Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

"Mendan  hadis  yozib  olmanglar.  Kimki  mendan  Qur’ondan  boshqani  yozsa, 

uni o‘chirib tashlasin!". 

                                                 

6

 Uvatov U. Buyuk muhaddislar. –T.: «O‘zbekistan Milliy Ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 1998. –B.12. 




 

12 


Muqaddislar  tomonidan  keltirilgan  mazkur  hadis  sahihdir.  Umuman, 

hadislarni yozishni yoqtirmagan sahobalar faqat uch nafar bo‘lib, ular Abu Hurayra 

(602  -  679),  Abu  Said  al-Xudriy  (609  -  693)  va  Zayd  ibn  Sobit  (615  —  665) 

bo‘lgan,  xolos.  Ular  ham  hayotlarining  oxirlarida  hadislarni  yozib  borishni 

ma’qullaganlar. 

Haqiqatan  xam,  islomning  ilk  davrlarida  odamlar  hadislarni  yozishdan 

qaytarilganlar.  Hadisni  yozuvchilar  ozchilikni  tashkil  qilar,  ular  ham  har  xil 

narsalarga hamma  kerakli  hadislarni bir  joyga  yozib qo‘yardilar.  U  vaqtda xurmo 

barglari,  sopollar,  daraxt  po‘stloqlari  va boshqa  narsalarga  yozilardi.  Ikkinchidan, 

hali  u  davrda  Qur’oni  karimning  o‘ziga  xos  uslubini,  uning  matnini  sahobalar 

ajratib  ololmagan  edilar.  Agar  hadislar  ham  yozib  olinsa,  Qur’on  bilan  aralashib 

ketish  xavfi  bor  edi,  Ushbu  xatarning  oldini  olish  maqsadida  Payg‘ambar  (s.a.v.) 

xadislarni  yozib  olishni  man  qilganlar.  Keyinchalik,  Qur’onning  uslubi  va  matni 

aniq  bo‘lganidan  so‘ng  hadisi  shariflarni  ham  yozib  olishga  ijozat  berilgan. 

Sahobalar  orasida  Abdulloh  ibn  Amr  ibn  al-Oss  (616  —  684)  hadislarni  yozib 

olishi  bilan  shuqrat  qozongan  edi.  Uning  o‘zi  bu  haqda  shunday  rivoyat  qilgan: 



"Men Payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitgan har bir narsani, saqlab qolish maqsadida, 

yozib  olar  edim.  Qurayshliklar:  "Eshitgan  har  bir  narsani  yozib  olaverasanmi?! 

Axir,  inson  g‘azablanishi,  rozi  bo‘lishi  mumkin",—  deb  meni  bundan  qaytardilar. 

Men  yozishdan  to‘xtab  qoldim.  So‘ng  bu  haqda  Payg‘ambarga  (s.a.v.)  gapirib 

berdim.  Ul  zot  barmoqlari  bilan  og‘izlariga  ishora  qildilar  va  "YOzaver,  nafsim 

qo‘lida  bo‘lgan  zot  —  Allohga  qasamki,  bu  og‘izdan  faqatgina  haqiqat  yuzaga 

chiqadi", dedilar.  

Yana  Abdulloh  ibn  Amr  ibn  al-Ossning  (r.a.)  bunday  rivoyat  qilgani 

muqaddislar  tomonidan  keltirilgan:  Payg‘ambar  (s.a.v.):  "Ilmni  bog‘langlar!"  —

dedilar. Men undan: "Uning bog‘lami nima?" — deb so‘radim. Ul zot dedilar: "Uni 

yozib  olishdir",  —  dedilar.  Muqaddislarning  aytishlaricha,  boshqa  sahobalar  ham 

xuddi shunday nasihat qilganlar. 

Abu  Iso  at-Termiziy  (825  —  892)  ham  "Ilm  kitobi  "da  hadislarni  yozib 

olishga  ruxsat  berilganiga  alohida  bob  ajratgan.  Unda  Abu  Hurayradan  (r.a.)  bir 




 

13 


hadis rivoyat qilingan: bir ansoriy Payg‘ambar (s.a.v.)ning oldilarida o‘tirar edi. U 

Payg‘ambardan  (s.a.v.)  ajoyib  hadislarni  eshitib,  juda  taajjubga  tushardi.  Lekin 

ularni  yodlab  ololmasdi.  SHunda  u  Payg‘ambarga  (s.a.v.)  bu  borada  shikoyat 

qiladi:  "Men  sizdan  ajoyib  hadis  eshitdim.  Lekin  yodlab  ololmay  qoldim"  — 

deydi.  SHunda  Payg‘ambar  (s.a.v)  unga:  "Ung  qo‘lingni  yordamga  chaqir!",  deb 

o‘ng qo‘l bilan hadisni yozib olishga ishora qilgan ekanlar. 

Muhaddislar  Abu  Hurayradan  (r.a.)  mavzuga  doir  yana  bir  rivoyatni  yozib 

qoldirganlar: Payg‘ambar (s.a.v.) xutba qildilar va uning orasida bir qissani gapirib 

o‘tdilar.  Abu  Shoh  (r.a.):  "Ey  Rasululloh,  buni  menga  yozib  bering!"  —  dedi. 

Shunda,  Payg‘ambar  (s.a.v.)  huzuridagilarga  yuzlanib:  Abu  SHoh  uchun  yozib 

beringlar!" — dedilar. 

Yuqoridagi  hadislardan  ayon  bo‘lishicha,  keyinchalik  hadislarni  yozishga 

ijozat  berilgan.  Demak,  Payg‘ambar  (a.s.)  davridayoq  hadislarning  yozib  olinishi 

sodir bo‘lgan. Shuning uchun ham hadisshunos olim Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy 

(1233-1277):  "Aslida,  islom  boshlanishida  ham,  keng  yoyilganidan  keyin  ham 

hadislarni  yozishdan  qaytarilgan  emas.  Hadislarni  yozishga  mutlaq  ijozat  bo‘lgan 

edi.  Payg‘ambar  (s.a.v.)  yozishdan  qaytarganlari  haqida  keltirilgan  hadisning 

ta’vili  bor.  Ayrim  sahobalar  Qur’onni  kitobat  qilar  ekanlar,  ba’zi  oyatlar  va 

kalimalarning  tafsiri  ma’nosida  ularning  yoniga  yoki  tagiga  Payg‘ambarning 

(s.a.v.)  bu  borada  aytgan  gaplarini  ham  yozib  qo‘yardilar.  Aynan  mana  shu  holat 

o‘ta xatarli edi. Chunki, bu holatda Qur’on bilan hadisning aralashib ketishi turgan 

gap  edi.  Shuning  uchun  ham  Payg‘ambar  (s.a.v.)  mana  shunday  holatlardan 

qaytargan  edilar.  Ta’qiq  esa,  Qur’on  bilan  hadis  alohida-alohida  yozilsin,  degan 

ma’noda edi". Navaviy aytgan gapning tasdig‘i sifatida Oisha (r.a.) o‘zining quliga 

Qur’on  ko‘chirtirganini  keltirish  mumkin.  U  mazkur  Mushafning  quyidagi  oyati 

kelgan joyda unga qo‘shimcha yozdirib qo‘ygan: 

Oisha  (p.a.)  oyatdagi  "al-vusto"  so‘zidan  so‘ng  "solat  al-asr"ni  yozdirib 

qo‘ygan  ekan.  U  "al-vusto"  so‘ziga  izoh  berib  ketish  uchun  shuni  yozdirib 

qo‘ygan.  Ma’lumki,  "salot  al-asr"  so‘zi  Qur’onda  keltirilmagan.  Payg‘ambar 

(s.a.v.),  mana  shunday  narsalardan  qaytargan  edilar.  Islomning  ilk  davrlarida 




 

14 


Qur’on bilan sharhni farqlaydigan usullarni qo‘llash xali odat tusiga kirmagan edi. 

Hozirgi vaqtda biz oyatlarning tagiga yoki ustiga chizish, ularni boshqa rang bilan 

alohida  yozish,  izoh  yoki  tafsirni  qavs  bilan  berish  kabi  bir  qancha  kitobat 

usullarini bilamiz. U vaqtlarda hali bunday alomatlar iste’molda qo‘llanmagan edi. 

Agar  oyat  bilan  uning  tafsiri  birga  yozilsa,  ularni  ajratib  olish  qiyin  bo‘lardi. 

SHuning  uchun  Payg‘ambar  (s.a.v.)  oyatga  beriladigan  tafsirlarni  oyatlar  bilan 

birga yozishdan qaytargan edilar. 

Payg‘ambar  (s.a.v.)  hamda  sahoba  va  tobeinlar  davrida,  aniqrog‘i  hadislarni 

yozib  olishga  rasmiy  ravishda  ruxsat  berilgunga  qadar  ham  bir  necha  hadis 

to‘plamlari va majmualari tuzilgan. 

Payg‘ambar  (s.a.v.)  davrida  tuzilgan  hadis  to‘plamlaridan  biri  "Kitob  as-


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin