Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni


Imom Ismoil al-Buxoriyning hadisshunoslik ilmidagi o’rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

1.2. Imom Ismoil al-Buxoriyning hadisshunoslik ilmidagi o’rni. 

Payg‘ambarimiz  Muhammad  alayhissalomning  hadislarish  to‘plash,  ularning 

sahihlarini  (to‘g‘rilarini,  ishonchlilarini)  ajratib,  Qur’oni  Karim  oyatlari  bilam 

isbotlash  borasida  Movarounnahr  va  Xuroson  olimlarining  hissalari  benihoyat 

katta  bo‘lgan.  Chunonchi,  Movarounnahr  farzandlari  —  oltita  mashhur  muhaddis 

yaratgan asarlar shular jumlasidandir.  

                                                 

9

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.62 




 

22 


Diyorimizdan  chiqqan  buyuk  alloma  Imom  al-Buxoriyning  hadislarga 

bag‘ishlangan  to‘rt  jilddan  iborat  «Sahiyh  al-Buxoriy»  asari  (u  «Al-Jomi’  as-

sahiyh» deb ham yuritiladi) butun Islom olamida haqli ravishda Qur’oni Karimdan 

keyingi muqaddas manba’ hisoblanadi

10

.  


Imom al-Buxoriyning ismlari Muhammad, kunyalari Abu Abdulloh, laqablari-

«Imom  al-muhaddisiyn»  («Muhaddislar  imomi,  peshvosi»)  yoki  «Amir  ul-

mu’miniyn  fil-hadiys»  («Hadis  ilmi  bo‘yicha  mo‘minlar  amiri»)  va  nasablari 

Muhammad  ibn  Ismoil  ibn  Ibrohiym  ibn  al-Mug‘iyra  ibn  Bardazbeh  ibn 

Bazazbehdir. 

Imom 


al-Buxoriyning 

otalari 


Ismoil

 

o‘sha  davr  etuk 



muhaddislaridan,  Imom  Molikning  shogirdi  va  ashoblaridan  biri  edilar.  Ul  kishi 

tijorat  ishlari  bilan  ham  shug‘ullanganlar.  Manba’larda  zikr  qilinishicha,  Ismoil 

o‘ta taqvodor, xudojo‘y, halol inson bo‘lganlar. Imom al-Buxoriyning onalari ham 

otalari kabi taqvodor, diyonatli hamda karomat sohibasi bo‘lganlar. Ul muhtarama 

Olloh taologa qilgan betinim iltijo-yu duolari tufayli ulkan baxtga sazovor bo‘lgan 

edilar. CHunki, Imom al-Buxoriy go‘dakliklarida ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan bo‘lib, 

tabiblar  harchand  urinmasin,  davolay  olmagandi.  Kunlardan  bir  kuni  Imom  al-

Buxoriyning onalari tushlarida  Ibrohim  alayhissalomni  ko‘radilar.  SHunda ul  zoti 

sharif  mushfiqa  onaga  qarab:  «Ey  volida!  Sening  ko‘pdan-ko‘p  duolaring  tufayli 

Olloh taolo o‘g‘lingning ko‘zlariga qayta nur ato etdi»—deb xitob qiladilar. Imom 

al-Buxoriyning  onalari  shu  haqda  o‘zlari  bunday  degan  ekanlar:  «O‘sha  tush 

ko‘rgan tunda  uyg‘onib qarasam,  darhaqiqat  o‘g‘ilcham  Muhammadning ko‘zlari 

tuzalib,  qayta  nur  kasb  etibdi».  Afsuski,  biz  Imom  al-Buxoriyning  yoshlikda 

ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgani va buning sabablari xususida batafsil ma’lumotga ega 

emasmiz.  Bizga  ma’lum  bo‘lgani  shuki,  Imom  al-Buxoriy  butunlay  shifo  topib, 

ko‘zlari  asl  holiga  keladi  va  «At-Ta’rix  al-kabiyr»  nomli  asarlarini  oydin 

kechalarda yozadilar.  

Imom  al-Buxoriy  qadimdan  ilm-fan  va  madaniyat  ravnaq  topgan  Buxoro 

shahrida 194 hijriy sana, shavvol (Iyd ul-fitr) oyining 13 kunida, salotul-jum’adan 

keyin,  ya’ni  810  melodiy  sana,  21  iyulda  dunyoga  kelganlar.  Buyuk  shoir  va 

                                                 

10

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.62. 




 

23 


mutafakkir  Abdurahmon  Jomiy  shu  xususda:  «Batho  va  Yasrib  (Madina)da  zarb 

qilingan tanganing sayqali Buxoroda kamoliga etdi»—deb yozgan edi.  

Imom al-Buxoriy yoshlikdayoq otadan etim qolib, onalari qo‘lida tarbiyalana 

boshlaydilar.  Birmuncha  ulg‘ayib,  xat-savodlari  chiqqach,  qalblarida  islomiy 

ilmlarga,  ayniqsa,  Payg‘ambar  alayhissalomning  muborak  hadislarini  yod  olib, 

ularni  o‘rganishga  ishtiyoq  kuchaya  boradi  va  dastavval  Ibn  al-Muborak  hamda 

Vakiy’ning hadis asarlarini yod oladilar. 

Imom  al-Buxoriyning  kotiblari  va  asosiy  tasniflari  —  «Al-Jomi’  as-

sahih»ning  roviylaridan  biri  Abu  Ja’far  Muhammad  ibn  Abu  Hotam  al-Varroq 

bunday  deb  yozadilar:  «Men  Imom  al-Buxoriyning  «Hadislarni  yod  olish  ilhomi 

menga  boshlang‘ich  maktab  (kuttob)da  o‘qiyotganimda  kelgan  edi»  deb 

aytganlarini eshitib: «O‘shanda necha yoshda edingiz?»—dedim. SHunda ul kishi: 

«O‘n yoshda, balkim undan ham kichik edim»—deb javob qildilar»

11



Imom  al-Buxoriyning  ustozlari  xususiga  kelsak,  dastlabkisi  otalari  Ismoil, 

so‘ng  o‘sha  paytda  Buxoroning  taniqli  muhaddislaridan  biri  hisoblangan  alloma 

Ad-Doxiliy bo‘lganlar. Ad-Doxiliy hadis ilmini o‘rgatish bo‘yicha to‘garak (halqa) 

tashkil  qilgan  bo‘lib,  uning  shuhrati  keng  tarqalgan  edi.  Kunlardan  bir  kuni  Ad-

Doxiliy odatdagicha talabalarga hadis ilmidan dars berib turgan bo‘lib, Al-Buxoriy 

ham boshqalar qatori tinglab o‘ltirgan edilar. SHunda Ad-Doxiliy bir hadis isnodi 

haqida  gapirayotib:  «Sufyon  Abu  Zubayrdan,  u  esa  Ibrohimdan  (olgan, 

eshitgan)»—deb  zikr  qildilar.  Shunda  Al-Buxoriy:  «Abu  Zubayr  hech  vaqt 

Ibrohimdan rivoyat qilmaganlar»,—dedilar va bu bilan Ad-Doxiliyni mazkur hadis 

isnodi  xususidagi  xatodan  ogoh  qilmoqchi  bo‘ldilar.  Bu  ovozni  eshitgan  Ad-

Doxiliy  hayratlanib  dag‘allik  bilan  ul  kishining  so‘zlarini  bo‘ldilar.  Ammo  Al-

Buxoriy  o‘ta  muloyimlik  bilan:  «Ustoz,  agar  ishonmasangiz,  asl  manba’ga  bir 

qarang!»—dedilar.  Ad-Doxiliy  ichkariga  kirib  manba’ga  qaragach,  Al-

Buxoriyning  gaplari  to‘g‘riligini  e’tirof  qilsalarda,  o‘sha  hadis  sanadini  o‘zlari 

tuzatmay,  bu  gomushni,  insof  yuzasidanmi  yoki  «Shogirdim  o‘zi  topgan  xatoni 

o‘zi  tuzatsin»  degan  ixtiyor  bilanmi,  Al-Buxoriyga  qoldirdilar.  Ichkaridan 

                                                 

11

 Imom Buxoriy ta'rifi. –T.: Cho‘lpon, 1996. –B.22. 




 

24 


chiqqach esa: «E bola, buni ne deb tuzatish lozim?» — dedilar. Al-Buxoriy darhol: 

«Az-Zubayr va Ibn Adiy bir shaxs bo‘lib, ul kishi Ibrohimdan rivoyat qilganlar»,—

dedilar.  Shundan  keyingina  Ad-Doxiliy  qo‘llariga  qalam  olib, avval xato  yozuvni 

tuzatdilarda, so‘ng: «Sen haqsan»,—dedilar. Al-Buxoriy, o‘zlarining aytishlaricha, 

bu vaqtda atigi o‘n bir yoshda bo‘lganlar. Manba’larda keltirilishicha, Al-Buxoriy 

qalblarida hadis yod olish ishtiyoqi o‘n yoshdan boshlanib, vaqt o‘tgan sari tobora 

kuchayib,  ziyoda bo‘lib  borgan.  Imom  al-Buxoriy  yoshlik  chog‘laridan  hadislarni 

yod  olish  bilan  birga,  ularning  sahih  (to‘g‘ri)  va  g‘ayri  sahih  (noto‘g‘ri)larini 

ajratish,  ulardagi  xatolarni  aniqlab  to‘g‘rilash,  hadis  roviylari  ahvolini,  ya’ni 

ularning adolatli yo adolatsiz, halol yoki egriligini, ishonchli yoki ishonchsizligini, 

turish-turmushlarini,  uy-joylarini,  tug‘ilgan  va  vafot  etgan  sanalari  va  aloqalarini 

o‘rganish  hamda  turli  hadislar  isnodini  solishtirib  ko‘rish,  ularning  bir-biriga 

bog‘liq yoki bog‘liq emasligini aniqlash, hadis ilmi borasida eng yuqori darajaga 

etishish,  uning  turli  masalalarini  jamlab  va  chuqur  tahqiq  etib,  Qur’oni  Karim 

oyatlari  yordamida  to‘g‘ri  yo  noto‘g‘ri  ekanligini  isbotlash  bilan  mashg‘ul 

bo‘ldilar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Imom al-Buxoriy bu masala bilan yoshlik 

chog‘laridan  alohida  ishtiyoq  va  mehr  bilan  shug‘ullanganlar.  Bu  olijanob  solih 

amalni  ruyobga  chiqarmoq  qasdi  ul  kishining  fikru  zikrini  tobora  qattiqroq 

chulg‘ab, dillaridan tobora mustahkam o‘rin ola borgan. Imom al-Buxoriyning o‘z 

vatanlarida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq ustoz (shayx, mashoyix)lardan hadis 

rivoyat qilganlari haqida manba’larda aniq ko‘rsatilgan. Imom al-Buxoriyga hadis 

ilmidan  ta’lim  bergan  dastlabki  ustozlardan  yana  Muhammad  ibn  Salom  al-

Poykandiy,  Muhammad  ibn  Yusuf  al-Poykandiy,  Abdulloh  ibn  Muhammad  al-

Masnadiy, Ibrohim ibn al-Ash’as va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 

Imom  al-Buxoriy  o‘n  olti  yoshga  etar-etmas  ko‘pdan-ko‘p  hadislarni 

o‘zlashtirib,  Abdulloh  ibn  al-Muborakning  hadis  kitoblarini  yod  oldilar.  Ul 

kishining  bu  noyob  qobiliyatlari  ko‘pchilik  ulamolar  tomonidan,  shuningdek  ul 

kishiga ustozlik qilgan etuk muhaddislar tomonidan ham yuksak baholandi. Bu hol 

shu darajaga etdiki, hatto taniqli olimlar ham o‘z darslarida Imom al-Buxoriyning 

hozir bo‘lishlaridan hamda ul kishining huzurida hadis va hadis ilmi borasida biror 




 

25 


xato  yoki  kamchilikka  yo‘l  qo‘yishlaridan  xavotirlanadigan  bo‘lib  qoldilar.  Ular 

hatto o‘z kitoblaridagi xatolarni tuzatish uchun Al-Buxoriyga murojaat qilardilar.  

Muhaddislar  orasida  arabcha  «rihlat»  istilohi  biror  kishining  hadis  talabida 

yoki  uning  roviylari  silsilasini  nihoyasiga  etkazish  maqsadida  safar  qilishini 

anglatadi.  Rihlatga  niyat  qilgan  hadis  tolibining  o‘z  yurtidagi  barcha  roviylardan 

ular bilgan hadislarni birorta ham qoldirmay yozib olishi shart bo‘lgan. U ana shu 

shartlarni bajargandagina o‘zga yurtlarga rihlat qilgan. 

Imom al-Buxoriy hadis talabida rihlatga niyat qilgan davrga nazar solsak, bu 

paytda  Islom  olami  benihoyat  kengaygan  bo‘lib,  Islom  bayrog‘i  ostiga  o‘tgan  elu 

yurtlarning  adadi  juda  ko‘paygan  edi

12

.  Bunga  qadar  Janob  Rasulullohning 



sahobalari,  ulardan  so‘ng  tobe’inlar  va  atbo’  ut-tobe’inlar  uzoq-uzoqlardagi  turli 

mamlakatlarga  tarqab  ketgandilar.  Ular  Payg‘ambar  alayhissalomning  muborak 

hadislarini  o‘zlari  borgan  turli  mamlakat  va  shaharlarda  ommaga  yoyar  erdilar. 

Shubhasiz,  ikki  Haram  (Makkai  Mukarrama  va  Madinai  Munavvara)  mamlakati 

ilmi  Islom,  jumladan  hadis  ilmi  borasida  alohida  mavqega  ega.  Chunki  bu 

mamlakat  Islom  dinining  asl  markazi  va  vahiy  nozil  bo‘lgan  tabarruk  zamindur. 

Shunday  bo‘lsada,  ko‘p  sahoba  va  tobe’inlar  o‘zga  yurtlarga  borib,  ul  erlarda 

yashab  qolgan  edilar.  Suyagi  qotmagan  davridan  Islom  ilmiga  muhabbat  qo‘yib, 

uning visoli orzusida ulg‘aygan kishi maqsadiga etmog‘i uchun o‘zini behad uzoq 

muddatli rihlatga (safarga) hozirlamog‘i lozim bo‘lgan. SHubhasizki, bunday ezgu 

amalni ado etmoq uchun iroda, baland himmat va sabr-toqat darkordur. Olloh taolo 

Imom  al-Buxoryyga  mazkur  barcha  xislatu  fazilatlarni  to‘la-to‘kis  ato  qilgan  edi. 

Mana shunday xislatu fazilatlarga ega bo‘lgan inson Islom ilmiga etishmoq yo‘lida 

ochligu  tashnalikdan  qiynalsa  ham,  ot-ulovidan  ajrab  cho‘lu  sahrolarda  piyoda 

yuraverganidan  tovonlari  yorilib-yorilib  ketsa  ham,  begona  yurtlarda  turli 

mashaqqatlardan nochor ahvolga, kelib qolsa ham, emishi faqat sabzavot, meva va 

daraxt  barglaridan  iborat  bo‘lsa  ham,  qalb  aro  ilmga  bo‘lgan  muhabbati  hech 

qachon  so‘nmaydi.  Aksincha,  u  ilm  yo‘lida  boshiga  tushgan  har  qanday 

mashaqqatlardan  rohatlanadi,  zavqlanadi,  bor  mol-dunyosini  shu  yo‘lda 

                                                 

12

 Imom Buxoriy ta'rifi. –T.: Cho‘lpon, 1996. –B.22. 




 

26 


sarflashdan,  hatto  jonini  ham  fido  qilishdan  qaytmaydi.  Aynan  ana  shu  xislatu 

fazilatlar tufayli Imom al-Buxoriy o‘zlaridan oldin o‘tgan buyuk imomu allomalar 

darajasiga  ko‘tarildilar.  Rasululloh  sallallohu  alayhi  va  sallamning:  «Biz 

(musulmonlar  bu  dunyoga  kelib-ketish  jihatidan)  oxirgilarmiz.  (Ammo)  barcha 

ummatlarga  bizdan  avval  va  bizga  ulardan  keyin  Kitob  berilganiga  qaramay, 

Qiyomat  kuni  (hisob-kitob  va  jannatga  kirish  borasida  biz  hammadan) 

oldindamiz...» — degan hadisi shariflari bu fikrimizni tasdiqlaydi. Alloma Qutayba 

ibn  Sa’id  as-Saqafiy:  «Imom  al-Buxoriy  sahobalardan  bo‘lganlarida,  Olloh 

taoloning  bir  mo‘‘jizasi  bo‘lgan  bo‘lur  edi»,—deydilar.  Lekin,  umuman  olganda, 

Imom  al-Buxoriy,  hatto  tobe’inlardan  bo‘lganlarida  ham,  Olloh  taoloning  bir 

mo‘‘jizasi  bo‘lgan  bo‘laverardi.  Ilm-fan  yo‘lida  o‘ta  fidoiy  ekanliklari  hamda 

g‘oyat o‘tkir aql-zakovat, baland himmat va ahl bovar qilmaydigan darajada kuchli 

quvvai  hofiza  sohibi  ekanliklari  Imom  al-Buxoriyga  misli  ko‘rilmagan  shonu 

sharaf keltirib, ul kishini buyuk allomalar safiga kiritdi. Shu boisdan ham Imom al-

Buxoriyning Imom Molik va Imom Abu Hanifaning ustozlaridan bo‘lmish ko‘plab 

allomalardan  hadislar  rivoyat  qilganlarini  ko‘ramiz.  Imom  al-Buxoriy  o‘n  olti 

yoshga  etguncha  o‘z  yurtlaridagi  mashoyixlardan  hadis  eshitib,  ulardan  saboq 

oladilar.  Mana  shundan  keyingina  islomiy  ilmlar  manbai,  Payg‘ambar 

alayhissalomning vatanlari, Qur’oni Karim nozil bo‘lgan va Hazrat Jabroil tushgan 

muqaddas diyor, Janob Rasulullohning sahobalari maskani, Islom dinining markazi 

Hijozi  sharif  tomon  ravona  bo‘ladilar.  Imom  al-Buxoriyning  kotiblari  Ibn  Abu 

Hotam al-Varroq zikr qilishlaricha, Imom al-Buxoriy: «O‘n olti yoshga etganimda 

Ibn  al-Muborak  va  Vakiy’ning  kitoblarini  yod  olib,  anavilarning  gaplarini  bilib 

oldim.  So‘ng  volidam  va  akam  bilan  hajga  jo‘nadim»—deganlar.  Ul  kishi 

«anavilar» deb Xuroson va Isfahonning ba’zi hadisshunoslarini nazarda tutganlar. 

Ularning  nomlarini  tilga  olgilari  kelmaganining  boisi  shuki,  ular  hadis.  ilmi 

borasida  o‘zbilarmonlik  qilganlaridan  ilmiy  xadisshunoslikka  zarar  etkazganlar, 

g‘ayri  sahih  hadislarning  tarqalishiga  sababchi  bo‘lganlar).  Al-Varroqning  bu 

rivoyatlaridan ma’lum bo‘ladiki, Imom al-Buxoriy birinchi marta 825 (hijriy 210) 

yilda  safarga  chiqqanlar,  hadis  bo‘yicha  saboqlarini  esa  bundan  besh-olti  yil 




 

27 


muqaddam  ola  boshlaganlar.  Mana  shu  qisqa  muddat  ichida  ul  kishi  hadis  ilmi 

borasida  erishgan  yutuqlari,  qobiliyatu  iqtidorlari,  quvvai  hofizalari,  bilimga 

chanqoqliklari  bilan  yurtdoshlarini  hayratga  soldilar,  hatto  kamolot  ahli  nazdida 

ishonch  va  tayanch  timsoliga  aylandilarkim,  bu  martabaga  buyuk  allomalar  ham 

butun umri davomida erisha olmagan. 

Shunday  qilib,  Imom  al-Buxoriy  825  yili  onalari  va  birodarlari  bilan 

birgalikda  Makkai  Mukarramaga  etib  kelib,  haj  ibodatini  ado  etgach,  onalari  va 

birodarlarini  ona  yurtlariga  qaytarib  yubordilar.  So‘ng,  o‘zlari  Makkada  qolib, 

shahar  mashoyixlarining  ilmiy  yng‘inlarida  qatnasha  boshladilar.  O‘sha  paytda 

Makkada  bir  qancha  ko‘zga  ko‘ringan  ulamolar  bo‘lib,  hadis  ilmi  sohasida  katta 

obro‘-e’tibor  qozonganlaridan  Imom  Abul-Valiyd  Ahmad  ibn  al-Arzaqiy,  Ab-

dulloh ibn YAzid, Ismoil ibn Solim as-Soig‘, Abu Bakr Abdulloh ibn az-Zubayr va 

alloma  al-Hamidiylarni  ko‘rsatish  mumkin.  Makkai  Mukarramada  boshqa  bir 

necha  olimlar  xam  bor  ediki,  Imom  al-Buxoriy  ulardan  ham  hadis  ilmi  bo‘yicha 

saboq oldilar. Imom al-Buxoriy ul erda bir qancha muddat yashaganlaridan keyin 

Madinai  Munavvaraga  yo‘l  oldilar

13

.  Bu  erga  jahonning  har  tarafidan  ilmi 



nabaviyni  o‘rganmoq  uchun  ilm  toliblari  oqib  kelardilar.  Imom  al-Buxoriy  827 

yilda,  ya’ni  o‘n  sakkiz  yoshlarida  Payg‘ambar  alayhissalomning  ravzai 

muboraklari  qo‘yilgan  muqaddas  shahar  —  Madinai  Munavvaraga  kirib  keldilar. 

SHu  paytda  Madinai  Munavvarada  Ibrohim  ibn  al-Munzir,  Mutrif  ibn  Abdulloh, 

Ibrohim  ibn  Hamza,  Abu  Sobit.  Muhammad  ibn  Ubaydulloh,  Abdulaziz  ibn 

Abdulloh  al-Uvaysiy  kabi  ko‘plab  mashhur  ulamolar  mavjud  edilar.  Imom  al-

Buxoriy  ushbu  ulamolar  bilan  muloqotda  bo‘lib,  ulardan  ham  hadislar  bo‘yicha 

foydali  saboqlar  oldilar,  Imom  al-Buxoriy  Hijozi  sharifga  qilgan  bu  rihlatlari 

davomida  kechalari  oy  yorug‘ida  o‘ltirib  «At-Ta’rix  al-kabiyr»  («Katta  tarix») 

nomli  kitoblarining  qoralama  nusxasini  yozib  tugatdilar.  Qator  tarixchilarning 

ta’kidlashicha,  Imom  al-Buxoriyning  Hijozga  (Makka,  Madina,  Toif,  Jiddaga) 

qilgan  bu  rihlatlari  olti  yil  davom  etgan,  Ammo,  shu  muddat  davomida  ul  kishi 

bo‘lak erlarga ham borib kelib turganlar. 

                                                 

13

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. –T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. –B. 300. 




 

28 


Keyin,  Imom  al-Buxoriy  Basra  (Iroqda)  shahriga  yo‘l  oladilar.  Shu  paytda 

Basra  ham  Sharqning  e’tiborli  ilmiy  markazlaridan  biri  bo‘lib,  unda  ilm-ma’rifat, 

ayniqsa ilmi hadis taraqqiy etgan edi. Basrada ul kishi Imom Abu Osim an-Nabiyl, 

Safvon ibn Iso, Badal ibn al-Muhbir, Hurmiy ibn al-Ammora, Affon ibn Muslim, 

Muhammad  ibn  Ar’ara,  Sulaymon  ibn  Harb,  Abul-Valiyd  at-Tayolisiy,  Orim  va 

Muhammad ibn Sinon kabi ulamolardan hadis o‘rganadilar. SHu asnoda Imom al-

Buxoriy  Basraga  hammasi  bo‘lib  to‘rt  marta  borib  keldilar.  Bul  haqda  o‘zlari: 

«Basraga  to‘rt  marta  rihlat  qilganman»—der  edilar.  SHundan  so‘ng,  ul  kishi 

Kufaga  safar  qildilar.  Bu  erga  ham  ul  kishi  bir  necha  bor  kelib  ketdilar. 

Shuningdek, Bag‘dodga ham rixlat qildilar. Kotiblari Al-Varroq ul kishining Kufa 

va  Bag‘dodga  qilgan  safarlari  xususida  so‘zlab:  «Imom  al-Buxoriy:  «Kufa  va 

Bag‘dodga  necha  marta  borganimning  hisobiga  etolmayman»—der  edilar»,—

deydilar.  Tarixchi  olim  An-Navaviy  «Tah-ziyb  ul-asmo’  vallug‘ot»  nomli 

kitoblarida  Imom  al-Buxoriyning  Kufadagi  ustoz  (shuyux)laridan  quyidagilarni 

zikr  qilganlar:  Abdulloh  ibn  Muso,  Abu  Na’iym  Axmad  ibn  YA’qub,  Ismoil  ibn 

Abon,  Al-Hasan  ibn  Rabiy’,  Xolid  ibn  Muxallad,  Sa’iyd  ibn  Hafs,  Talq  ibn 

G‘unom,  Umar  ibn  Hafs,  Urva,  Qabiysa  ibn  Uqba  va  Abu  G‘asson.  Bular 

Kufaning  taniqli  olimlari  bo‘lib,  Imom  al-Buxoriy  ishonch  hosil  qilgach,  ulardan 

hadislar  yozib  olib  rivoyat  qilganlar.  O‘sha  paytda  Bag‘dod  Abbosiylar 

xalifaligining  poytaxti  bo‘lib,  unda  Islom  olamining  turli  tomonlarida  ko‘plab 

fozilu  olimlar  to‘plangan,  edi.  SHu  boisdan  bo‘lsa  kerak,  Imom  al-Buxoriy 

yuqorida aytib o‘tganimizdek,  Bag‘dodda  bir  necha  marta  bo‘lganlar.  Ul  kishi bu 

erda  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal,  Muhammad  ibn  Iso  as-Sabbog‘,  Muhammad  ibn 

Soiq, SHurayh ibn an-Nu’mon va boshqalardan hadislar yozib olganlar. Imom Abu 

Ali al-G‘assoniy «Taqyiyd al-muhmal» nomli asarlarida bunday deganlar: «Imom 

al-Buxoriy so‘nggi marta Bag‘dodga kelib qaytayotganlarida (bu sakkizinchi kelib 

ketishlari  edi)  Imom  Axmad  ibn  Hanbal  bilan  xayrlashgani  huzurlariga  bordilar. 

SHunda Imom Ahmad ibn Hanbal Imom al-Buxoriyga hasratu alam bilan: «Ilm va 

muxlislarni tashlab Xurosonga ketasizmi?»— deb zorlangan edilar. Buxoro hokimi 

Abu  Tohir  Imom  al-Buxoriyni  ona  yurtlari  Buxorodan  badarg‘a  qilish  maqsadida 




 

29 


ul kishiga nisbatan turli-tuman bo‘htonu tuhmatlar yog‘dirganda. Imom al-Buxoriy 

Ahmad  ibn  Hanbalning  o‘sha  so‘zlarini  eslab:  «Ahmad  ibn  Hanbalning 

so‘zlarining ma’nosiga endi tushundim»—deb ko‘p afsuslangandilar». 

Imom  al-Buxoriy  Shomda  ham  bo‘lib,  unda  Yusuf  al-Faryobiy,  Abu  Nasr 

Ishoq  ibn  Ibrohim,  Odam  ibn  Abu  Iyos,  Abul-Yamon  al-Hakam  ibn  Nofi’  va 

Hayva  ibn  Shurayh  kabi  o‘sha  davrning  bir  qancha  mashhur  olimlaridan  saboq 

oldilar. Shundan so‘ng, ul kishi Misrga o‘tib, Usmon ibn as-Soig‘, Sa’iyd ibn Abu 

Maryam, Abdulloh ibn Solih, Ahmad ibn Solih, Ahmad ibn Shubayb, Asbag‘ ibn 

al-Faraj, Sa’iyd ibn Abu Iso, Sa’iyd ibn Qasiyr ibn Afiyr, Yahyo ibn Abdulloh ibn 

Bakir  kabi  olimlardan  ilmi  hadis  bo‘yicha  dars  oldilar.  Ba’zi  manba’larda 

ko‘rsatilishicha,  Imom  al-Buxoriy  Al-Jazira  (Mesopotamiya)ning  Bag‘doddan 

bo‘lak erlariga ham  borib, Ahmad ibn Abul-Malik ar-Harroniy, Ahmad ibn YAzid 

al-Harroniy,  Amr  ibn  al-Xalaf,  Ismoil  ibn  Abdulloh  ar-Riqqiy  kabi  olimlar  bilan 

muloqotda  bo‘ladilar  va  ulardan  ham  ilmi  hadis  bo‘yicha  saboq  oladilar.  Bundan 

tashqari,  Imom  al-Buxoriy  Xuroson  va  uning  Marv,  Balx,  Hirot,  Nishopur,  Ray, 

Jibolu  Xuroson  kabi erlarida  ham  necha martalab  bo‘lib,  u erlik olimlardan  hadis 

yozib  oladilar.  Chunonchi,  Marvda  Ali  ibn  Hasan  ibn  Shaqiyq,  Abdon, 

Muhammad ibn Muqotil va boshqalardan, Balxda Makkiy ibn Ibrohim, Yahyo ibn 

Bushr,  Muhammad  ibn  Abon,  Hasan  ibn  Shujo’,  Yahyo  ibn  Muso,  Qutaybadai, 

Hirotda  Ahmad  ibn  Abul-Valiyd  al-Hanafiydan,  Nishopurda  YAhyo  ibn  YAhyo, 

Bushr  ibn  al-Hakam,  Ishoq  ibn  Rohvayx,  Muhammad  ibn  Rofi’dan,  Rayda 

Ibrohim  ibn  Musodan,  Vositda  Hasson  ibn  Hasson,  Hasson  ibn  Abdulloh,  Sa’iyd 

ibn  Abdulloh  kabi  olimlardan  hadis  yozib  oladilar.  Tarixchi  Sharafuddin  Ali 

Yazdiy  o‘zining  «Zafarnoma»  nomli    mashhur  asarida  Muhammad  ibn  Ismoil  al-

Buxoriyning  Keshda  ham  ancha  muddat  istiqomat  qilganlari  haqida  yozadi. 

Yuqorida  zikr  qilingan  shahar  va  mamlakatlarga  Imom  al-Buxoriy  yakkayu-

yagona  maqsad  —  hadis  ilmidan  saboq  olish  niyatida  borib,  ulardagi  taniqli 

olimlar bilan muloqotda bo‘ldilar, o‘z bilimlarini betinim boyitishga intildilar. Ad-

Xatiyb  al-Bag‘dodiy  «Bag‘dod  tarixi»  nomli  kitobida  bunday  deb  yozadi: 

«Muhaddis  Ja’far  ibn  Muhammad  al-Qattonning  aytishicha,  Imom  al-Buxoriy: 




 

30 


«Men hadislarni ming, ehtimol undan ham ortiq ulamo shayxlarga tayanib ezdim, 

mening  kitobimda  isnodi  ko‘rsatilmagan  birorta  ham  hadis  yo‘q»—deb  aytgan 

ekanlar»

14



Tarixchilar  Imom  al-Buxoriy  ustozlarining  soni,  haqida  ham  ma’lumotlar 

keltirganlar. CHunonchi, olim Muhammad ibn Abu Hotamning yozishicha, Imom 

al-Buxoriy  o‘zaro  suhbatlardan  birida  unga:  «Bir  ming  saksonta  ulamo  shayxdan 

olib  yozganman»—deb  aygtan  ekanlar.  X  asrda  yashagan  isfahonlik  olim 

Muhammad  ibn  Ishoq  ibn  Manda  al-Isfahoniy  Imom  al-Buxoriyning  ustozlari 

haqida maxsus asar («Asomiyi mashoyix») yaratib, ularni alifbo tartibida nomma-

nom  keltiradi.  Hozirgi  vaqtda  Saudiya  Arabistonida  istiqomat  qiluvchi 

vatandoshimiz,  iqtidorli  olim  Nazar  Muhammad  al-Faryobiy  tahqiq  qilib,  keng 

ko‘lamda  ilmiy  muomalaga  kiritgan  ushbu  mo‘‘jazgina  risola  1991  yili  Saudiya 

Arabistonidagi «Maktabat al-Kavsar» nomli matbaada chop etilgan. Ushbu kitobda 

«Sahiyh  al-Buxoriy»da  keltirilgan  mingdan  ortiq  hadis  roviylaridan  306  tasining 

ismi sharifi, ularning asli qaysi shahardan kelib chiqqanligi, laqabi yoki kunyasi va 

aksariyatining  qaysi  shaharda  va  qachon  vafot  etganligi  haqida  aniq  ma’lumotlar 

keltirilgan. 

Har bir fan sohasining o‘ziga xos istilohlari bo‘lgani kabi hadis ilmining ham 

o‘z  istilohlari  mavjuddir.  Ulardan  biri  «illat»  istilohi  bo‘lib,  muhaddislar  uning 

mazmunini quyidagicha tushuntiradilar: Illat—biror hadis isnodi yoxud matnidagi 

darhol fahmlab bo‘lmaydigan noaniqlik va mavhumliklar bo‘lib, ular hadis qadriga 

putur etkazadi, uning haq-qoniyligiga, to‘g‘ri deb qabul qilinishiga mone’lik qiladi. 

Hadislardagi illatlarni topib, ularni isbotlash va to‘g‘rilash hadis ilmida o‘ta nozik, 

o‘ta mas’uliyatli va eng mushkil izlanishdardan sanalib, muhaddisning bu boradagi 

jamiki uslubu yo‘l-yo‘riqlarni mukammal bilmog‘ini, bundan tashqari roviylarning 

tug‘ilgan,  vafot  qilgan  vaqt  va  joylarini  hamda  ularning  aslida  hadisni  kimdan 

eshitib,  qanday  so‘z  va  iboralar  bilan  rivoyat  qilganlarini  aniqlamoq  mahoratiga 

ega bo‘lmog‘ini taqozo qiladi. Shu boisdan ham muhaddislar: «Bu shartlarni to‘la-

to‘kis  ado  etmoqlik  hadis  ilmida  eng  muammoli,  ayni  vaqtda  o‘ta  sharafli  va 

                                                 

14

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.17. 




 

31 


mas’uliyatli  yumushdir.  Imom  al-Buxoriy  hadis  ilmi  sohasida  mukammal 

egallagan san’atlardan biri esa aynan ana shu illatli hadislarni aniqlash san’ati edi. 

Bu  haqda  muhaddis  Al-Hofiz  Ahmad  ibn  Hamdun:  «Men  Imom  al-Buxoriyni 

Usmon  ibn  Abu  Sa’iyd  ibn  Marvonning  janozasida  uchratdim.  SHunda 

Muhammad  ibn  YAhyo  az-Zuhliy  Imom  al-Buxoriydan  roviylar  ismlari  va  illatli 

hadislar  xususida  so‘rab  edilar,  ul  kishi  kamon  o‘qidek  tez,  «Qul  huvallohu 

ahad»ni  yoddan  sharillatib  tilovat  qilgandek  ravon  javob  qildilar»—deydilar

15



Mana shu davrda, ya’ni IX asrda Nishopurda ilm-fan, ayniqsa hadis ilmi nihoyatda 

taraqqiy  qilgan  edi.  Buyuk  muhaddislar  Imom  al-Buxoriy,  Imom  Muslim  ibn  al-

Hajjoj,  Imom  at-Termiziy  va  boshqa  bir  qancha  allomalar  u  erdagi  madrasalarda 

hadis  ilmidan  dars  berardilar.  Muhaddislar  orasida  ilmiy  munozara  va  bahslar 

bo‘lib  turar  edi.  Imom  al-Buxoriy  hadis  ilmi  bo‘yicha  o‘z  bilim  va  salohiyatlari, 

xususan illatli hadislarni aniqlash mahoratlari bilan barchani qoyil qoldirgan edilar. 

O‘z  davrining  mashhur  muhaddislaridan  biri,  Imom  al-Buxoriyning  shogirdlari 

Muslim  ibn  al-Hajjoj  Imom  al-Buxoriyga  o‘z  samimiy  munosabatlarini  bildirib, 

«Sizni  faqat  hasadgo‘ylargina  ko‘ra  olmaydi.  Mening  iymonim  komilki,  sizdek 

buyuk  olim    butun  olamda  yo‘q»—deb  aytganlar.  Imom  al-Buxoriyning  illatli 

hadislarni aniqlashdagi mahoratlari haqida ul kishiga zamondosh ko‘pgina olimlar 

o‘z fikrlarini bildirganlar. Imom at-Termiziy illatli hadislar xususidagi «Kitob al-

ilal»  nomli  asarlarida:  «Hadislar,  roviylar,  va  ularning  tarixlaridagi  illatlar 

xususidagi  fikrlarimni  Imom  al-Buxoriyning  «Kitob  at-Ta’rix»  nomli  asarlaridan 

olganman.  Shuningdek,  Abdulloh  ibn  Abdurrahmon  va  Abu  Zur’adan  ham 

foydalandim,  lekin  Muhammad  al-Buxoriydan  foydalanganimchalik  ko‘p 

emas»,—deydilar.  Imom  at-Termiziy  bul  haqda  yana:  «Illatli  hadis  va  isnodlarni 

aniqlash  borasida  Muhammad  ibn  Ismoil  al-Buxoriydan  ko‘ra  ustun  birorta  ham 

olimni ko‘rmadim»— deb ta’kidlaydilar. 

Imom  al-Buxoriy  ishtirok  etgan  ilmiy  majlislarning  birida  o‘z  zamonasining 

etuk olimlaridan sanalgan Al-Faryobiy sanadi quyidagicha bo‘lgan bir hadis haqida 

gapirib:  «Sufyon  Abu  Urvadan,  u  Abul-Xattobdan,  u  Abu  Hamzadan  rivoyat 

                                                 

15

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.19. 




 

32 


qilgan»,—dedilar.  Majlisda  hozir  bo‘lganlarning  birortasi  ham  Sufyondam 

boshqalarning  kim  ekanligini  aniq  bilmasdi,  chunki  mazkur  hadis  sanadida 

ularning  ismlari  o‘rniga  faqat  kunyalari  keltirilgan  edi.  Shunda  Muhammad  al-

Buxoriy, vazminlik bilan: «Abu Urva — bu Muammar ibn Roshid, Abul-Xattob — 

Qatoda  ibn  Daoma,  Abu  Hamza  bo‘lsa,  Anas  ibn  Molikdir.  Ular  faoliyatlari 

inqilobiy  bo‘lgani  uchun  ham,  faqat  kunyalari  bilan  atalganlar»

16

—dedilar. 



Roviylarni  xato  qilganlikda  ayblash  yoki  ular  aytgan  hadislarning  to‘g‘riligiga 

ishonch  hosil  qilish  masalalari  sahobalar  davridayoq  yuzaga  kelgan  bo‘lib,  o‘sha 

paytda  hadislarni  yozib  olishda  bunga  e’tibor  berila  boshlagan  edi.  CHunki  hatto 

ba’zi sahobalar rivoyat qilgan hadislar orasida ham illatli hadislar uchragan hollar 

aniqlangan  edi.  Shunday  bo‘lsada,  Payg‘ambar  alayhissalomning  vafotlariga  hali 

ko‘p vaqt bo‘lmaganligi  hamda hadislarni ommaga yoyish vositalarining kamligi 

boisidan  dastlab  bunga  unchalik  qattiq  kirishilmadi.  Lekin  hadislarni  ommaga 

tarqatish  vositalari  ko‘payib,  hadis  aytishga  havasmandlar  paydo  bo‘lgach,  yirik 

muhaddislar  bu  masalaga  jiddiy  kirishdilar.  Nihoyat,  qaysi  hollarda  Janob 

Rasulullohning  zamondoshlarini  hadis  rivoyatida  xato  qilganlikda    ayblamoq 

mumkin-u,  qaysi  hollarda  mumkin  emasligi  haqida  qonun-qoidalar  joriy  etildi. 

Roviylarni  faqat  o‘ta  zarur  hollardagina,  shunda  ham  odob-axloq  doirasidan 

zarracha  chiqmay,  xato  qilganlikda  ayblamoq    joiz,  deb  topildi.  Xullas,  roviylar 

xatosini  aniqlovchi  muhaddis  o‘z  ishiga  yuksak  diyonat  va  ehtiyotkorlik  bilan 

yondoshmog‘i  zarur  edi.  Imom  al-Buxoriy  ham  bu  borada  o‘zlariga  yuksak 

diyonat,  taqvo  va  o‘ta  ehtiyotkorlikni  dasturulamal  qilib  olgan  edilar.  Ul  kishi 

hadisda  xatoga  yo‘l  qo‘ygan  roviy  haqida  «Uni  tark  etishgan»,  «O‘ni  odamlar 

inkor  etishgan».  «Tark  etilgan»,  «Tushirib  qoldirilgan»,  «Uning  xususida  bo‘lak 

fikr  bor»,  «Uning    xususida  indashmagan»  kabi  beozor  so‘zlarni  ishlatar  edilar. 

Imom  al-Buxoriy  kamdan-kam  hollarda  biror  raviyga  nisbatan  «U  ichidan  o‘ylab 

topgan  (uydirmachi)»  yoki  Qazzob  (yolg‘onchi)»  der  edilar.  Ul  kishi  aytgan  eng 

qattiq  ayblov  «Munkir  ul-hadis»  («Hadisni  inkor  qiluvchi»)  degan  ibora  bo‘lardi. 

                                                 

16

  Abu  Abdulloh  Muhammad  Ibn  Ismoil  al-Buxoriy  Al-Jomi'  as-sahih  (Ishonarli  to‘plam).  4  jildli.  –T.:  Qomuslar 



bosh tahririyati, 1995-1999.  


 

33 


Hadis ilmida shunday qoida odat tusiga kirdiki, agar Imom al-Buxoriy biror roviy 

haqida «U munkir ul-hadis» desalar bas, undan hech vaqt hadis rivoyat qilinmasdi. 

SHu  xususda  Ibn  al-Qatton:  «Imom  al-Buxoriy:  «Kimning  xususida  «Munkir  ul-

hadis»  degan  bo‘lsam,  undan  hech  vaqt  hadis  rivoyat  qilinmasin»—deb 

aytganlar»,—deydilar

17



Imom  al-Buxoriyning  ko‘p  sonli  ustozlaridan  birining  ismi  «Musaddid» 

(«To‘g‘ri  yo‘lga  boshlovchi»)  edi.  Imom  al-Buxoriy  ul  kishiga  qattiq 

ishonganlaridan: «Musaddid ismi jismiga monand kishidurlar. Kitoblarim o‘zimda 

bo‘ladimi  yoki  ul  kishida  bo‘ladimi,  menga  farqi  yo‘q»—deb  doimo  takrorlar 

edilar.  Bundan  ayonki,  Imom  al-Buxoriy  o‘z  kitoblarining  muhofazasiga  alohida 

e’tibor berganlar, bu masalaga  bamisoli hadis rivoyatiga e’tibor bergandek e’tibor 

bilan  qaraganlar.  Shuningdek,  ular  qanday  odamlarning  qo‘lida  saqlanishiga  ham 

jiddiy  qaraganlar.  Imom  al-Buxoriy  umr  bo‘yi  Olloh  taoloning  bandalariga  ilmiy 

jihatdan  ham,  moddiy  jihatdan  ham  naf’  etkazmoqni  o‘zlariga  eng  oliy  maqsad 

qilib  qo‘ygan  edilar.  Imom  al-Buxoriyning  otalari  Ismoil  o‘z  zamonlarining  yirik 

muhaddislaridan bo‘lish bilan birga, katta savdogar ham edilar. Ul kishidan Imom 

al-Buxoriyga  kattagina  boylik  meros  qolgan  edi.  Imom  al-Buxoriy  tijoratdan 

ko‘rayotgan  daromaddan  besh  yuz  dirhamini  faqiru  miskinlarga,  ilm  toliblariga 

sarflardilar.  Tolibi  ilmlarga  ma’lum  mablag‘lar  (maoshlar)  ajratib,  ularni 

Payg‘ambar  alayhissalomning  hadisi  shariflarini  o‘rganishga  rag‘batlantirar,  ahli 

ilmga,  ustozu  muhaddislarga  g‘oyatda  ko‘p  ehson  ko‘rsatardilar.  Ayni  vaqtda 

Imom  al-Buxoriy  o‘z  shaxsiy  hayotlarida  eyish-ichish  va  kiyinishda  sira  xay 

ortiqcha dabdaba va behuda sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymasdilar, sabr-toqat, qanoat 

chidamlilik ul kishi uchun odatiy bir hol edi.  

Imom  al-Buxoriy  g‘oyatda  beg‘ubor,  halol-pokiza,  diyonatli,  taqvodor  inson 

bo‘lib,  g‘iybatu  nohaqliklardan  uzoq  edilar,  doimo:  «G‘iybat  harom  ekanini 

bilganimdan  beri  hech  qachon  biror  kishi  haqida  g‘iybat  qilmaganman»—deb 

ta’kidlardilar.  Imom  al-Buxoriyning  eng  ulug‘  fazilatlaridan  yana  biri  —  taassub 

(mutaassiblik)ning  har  qanday  ko‘rinishlaridan  uzoq  ekanliklaridir.  Ul  kishining 

                                                 

17

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.20. 




 

34 


«Sahih  al-Buxoriy»  («Al-Jami’  as-sahih»)  nomli  hadis  to‘plamlari  bilan  chuqur 

tanishgan  kishi  bunga  amin  bo‘ladi.  Qanchadan-qancha  mashaqqatlar  bilan 

to‘plangan hadislarining sahihligiga to‘la ishonch hosil qilgachgina ularni kitobga 

kiritganlari  bu  fikrimizni  yana  bir  bor  tasdiqlaydi.  Imom  al-Buxoriyning  hadislar 

to‘plami  haqida  shuni  ham  qayd  qilish  kerakki,  isnodida  ahli  sunnaga  mansub 

bo‘lmagan  roviylar  ham  uchraydi.  Imom  al-Buxoriy  ular  bilan  garchand  tariqat 

masalasida  muxolafatda  bo‘lsalarda,  ularning  rivoyatlarini  tashlab  ketmay, 

kitoblariga  kiritganlar.  Lekin,  bu  erda  shuni  aytish  lozimki,  bunday  e’tiqodiy 

murosasozlikning  boisi—hadis  rivoyatiga  nisbatan  mutlaq  shubhaga  o‘rin 

qoldirmaslik  edi.  Shul  boisdan  muhaddislar  ahl  ul-havo  (shiy’alar,  xorijiylar, 

mu’taziliylar  va  boshqalar)ga  mansub  roviylar  aytgan  hadislarni  ham  qabul 

qilganlar,  ammo  ul  roviylar  bid’atga  da’vat  qilmaydigan,  yolg‘on-yashiq 

rivoyatlarni tarqatmaydigan, yolg‘onni hatto xayoliga ham keltirmaydigan kishilar 

bo‘lishi  shart  bo‘lgan.  SHuning  uchun  ham  Imom  al-Buxoriy  ulardan 

ayrimlarining 

rivoyatini 

«Al-Jomi’ 

as-sahih»ga 

kiritib, 

ba’zilarinikini 

kiritmaganlar

18

.  Imom  al-Buxoriy  roviylarning  hadislardagi  xatolarini  aytish  bilan 



birga,  ularning  hayotdagi  ezgu  ishlari-yu,  chin  fazilatlarini,  agar  rost  bo‘lsa,  hech 

bir kamsitmay, batafsil zikr qilganlar. 

Imom  al-Buxoriy  yashagan  davrlarida  Xolid  ibn  Ahmad  az-Zuhliy 

Tohiriylarning  Buxorodagi  amiri  edi.  Xorijiy  yurtlardagi  safardan  qaytib  kelgan 

Imom  al-Buxoriy  o‘z  ona  yurtlari  Buxoroda  joylashib,  shonu  shuhratlari  turli 

tomonlarga  tarqagach  va  ko‘plab  hadis  toliblari  to‘da-to‘da  bo‘lishib  huzurlariga 

kela  boshlagach,  Xolid  ibn  Ahmad  az-Zuhliy  ul  kishini  saroyiga  chorlab,  o‘zi  va 

o‘g‘illariga «Sahih al-Buxoriy» va «At-Ta’rix al-kabir» asarlaridan saboq berishni 

talab  qildi.  Shunda  Imom  al-Buxoriy  uning  vakiliga:  «Men  ilmni  xor  qilib,  uni 

hukmdorlar eshigiga olib bormayman»—deb javob qiladilar. Shundan keyin amir: 

«Agar Imom al-Buxoriy saroyga kelishni xohlamasalar, o‘zim va bolalarim uchun 

maxsus vaqt ajratib dars bersinlar, ammo ul vaqtda bo‘lak odamlar bo‘lmasin!»—

                                                 

18

  Yo‘ldoshxo‘jayev  D.,  Rahimjonov  D.,  Komilov  M.  Dinshunoslik:  ma'ruza  matni.  –  T.:  FTD  KDI  TAF 



bosmaxonasi, 2000. –B. 100. 


 

35 


deb yana vakilini yubordi. Lekin, Imom al-Buxoriy amirning bu talabiga ham rad 

javobini  berib:  «Ilm  olmoqlik  Payg‘ambarimiz  alayhissalomning  meroslaridur, 

bunga  barcha  xosu  avom  teng  huquqlidur,  agar  amirning  ilmga  ehtiyoji  bo‘lsa, 

uyimga  yoki  masjidga  kelsin!»—dedilar.  So‘ng:  «Mobodo  bu  taklifim  sizga 

ma’qul  bo‘lmasa,  ul  holda  siz  hukmdorsiz,  yaxshisi,  ilmni  o‘zgalardan 

yashirmaganim  xususida  Qiyomat  kuni  Olloh  taolo  qoshida  menga  bir  dalil 

bo‘lmog‘i  uchun  talabalarga  dars  bermog‘imni  man’  qilib  qo‘ya  qoling!»—  deb 

vakil orqali amirga ma’lum qildilar. Mana shu qat’iy javobdan keyin Buxoro amiri 

qattiq g‘azablanib Imom al-Buxoriyni shahardan chiqarib yuborish yo‘llarini izlay 

boshladi.  Lekin,  Imom  al-Buxoriy  millionlab  musulmonlarning  qalbini  o‘zlariga 

rom  qilib,  ularning  cheksiz  mehru  muhabbatini  qozongan zot ekanliklari boisidan 

amir  ul  kishini  kuch  birla  Buxorodan  chiqarib  yubormoqqa  botina  olmadi.  SHu 

bois  u  bir  guruh  beandisha,  nopok  va  munofiq  odamlardan  foydalanib,  Imom  al-

Buxoriyga  nisbatan  xaloyiqning  g‘azabini  qo‘zg‘aydigan  yolg‘on-yashiq,  tuhmat 

gaplarni tarqatdi. Shundan so‘ng, amir ul kishidan shahardan chiqib ketishni talab 

qildi. 


Imom  al-Buxoriy  Buxorodan  chiqib,  Doykandga  keldilar.  Ammo,  g‘animlar 

tarqatgan  ig‘vo-yu  bo‘htonlar  bu  erga  ul  kishining  o‘zlaridan  ancha  ilgari  etib 

kelgan  bo‘lib,  uning  ahli  bu  xususda  ikki  guruhga  bo‘lingan  edi.  Biri  Imom  al-

Buxoriyni  tuhmatu  bo‘htonlardan  himoya  qildi,  ikkinchisi  esa  fisqu  fasodchilarni 

qo‘llab-quvvatladi.  Imom  al-Buxoriy  Poykand  ahli  o‘rtasidagi  mazkur  ixtilofdan 

voqif  bo‘lgach,  bu  erda  yashashni  o‘zlariga  munosib  ko‘rmadilar.  Shunda 

samarqandliklar  Imom  al-Buxoriyni  Samarqandga  taklif  etdilar  va  unda  muqim 

istiqomat  qilib  mudarrislik  qilmoqlarini  so‘radilar.  Imom  al-Buxoriy  shunga  rozi 

bo‘lib  Paykanddan  chiqdilarda,  Samarqand  yaqinidagi  Xartang  qishlog‘iga  kelib, 

bir  qarindoshlarining  uyida  to‘xtadilar.  Lekin,  Imom  al-Buxoriy  Buxoroda 

ko‘tarilgan  fitnaning  Samarqandga  ham  etib  kelganidan  va  uning  ahli  ham 

poykandliklar  kabi  ikki  guruhga  bo‘linib,  o‘zaro  muxoliflik  qilayotganidan 

xabardor bo‘lgach: «Ollohim, Er yuzi qanchalik keng bo‘lgani bilan, menga torlik 

qilib  qoldi,  endi  meni  o‘z  rahmatingga  olgil!»—deb  Olloh  taologa  duo  qildilar. 




 

36 


Shundan so‘ng, ul kishi tez kunda betob bo‘lib, hijriy 256 yilning Ramazon hayiti 

(Iyd al-fitr) kechasi (870 yil, 31 avgust) 62 yoshda vafot etdilar. 

Imom  al-Buxoriy  haqlarida  yozgan  muarrix  va  biograflar  ul  kishining  husni 

xulqlari  va  mahosinlarini  zikr  qilganlarida,  albatta,  quvvai  hofizalari  va 

xotiralarining  o‘ta  kuchli  bo‘lganini  alohida  qayd  qilishadi.  Chunonchi,  Imom  al-

Buxoriyning xotiralari kuchli bo‘lganligi xususida ko‘pdan-ko‘p rivoyatlar mavjud 

bo‘lib,  ul  kishining  bolalik  davrlaridayoq  Olloh  taolo  ato  etgan  noyob  iqtidoru 

quvvai hofizalarini sezgan ustozlarining «Bu g‘oyatda fozil inson bo‘ladi, dovrug‘i 

elga doston zot bo‘lib etishadi» degan bashoratlari tarix kitoblarida bitilgan. Buyuk 

muhaddis  Abu  Iso  at-Termiziy:  «Imom  al-Buxoriy  el  orasida  tanila  boshlagach, 

Abdulloh ibn  Munir:  «Ey  Abu  Abdulloh, Olloh taolo  sizni  bu ummatning  ziynati 

qilib  yaratgan!»—degan  edi»,—deydilar.  At-Termiziy  yana:  «Olloh  taolo  ul 

kishining  barcha  xohishlarini  mustajob  qilib  yaratgan  edi»—deb  ta’kidlaydilar. 

Tarixchi Shamsuddin az-Zahabiy quyidagicha hikoya qiladilar: «Xoshid ibn Ismoil 

bunday degan edi: «Imom al-Buxoriy biz bilan Basra mashoyixlari huzuriga qatnar 

edilar.  O‘sha  paytda  ul  kishi  o‘spirin  bo‘lib,  hadislarni  yozib  olmas  edilar.  SHu 

zaylda  o‘n  olti  kun  o‘tgach,  Imom  al-Buxoriy  bizga:  «Juda  ko‘p  hadis  yozib 

oldingizlar,  qani  menga  ko‘rsatinglar-chi,  qancha  ekan?»—dedilar.  Hisoblab 

ko‘rsak, o‘n besh mingdan ziyod, hadis yozib olibmiz. SHunda Imom al-Buxoriy 

ularning  hammasini  yoddan  aytib  berdilar,  hatto  biz  o‘shal  yozib  olgan 

hadislarimizdagi  xatolarni  ul  kishi  yoddan  aytganda  tuzatib  ham  oldik».  Olim 

Muhammad ibn al-Azhar as-Sijistoniy: «Men alloma Sulaymon ibn Harbdan hadis 

ilmini  o‘rganar  edim.  Al-Buxoriy  ham  biz  bilan  birga  hadis  eshitardilar-u,  lekin 

sira  yozib  olmasdilar.  Shunda:  «Nechun  yozib  olmayotir?»—  deb  ba’zilar 

so‘raganda,  «Hozir  barchasini  yodlab  olib,  Buxoroga  qaytgach,  qog‘ozga 

tushiradi»  —  deb  aytishgan  edi»  —  deydilar.  O‘shal  alloma  Sulaymon  ibn  Harb 

mashhur  muhaddislardan  bo‘lib,  Makkai  Mukarramada  qozi  ham  bo‘lganlar. 

Xotiralari  g‘oyatda  kuchli  bo‘lib,  hech  bir  kitob  daftarga  boqmay,  o‘n  minglab 

hadisni  yoddan  rivoyat  qilar  edilar.  Olloh  taolo  Imom  al-Buxoriyga  shul  qadar 

kuchli  quvvai  hofiza,  aqlu  zakovat  va  o‘tkir  zehn  tuhfa  etgan  ediki,  bul  fazilatlar 




 

37 


tufayli hatto ustozlari ham ul kishini nihoyatda qattiq izzat-ikrom qilib, huzurlarida 

dars  o‘tishga  botina  olmas  edilar.  Bu  haqda  Fath  ibn  Nuh  an-Naysoburiy:  «Men 

Ali ibn al-Madiyniyning darslarida hozir bo‘lganimda Muhammad al-Buxoriyning 

ul kishining o‘ng tomonlarida o‘tirganlarini ko‘rdim. Shunda ustoz har bir hadisni 

zikr qilgach, Al-Buxoriyga hayiqib bir qarab qo‘yar edilar»—deydilar

19



Ko‘pgina manba’larda ulamolar tomonidan Imom al-Buxoriyning aql-zakovat 

va  quvvai  hofizalarini  sinash  maqsadida  uyushtirilgan  sinovlar  xususida 

ma’lumotlar  zikr  qilingan.  Shunday  sinovlardan  biri  Bag‘doddagi  Dor  ul-xilofat 

(Xalifalik  uyi)da  Bag‘dod  ulamolari  tomonidan  uyushtirilgan.  Bag‘dod 

muhaddislari  buning  uchun  yuzta  hadisni  tanlab  olishib,  ularning  matn  va 

isnodlarini o‘zgartirdilar, ya’ni bir isnod matnini ikkinchi bir isnod matni bilan va 

bir matn isnodini boshqa matn isnodi bilan almashtirib qo‘ydilar. So‘ng, ularni o‘n 

kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilarda, yig‘in vaqtida Imom al-Buxoriyga aytishni amr 

qildilar.  Yig‘inga  minglab  xurosonlik,  bag‘dodlik  va  boshqalar  kelishdi.  So‘ng, 

mazkur o‘n kishidan biri o‘ziga topshirilgan isnodu matni chalkash o‘nta hadisdan 

birini Imom al-Buxoriyga aytib, uning xususida so‘radi, Shunda Imom al-Buxoriy: 

«Bunday hadisni bilmayman»,—dedilar. Boyagi kishi shu tariqa qolgan to‘qqizta 

hadisni  ham  birma-bir  aytdi.  Imom  al-Buxoriy  har  safar:  «Bunday  hadisni 

bilmayman»—deb    javob  qildilar.  Keyin  to‘qqiz  kishi  ham  navbat  bilan  o‘zidagi 

hadislarni aytdi. Imom al-Buxoriy ularga ham: «Bunday hadisni bilmayman»—deb 

javob  qildilar.  Imom  al-Buxoriy  ularning  savollari  tugaganini  anglagach,  birinchi 

bo‘lib savol bergan "kishiga o‘girildilarda: «Ammo, sen aytgan birinchi hadisning 

matni  boshqa  bir  hadis  isnodiga  taalluqli  bo‘lib,  to‘g‘risi  mana  bunday, 

ikkinchisining  isnodi  esa  bo‘lak  hadis  matniga  tegishli  bo‘lib,  to‘g‘risi  mana 

bunday...»—  deya  u  aytgan  barcha  hadislarning  isnodu  matnini  joy-joyiga 

qo‘ydilar.  Shul  tariqa  Imom  al-Buxoriy  mazkur  o‘n  kishi  aytgan  hamma 

hadislarning  isnodu  matnlarini  joy-joyiga  qo‘ydilar.  Shunda  odamlar  ul  kishining 

quvvai hofizalariga, aqlu zakovatlariga tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar. 

Bunday sinov Samarqandda ham uyushtirilgan bo‘lib, to‘rt yuz muhaddis Imom al-

                                                 

19

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.25. 




 

38 


Buxoriyni  to‘qqiz  kun  davomida  imtihon  qilgan,  ammo  ul  kishini,  loaqal  biror 

hadis  xususida  bo‘lsada,  yanglishtira  olmagan.  Bag‘dodlik  olim  Abu  Bakr  al-

Qaluzoniy:  «Muhammad  ibn  Ismoil  al-Buxoriyga  o‘xshash  hech  bir  olimni 

ko‘rmadim.  Ul  kishi  ilmga  oid  har  qanday  kitobni  olib  unda  keltirilgan  barcha 

hadislarni bir marta o‘qigandayoq yodlab olardilar»—deb yozgan. 

Imom al-Buxoriy biz avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirganlar. Ul 

kishi  yozgan  asarlar  soni  yigirmadan  ortiq  bo‘lib,  ulardan  «Al-Jomi’  as-sahih», 

«Al-Adab al-mufrad», «At-Ta’rix as-sag‘iyr», «At-Ta’rix al-avsat», «At-Ta’rix al-

kabiyr»,  «Al-Jomi’  al-kabiyr»,  «Qitob  al-ilal»,  «Birr  al-volidayn»,  «Asomiy  as-

sahoba», «Qitob al-kuna» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. To‘plamdagi hadislar 

Islom dini ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanmay, mehr-

muhabbat, saxiylik, ochiq ko‘ngillilik, kattalarga hurmat, etim-esirlarga muruvvat, 

faqir-bechoralarga  himmat,  vatanga  muhabbat,  mehnatsevarlik,  halollik  singari 

chin insoniy fazilatlarni ham ulug‘laydi.  

Mustaqilligimiz  yillarida  buyuk  vatandoshimiz  al-Buxoriyning  merosini 

o‘rganishga, uning masjidi va qabrini ta’mirlashga alohida e’tibor berildi. 1996 yili 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Imom  Buxoriyning  1998  yilda 

o‘tkaziladigan 1225 yillik yubeleyini munosib tayyorgarlik bilan kutib olish haqida 

maxsus  qaror  qabul  qildi.  Ushbu  qarorga  asosan  Imom  al-Buxoriyning 

Samarqanddagi masjiti va qabri qayta ta’mirlandi. 1998 yili, uning tavallud topgan 

kunini  nishonlashga  yig‘ilgan  vatandoshlar,  olimu,  imom-hatiblar,  chet  eldan 

kelgan diniy arboblar bu yangi tarixiy obidaning islomiy qadriyatlarining tiklanishi 

deb baholadilar. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu 

shijoat  musulmonlarning  har  galdagi  haj  safaridan  oldin  kelib  ziyorat  qilinadigan 

obidaga aylantirdi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  buyuk  vatandoshimizning  nomlari  butun  Islom 

dunyosida  katta  hurmat  bilan  tilga  olinadi.  Islom  dunyosining  barcha  madrasa  va 

dorulfununlarida 

Imom 

al-Buxoriyning 



hadislar 

to‘plami 

Payg‘ambar 

alayhissalomning sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik va dasturulamal hisoblanadi.  




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin