Xalq amaliy san’ati naqqoshlik misolida rahimov Azizbek Yaxshiboyevich, Utaboyev Baxtiyor Safarovich



Yüklə 42,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü42,87 Kb.
#167430
  1   2
3167-Текст статьи-7745-1-10-20211027



XALQ AMALIY SAN’ATI NAQQOSHLIK MISOLIDA
 
Rahimov Azizbek Yaxshiboyevich, Utaboyev Baxtiyor Safarovich 
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti,Tasviriy san'at va 
muhandislik grafikasi yo'nalishi o'qituvchilari 
e-mail:rahimovazizbek09@gmail.com 
 
Anotatsiya: 
Mazkur maqolada xalq amaliy san’at turlaridan biri bo’lgan
 
naqqoshlik 
san’atining kelib chiqishi, inqiroz va yuksalish davri shu bilan bir qatorda hozirgi kundagi o’rni 
va darajasi ko’rsatib berilgan va kerakli adabiyotlar yordamida isbotlangan, ma’lumot o’rnida 
shuni aytib o’tish joizki, naqqoshlik san’ati insoniyat yaratilgandan buyon, asrlar davomida 
sayqallanib borayotgan, eng muhimi esa bugungi kungacha saqlanib qolgan haqiqiy san’at 
turidir. 
Kalit so’zlar: 
o’simliksimon, geometrik, naqsh ,ramziy ustuvorlik, taraqqiyot, qo’lyozma, 
feruza, lojuvard, aqiq, nifret.
 
Qadimgi zamonlarda ham kishilik jamiyati yashayotgan manzillariga, devor-
u toshlarga asosan ov jarayonlari, janglar, bayramlar, tantanali marosimlarning 
suratlarini chizishga harakat qilganlar. Masalan Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa 
va boshqa obidalar qoldiqlarida shunga o’xshash turli xildagi chizmalarni topish 
mumkin. Vaqtlar o’tgandan keyin esa diniy bilimlar va boshqa shunga o’xshash 
voqea hodisalar ro’y bergandan keyin tirik mavjudotning suratlarini chizish man 
etilib qo’yildi. Balki shu sababli ham tasviriy san’at o‘rnini sekin-sekin 
o‘simliksimon hamda geometrik naqshli bezaklar egallay boshladi. Har xil turdagi 
rangdagi, o‘simliksimon va geometrik naqshlarda aqlli va izlanuvchan rassomlar 
har xil ramziy belgilar yaratishdi va ularga ko’plab sirlarni berkita boshlashdi. 
Chizilgan tasvirlangan naqshlarda ramziylik ustivorlik darajasiga chiqdi. Ota-
bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish
bilan bir qatorda ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini 
kuylaganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har 
taraflama o‘rganib chiqib, uylarni ajoyib naqshlar bilan boyitganlar. Naqshlangan 


uyda kishilar xotirjam, ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr
ko‘rishini donishmand bobolar asrlar davomida hayotiy tajribalar asosida isbotlab 
berganlar. Keksa ustalarimizning aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san’ati 
shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan naqshlari orqali
bir-birlari bilan ovozsiz gaplashganlar. Bu esa ularni o’z kasblarining qay darajada 
mohir va mehrli bo’lganligining yorqin dalilidir. Alisher Navoiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav
Dehlaviy, Kamoliddin Behzod, Maoniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Bobur kabi 
jahonga mashhur olim, shoir va naqqoshlar binolarimizni kishilar xayolini o‘ziga
tortuvchi, tabiatning go‘zal manzaralariga monand naqshlar bilan bezashga 
chaqirganlar. Kishilarni go‘zallik bilan yaqin do‘st, birodar bo‘lishga undaganlar.
Arab imlosi, g‘azal, bitiklar, naqshlar, me’moriy obidalar, tasviriy san’atning 
islimiy-tilsimiy turlari eshitish va ko‘rish a’zolarimiz orqali ruhimizga hissiy 
quvonch olib keladi. Islom madaniyati ijod dasturida fikr va narsalarning shakl
yaxlitligi ramziy-tilsimiy mazmun qobig‘iga o‘ralgan.
Temuriylar davri ya’ni XIV-XV asrlarda amaliy bezak san’atining
yuksak taraqqiyot topgan davri hisoblanadi. Chunki mahalliy an’analar bilan 
birgalikda amaliy bezak san’ati ya’ni naqqoshlik O‘rta Sharq badiiy yutuqlariga 
ham asos solgan. Izlanishlar esa asosan bezak naqshlar sohasida bo’lgan. Bezakda 
o‘simlik va gul mavzulari, “girih” handasaviy naqshlari, yozuvli namoyonlar
yetakchilik qilgan. Yog‘och ustunlar va eshiklarning naqsh mujassamoti maydon, 
belboq, hoshiya kabilarga mutanosib bo‘linib, o‘yma gullar–egiluvchi novdalar
va gulli butalar bilan bezatildi. Marmar qabrtoshlari egiluvchan butalar
o‘ramidagi o‘ta nafis yozuvlar bilan qoplandi. “Girih” ko‘rinishidagi handasaviy 
naqshlar yog‘ochlardan yig‘ilgan sag‘analar, yog‘och va marmar panjaralarda 
mahorat bilan ishlangan. Mazkur asr kulolchiligida ko‘m-ko‘k tusdagi Xitoy
chinnisi ta’sirida yangi bezash usuli shakllandi, ko‘proq oq-ko‘k sir ishlandi. 
Tanga, glaptika, metall o‘ymakorligida husnixat hukmronlik qilgan. Kulollikda 
rangli va bir rangda ishlangan bo‘yama naqshlar saqlanib qolgan qat’iy sovuq 
rangli moviy zaminga qora naqsh, oq zaminga ko‘k naqshlar ishlangan. 


Koshindagi bezak chiziqlarining mayin va o‘quvchanligi bilan farq qiluvchi nafis 
ko‘k-yashil bo‘yama naqshlar bilan hamohang bo‘lgan bilinar-bilinmas 
bo‘rtma gulli chiroyli idishlar yaratilishi ustalarning katta yutug‘i bo‘ldi.
Naqshlarda o‘simlik, hayvon va osmon jismlari mavzu uyg‘unlashgan. 
Amaliy san'atga bu qadar chuqur falsafiy yondashish natijasida shartlilik, 
stilizatsiya - ramziylikka asoslangan badiiy bеzak asarlari yaratish kuchayib 
ketdi. Ushbu tarixiy omil o’zbеk milliy bеzak san'atining gurkirab
rivojlanishiga turtki bo’lgan va hozirda jahonga mashhur mе'morchilik
yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik,
toshtaroshlik va boshqa turdagi san'atlarning ajoyib darajada uyg'unligidan va
mujassamligidan dalolatdir. Halі hamon amaliy bеzak san'ati kishilarning
ma'naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. 
Shuning uchun ham o’zbеk halі amaliy san'ati kishilarni badiiy, umuminsoniy 
tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, hamda madaniy 
darajasini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o’tmishda o’zbеk amaliy bеzak san'atining eng rivojlangan naqqoshlik, 
ganchkorlik, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik,
bo’yrachilik, zargarlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, kigizchilik,
savatchilik kabi turlarining o’ziga xos bajarish tеxnologiyalari, milliy nomlari,
ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda 
nom qozongan ustalarning xizmatlari butun jahonga dong’i kеtgan. O’rta Osiyo 
naqqoshlik san'ati qadimdan dunyoga mashhur. O’tmishda ota-bobolarimiz qurgan
muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo’qotmagan. Yuksak 
did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib kеlmoqda. Naqsh 
arabcha tasvir, gul dеgan ma'noni bildirib, u qush, hayvonot, o’simlik dunyosi,
gеomеtrik va boshqa turli shakllarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil 
qilingan bеzak. 
Mustaqillik yillarida, ayniqsa so’ngi besh yil ichida san’at sohasida ulkan 
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Yangidan yangi imkoniyatlar eshigi O’zbekiston yoshlari 
uchun, san’at ahli uchun, xususan tasviriy san’at va naqqoshlik sohasida faoliyat 


olib borayotgan jonkuyar fidokor yoshlarga, qolaversa ularning ustozlariga katta 
qilib ochib qo’yilmoqda. Misol uchun maktabda va maktabgacha ta’lim 
muassasalarida texnologiya, tasviriy san’at fanlari chuqur o’rgatilmoqda, bundan 
tashqari qo’shimcha darslar tashkil etilyapti bularning barchasi san’atga, 
qaratilayotgan e’tibor natijasidir. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa
shuki, talabalarga boshlang`ich sinflardan boshlab, Texnologiya va dizayn
mashg`ulotlarini ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
O`tmishga boqsak ham, qadimda buyuk naqqoshlik san`atning ilmiy asoslarini
qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishilgan. Bularni talabalarga o`qitishda 
didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan – ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin
egallaydi

Yüklə 42,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin