Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 

ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy 

hajmi  72 sahifani tashkil qiladi. 

 

 



 


 



I bob. HADIS VA HADISSHUNOSLIK ILMI. 



1.1. Hadislar va ularning ilk manbalari 

Islom  dini  ta’limoti bo’yicha  eng asosiy  manba  Qur’ondir.  Hadislar  ana shu 

muqaddas  asardan  keyingi  o’rinda  turuvchi  mo’tabar  manbadir.  Hadislar 

Muhammad  payg’ambar  hayoti  va  faoliyati,  shuningdek,  uning  turli  sharoitlarda 

diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko’rsatmalari 

yoki  munosabatlarini  aks  ettiradi.  Hadis  arabcha  so’z  bo’lib,  uning  bir  qator 

ma’nolari  bor:  1)  yangi,  yangi  narsa,  yangi  ro’y  bergan  voqea;  2)  so’z,  hikoya, 

naql,  rivoyat;  3)  Muhammad  payg’ambar  yoki  uning  sahobalari  haqida  hikoya 

qiluvchi xabar yoki rivoyat. 

Shulardan  kelib  chiqib  hadislarning  yuzaga  kelishini  uch  omil  bilan 

ko’rsatiladi:  1.  Muhammad  payg’ambar  aytgan  gaplar.  2.  Uning  o’zi  qilib 

ko’rsatgan ishlar. 3. Payg’ambarimiz tomonidan ko’rilgan yoki kuzatilgan ishning 

taqiqlanmagani. 

Ana  shu  uch  holatning  har  biri  sunnat  deyiladi.  «Sunnat»  ham  arabcha  so’z 

bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi «yo’l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma’noda esa 

Muhammad payg’ambardan qolgan urf-odatlarga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. 

Ularda  islom  diniga  oid  tushunchalar  va  ularning  talqini,  xususan,  farz,  vojib, 

sunnat,  halol,  harom,  makruh  kabi  tushunchalarning  ma’no  qamrovi,  izohi  o’z 

aksini topgan.  

Hadislarning  asosiy  katta  qismi  axloq-odob  masalalariga,  inson  manaviyati 

bilan  bog’liq  muammolarga  qaratilgan.  Shuning  uchun  ham  hadislarga  eng 

qadimgi  davrlardan-Muhammad  payg’ambar  zamonidanoq  alohida  ahamiyat 

berishgan

4

.  



Hadis 2 qismdan iborat bo’ladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy 

(ma’nosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan bo’lgan hadislar) va hadisi 

                                                 

4

 Abdullaev B. Ilk hadis to‘plamlari haqida ma'lumotlar // Imom al-Buxoriy saboqlari.  



-№ 3,2012. –B.192-195. 


 

nabaviyga  bo’linadi.  Hadislar  e’tiborga  olinishi  jihatidan  3  qismga  bo’linadi:  1) 



sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif. 

Qur’onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. 

Ularga  aniqlik  kiritish  va  izohlash  uchun  Muhammad  (s.a.v.)  o’z  hadislarini 

aytardi.  Bu  hadislarni  payg’ambarlarning  safdoshlari  yodda  saqlashga  harakat 

qilardi.  Ma’lumki,  tarixan  g’oyatda  qisqa  muddatda  nozil  bo’lgan  Qur’oni  karim 

oyatlari  ba’zi  hollarda  umumlashtirilgan,  murakkab  holda  keltirilgan 

bo’lganligidan  Payg’ambarimiz  hadislari  ushbu  oyati  shariflarni  kengroq  talqin 

etadi,  ularni  oddiylashtirib  bayon  qilib,  unda  keltirilgan  voqea  va  hodisalarni 

ko’pchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi. 

Payg’ambar alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy 

bir  ko’zgu  vazifasini  ham  o’taydi.  Chunki  ular  sarvari  olamning  hayotlari,  husni 

axloqlari,  adolatli  jamiyat  qurish  yo’lida  ko’rsatgan  beqiyos  sa’y-harakatlari, 

yaxshiligu xayr-barakotga asoslangan faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Mana shularga 

binoan oldin o’tgan hech bir payg’ambarlar va ulug’larga ko’rsatilmagan alohida 

bir  e’tibor  bilan  ilm  ahllari  hadislarni  to’plashga  kirishdilar.  Hadis  ilmi  bilan 

shug’ullanish  eng  aziz  va  sevimli  mashg’ulot  hisoblanib,  ularni  to’plash  uchun 

olimu  ulamolar  butun  aql-zakovati-yu  qalb  qo’ri  bilan  kirishganlarini  alohida 

ta’kidlash zarur. 

Payg’ambar  hayot  vaqtlarida  hadislarni  yozib  olish  odat  bo’lmagan.  Ayrim 

sahobalarning fikricha, Payg’ambarning o’zlari hadislarini yozma qayd etishni man 

qilganlar.  «Mendan  Qur’ondan  boshqa  hech  narsa  yozmanglar,  agar  kimki  biror 

narsa  yozgan  bo’lsa,  o’chirib  tashlasin.  Mendan  faqat  hadis  aytinglar,  xolos. 

Buning hech zarari yo’q», deb uqdirganlar avvaliga Payg’ambar alayhissalomning 

o’zlari.  So’ngra  Payg’ambarning  o’zlari  Abdulloh  ibn  Amr  ibn  al-Ossga  izn 

qilganlaridan  keyin  hadislar  zarur  hollarda  yozma  ravishda  ham  qayd  etila 

boshlagan. Payg’ambar vafotidan so’ng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu 

munosabat  bilan  bir  guruh  musulmonlar  uni  yozma  shaklda  to’play  boshladilar. 

Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis 

to’plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to’plamlar muayyan tartibga solinmagan, 



 

10 


boblarga  ajratilmagan  bo’lib,  ularda  payg’ambar  hadislari  bilan  sahobalar  va 

tobe’inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. 

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, umaviy xalifasi Umar ibn Abdulaziz 

davrida (717 — 720) muhaddis olim Muhammad ibn SHihob az-Zuqriy (670-721) 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin