Xalaqitbardoshlikni yuqori darajada ta’minlash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/6
tarix24.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#160528
1   2   3   4   5   6
DVB T

Randomizatsiyaga MPEG-2 transport paketlari ketma ketligini ta’minlovchi raqamli oqimlarni moslashtirish opersiyasi mos keladi (6.2-rasm). Davomiyligi 188 baytdan iborat paketlar 8 ta guruh paketlariga birlashtiriladilar. Birinchi paket guruhining sinxrobayti invertirlanadi va 101110002= V816ni hosil qilinadi.
Randomizatsiya modul 2 bo‘yicha qo'shish orqali amalga oshiriladi, ya’ni raqamli ma’lumotlar oqimidagi “YOKIni yo‘qotuvchilar”(XOR) logik operatsiyalari va ikkilik psevdotasodifiy ketma ketliklari PRBS (Pzesudo Random Binary Sequcnce) qo'shiladi.



6.2-расм. MPEG-2 нинг транспорт пакетларининг мослашуви.



6.3-rasm. Ma’lumotlarni randomizatori


PRBS ketma-ketlik generatori 15 razryadi registrlar siljishi bazasida qurilgan va teskari aloqa zanjiri bilan bog‘langan (6.3-rasm). Shakllantirilayotgan ketma - ketlikni tasodifiyga o‘xshashligi va qabul qilgichda uzatilayotgan ma’lumotni tiklash uchun har bir 8-chi paketning boshida PRBS generatori initsializatsiya(qo'shimcha kod bilan tekshiriladi) qilinadi, shu maqsadda uni 100101010000000 soni bilan yuklanadi. Initsializatsiyadan so‘ng psevdotasodifiy ketma - ketlikning PRBS birinchi biti, transport oqimining dastlabki baytining birinchi biti bilan qo'shiladi.Transport oqimining birinchi biti teskarisiga aylantirilgan sinxronizatsiya baytidan keyin keladi. Transport paketining sinxronizatsiya baytlari radomizatsiyalanmaydilar.Chunki PRBS generatori tuzilish sxemasini murakkablashtirmaslik uchun, barcha sakkizta paketlar davom etish vaqtida ham to‘xtatilmaydi. Ammo sinxrobayt intervallari orasida psevdotasodifiy ketma ketlik bilan qo'shilish amalga oshirilmaydi, ya’ni qo'shilish uchun ruxsat etish signallaridan foydalaniladi va sinxro baytlar randomizatsiya qilinmaydilar. Shunday qilib psevdotasodifiy ketma-ketlikning davomiyligi 1503 baytga teng bo‘ladi (187+188x7=1503)


Uzatilgan ma’lumoti qabul qilish tomonida tiklash ham xuddi shunday PRBS generatori yordamida bajariladi va u moslashtirilgan transport oqimining har bir 8 paketidan tashkil topgan guruh boshida initsializatsiya qilinadi (guruhning boshlanishini teskarisiga aylantirilgan paket sinxrobayti ko‘rsatadi).

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin