II BOB.
OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
2.1.Bayramlar – madaniy tadbirlarning oliy shakli
Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat
chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini о‘zida qamrab
olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir.
Bayramlar о‘z-о‘zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak.
Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-
odat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan
bayram va tomoshalar yuqori darajada о‘tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi.
Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri
tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini kо‘tarish va boshqa ijobiy
hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan
ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, о‘z mehnatidan zavq olishiga,
mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga
munosabatini yaxshilik tomonga о‘zgartirishiga olib keladi.
Bayramlarni tashkil qilinishining asosiy maqsadi ham ana shunga qaratilgan.
Nazariya bilan amaliy ish birlashganda uning uslubiyoti vujudga keladi.
Masalan, K.S.Stanislavskiyning olamshumul sistemasi ham aktyorlik va
rejissyorlik, teatr san’ati faoliyatidagi amaliy-ijodiy va nazariy jarayonlar
sharoitida bunyodga kelgan о‘ziga xos uslubiyotdir. Bayramlarni tashkil etish
asoslari ham yuqorida qayd etganimizdek, nazariya hamda amaliy tajribalarning
birlashishi natijasida vujudga kelib, ish shakllarini tashkil qilishda foydalaniladigan
yо‘l yо‘riqlar va usullarni о‘z ichiga oladi.
Shunday ekan, bayram va tomoshalarni tashkil etishni shu sohaning yetuk
mutaxassislari ijodiy faoliyatlari misolida yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Maydon tomoshalarida bayram rahbari va bosh rejissyor rahbarligida yuzdan ortiq
turli toifa sahnalashtiruvchi ijodkorlar – ommaviy tomoshalar bosh rejissyorlari,
41
bosh baletmeyster, badiiy lavhalar bosh baletmeysterlari, orkestrlar va ansambllar
rahbarlari, muvofiqlashtiruvchi rejissyorlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar,
shuningdek qator sahnalashtiruvchi baletmeysterlar, rassomlar, suxandonlar, ovoz
rejissyorlari, ovoz operatorlari, ijodiy-tashkiliy guruh, liboschilar, pardozlovchilar,
texnik ta’minotchilar bayramni tayyorlash va о‘tkazishdek sermashaqqat ishni
amalga oshiradilar.
13
Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi
sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining
bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini tо‘ldirib borishlari va eng asosiysi
bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning
hamjihatligi ayniqsa muhimdir.
Yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, har qanday bayramni tо‘g‘ri tashkil etish
rejissyorning nuqtai nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik
qobiliyatining darajasiga bog‘liq. Baxtiyor Sayfullayevning bayramlarga ilmiylik
nuqtai nazardan yondashishi uning muvaffaqiyatlarining shartidir. Toshkentning
2000 yilligiga bag‘ishlangan bayram tomoshasida Leningrad Madaniyat instituti
professori, taniqli rejissyor D.M.Genkin sahnalashtirish jarayonlaridan birida u:
«Baxtiyor Sayfullayevdagi ilmiylik va milliylikka e’tibor bizni ishimizni
osonlashtiradi», – deb tan olgan edi. Darhaqiqat, ushbu fazilat har bir rejissyorning
asosiy quroli bо‘lmog‘i lozim. Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev О‘zbekistonga
birinchilardan bо‘lib bayramlar nazariyasi va ularni tashkil etishning ilmiy
asoslarini olib kirgan ilk mutaxassislardan hisoblanadi. Uning barcha
sahnalashtirgan bayram va tomoshalaridan aniqlik, masshtablilik, milliylik, eng
asosiysi ilmiylik ufurib turadi.
Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, bayramlar tо‘g‘risidagi ta’limot bilan
Dostları ilə paylaş: |