Xadislarning insonni ma'naviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi o‘rni



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#57422
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
nadislarning insonni manaviy komillik sari yetaklovchi omil sifatidagi orni

bergan  ovqating  ham  sen  uchun  sadaqadir..",  deyilgan.  Boshqa  bir  hadisda  esa 

                                                 

32

 Nomozov B. Oilada erning o‘rni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 1,2012. –B.34-35. 




 

62 


"Xotining og‘ziga tutgan luqmada ham sen uchun savob bor", deyiladi. “Demak, er 

o‘zi tanovul qilgan ovqatdan xotiniga edirish orqali ham erlik vazifasini ado etar, 

ham savob olar ekan. "Teng eganni, teng suyubdi" iborasi oila uchun ham aytilgan. 

Ba’zi  erlar  o‘zlari  oshxo‘rliklarda  ovqatlarning  sarasini  eydilaru,  oiladagilarning 

eb-ichishlari bilan ishlari ham yo‘q”

33

.  



Eng muhimi, bu taomlar peshona terini to‘kib, topilgan halol luqma bo‘lmog‘i 

lozim.  Birovning  haqqi,  pora,  yolg‘onchilik,  o‘g‘irlik  va  boshqa  harom-harishdan 

bo‘lmasligi  kerak.  Erkaklarning  yalqov  va  boqimonda  bo‘lib,  ayollarni  ro‘zg‘or 

tebratishga  majbur  qilishlari,  jufti  halollarining  eb-ichishlari  va  kiyinishlarida 

baxillik qilish, gaz va elektr energiyasi kabi kommunal to‘lovlarni ham ayollarning 

zimmasiga  yuklab  qo‘yish  yoki  bulardan  o‘g‘irlikcha  foydalanish  yoki 

foydalanilgan  energiyaning  haqqini  to‘lamaslik  erkaklarga  xos  bo‘lmagan  gunoh 

ishlardir. Er o‘z imkoniyatiga qarab, haddan oshirmay, qisib ham qo‘ymay xotinini 

kiyim-kechak bilan ta’minlashi shart. Zotan, Qur’oni karimda "Xotinlaringiz bilan 

yaxshilikda yashang," deyilgan. 

Yaxshilik  qilishning  turlaridan  biri,  imkon  topilganda,  jufti  halollariga 

sovg‘alar berib turishdir. SHu bois, hadisi sharifda "Bir-birlaringizga sovg‘a berib 

turing, chunki u qalbga muhabbat soladi va ginalarni ko‘taradi", deyilgan. Xotinini 

go‘zal,  saranjom-sarishta  bo‘lishini  yoqtirgan  er,  o‘zi  ham  ko‘rkam  ko‘rinishli 

bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Abdulloh ibn Abbos aytgan quyidagi rivoyatda 

ham shunga ishora qilingan: "Xotinim men uchun o‘zini ziynatlagandek men ham 

u uchun o‘zimni ziynatlayman". 

Bir kuni Umar (r.a.)ning huzuriga bir ayol ust-boshi jirkanchli holatda bo‘lgan 

eri  bilan  kirib  keldi  va  shikoyat  qildi:  "Ey,  mo‘minlarning  amiri!  Meni  bundan 

xalos  eting".  Xalifa  ayolning  g‘azablanish  sababini  darhol  tushunib,  uning  eriga 

hammomga  tushib,  sochi,  tirnog‘ini  olib,  o‘ziga  qarab  kelishini  buyurdi.  Eri 

hammomdan  chiqib,  qaytib  kelganda,  ayol  uni  tanimay  qoldi,  bir  ozdan  so‘ng 

qilgan da’vosidan qaytib, eri bilan yarashib ketdi. SHunda Umar (r.a.): "Ayollarga 

nisbatan doimo shunday qilinglar! Sizlar ham ularni ziynatlangan holaa ko‘rishni 

                                                 

33

 Ismoilov O. Oila ma'naviyat qo‘rg‘oni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.170-172. 




 

63 


yaxsha ko‘rasizlar-ku?", — dedilar. Lekin ziynatning ham me’yori bor. Risoladagi 

er  xotinini  hech  vaqt  e’tiborsiz  qoldirmaydi.  Ba’zilar  ishga,  o‘zi  qiziqqan 

narsalarga  haddan  tashqari  berilib  ketib,  go‘zal  jufti  haloli  borligini  esdan  ham 

chiqarib qo‘yadilar. Bu yaxshi emas, albatta. Oiladagi aksariyat kelishmovchiliklar 

er-xotinlik munosabatlarining o‘z maromida yoki joyida emasligidan kelib chiqadi. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Mo‘min kishi o‘z xotinida biron noxush fe’l yoki odatni 

ko‘rsa, darrov jahli chiqmasin. Uning boshqqa ma’qul xulqlari ham borki, shularni 

esdan  chiqarmasin",  —  deganlar.  Buzuq  soat  ham  bir  kunda  ikki  marta  to‘g‘ri 

gapiradi.  Demak,  hamma  narsaning  yomon  tomonidan  tashqari  bir  yaxshi  tomoni 

ham  bor.  Bir  kishining  xotini  doim  urushar,  kecha-yu  kunduz  uyida  tinchlik 

bo‘lmas  ekan.  Bir  kishi  unga:  «Bu  xotinni  taloq  qilib,  javobini  berib 

yubormaysizmi?»  —  debdi.  Er  esa  o‘sha  kishiga  shunday  javob  beribdi:  "Javob 

berish-ku  oson,  bu  xotinda  hamma  yomon  sifatlar  jamlashgan-u,  lekin  bir  sifati 

bor,  shu  sababli  boshqa  ishlarini  kechirib  yuboraveraman.  Alloh  taolo  bunga 

vafodorlikni bergan-ki, uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketsam ham, mendan boshqa erkakka 

qaramaydi". 

Risoladagi er xotiniga lutf bilan muomala qilib, uni eng chiroyli ismlar bilan 

chaqiradi.  Agar  ayol  ovqat  pishirgan  bo‘lsa,  yangi  kiyim  kiysa,  biron-bir  xabar 

aytsa,  e’tibor  bilan  tinglab,  o‘z  xursandchiligini  bildiradi.  Uy  ishlarida  jufti 

haloliga yordam beradi

34



Bir  yigit  bir  qizga  ko‘ngil  qo‘yib,  izhori  dil  qilibdi.  Qiz  ham  unga  ko‘ngil 



qo‘yibdi. To‘y qilib oila qurmoqchi bo‘lishibdi. To‘y kuniga yaqin qolganda, qizga 

betoblik  etib,  yuziga  chechaklar  toshib  ketibdi.  Tabiblar  bunga  davo  topa 

olishmabdi. Oldingi husnidan ayrilgan qiz, endi turmushga chiqmasdan, dunyodan 

yolg‘iz o‘tishga qaror qilibdi. Bu voqeadan keyin yigit ham kasal bo‘lib, ikki ko‘zi 

ko‘rmay  qolibdi.  Endi,  to‘yni  to‘xtatmaylik  deb,  oila  qurishibdi.  Uzoq  va  baxtli 

hayot  kechirishibdi.  Vaqti  kelib  qiz  dunyodan  o‘tibdi.  Qizning  janozasidan  keyin 

ma’lum bo‘libdiki, aslida yigitning ko‘zlari ko‘r emas, balki sog‘lik paytida o‘zini 

                                                 

34

 Ismoilov O. Oila ma'naviyat qo‘rg‘oni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 3,2012. –B.170-172. 




 

64 


yigitga bag‘ishlashga ahdu paymon qilgan qizni baxtli qilish uchun atayin shunday 

degan ekan. 

Oilaning  baxtli  va  saodatli  bo‘lishida,  albatta,  erning  vazifasi  katta.  Ibodat 

deganda  faqat  namoz,  ro‘za  kabilarni  tushunib,  oilaviy  munosabatlarning  ham 

ibodat ekanini unutganimiz sababli, ba’zi erkaklar oiladagi o‘z vazifalariga e’tibor 

bermay qo‘yganlar. Hatto ibodatni ro‘kach qilib, oilasining axvolidan xabar olmay 

qo‘yganlar ham bo‘lyapti. 

Oila  atalmish  jamiyatda  ayolarning  ham  o‘z  o‘rinlari  bor.  “Islom  ayollarni 

e’zozlaydi”,  degan  gaplar  bor.  Islom  har  bir  davrning  talablariga  javob  bera 

oladigan  voqeiy  din  bo‘lib,  unda  insoniy  hayot  qadrlanadi,  har  bir  erkak  va 

ayolning  turmush  qurib,  bola-chaqa  qilishi  va  oilaviy  farovon  hayot  kechirishi 

to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinadi. 

Tarixdan  yaxshi  ma’lumki,  johiliyat  davrida  ayollar  huquqi  butkul  poymol 

qilinar  edi.  Bir  erkak  qo‘l  ostida  o‘nlab  ayollar  cho‘ri  yoki  tutqun  quldek  bo‘lib, 

ular har qanday haq-huquq, adolat va hurmat-e’tibordan mahrum edilar. Ularga bir 

buyum  sifatida  qaralar  edi.  Islom  kelgach,  erkak  uchun  xotinlar  soni  ko‘pi  bilan 

to‘rt  nafar  bulishi  mumkinligi  va  erkakning  o‘z  jufti  halollariga  nisbatan  har 

tomonlama adolatli munosabataa bo‘lishi lozimligi shart qilib qo‘yildi . 

Islomda erning ayol ustidan rahbar qilib qo‘yilishi erkak zimmasiga jismonan 

kuchli  shaxs  sifatida  ko‘proq  mas’uliyat  yuklatish  ma’nosida  bo‘lib,  u  oilaning 

moddiy  ta’minotiga  javobgarlikdir.  Oilada  ro‘zg‘orni  tebratish  er  kishining 

gardaniga  yuklatilgan  bo‘lib,  bu  —  har  bir  vijdonli,  or-nomusli  erkakning 

muqaddas burchidir

35



Islom  ayolni  ona  sifatida  ulug‘lab,  oila  va  sog‘lom  jamiyat  barpo  etishning 

ko‘p  jabhalarini  unga  topshirib,  "Jannat  —  onalar  oyog‘i  ostida"  degan  hikmatni 

o‘rtaga  tashladi

36

.  Ayolni  xotin  sifatida  ham  ulug‘lab,  erkakning  eng  yaxshisi  va 



mardi  onasi,  xotini  va  mushtipar  opa-singillariga,  amma-xolalariga  ko‘proq 

                                                 

35

 Nomozov B. Oilada erning o‘rni // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 1,2012. –B.34-35. 



36

 Isakov A. Islom ayollarni e'zozlaydi // Imom al-Buxoriy saboqlari. -№ 1,2004. –B.71. 




 

65 


yaxshilik  qilgani  deb,  oilaning  moddiy  ehtiyojlarini  qondirishni  asosan  er 

zimmasiga yukladi. 

Payg‘ambarimizning  hadisi  muboraklarida  ham  aytilganidek,  "Er  —  o‘z 

xotinining  og‘irini  engil  qilishi,  qiyinchiliklardan,  xor  qilib  qo‘yishdan  va  turli 

tajovuzlardan  himoya  qilishi  kerak.  CHunki  u  tabiatan  er  kishiga  nisbatan  zaifa, 

himoyaga  muhtoj xilqat hisoblanadi. U har bir insonga xos bo‘lgan ezgu niyat va 

umid  bilan  shu  oilada  baxtimni  toparmikanman,  orzu-havaslarim  ushalarmikan, 

degan  umid  bilan  yangi  xonadonga  kelin  bo‘lib  tushadi.  SHuning  uchun  har  bir 

erkak,  ham  oila  boshlig‘i,  ham  er  sifatida  uzaro  izzat-hurmat  asosida  oila 

totuvligini ta’minlashi va xotinining bu oilada o‘zini baxtli his etishi va ildiz otib 

ketishi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rib, harakat qilishi kerak. 

Islom  ayolning  to‘la  huquqli  inson,  mustaqil  shaxs  ekanini,  xususiy  mulkka 

ega  bo‘lish  haqqini,  o‘z  mulkini  erkin  tasarruf  qila  olishini,  ta’lim  olish  haqqini, 

e’tiqod, ixtiyor va fikr erkinligini, nasihat, amri ma’ruf, nahyi munkar ma’ruzalari 

qilish haqqini, o‘zi xohlagan kishiga turmushga chiqish, xohlagan kishisidan ajrala 

olish  haqqini,  o‘z  ismi  va  ota-onasining  nomini  saqlash  kabi  huqukdarini  e’tirof 

etadi. 

Islomdan  oldin  esa  bunday  huquqlarning  ko‘pi  ayollarda  yo‘q  edi.  Bundan 

tashqari,  islom  ayol  kishiga  o‘z  ixtiyoriga  ko‘ra  insoniyat  tarqqiyotida  faol 

qatnashish  huquqini  ham  berdi.  Uning  vazifasini  aslo,  faqat  nasl  ko‘paytirish  va 

lazzat talablariga bog‘lab qo‘yish mumkin emas. 

Islom ayollar sha’nini ko‘taradi, qadimda va hozir ham, ba’zi din va davlatlar 

mafkurasida  bayon  qilinganidek,  ayolni  kamsituvchi,  erkaklardan  past  darajaga 

qo‘yuvchi, xo‘rlovchi amallar va tasavvurlarni inkor etadi. Iffatli, soliha ayollarni 

badnom qilishga aslo yo‘l qo‘ymaydi. 

"Iffatli  ayollarni  (zinokor  deb)  haqoratlagan,  so‘ngra  (bu  da’volariga)  to‘rtta 

guvoh  keltira  olmagan  kimsalarni  sakson  darradan  uringiz  va  ularning 

guvohliklarini abadul-abad qabul qilmangiz! Ana o‘shalar fosiq kishilardir". 

Islom ayolni behurmat qilish, obro‘sini to‘kish, undan fisq yo‘lida lazzat, fitna 

va ziinat uchun ommaviy axborot vositalarida tijorat maqsadlaridan foydalanishni 




 

66 


ulkan  gunoh  va  katta  jinoyat,  kishilik  jamiyatini  tubanlikka,  inqirozga  olib 

boruvchi mash’um omil deb hisoblaydi. 

Islom  ayolni  qiz  sifatida  ham  ulug‘laydi.  Uni  odob-axloqli  qilib  tarbiyalash 

mas’uliyatini  ota-ona  zimmasiga  yuklaydi  va  bu  ishni  ularning  jannatga 

kirishlariga sabab qilib ko‘satadi. Islom soliha, iffatli ayollardan imon va taqvoda 

oliy darajaga etganlarni barchaga o‘rnak qilib qo‘ydi. Payg‘ambarimizning qizlari 

—  bibi  Fotima,  zavjai  muhtaramalari  —  Xadicha  va  Oisha  onamiz,  Iso 

alayhissalomning  onasi  —  bibi  Maryam,  Muso  alayhissalomni  go‘dakligida  o‘z 

tarbiyalariga olgan, Far’avnning xotini — Osiyo va boshqalar shular jumlasidandir. 

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.), boshqa payg‘ambarlar ham o‘z vaqtida 

ummatlariga  ayollarni  kishilik  jamiyati  taraqqiyotida  tutgan  muhim  o‘rni 

to‘g‘risida va o‘larni qadrlash, ulug‘lash, avaylab-asrash, himoya qilish, e’zozlash 

haqida  ko‘pdan-ko‘p  pand-nasihatlar  aytganlar.  Ayniqsa,  payg‘ambar  Iso 

alayhissalomning  o‘z  ummatlariga  bu  borada  qilgan  quyidagi  o‘gitlari  diqqatga 

eazovordir: 

Kimki Parvardigoridan keyin muqaddas, aziz va tabarruk sanaladigan onasini 

izzat-hurmat qilib qadrlamas ekan, u farzand — o‘g‘il degan nomga noloyiqdir. 

Eshiting, ey imon keltirganlar! Jahon onasi bo‘lmish ayol zotini hamma vaqt 

qadrlang,  e’zozlang,  chunki  unda  ilohiy  yaratuvchanlikning  barcha  haqiqati 

mujassamlashgandir. 

Oilada  farzandlar  tarbiyasi  ham  nafaqat  oila,  balki  jamiyat  uchun  ham  katta 

naf  keltiradi.  SHuning  uchun  farzanlar  tarbiyasiga  katta  e’tibor  bermoqlik  lozim. 

Payg‘ambarimiz  (a.s.)  bir  hadisi  shariflarida  aytadilarki:  “Hech  bir  ota  o‘z 

farzandiga  yaxshi  tarbiya  va  odob  o‘rgatishdan  ortiq  hadya  qilolmaydi”.  Ikkinchi 

hadisda esa “Farzandlaringizni hurmatlanglar va ularning odobini go‘zal qilinglar”, 

deganlar.  Albatta  bunda  har  bir  ota-ona  axloqiy  fazilatlarni,  avvalo  o‘zlarida 

mujassam  etishlari  bilan  boshqalarga  va  farzandlariga  namuna  bo‘lishlari  kerak. 

Aks holda farzanlaridan kutayotgan hayrli ishlarni teskarisi bo‘lishi mumkin.   

Xulosa  o‘rni  shuni  aytish  mumkinki,  Alloh  taolo  oilalarimiz  va 

jamiyatimizdagi tinchlik va barakani ziyoda aylab, mehr-oqibatni bardavom qilsin! 




 

67 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin