  Mana  shu  hadisni  ham  tahlil  qilib  ko‘raylik.  Go‘zalllik  — 

qarasang, ko‘zni yayratuvchi, tinglasang, dilni yayratuvchi, vujudingga va aqlingga 

orom  berguvchi  mo‘‘jiza.  Go‘zallikka  ehtiyojmandlik  ilohiy  tuyg‘udir.  U  inson 

                                                 

25

  Abu  Abdulloh  Muhammad  Ibn  Ismoil  al-Buxoriy  Al-Jomi'  as-sahih  (Ishonarli  to‘plam).  4  jildli.  –T.:  Qomuslar 



bosh tahririyati, 1995-1999. –B.129. 


 

50 


bilan  dunyoga  birga  keladigan  tug‘ma  ishtiyoq.  Yo‘qsa,  chaqaloq  hali  chillasi 

chiqmay  turib,  hatto  onasini  tanimay  turib,  tutmagan  bo‘ynini  qaltiratib, 

qiyshaytirib,  gullarga  yoki  gulning  rangin  suratlariga  tikila  boshlarmidi?  Bir 

eslang-a,  qizaloq  yangi  qo‘g‘irchog‘i,  yangi  ko‘ylagini  «chiroyli»  deb  maqtanadi. 

U shugina yoshida go‘zallik bilan yayramokda! Bolaning ko‘zi eng toza ranglarni 

tiniq ajratadi. CHunki uning fikratlariga hali mikrob tushmagan, «men-men»lovchi 

nafsi  hali  paydo  bo‘lmagan,  moddiyunning  olovli  tillari  hali  uni  o‘z  domiga 

tortmagan. 

Odam  bolasi  ulg‘ayar  ekan,  go‘zallik  tushunchasini  ham  o‘zining  xohish-

istaklari qolipiga solishga urinadi. Vaholanki, sen go‘zallik deb bilgan narsangdan 

avvalo  Alloh  rozi  bo‘lsin.  Uning  roziligi  esa  bandalarining  roziligidir.  Sening 

ishlaringga qarab kishilarning chehrasi ochilsa, go‘zalliging shu! E’tibor bersangiz, 

hadis borki, hammasining zamirida «barcha harakatingda insonlar uchun yaxshilik, 

qulaylik  yaratishga,  unga  tirgak  va  dalda  bo‘lishga  intil»  degan  da’vat  yotadi. 

«Go‘zallik» tushunchasiga shu nuqtai nazardan yondashmoq kerak. 

Haqiqiy go‘zallik kishining qalbida bo‘ladi. U — nur, egasini o‘stiradi, go‘zal 

insonlardan  hayotbaxshlik ufurib turadi.  Bunday  odam  kir  joyda  o‘tirolmaydi,  kir 

ko‘ylakda  yurolmaydi,  qozon-tovog‘i  yuvilmay  qolsa,  uxlolmaydi.  Chunki  «nur» 

atalmish  go‘zallik  unga  yaqinlashgan  g‘aflat  va  xunuklikni  kuydirib  turadi. 

Moskvaning  mashhur  bir  jurnalisti  chiroyli  gap  aytgandi:  «Men  bayroqni  yig‘lab 

ko‘ziga  surtgan  odamni  fidoyi  hisoblamayman,  yo‘lda  tushib  yotgan  qog‘ozni 

chiqindixonaga  tashlab  o‘tgan  kishi  undan  go‘zalroq  va  vatanparvarroqdir». 

Kishining amali chiroyli bo‘lsin. 

