Немиро О. Праздничный город. –Л., 1987. стр. 9.
8
tomoshalarning tarbiyaviy ahamiyatiga katta e’tibor berish lozimdir. Bayramlar
ssenariysini yaratishda uning badiiyligi, tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan
manbalarni kiritish, sahnalashtirishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, g‘oyaviy
talqin masalalariga jiddiy qarash lozimdir. Mazkur bitiruv malakaviy ishida
madaniy tadbirlarning oliy shakli bо‘lgan bayramlarni tо‘g‘ri tashkil etish, uni
mahalliy fakt, xujjat va dalillarga asoslangan holda yoritish, insonlarni bо‘sh
vaqtlarini samarali tashkil etish, tо‘g‘ri dam olishni о‘rganish, ma’naviy ozuqa
olish, estetik zavqlanish kabi xususiyatlarni ilmiy jihatdan asoslash kо‘zda tutilgan.
Bu jarayonlar bayramlarni ssenariysini yaratish, ijrochilarni jalb etish, ijodiy
guruhlar chiqishlarini ta’minlash, tadbir-ketma-ketligini mantiqiy jihatdan bog‘lash
kabi ijodiy va tashkiliy ishlarni bajarish asnosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: