Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

"Men Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan har bir narsani yod olishni istaganim 

uchun yozib olar edim". 

Demak, Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning hadisi shariflarni yozib olgani aniq, Abu 

Hurayra  (r.a.)  esa  uning  o‘zidan  ko‘ra  ko‘proq  hadis  bilishini  e’tirof  qilgan. 

Demak,  aslida  Abdulloh  ibn  Amr  (r.a.)  to‘plagan  hadislar  5374  tadan  ko‘ra 

ko‘proq  bo‘lgan.  "Asad  ul-g‘oba  fi  ma’rifati-s-sahoba"  ("Sahobalarni  tanishda 

o‘rmon sheri" )  asarida uning minglab hadislarni yod bilgani qayd etilgan. Lekin 

hozirgi  vaqtda  mavjud  hadis  kitoblarida  undan  rivoyat  qilingan  xadislarning 

umumiy soni Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadislarning soniga qaraganda 

ancha  kamroqdir.  U  rivoyat  qilgan  hadislarning  umumiy  soni  700  atrofidadir. 

Buning sababi Abu Hurayra (r.a.) Madinada istiqomat qilgan. Madina ilm markazi 

bo‘lib,  tolibi  ilmlar  to‘planadigan,  islom  olamiga  ilm  tarqatiladigan  poytaxt  edi. 

Binobarin,  Abu  Hurayra  (r.a.)  o‘zi  bilgan  hadislarni  ko‘proq  rivoyat  qilish  va 

ko‘proq shogird chiqarish borasida katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Abdulloh ibn 

Amr  (r.a.)  esa,  Shomda,  ya’ni  islom  markazidan  ancha  uzoqda  istiqomat  qilgan. 

SHu  bois,  unga  murojaat  qiluvchi  shogirdlarning  soni  nisbatan  kamroq  bo‘lgan. 

SHuning  uchun  Abdullox  ibn  Amr  (r.a.)  rivoyat  qilgan  hadislar  adad  e’tiboridan 

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadislardan oz bo‘lib qolgan. 

Hijriy  ikkinchi  (milodiy  sakkizinchi)  asrning  o'rtalaridan  e'tiboran  hadislarni 

tasnif  etish  ham  boshlanadi.  Eng  avvalo  ularni  boblarga  ajratib  tasnif  etgan 

olimlardan Ar-Rabiy ibn Subayh as-Sa'diy (vafoti 777 yil), basralik Sa'iyd ibn Abu 

Aruba  (vafoti  773  yil),  yamanlik  Xolid  ibn  Jumayl,  Muammar  ibn  Roshid  al-

Azadiy (vafoti 770 yil), makkalik Abdumalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj (vafoti 768 

yil),  Sufyon  ibn  Uyayna  (vafoti  812  yil),  kufalik  Sufyon  ibn  Sa'iyd  as-Savriy 

(vafoti 778 yil), basralik Hammod ibn Salma (vafoti 783 yil), Shomdan Al-Valiyd 

ibn  Muslim  (vafoti  810  yil),  rayylik  Jurayr  ibn  Abdulhamiyd  (vafoti  803  yil), 

Xurosondan  Abdulloh  ibn  al-Muborak  (vafoti  797  yil),  Vositdan  Xushaym  ibn 

Bashiyr  (vafoti  799  yil),  kufalik  Zakariyo  ibn  Abu  Zoida  (vafoti  767  yil), 

Muhammad ibn Fuzayl ibn G'azvon (vafoti 810 yil), Vakiy' ibn Jarroh (vafoti 813 

yil),  yamanlik  Abdurrazoq  ibn  Hammom  (vafoti  827  yil)larni  ko'rsatish  mumkin. 




 

17 


Shu  davrda  yaratilgan  asarlarni  tahlil  etib  aytish  mumkinki,  ularning  aksariyati 

muayyan  bir  mavzuga,  masalan,  tafsir,  axloq-odob,  g'azot,  shar'iy  ahkomlar  kabi 

masalalarga  bag'ishlangan  edi.  Mazkur  asarlar  Payg'ambar  alayhissalomning 

hadislari,  sahoba  va  tobe'iynlarning  so'zlarini  o'zida  mujassam  etgan  edi.  Ayni 

vaqtda  ushbu  asarlar  hadislarning  to'plami  sifatida  bo'lib,  ularning  ishonchli 

(sahih)ligi  masalasiga  unchalik  e'tibor  berilmagandi.  Hijriy  uchinchi  (milodiy 

to'qqizinchi) asrdan boshlab esa, hadislarni jamlovchi (jomi’), musnad va mu'jam 

shaklidagi yirik asarlar paydo bo'la boshladiki, tarkibiy jihatdan ularni uch asosiy 

qismga bo'lish mumkin

8



1.  Boblarga  ajratilgan  yirik  asarlar  (Al-Javomi’  al-mubavabba).  Bu  asarlar 

turli-tuman  mavzularni  o'zida  qamragan  bo'lib,  ularga  boblarga  ajratilgan  holda 

tartib berilgan. 

Mana  shu  asarlardan  Imom  Buxoriyning  "Al-Jomi’  as-sahih",  Imom  Muslim 

ibn  al-Hajjojning  "Al-Jomi'  as-sahih",  Termiziyning  "Al-Jomi’  al-Kabir",  imom 

Abu  Dovudning  "As-Sunan",  imom  Nasaiyning  "As-Sunan", imom  Ibn  Mojaning 

"As-Sunan", imom Ad-Dorimiyning "As-Sunan" kabi asarlarini ko'rsatish mumkin. 

2. Musnadlar (Al-Masoniyd). 

Bu  uslubdagi  asarlarda  ma'lum  bir  sahobaning  rivoyatlari  bir  joyda  zikr 

qilinib,  undan  keyin  ikkinchi  sahoba  davom  ettiradi.  Bu  asarlarda  keltirilgan 

hadislarga  mavzularga  rioya  qilinmaydi.  Masalan,  imom  Ahmad  ibn  Hanbal 

o'zining  "Al-Musnad"  nomli  yirik  asarida  avval  to'rt  to'g'ri  xalifalarning 

(chahoryorlar)  rivoyatlarini  keltirib,  keyin  birin-ketin  boshqa  sahobalarning 

rivoyatlarini keltiradi. Hammasi bo'lib uning asarida to'qqiz yuz to'rtta sahoba zikr 

qilinadi. Muallif o'z asarini boblarga ham bo'lganligini aytish mumkin. 

3.  Mu'jamlar  (Al-mao'jim).  Bu  xildagi  to'plamlarda  musannif  asariga  o'z 

shuyux  (ustoz)larining  hadislarini  kiritib,  ularning  ismlarini  mu'jam  (alifbo) 

tartibida keltiradi. 

Payg'ambar  alayhissalomning  hadislari  Islom  jamiyatining  ijtimoiy  va 

ma'naviy  hayotida  o'z  mazmun-mohiyatiga  qarab  egallagan  o'rinlari  ham  turlicha 

                                                 

8

 Abdullaev B. Ilk hadis to‘plamlari haqida ma'lumotlar // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.194-195. 




 

18 


bo'lgan.  Shunday  hadislar  bo'lganki,  ularni  jamiyatning  barcha  a'zolari  bilishlari 

zarur  bo'lgan,  ya'ni  bu  xildagi  hadislar  ommaviy  iste'molda  bo'lgan.  Shu  boisdan 

ham  ulamolar,  muhaddislar  mana  shunga  asoslanib,  ularni  targ'ib  qilganlar,  lekin 

ba'zi hadislar bo'lganki, ularni ayrim shaxslar bilishining o'zi kifoya bo'lgan. Mana 

shu  xususiyatlarga  ko'ra  hadislarni  ba'zi  olimlar,  jumladan  imom  Muhammad  ibn 

Idris ash-Shofi'iy ikki asosiy qismga bo'ladi: 

1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari 

juda  ko'p  bo'lib,  ular  bir-birlariga  bog'lanmagan  va  yolg'on  (kizb)  gapirishlari 

amalda  mumkin  bo'lmagan  roviylardir.  Bu  xildagi  hadislar  ayniqsa  jamiyat 

a'zolarining  amaliy  hayotiga,  masalan,  namoz,  ro'za,  zakot,  haj  farzlariga  doir 

hadislarda ko'p uchraydi. 

Shuningdek,  uzluksiz  hadislar  ikki  xilda  bayon  etilishi  mumkin:  lafziy 

uzluksizlik  -  bunda  hadisdagi  so'zlar  (lafzlar)  deyarli  o'zgartirilmay  bir  xilda 

bo'ladi.  Mazmuniy  (ma'noviy)  uzluksizlikda  esa  rivoyat  qilinadigan  voqealar 

qisman o'zgartirilishi (ya'ni, juz'iy farqli bo'lishi) ham mumkin. 

2.  Yakka  hadislar  (al-ohad).  Istiloh  sifatida  bu  hadislarda  uzluksiz 

hadislarning  shartlari  bo'lmaydi,  bu  xildagi  hadislar  roviylarining  soni 

chegaralangan  -  ko'pincha  bitta  bo'ladi.  Odatda  yakka  hadislar  dalil  va  isbotlar 

bilan  asoslanadi.  Bunda  ushbu  hadisni  naql  qiluvchisining  to'g'ri  so'zligi,  rivoyat 

qilinadigan hadisni xatodan xoli bo'lib, ishonchli bo'lishligi kabi masalalar ilm ad-

diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil bo'ladi: 

1. G'arib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan 

hadislar g'arib hadislar, deb ataladi. 

2. Aziz hadislar, deb ikki roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. 

3.  Mashhur  hadislar,  deb  ikkitadan  ortiq  roviy  rivoyat  qilgan  hadislarga 

aytiladi.  Biroq  bu  hadislar  uzluksiz  hadislar  darajasiga  yetishmaydi  va  ular  sahih 

(ishonchli, to'g'ri), hasan (yaxshi, ma'qul) va zaif hadislar bo'lishlari mumkin. Oliy 

isnod  (al-isnod  al-oliy)  va  pastlovchi  isnod  (al-isnod  an-nozil).  Rasulullohga 

nisbatan  bo'lgan  roviylarning  ko'pligi  yoki  ozligi  hamda  o'tgan  vaqtiga  qarab 

isnodning  oliyligi  yoki  quyilashuvi  belgilanadi.  Imom  al-Buxoriy  keltirgan 




 

19 


hadislarning  isnodi,  ko'pincha  u  bilan  Payg'ambar  o'rtasida  uch  roviydan  tashkil 

topadi.  Boshqa  hollarda  esa  mazkur  hadisning  rivoyat  qilganda  uning  isnodi  to'rt 

yoki  besh  roviydan  bo'lishligiga  ham  erishadi.  Binobarin  hadisshunoslikda  uch 

isnodliklar isnod oliy, to'rt  va besh isnodliklar  esa isnod nozil  (quyilovchi isnod), 

deb  qabul  qilingan.  Oliy  isnod  mansub  hadislarning  sahih  (ishonchli)  bo'lishlari 

asosiy shartlardan hisoblanadi. 

Al-Hadis  al-marfu'.  Bu  xildagi  hadislar  (isnodi  bog'lansa  ham  yoki 

bog'lanmasa ham) Payg'ambar alayhissalomga borib bog'lanadi (taqaladi). Bunday 

hollarda  ushbu  hadisni  sahih  yoki  zaif,  muttasil  yo  munqati',  undan  sahoba  yoki 

tobe'iy  tushib  qolishi  ham  mumkin,  bulardan  qat'iy  nazar  bular  marfu'  hadislar 

sirasiga kiradi. Marfu' hadislar ikki xil bo'ladi: 

1.  Al-Marfu'  as-sariyh  (ochiq-oydin  marfu').  Bu  xildagi  hadislarda 

Payg'ambarga  mansublik  bevosita  ta'kidlanadi.  Masalan,  "Payg'ambar  degan" 

(qola),  "Payg'ambarni  ko'rdim"  (raaytu)  yoki  "Payg'ambar  bizga  buyurgandi" 

(amarano) kabi iboralar mavjud bo'ladi. 

2.  Al-Marfu'  al-hukmiy  (hukm  etilgan,  buyurilgan).  Bu  tarzdagi  hadislarda 

to'g'ridan-to'g'ri  Payg'ambarga  ishorat  qilinmay,  pinhoniy  (dimniy)  keltiriladi. 

Sahoba  yoki  tobe'iynlardan  birontasi  Payg'ambarga  mansub  etmay,  shar'iy 

hukmlardan  biror  masalani  gapiradi,  biroq  bu  fikr  uni  o'zidan  chiqmagan  bo'lib, 

odatda Payg'ambardan olgan bo'ladi. 

Al-Hadis  al-mavquf,  deb  sahobalarning  so'zlari  yoki  harakatlari  mansub 

etilgan  hadislarga  aytiladi.  Chunonchi,  sahobalar  Payg'ambar  alayhissalomning 

suhbatida  bo'lib,  uning  rushdu-hidoyatidan  va  odobidan  bahramand  bo'lganlar. 

Ulamolarning  ham  sahobalarning  so'zlari  va  ishlariga  ehtiyojlari  katta  bo'lgan. 

Mana  shu  sabablarga  ko'ra,  sahobalarning  so'zlari  (qavllari)  va  ishlari  (af'ol)  ham 

hadis kitoblariga kiritilgan. 

Al-Hadis  al-maqtu',  deb  tobe'iynlarning  so'zlari  va  ishlari  keltirilgan 

hadislarga  aytiladi.  Tobe'iynlarning  so'zlari  va  qilgan  ishlari  ham  ulamolarning 

diqqat  markazida  bo'lgan,  chunonchi,  ular  sahobalar  bilan  muloqotda  bo'lib, 



 

20 


shari'at  ahkomlarini  ulardan  olganlar.  Payg'ambar  alayhissalom  ham  yaxshi 

insonlar, deb bashorat berganlarida ularni ko'zda tutganlar. 

Sahih  hadislar,  deb  isnodi  boshidan  oxirigacha  adolat  bilan  hech  bir 

kamchilig-u illatsiz rivoyat qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana 

talay shartlari ham bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir: 

1.  Sanadni  uzluksiz  bog'lanishi  (ittisol  as-sanad)  -  bu  shundayki,  hadisni 

rivoyat qiluvchi roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz bo'lishi 

shart. 2. Keltiriladigan hadis roviylarining hammasi o'z dinida adolatli, sobitqadam 

kishilar bo'lmog'i kerak. 3. Rivoyat qiluvchi komil musulmon bo'lishi shart, chunki 

ular  dinda  mustahkam  insonlardir.  4.  Rivoyat  qiluvchi  aql-idrokli  kishi  bo'lmog'i 

zarur.  5.  Roviy  balog'atga  yetgan  inson  bo'lishi  kerak.  6.  Roviy  fisqu-fasoddan 

xoli, sog'lom fikrlovchi inson bo'lishi kerak. 7. Uzuq-yuluqni rivoyat qilishdan xoli 

kishi bo'lishi zarur. 

Hijriy  III  asrda  hadis  ta’lif  etish  sohasida  "musnad",  "sahih",  "sunan"  deb 

atalmish  turli  yo’nalishlar  vujudga  keldi.  "Musnad"  yo’nalishida  tasnif  etilgan 

to’plamlarda  turli  mavzudagi  hadislar  bir  joyda  keltirilib,  ular  hadis  rivoyat 

qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko’ra yoki alifbo tartibida 

joylashtirilgan.  Abu  Hanifa,  Ahmad  ibn  Hanbalg’ging  hadis  kitoblari  shu 

yo’nalishga  mansub.  "Sahih"  yo’nalishiga  tug’ri,  ishonarli  hadislar  kiritilgan.  Bu 

yo’nalishga  Imom  Buxoriy  asos  solgan.  "Sunan"  yo’nalishidagi  to’plamga  esa, 

to’g’ri,  ishonarli  hadislar  bilan  bir  qatorda  "zaif"  hadislar  ham  kiritilgan.  Abu 

Dovud,  Abu  Iso  at-Termiziy,  Nasoiy,  Ibn  Moja  to’plamlari  shu  yo’nalishta 

mansubdir. 

Movarounnahrda  birinchi  bo’lib  Imom  Abdulloh  ibn  Muborak  al-Marvaziy 

hadis  to’plamini  ta’lif  etgan.  Bundan  tashqari  Ahmad  ibn  Hanbal  al-Marvaziy, 

Ishoq  ibn  Rohavayh  al-Marvaziy,  Haysam  ibn  Kulayb  ash-Shoshiy,  Abu  Bakr 

Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma’qul an-Nasafiy va boshqalar 

hadis to’plamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, 

payg’ambar  nomidan  yolg’on  hadislar  to’qish,  fiqh  va  kalom  ilmi  sohasidagi 



 

21 


ziddiyatlar,  amir  va  hokimlarga  xushomadgo’ylik  oqibatida  ko’plab  ishonarsiz, 

to’qima hadislar yuzaga kelgan. 

Davr  o’tishi  bilan  hadislar  tanlanib,  muhim  deb  hisoblanganlari  bir  tizimga 

solina boshladi. IX— X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan 

hadisning 6 ta to’plami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" 

(Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Sunani Ibn Moja", 

"Sunani Nasoiy", "Sahihi Buxoriy" ko’proq e’zozlanadi. Bu 6 ta hadis to’plamini 

tuzgan  muhaddislardan  2  tasi  movarounnahrlik,  4  tasi  esa  xurosonlik  bo’lgan. 

Hadislar to’plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib 

etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan

9



Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va g’oyaviy merosining ko’p unsurlari 



islomga  hadis  shaklida  o’tgan.  Hadis  yig’ish  o’rta  asr  musulmon  madaniyatining 

muhim xususiyati bo’lib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har 

qanday  ilmiy  asarni  asoslashning  muhim  qismi  bo’lgan;  undan  hikmatli  so’z  va 

matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom 

olami  oliy  o’quv  yurtlarining  shariat  fakultetlarida  asosiy  o’quv  qo’llanmasi 

sifatida  xizmat  qilib  kelmoqda.  Imom  Buxoriyning  "Sahihi  Buxoriy"  Hadislar 

to’plami  4  jildda  (1-jild  —  1991,  2-  jild  -  1996,  3-  jild  -  1994,  4-  jild  -1992),  2 

nashri esa 1997 yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning 

"Sahihi  Termiziy"  hadislar  to’plami  1-jildining  o’zbekcha  tarjimasi  1999  yil 

Toshkentda  chop  etildi.  Bulardan  tashqari  "Ming  bir  hadis"  tarjimasi,  "Qudsiy 

hadislar" tarjimasi ham nashr etildi. 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin