Turli ishlab chiqaruvchilar qurilmalarining ishlashlarini moslashtirish uchun raqamli modulyatsiyalangan radiosignallar parametrlarinining standartlari belgilanadi. Raqamli yer usti teleeshittirish tizimlarining uzatish qismidagi signal va ma’lumotlarga ishlov berish tashkiliy chizmasi 6.1-rasmda keltirilgan.
DVB-T ning farqli xususiyati shundan iboratki, unda MPEG-2 ma’lumotlar trasport paketlarini uzatish uchun kanalni kodlash tizimi va OFDM modulyatsiyalash usulini birgalikda uyg‘unlashgan holda qo‘llanishidir.
Uzatilayotgan ma’lumot (tasvir signallari, ovoz signali, grafika va boshqa xizmat ma’lumotlari) MPEG-2 MPEG-4 koder standartlarida siqishtiriladi va (har bir ko‘rinish alohida) kodlanadi. So‘ngra multipleksirlash usuli bilan dastur oqimi yaratiladi va unga videosignal, ovoz signallari hamda zarur holatlarda grafika axborotlari kiritiladi.
Keyin bir necha dasturlar oqimini birlashtirish MPEG-2 ning transport oqimini shakllantiradi va bu oqim o‘z navbatida yana ikkita tashkil etuvchi transport oqimlariga ajraladi. Bulardan birinchisiga ishlov berish xalaqitbardoshlikni oshiradi, ikkinchisi esa - uzatish tezligini oshirishga xizmat qiladi. Koderning chiqishida ular yana birlashtiriladilar. Olingan transport oqimi paketlari har bir 188 baytli paketlarga ajratiladi. Birinchi bayt sinxronizatsiyalash paketidir va ikkilikdagi qiymati har doim 01000111 yoki o‘n olti razrdlikdagi 47 ga teng. Paketlarni tanishni soddalashtirish uchun ular sakkizta paketdan iborat guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruhning birinchi paketi sinxronizatsiyalovchi bayti invertirlangan(teskarisiga aylantirilgan), ya’ni - 10 111 000 (V8N).
Bundan so‘ng axborotga ishlov berish OFDM (ortogonal chastota multipleksori) kanali koderida amalga oshiriladi. Signal avval randomizatsiya bog‘lamasidan o‘tadi va u yerda kvazitasodifiy signalga aylantiriladi. Buning uchun ikkita ikkilik, maxsus generator orqali ishlab chiqarilgan kvazitasodifiy raqamli signal,dasturiy ketma ketlik asosida, modul 2 bo‘yicha qo'shiladi.
Bunday operatsiya birlik va nollik simvollar ketma -ketligini yo‘qotadi va signal spektrini tekislanishini ta’minlaydi.
6.1- rasm. DVB-T tizimining uzatuvchi qismining tashkiliy chizmasi.