Muammoning o‘rganilganlik darajasi. «Eortologiya» – (grekcha «eorto»
bayram va «logos» о‘rganish) bayramlar tо‘g‘risidagi fandir.
2
Ushbu sohani
о‘rganish bо‘yicha Rossiyada I.Snegiryov, I.Saxarov, F.Buslayev, A.Afanasyev,
YE.Anichkov kabi olimlar tarix, filologiya va falsafa, K.A.Mardjanov,
D.M.Genkin, I.M.Tumanov va boshqalar mutaxassislik nuqtai nazardan
izlanganlar.
Sharq mutafakkirlari Firdavsiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud
Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Behbudiy, Fitrat kabi olimu-ulamolar
ham bayramlar va uning tashkil etilishi tо‘g‘risida, bayramlarning ijtimoiy
hayotdagi о‘rni va roli haqida turli nuqtai nazar bilan qaraganlar va о‘z fikr va
mulohazalarini meros qilib qoldirganlar.
Hozirgi kunda О‘zbekistonda bayramlar tarixiga zamonaviy, ilmiy nuqtai
nazardan yondashayotgan ustozlardan M.Qodirov, B.Sayfullayev, F.Ahmedov,
U.Qoraboyev, V.Rustamov, J.Mamatqosimov va boshqalar darslik va о‘quv
qо‘llanmalar yaratib, shu sohaning rivojiga hissa qо‘shib kelmoqdalar. Mazkur
bitiruv malakaviy ishida bayramlar va madaniy tadbirlar tо‘g‘risidagi adabiyotlar
bilan tanishib, tadbirlar va bayramlarni tashkil etishning amaliy jihatlari bilan
qiyoslandi.
Dostları ilə paylaş: |