Hadislar  insonlarni  bir-birlari  bilan  ahl  bo‘lishga  undaydi.  Quyidagi 

Jamoatdan  ajralmanglar,  chunki  shayton  yolg‘iz  kishi  bilan  birgadir  va  ikki 

kishidan  uzoqroqdir.  Kimki  jannat  ne’matlarini  xohlasa,  jamoat  bilan  birga 

bo‘lsin”  deyilgan  hadicda  ham  muminlarni  bir  birlari  bilan  ahllikda  hayot 

kechirishliklariga  alohida  e’tibor  qaratiladi.  Yaxshilikni  siz  odamlarga  talpingan, 

odamlarsiz  turolmaydigan  kishidan  kutavering.  Alloh  suygan  bandasini 

odamparast qilib qo‘yadi...  




 

51 


Nima  uchun  to‘y  ko‘pchilik  bilan  o‘tkaziladi?  Jamoatning  duosini  olish, 

dasturxon  solib,  senga  duogo‘y  va  tarbiyachi  bo‘lganlarning  ko‘nglini  olish 

uchundir!  Sezyapsizmi,  g‘oyat  xursand  paytida  ham  kishi  odamlar  orasida 

bo‘lishni  xoxlaydi.  CHunki  bu  ilohiy  istakdir,  «Birga  bo‘lingiz!»  degan  hukm 

Allohdandir! 

Yorug‘  dunyoni  tark  etar  payting  ham  jamoat  qurshovida  bo‘lasan.  Bu 

gavjumlikning  qator  hikmatlari  bordir.  Birinchidan,  janoza  payti  marhumning 

yaxshi  fazilatlariga  qancha  ko‘p  odam  guvoxdik  bersa,  uning  uchun  shuncha 

sharofatli  bo‘lur,  inshoolloh!  Ikkinchidan,  yaqin  kishisidan  ayrilib,  ustuni  qulab 

turgan odamga g‘amguzor bo‘lish, o‘ziga kelib olguncha suyanch bo‘lib turish ham 

musulmonchilikdandir. Qolaversa, har bora o‘lim marosimiga borganda intihoning 

borligi,  bu  dunyoda  hamma  mehmon  ekanligi,  to  tirik  ekansan,  har  bir  daqiqang 

g‘animatligiga ishonch hosil qilib, tavbaga kelib qaytasan. Bu ham ilm! Unga ega 

bo‘lishda esa jamoatga qo‘shilishing sabab bo‘lmoqda. 

Goho  ertalab  juda  lanj  turasan,  hatto  o‘zingni  bemor  sezasan.  Ishga  borgach 

esa,  bir  soat  o‘tar-o‘tmas  tirilib  ketasan,  binoyiday  ishlab,  tetiklashib  qaytasan. 

Bilginki,  atrofingdagi  kulib  yurgan  odamlar,  ularning  salomat  va  xayrixoh 

turishlari,  sendan  samimiy  ahvol  so‘rashlari  vujudingga  quvvat  uzatdi,  sen 

nurlanding  va  dadillashding.  Jamoat  tinmay  turli  toklar  tarqatuvchi  va  jismingda 

hisobsiz  uyg‘onishlar  hosil  qiluvchi  jonli  laboratoriyadir.  Shuning  uchun  ham 

yaxshilarga  yondashmoq,  ularning  sharofatli  nurlaridan  bahramand  bo‘lmoq, 

xalqona  aytganda,  yomonlarning  kattasi  bo‘lgandan  ko‘ra,  yaxshilarning  kichigi 

bo‘lib yurish chandon yaxshidir! 

Shayton yolg‘izni engadi. Gunohlar yolg‘izlikda sodir etiladi, tushkunlikka va 

sarosimaga yolg‘iz qolganda tushiladi, bemor yolg‘iz qolsa, dardi og‘irlashadi. 

Insondan uzoqlashganning holi shu!  

Biz  birovni  sog‘inganda  uning  qoshu  ko‘zi  va  yo  kiyimlarini  emas,  balki 

ovozini  hamda  shu  ovoz  bilan  quloqlarga,  yuraklarga  yoqadigan  qilib  aytgan 

so‘zlarini  sog‘inamiz.  Payg‘ambarimizning  “Yaxshi  suhbatdosh  atirfurushga 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin