Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

sadaxr" nomi bilan tanilgan bo‘lib, undagi hadislarni Payg‘ambarning (a.s.) o‘zlari 

yozdirganlar.  Unda  zakot,  ushr,  sadaqalar  kabi  moliyaviy  mavzularga  taalluqli 

masalalar  bayon  etilib,  mavzuga  oid  hadislar  keltirilgan.  Bu  mavzular  siyosiy 

ishlarga  aloqador  bo‘lgani  bois,  Payg‘ambarning  (s.a.v.)  o‘zlari  ana  shunday 

to‘plamni  atrofdagi  voliylarga,  ushr  va  zakot  yig‘uvchilarning  har  biriga  berish 

maqsadida  yozdirganlar.  Muqaddislarning  aytishlaricha,  yozib  qo‘yilgan  mazkur 

maktub  shaklidagi  hadis  to‘plamining  nusxalari  jo‘natilishidan  biroz  avval 

Payg‘ambar  (sa.v.)  vafot  qiladilar.  Shundan  so‘ng  bu  to‘plam  xalifa  Abu  Bakr 

Siddiq  (571  —634)  oldida,  undan  so‘ng  xalifa  Umar  al-Foruq  (585  —  644) 

huzurida,  so‘ng  uning  o‘g‘li  Abdulloh  ibn  Umar  (612  —  693)  qo‘lida  saqlanib 

qolgan. Undan esa hazrati Umarning (r.a.) nevarasi Solim ibn Abdullohning (vaf. 

725  y.)  qo‘liga  kelib  tushgan.  Hadis  rivoyatlarida  eng  sahih  isnodlardan  biri  deb 

zikr qilinadigan az-Zuhriy Solim Abdulloh ibn Umar — Rasululloh (s.a.v.) silsilasi 

shu  tariqa  vujudga  kelgan.  Mazkur  hadis  to‘plami  hazrati  Umarga  (r.a.)  qiz 

tarafdan  avlod  hisoblangan  xalifa  Umar  ibn  Abdulazizga  avloddan-avlodga  o‘tib, 

etib kelgan. 

Ilk  hadis  to‘plamlaridan  ikkinchisi  sahoba  Amr  ibn  Hazm  (vaf.  673  y.) 

sahifasi  hisoblanadi.  Payg‘ambar  (s.a.v.)  Amr  ibn  Hazmni  Najron  tarafga  elchi 

qilib  jo‘natganlarida,  unga  ushbu  sahifani  berganlar.  Payg‘ambar  (s.a.v.)  aytgan 



 

15 


hadislarni  Ubay  ibn  Ka’b  (vaf.  642  y.)  kotib  sifatida  yozib  -  olgan. 

Muhaddislarning  rivoyatlarida  naql  etilishicha,  ushbu  to‘plamning  hajmi  ancha 

katta  bo‘lib,  unda,  asosan,  tahorat,  namoz,  zakot,  haj  kabi  ibodatlar  borasidagi 

hadislar  keltirilgan.  Mashxur  hadisshunos,  hadislarni  rasmiy  ravishda  yozishni 

boshlab  bergan  Ibn  Shihob  az-Zuhriy  mazkur  to‘plamni  o‘qib  chiqqan  va  undagi 

qasos, xunpuli haqidagi hadislarni rivoyat qilgan. Imom Buxoriy (810 — 870)ning 

rivoyat qilishicha, Amr ibn Hazmning (r.a.) nevarasi Abu Bakr ibn Muhammad ibn 

Amr  ibn  Hazm  (vaf.  737  y.)  Madinada  qozilik  qilgan  bo‘lib,  xalifa  Umar  ibn 

Abdulaziz  unga  hadislarni  to‘plab,  bir  majmua  tuzishni  buyurgan.  U  otasi  tuzgan 

hadislar  to‘plami  va  o‘zi  rivoyat  qilgan  hadislar  asosida  yangi  to‘plam  tuzgan 

bo‘lishi kerak. Ushbu kitob Zuhriyning hadislar to‘plamidan keyin tuzilgan rasmiy 

ravishdagi ikkinchi to‘plam hisoblanadi. 

Sahobalar  tomonidan  tuzilgan,  islomdagi  ilk  hadis  to‘plami  "as-Sahifat  as-

sodiqa" ("Ishonchli sahifa" )  deb nomlangan bo‘lib, uni Abdullah ibn Amr ibn al-

Oss  (r.a.)  tuzgan.  Aqmad  ibn  Hanbal  (780  —  855)  o‘zining  "Musnad"  asarida 

uning shu  nomda  hadis  to‘plami  tuzganini  rivoyat  qilgan.  Bu  sahobalar  davridagi 

nisbatan  hajmi  eng  kattasi  bo‘lgan  xadis  to‘plami  edi.  Hozirgi  vaqtda  ushbu 

to‘plamdagi  hadislarning  umumiy  sonini  aniqlash  mushkul,  biroq,  "Sahihi 

Buxoriy"da Abu Hurayra (r.a.)dan bir rivoyat keltirilgan. Jumladan, Kitob al-ilm" 

bobidagi mazkur hadisda shunday deyilgan: 



"Payg‘ambar  (s.a.v.)  ashoblaridan  faqat  Abdulloh  ibn  Amrdan  o‘zga  hech 

kim  mendan  ko‘ra  ul  zotdan  ko‘prok,  hadis  aytuvchi  yo‘q  edi.  U-esa  (hadislarni) 

yozib olar, men esa yozmas edim"

Abu  Hurayraning  (r.a.)  gapidan  ma’lum,  bo‘lmoqdaki,  Abdulloh  ibn  Amr 

(r.a.)  to‘plagan  hadislar  uning  hadislaridan  ko‘proq  bo‘lgan.  Abu  Hurayra  (r.a.) 

rivoyat  qilgan  hadislar  bizga  ma’lum.  Ularning  umumiy  soni  5364  ta  yoki  o‘nta 

farqi bilan 5374 tadir

7



Bunga qo‘shimcha  qilib  aytish  o‘rinliki, muqaddis  Abu  Dovud  (817  — 889) 

ham Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning gapini zikr qilgan: 

                                                 

7

 Islom ensiklopediyasi. A-H. –T.: O‘zbekiston milliy ensklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. –B.17. 




 

16 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin