Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

qachon bemor birodarining ziyoratiga borsa, mo u erdan qaytib kelgunicha jannat 

bog‘larida  sayr  silib  yurgan  bo‘ladi"  (Imom  Muslim  rivoyati).  Bemorning 

ziyoratiga  borishning  ham  o‘ziga  xos  odoblari  bor.  Masalan,  bemor  ko‘rgani 

borgan  odam  uning  haqqiga  shifo  so‘rab  duo  qiladi,  sog‘ayib  qolganini  aytib 

ko‘nglini ko‘taradi, yonida ko‘p o‘tirmaydi, oldida taom emaydi. 

3. Musulmonning  ikkinchi  birodari  zimmasidagi  haqlaridan  yana  biri  — 

yaqini  yoki  tanishlaridan  birining  vafot  etganini  eshitganda,  uning  janozasida 

qatnashishdir.  Albatta,  janoza  namozida  mayyitning  haqqiga  Allohdan  mag‘firat 

so‘rab  duo  qilinadi.  Alloh  taolo  ko‘pchilikning  duosini  ijobat  qilib,  mayyitning 

gunohlarini  mag‘firat  aylash  haqida  Payg‘ambarimizdan  quyidagi  hadis  vorid 

bo‘lgan: "Biror musulmon vafot etib, uning janozasida Allohga biron-bir narsani 



sherik  qilmagan  qirq  nafar  kishi  qatnashsa,  Alloh  taolo  ularning  mayyit  haqqiga 


 

41 


qilgan  duolarini  ijobat  aylaydi  (Imom  Muslim  rivoyati).  Bundan  tashqari, 

janozada  qatnashishning  savobi  haqida  ham  hadis  rivoyat  qilingan  bo‘lib,  unda: 

Janoza namoziga qatnashgan kishiga bir qiyrot savob, dafnda ham qatnashganga 

ikki qiyrot savob bo‘ladi. Bir qiyrotning mixdori Uxud tog‘iga tengdir"

20

, deyilgan 

(Imom Buxoriy rivoyati) 

4. Musulmon kishi bir birodari tomonidan biron-bir xayrli ziyofatga, xususan, 

nikoh  to‘yiga  chaqirilsa  borishi  shartdir.  Darhaqiqat,  nikoh  to‘yi  ko‘pchilik  bilan 

o‘tadigan ziyofat bo‘lib, tuy egasi uni o‘z xursandchiligini yaqinlari bilan baham 

ko‘rish  maqsadida  tashkil  qiladi.  Taklifiga  javoban  to‘yga  tashrif  buyurish  bilan 

uning  xursandchiligiga  xursandchilik  qo‘shgan  bo‘ladi.  Qolaversa,  yoshlarning 

haqqiga  Allohdan  baxt-saodat  va  baraka  tilab  duo  qiladi.  Shuning  uchun  ham 

ziyofatga chaqirilgan kishi hatto o‘sha kuni nafl ro‘za tutgan bo‘lsa-da, lekin unga 

borishi,  taom  emagan  taqdirda  ham  birodarining  haqqiga  duo  qilib  o‘tirishi 

quyidagi  hadisi  sharifda  alohida  ta’kidlangan:  “Qay  biringiz  ziyofatga 

chaqirilsangiz, albatta, unga boringiz. Agar ro‘zador bo‘lsangiz, duo o‘qib turing 

va  agar  ro‘za  tutmagan  bo‘lsangiz  taomdan  tanovul  qiling"  (Imom  Muslim 

rivoyati). 

5. Islomda mumin-musulmonlarning bir-birlariga nisbatan hurmat va burchlari 

shu darajada yuqori qo‘yilganki, hatto aksa urganda ham uning haqqiga Allohdan 

rahmat  tilab  duo  qilish  birodarlik  burchi  hisoblanadi.  Bu  xususda  "Esnash  — 

shaytondan,  aksa  urish  —  Rahmondan"  mazmunidagi  hadis  mavjud  bo‘lib,  aksa 

urgan kishi "alhamdu lilloh", ya’ni Allohga hamd bo‘lsin desa, uni eshitgan kishi 

"yarhamukalloh",  ya’ni  senga  Allohning  rahmati  bo‘lsin  deb  javob  qaytarishi 

vojib.  Agar  ko‘pchilik  odamlardan  iborat  jamoa  turgan  bo‘lsa,  ulardan  bir  nafari 

mazkur iborani aytsa ham etarli bo‘ladi. 

Mazkur  haq-huquqlarga  rioya  qilish  bilan  mo‘min-musulmonlar  o‘rtasida 

mehr-oqibat,  o‘zaro  hurmat  va  samimiylik  hislari  yanada  ziyoda  bo‘ladi,  ulkan 

savoblarga erishiladi. 

                                                 

20

  Abu  Abdulloh  Muhammad  Ibn  Ismoil  al-Buxoriy  Al-Jomi'  as-sahih  (Ishonarli  to‘plam).  4  jildli.  –T.:  Qomuslar 



bosh tahririyati, 1995-1999. –B.39. 


 

42 


Har  bir  banda  musulmonchilik  haqqini  bajarish  bilan  birga,  Parvardigor 

oldidagi  bandalik  burchini  ham  ado  etmog‘i  lozim.  Ya’ni  Alloh  taolo  bizni  bu 

dunyoda  behisob  ne’matlar  bilan  siylagan  ekan,  buning  shukrini  bajo 

keltirmog‘imiz,  bu  ne’matlarni  bizga  in’om  etilgan  omonat  deb  bilmog‘imiz 

darkor. 

Ne’matlarning  shukri  ikki  yo‘l  bilan  ado  etiladi:  biri  —  shu  ne’matga 

etkazgan  Haq  subhonahu  va  taologa  hamdu  sano  aytish,  ikkinchisi  —  berilgan 

ne’matlarni  isrof  qilmay,  ulardan  ehtiyoj  darajasida  foydalanish.  Alloh  taolo 

Qur’oni  karimda  bu  haqda:  "...Qasamki  agar  (bergan  ne’matlarimga)  shukur 

qilsangiz,  albatta,  (ularni  yanada)  ziyoda  qilurman.  Bordi-yu,  noshukurchilik 

qilsangiz, albatta azobim (ham) juda qattiqdir", deya ogohlantiradi ("Ibrohim", 7). 

Ma’lumki, bugun kundalik hayotimizni xonadonlarimizdagi bebaho gaz, suv 

va  elektr  kommunal  xizmati  kabi  ne’matlarsiz  tasavvur  eta  olmaymiz.  Bularning 

naqadar  qadrli  va  beminnat  ne’mat  ekanligini,  uyimizda  bir  kun  chiroq  yoki  gaz 

bo‘lmai  qolganida  yanada  teranroq  anglab  etamiz.  Taassufki,  ba’zi  fuqarolarimiz 

mazkur  ne’matlarning  qadriga  etmay,  go‘yo  bular  tuganmas  boylik,  cheksiz 

xazinadek  keragidan  ortiqcha  sarflab,  isrof  qiladilar.  Isrof  qilish  bilan  birga, 

foydalanilgan  bunday  xizmatlar  uchun  o‘z  vaqtida  haqqini  ham  to‘lamaydilar. 

Albatta, bunday ishlar musulmonchilikka ham, insoniylikka ham to‘g‘ri kelmaydi. 

Zotan, Payg‘ambarimiz alayhissalom: "Bizlarni aldagan, omonatga xiyonat qilgan 

bizlardan emas"deb marhamat qilganlar. 

Payg‘ambarimiz  hadislarida  qo‘shlar  bilan  totuv  yashamoqlik  haqida  bong 

uriladi.  Mana  bir  hadisda  «Qo‘shnilaringizga  muruvvat  qilingiz»,  -  dedilar 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin