Xalq dostonlar



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə2/6
tarix08.05.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#109822
1   2   3   4   5   6
Xalq dostonlar

Paydo bo 'Idim, ikki gavhar donadan, Parvoz qilib uchdim manzihconadan, O'lim uchun g'am yemayman, boyingdan. Bir armonim, yolg'iz edim enamdan.
Ma'lum bo'ladiki, Samarqand dostonchiligida nasr badiiy jihatidan nazm bilan tenglasha oladi. Saj"dan iborat Oqqiz ta'rifida o'nlab qofiyalangan so'zlar uchraydi. Ular orasida hazil, kulgili o'rinlar ham bor. Demak, nasrda badi­iy mukammallikka erishilgan. She'riy parchalar esa ikki xil bo'lar ekan. Ko'pincha ularda voqea bayon etiladi: otda chopish, jang lavhalari, savol-javoblar, ziyofat tasviri va hokazolar. Ammo ichki his-tuyg'u ifodalangan o'rinlar ham uchraydi: ro'y bergan voqeaga munosabat, ba'zan shodlik, ba'zan o'kinch tarzda ifodalanadi.
Xorazm dostonlarida holat boshqacharoq. Bu doston-larda voqeaning bayoni, ro'y bergan hodisa tafsiloti faqat nasrda ifodalanadi. She'riy parchalarda esa lirik his-.uyg'ular aks etadi. «Oshiq G'arib va Shohsanam» dostoni-ia murojaat qilaylik:
«Shohsanam G'aribni birdan ko'radiyu, yana ko'zdan qotib, qayerga ketganini bilmay qoladi:
Uchirdim shunqor qushimni,Hech bir yerda qarori yo 'q. Vo hasrat lahvoshimning, To yetguncha qarori yo 'q».
«Ravshan» dostonidan ohngan parcha bilan «Oshiq j'arib va Shohsanam»dan ohnganini solishtirsak, nasr va he'rdagi farq aniq ko'rinadi. Endi Namangan dostonchili-i an'anasiga oid «Zamonbek»dan olingan bir parcha kelti-ayhk:
Saj' — nasriy parchalardagi so'zlarning qofiyalanib kelishi.«Go'ro'g'li yigitlarining g'ayrati kelib, o'tday tutashib, Shodmon polvon degan yigit Mamaniyoz orqasidan quvib turgan joyi ekan:
«Ko 'ring Shodmon polvon ishini, Uni-buni deganiga qo 'ymaydi, Bora qolib turvayidan ushlaydi, Taqimini bir ko 'tarib tashlaydi».
Namunaning shakli va mazmunidan ma'lum bo'ladiki, nasrda ham, nazmda ham qahramonlar harakatining bayoni o'z ifodasini bir xil topgan. Bu jihatdan Farg'ona doston-chihgi Samarqand an'anasiga o'xshashdir
Yuqorida qayd etilgan dostonchilik an'analaridan tashqari, ularning tarkibida dostonchilik maktablari ham mavjud. Bir an'ana doirasida doston mazmunidagi mohiyat saqlangan holda qahramonlar xatti-harakati, ruhiy ke-chinmalari yo'nalishini farqh tarzda namoyon qilish dos­tonchilik maktablari tushunchasini izohlaydi. Dostonchilik maktablari haqida tasawur hosil qilish uchun quyidagi ma'lumotni keltirish o'rinlidir.' Atoqli olimlarimizning ma'lumotlariga qaraganda, Fozil Yo'ldosh o'g'li Ergash Jumanbulbulning muhabbat mavzuidagi dostonlarini, xusu-san, «Ravshan»ni yaxshi aytishini tan olgan.
Ergash shoir esa Fozil Yo'ldosh o'g'lining «Alpomish» dostonini aytishiga, ayniqsa, qahramonlik lavhalarining jo'shqin talqiniga qoyil qolgan ekan. Ayni choqda, Fozil Yo'ldosh Ergash shoirning «Alpomish» qahramonlik dos­tonini muhabbatli qilib aytishini ta'kidlagan ekan. Shuning o'zidan ma'lum bo'ladiki, Bulung'ur maktabiga mansub Fozil Yo'ldosh o'g'li ko'proq qahramonlik dostonlarini yoki dostonlardagi qahramonlik lavhalarini ijro etishga moyil bo'lgan. Demak, Bulung'ur maktabimng o'ziga xosgini ham ana shu belgi bilan izohlash mumkin. Ergash Jumanbulbul o'g'li vakil bo'lgan. Nurota (Qo'rg'on) mak-tabi namoyandalari esa ko'proq muhabbat mazmunidagi dostonlarni ijro etganlar. Demak, Nurota maktabida muhabbat lavhalarini, ruhiy holatlarni, his-tuyg'ularni ifo-dalashga ko'proq e'tibor berilgan. Dostonchilik maktablari haqidagi tasawurga ana shunday belgilar vositasida aniqlik kiritiladi; Ashni olganda, keyinchalik alohida-alohida mak-tab sifatida shakUangan hududdan mohir baxshi yetishib chiqqan. Keyingi shogirdlar ana shu baxshi tajribasidan va ijro usulidan bahramand bo'lganlar. Natijada, bir mahaUiy sharoitda aytilgan doston ikkinchisidan farqlanib borgan va maktab sifatida shakllangan.
Xalq baxshilari ijodini o'rganish ular ijro etgan doston-lar orasida diniy mavzudagi asarlar ham mavjudligini tas-diqlaydi. Bunday baxshilar mustaqillik yillarimizgacha yashirin tarzda doston aytishga majbur bo'lganlar. Mustabid tuzumdagi turli tazyiqlar baxshilar sonining nisbatan kamayib ketishiga olib keldi. Ular doston aytishdan tashqari duoxonlik bilan ham shug'ullanganlar.
Shunday qilib, xalq dostonlari alohida mahorat bilan kuylangan markazlar shu hudud nomi bilan maktab sifati-da atalgan. «Hozirgi kunda o'zbek folklorshunosligida Bulung'ur, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, janu-biy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik mak-tablari — baxshilik san'atining ajoyib markazlari aniqlan-gan».'
Shulardan Fozil Yo'ldosh o'g'li mansub bo'lgan Bulung'ur dostonchilik maktabida ko'proq qahramonlik dostonlari badiiy jihatdan mukammal tarzda kuylangan. Bir necha versiya, o'nlab variantlari yaratilgan «Alpomish» qahramonlik dostonining Qo'ng'irot versiyasi sifatida eng oliy va badiiy barkamol namuna — Fozil Yo'ldosh o'g'li variantining qabul qilinishi bejiz emas. Professor Hodi Zarifov qayd etgan Amin baxshi ham shu maktab vakili edi. Bu maktab shuhratiga qadimda Muhammad shoir, Sultonmurod Suyar, Rahimbulbul kabi baxshilar o'z ijodlari va ijrolari bilan munosib hissa qo'shganlar. Ular «Alpomish», «Oysuluv», «Hasanxon», «Chambil qamah» kabi dostonlarni alohida mahorat bilan ijro etganlar.
Samarqand dostonchihgida nom taratgan yana bir mak­tab Qo'rg'on dostonchiligi deb ataladi. Ergash shoirlarning ajdod va avlodlari shu maktab vakillari hisoblanadi. Awalgi sahifalarda qayd etilganidek, bu maktab sohiblari doston­larni muhabbatli qilib aytganlar. Qo'rg'on maktabida boshqalardan farqli o'laroq Sulton kampir, Tilla kampir ismh ayollar ham baxshilik san'atini egallaganlar. Ulardan tashqari, Yodgor, Bo'ron baxshi, Jassoq baxshi, Po'lkan shoirlar ijodi shu maktabda shakllangan usul bilan rivojlan-gan. «Go'ro'g'lining tug'ilishi», «Ravshan», «Kuntug'-mish», «Dalh» dostonlarini ijro etish aynan shu maktab vakillariga xos edi.
Narpay dostonchihgi maktabi ham bir qator baxshilari va dostonlari bilan o'zbek eposi rivojiga hissa qo'shgan. Narpay dostonchihgida Rajab shoirning tarbiyasida bo'lgan Islom shoir, Nurmon Abduvoy o'g'li nomlari alohida hur-mat bilan tilga olinadi. Islom shoir o'z ijodida Qo'rg'on va Shahrisabz maktablari an'analarini uyg'unlashtira oldi.
Bu maktab vakillari ko'proq «Orzigul», «Sohibqiron», ^ «Gulixiromon» kabi dostonlarni ijro etishgan.
Shernazar Beknazar o'g'li, Umir Safar o'g'li, Ahmad baxshi kabi ijodkorlar esa Sherobod dostonchilik maktabiga mansub san'atkor edilar. Ular ijodida ham Go'ro'g'li turkumi dostonlari alohida o'rin tutadi. Bu maktab vakillari ayniqsa, «Malla savdogar», «011onazar 01chinbek» doston­larini badiiy jihatdan mukammal ijro etganlar.
Janubiy Tojikistonda yashovchi Haybat Shamol o'g'li, Qunduz soqi kabilarning nomlari o'zbek baxshilari orasida hurmat bilan tilga olingan. Bu baxshilar ham Go'ro'g'li turkumi dostonlarini o'ziga xos usulda ijro etganlar.
Xorazm dostonchiligi musiqiyligi, dostonni jo'r ovoz bo'lib ijro etilishi, doston ijrosida bir necha musiqa asboblarida jo'r bo'lishi bilan ajralib turadi. Qadimgi sayil-larda, to'ylarda 3—4 baxshi chaqirilgan va har bir baxshiga alohida-alohida davra berilgan. Sayil yakunida mohir baxshi atrofidagi odamlar ko'payib, saviyasi past baxshi atrofida hech kim qolmagan. Bu odat san'atkorning o'z ustida muttasil ish olib borishga va ijro san'atini egallashga majbur qilgan. Undan tashqari, Xorazmda 40 yildan ortiq xonlik qilgan Muhammad Rahimxon (Feruz) har yili baxshi va xonandalaming ko'rigini o'tkazib, shaxsan o'zi ularga doston aytish huquqini bergan. Ijro darajasi zaif baxshini omma o'rtasida doston aytish huquqidan mahrum qilgan. Dostonchilikka bu qadar mas'uhyat bilan yon-dashish Xorazm dostonchiligi rivojini ta'minlagan. Bu maktabda Amat baxshi, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Boltavoy baxshi, Qodir sozchi, Murod baxshi, Ro'zimbek baxshi, Otaxon baxshilar ijod qilishgan va «Bozirgon», «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Qirq ming», «Oshiq Mahmud» kabi dostonlarni katta konsert dasturini eslatadigan tomosha tarzida ijro etishgan.
Xalq dostonlari yurtimizning turli hududlarida turlicha ijro etilishiga, ijro usullariga, voqealar sharhiga ko'ra, hatto,bir viloyatning o'zida ayrim-ayrim maktablarga ega bo'lishidan tashqari mazmuniga ko'ra ham bir necha turlar-da tasniflanadi. Taniqli olimlardan V. M. Jirmunskiy, H. T. Zarifov, M. Saidov, T. Mirzaev, B. Sarimsoqovlarning kuzatishlaricha, xalq dostonlarini turlarga bo'lishda ko'proq ularning mazmuniga, qahramonlarning fe'1-atvoriga e'tibor qilish ma'qul. Ammo nomlari tilga olingan olimlarning har biri amalga oshirgan tasnif ma'lum darajada bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularni quyidagicha nomlash mumkin:
1. Qahramonlik dostonlari («Alpomish»).
2. Ishqiy-romanik dostonlar («Ravshan», «Kuntug'-
mish»).
3. Jangnoma dostonlari («Yakka Ahmad»).
4. Kitobiy dostonlar («Sayyod va Hamro», «Oshiq
G'arib va Shohsanam»).
5. Tarixiy dostonlar («Oysuluv»).
Tasnif qilishning asosi dostonlarda tasvirlangan voqea-larning bosh mohiyati bilan izohlanadi. Masalan, «Alpo-mish» dostonida ham ishq-muhabbat, jang lavhalari, tarixiy ma'lumotlar bor. Ammo ma'lum sabab bilan ajralib ketgan xalqni birlashtirish yo'lidagi mardlik va qahramonlik asar-ning markaziy g'oyasini tashkil etadi. Ypki «Ravshan» dos-tonida ham mardlik, qahramonlik belgilari uchraydi. Lekin doston mazmunidagi asosiy fikr Ravshanning Zulxumorga bo'lgan ishqini ifodalash maqsadidagi safarini bayoji qilish-ga bag'ishlanadi.
Qahramonlik eposi xalq og'zaki ijodi tarixida alohida bosqich sifatida baholanadi. Uning mashhur namunasi yunonlarda «Odisseya» va «Iliada» asarlari hisoblanadi. Qirg'iz xalqining «Manas»i ham ana shunday bosqich namunasidir. Bunday asarlarda alohida qahramonlik va mardlik namunasini ko'rsatgan xalq farzandining yurt ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, o'zidan son va kuch jihatidan yuqori turgan dushman bilan olishuv-lari aks etadi. Qahramonlik eposiga o'zbeklarda «Alpomish» dostoni misol bo'ladi. Unda yurtimizdagi milliy an'analar-ning shakllanishi, tashqi dushmanlarga qarshi kurash, xalq birligini saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g'oyalari o'z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismini romanik dostonlar tashkil qiladi. «Roman» fransuz tilidan olingan bo'lib eposning bir turi ma'nosini anglatgan. Ammo keyinchalik badiiy adabiyotdagi roman janr sifatida alohida ajralib rivojlanganidan so'ng sevgi-sarguzashtlarni to'qima tarzda aks ettiruvchi asarlar tushun-chasini bera boshlagan. Romantik dostonlar deganda, xalq dostonlarining mazmunan sevgi — sarguzashtlarni tasvirlovchi turlari tasawur qilinadi. Ularda voqea tuguni oshiqning ma'shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishq sarguzashtlariga boy safarga otlanadi. Bu yo'lda turn' qiziqarli, hayratomuz hayot lavhalari ro'y beradi. Dushmanlar bilan yakkama-yakka olishuvlar bo'ladi. Dostondagi voqealar rivoji shu tarzda taraqqiy etadi va oxir-pirovardida oshiq o'z orzusiga yeta-di. «Ravshan», «Kuntug'mish» kabilarni ana shunday dos­tonlar qatoriga qo'shish mumkin.
Jangnoma-dostonlarni esa voqea rivoji asosan jang lav-halariga boy asarlar tashkil etgan. Baxshilar bunday doston-larni nisbatan kam ijro etganlar. Bunday dostonlarda ko'p­roq qahramonning botirligini tasvirlashga e'tibor beriladi.
«Yusuf bilan Ahmad», «AUbek va Bolibek», «Qirq ming» kabi asarlar shular jumlasidandir.
Kitobiy dostonlar asosan tarixiy hayotimizning keyingi asrlarida paydo bo'ldi. Yozma adabiyotimiz vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan baxshilar ular asosida o'zlarining nusxa (variant)larini yaratganlar. Natijada kitobiy dostonlar yozma va og'zaki ijodning o'zaro aloqalari natijasi sifatida vujudga kelgan. Og'zaki ijoddagi «Sayyod va Hamro», «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Vomiq va Uzro» kabi dos­tonlar ana shu turdagi asarlar namunasidir.
Tarixda bo'lib o'tgan muhim voqealar haqida hikoya qiluvchi dostonlar tarixiy dostonlar deb ataladi. Bunday asarlarda tarixiy voqealar tinglovchida shubha uyg'otmaydi-gan to'qimalar yordamida aks ettiriladi. Ammo ularda tarix qanday bo'lsa, shu tarzda, to'kis ravishda o'zgarishsiz bayon etilmaydi. O'tmishda shuhrat topgan «Oysuluv» ana shunday doston sanaladi.
Shunday qilib, dostonlar xalq og'zaki ijodidagi epik asarlar xazinasidagi o'ziga xos murakkab janrdir. Unda xalq tarixiy hayoti, rasm-rusumlari, odatlari, ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari o'zining badhy ifodasini top­gan. Dostonlarni kuylayotgan baxshilarda kuchli xotira, asarni ijro etayotgan paytda vujudga kelgan vaziyatga to'g'ri baho bera olish, oddiy voqealarni o'ta qiziq tarzda hikoya qila bilish mahorati mujassam bo'lmog'i lozim. Asrlar davomida bu janr namunalarining har bir hududda ijro eti-lishi mahalliy an'analarni, hatto, maktablarni yaratdi.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin