Tadqiqotning
vazifalari:
-Bayramlarning ijtimoiy hayotdan tutgan о‘rnini belgilash, uning tarbiyaviy
jihatlariga katta e’tibor qaratish;
-mutaxassislik fanlarida madaniy tadbirlarni tashkil etish, jumladan,
bayramlarni о‘tkazishga xos bо‘lgan usul va vositalar haqida ma’lumotlar tо‘plash;
-Tadbirlar (bayramlar) dramaturgiyasi muammolarini о‘rganish;
-Insonlarga bayramlarning mohiyatini tushuntirish,ularni tadbirning faol
ishtirokchisiga aylantirish kabilar mazkur bitiruv malakaviy ishning vazifalarini
tashkil etadi.
Tadqiqotning obyekti: Madaniyat va aholi dam olish markazlarida, bog‘
(park)lar, turli tashkilotlarda, maktab, kollej va litseylar faollar zallarida, sport
maydonlarida, bir sо‘z bilan aytganda, noan’anaviy sahnaviy kengliklarda
о‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish, о‘tkazish bilan bog‘liq bо‘lgan ijodiy va
tashkiliy jihatlar;
Dostları ilə paylaş: |