1.1.Madaniy tadbirlarni tashkil etishning metodologik (uslubiy) asoslari
Madaniy tadbirlarni - eng avvalo, insonlar uchun tashkil etiladigan, ularning
bо‘sh vaqtlarini tо‘ldiradigan, ijodiy, estetik qarashlarini shakllantiradigan,
madaniy bilimlarini boyitadigan jarayon deb tushunish mumkin. Insonlar ishdan
bо‘sh paytlarida madaniy ehtiyojlarini qondirishlari maqsadida turli ijodiy,
kо‘ngilochar, san’at vositalari ishtirok etgan jarayonlarda qatnashishni hohlaydilar.
Shaxar sharoitida teatrlar, turli konsert dasturlari, bog‘lar, madaniyat saroylari va
boshqa dam olish maskanlariga borib, о‘zlarining madaniy ehtiyojlarini
qondirishga harakat qiladilar. Qishloq sharoitlarida esa bunday imkoniyatlarni
madaniyat uylari, klublar, bog‘larda amalga oshirish mumkin bо‘ladi. Har qanday
sharoitda ham mohirona tashkil etilgan tadbirlar insonlarga ozmi-kо‘pmi о‘zi
istagan “ne’matlar”ga ega bо‘lish imkonini beradi.
Xо‘sh, shunday ekan, madaniy tadbir degan tushunchaga qanday izoh bersak
maqsadga muvofiq bо‘ladi?
О‘zbek tilining izohli lug‘atida “tadbir” - biron ishni, maqsadni amalga
oshirish, rо‘yobga chiqarish vositasi – shuning uchun puxta о‘ylab tuzilgan, ishlab
chiqilgan amaliy choralar majmuidir, deyilgan. Madaniy tadbirlar tо‘g‘risida shu
soha olimlari turli fikr mulohazalarni aytib о‘tganlar. U.Qoraboyev bu tushunchani
badiiy ommaviy tadbirlar deb, yana boshqalar madaniy-ma’rifiy ishlar deb
yuritganlar. Madaniy tadbirlar esa bu jarayonlarning barchasini о‘zida qamrab
oladigan ijodiy jarayondir. Madaniy tadbirlarni kengroq ma’noda qо‘llash
maqsadga muvofiqdir. Ommaviy bayramlar, konsert dasturlari, tematik kechalar,
turli mavzudagi musiqiy, badiiy, publitsistik, xoreografik kompozitsiya va h.k.lar,
bog‘lar, maydonlarda о‘tkaziladigan turli janrlardagi tadbirlar umumiy nom bilan
madaniy tadbir tushunchasiga teng bо‘ladi. Bir sо‘z bilan aytganda ijodiy, uslubiy
jihatdan mukammal, puxta tayyorlangan, tо‘g‘ri tashkil etilgan dasturlar madaniy
tadbir deb nomlanadi.
Har qanday madaniy tadbir ijodiy va tashkiliy jarayonlarni о‘z ichiga oldi.
12
Ijodiy ishlarga tadbirning ssenariy rejasini tuzish, ssenariysini yozish,
sahnalashtirish, badiiy jamoalar bilan ishlash, tadbir о‘tadigan joyni bezash kabi
ishlar kirsa, tashkiliy ishlarga esa ana shu ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun
qilinadigan barcha ishlar kiradi. Masalan, badiiy jamoalar bilan ishlash uchun
mikrofonlar, texnik jihozlarni tayyorlash kabi vazifalar shular jumlasidandir.
Madaniy tadbirlar aholini ma’naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini
oshirish, bilimini o’stirish,
dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini
rivojlantirish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazishga qaratilgan ijodiy,
tashkiliy jarayondir.
Madaniy tadbirning tashkilotchi-rahbari avvalo, о‘z oldiga maqsad va
vazifalarni tо‘g‘ri qо‘yishi zarur. Tadbirni tashkil etish vazifasini olishi bilan
rahbar ishni nimadan boshlaydi?
Tadbirni tо‘g‘ri tashkil etishda turli uslub va vositalarning tо‘g‘ri tanlanishi
katta ahamiyat kasb etadi.
Madaniyat va san’at muassasalari - fuqorolarni ma’naviy kamol toptirish,
kishilarning bo’sh vaqtini sermazmun о‘tkazish, ma’naviy boyitish, aholini
madaniy, ma’rifiy, ijodiy, hordiqiy faoliyatlari uchun shart-sharoitlar,
imkoniyat va qulayliklar yaratish, joylarda xalq madaniyatini taraqqiy
ettirish va rivojlantirish kabi maqsad va vazifalarni о‘zida qamrab oladi.
Ko’zlangan maqsadga erishish uchun bajariladigan har bir ish jarayoni,
jumladan, madaniy tadbirlarni tayyorlash jarayoni ham, kerakli va ma’lum yo’l-
yo’riqlarni, usul-uslublarni yoki metodlarni qo’llashni talab qilladi. Belgilangan
tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qanchalik samarali metodlar topilsa,
uni amalga oshirish jarayoni shunchalik oson bo’ladi. Shuning uchun madaniy
tadbirlar tashkilotchisi metodlar haqidagi ta’limotni bilishi, ularni tanlashni va
foydalanish yo’llarini mukammal o’zlashtimog’i kerak.
Metod grekcha «metodos» so’zidan olingan bo’lib, «bayon qilish», «bajarish
usuli» degan ma’noni bildiradi. «Metod» so’zining zamonaviy ma’nosi ma’lum
faoliyatda maqsadga erishish uchun topilgan, bajarilayotgan va amalga
13
oshirilayotgan usul, yo’l-yo’riq demakdir. Madaniy tadbirlar ko’p qirrali faoliyat
bo’lgani uchun, unda juda ko’plab metodlardan foydalaniladi.
Madaniy tadbirlar – bu tarbiyaviy, ma’rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining
o’ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli ularda, eng avvalo,
pedagogikadagi tarbiyaviy ishlarga oid bo’lgan va ma’rifiy (bilim berish, axborot
tarqatish) faoliyatga mansub metodlarga murojaat qilmaslikning iloji yo’q.
Shuningdek, ularda dam olish (hordiq chiqarish) va ijodiy jarayonni tashkil qilish
metodlaridan foydalanilmasa, tadbirlardagi asosiy vazifalarning ba’zilari yo’qolib
ketadi.
U.Qoraboyev о‘zining “Badiiy ommaviy tadbirlar” kitobida ushbu soha
bо‘yicha ish olib borishda quyidagi metodlardan, ya’ni, tarbiyaviy, ta’limiy, xordiq
chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil qilish, tashkiliy metodlardan foydalanish
maqsadga muvofiqligini aytib о‘tadi
3
. Ish jarayonida bu metodlar bir-birini
to’ldirib, o’zaro bog’lanib ketadi.
Xozirgi kunda olib borilayotgan, tashkil etilayotgan barcha jarayonlar ta’lim va
tarbiya asosiga qurilgan desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.
Prezidentimimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlarimizning asosini
ham mana shu ikki jarayon asosida tuzilgan deyishimiz mumkin. Sababi, yoshlar
tarbiyasi, ma’naviyat masalalari, ta’lim berish kabi vazifalar davlatimiz tomonidan
ishlab chiqilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarida о‘z aksini topganligi
barchamizga ayon. Shu bois, ta’lim va tarbiya masalalari davlatimiz siyosatining
ustivor vazifalaridan ekanligini barchamiz tо‘g‘ri anglashimiz zarur.
Muhtaram yurtboshimiz “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir
qiladigan muhim hayotiy omil –bu ta’lim –tarbiya tizimi bilan chambarchas
bog‘liqdir”, deb aytganlari aynan mana shu sohaning vazifalarnini tо‘g‘ri
anglashga undaydi.
4
. Shu jihatdan ham tarbiya masalasi barcha masalalardan
yuqori turishliklarini anglash qiyin emas. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa
ta’limdan ajratib bо‘lmaydi –bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir. Bu
3
U.Qoraboyev, “Badiiy ommaviy tadbirlar”, О‘qituvchi nashr., 1986y, 59b.
4
I.A.Karimov.“Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” T, 2008, 60b.
14
haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot –yo
mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat – falokat masalasidir” degan chuqur
ma’noli sо‘zlarni eslayman”
5
, degan sо‘zlari ta’lim va tarbiya sohasining о‘ta
muhimligini yana bir bor ta’kidlaydi. Madaniy tadbirlarlarni tashkil etishdan
asosiy maqsad ham insonlarga tо‘g‘ri tarbiya berishdir. Madaniy tadbirlar- bu, eng
avvalo, tarbiyaviy jarayon bo’lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy
metodlardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu ularni to’g’ridan-to’g’ri , ko’r-
ko’rona qo’llash, degan gap emas.
Ishontirish metodining asosiy vazifasi auditoriyaga ta’sir ko’rsatishdir. Buning
uchun tadbirning mazmunini ishonarli, haqqoniy qilib tuzish kerak. Omma
tashkilotchilarning fikriga qo’shila olmasa, berilgan ma’lumotlarga ishonmasa, u
holda tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo’l qoymaslik uchun tadbirda
hujjatlar, faktlar, ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, siyosiy arboblar va
olimlarning fikrlari hamda statistik ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ular
haqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli shaklda aks ettirilmog’i kerak. Misol
uchun, odam savdosiga qarshi kurash mavzusi asosida tayyorlangan “Adashgan
yо‘llar” kompozitsiyasini (V.Rustamov tomonidan sahnalashtirilgan va 2011 yil
TDMI anjumanlar saroyida namoyish etilgan) tayyorlashdan asosiy maqsad u
yerlarga, ya’ni о‘zga yurtlarga borib, kо‘p pul topishni istagan yoshlarga buning
hammasi safsata ekanligiga ishontirish, u yerdagi shart-sharoit va ahvolning
naqadar ayanchli ekanligini kо‘rsatish, о‘z yurtining qadriga yetish kabi vazifalarni
qо‘ygan holda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi kо‘pchilikning tо‘g‘ri
hulosa chiqarishiga sabab bо‘la oldi deyishimiz mumkin. Shu birgina odam
savdosiga qarshi kurash mavzusi atrofida kechadigan tadbirlarni bir necha xil
variantlarda tashkil etish mumkin (inssenirovka qilish, xujjatlarni badiiylashtirish,
aniq faktlar asosidagi ma’lumotlar asosida kompozitsiyalar tayyorlash va h.k.z.) .
Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, U.Qoraboyev namuna metodi haqida ham
о‘z fikr mulohazalarini bayon etib о‘tadi. Hozirgi kunda bu metod asosini
5
I.A.Karimov.“Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” T, 2008, 62b.
15
“Zamonaviy qahramon obrazini yaratish” masalalaridan kelib chiqqan holda
yondoshish maqsadga muvofiqdir. Namuna metodi orqali kishilarining eng yaxshi
fazilatlari tarannum etiladi. Vatanimizning eng yaxshi o’g’lonlarini va mahalliy
sharoitda samarali ish ko’rsatayotgan mehnat ilg’orlarining hayoti va faoliyatini
boshqalarga namuna qilib ko’rsatish madaniy tadbirimizning tarbiyaviy qiymatini
oshirib, ommani ulardan o’rnak olishga, halol ishlashga undaydi. Ular mehnatini
munosib taqdirlash ham tadbirda foydalanish mumkin bо‘lgan usullardan
hisoblanda.
Taqdirlash (rag‘bat) usuli ham insonlarni mehnatini qadriga
yetayotganliklarini, moddiy va ma’naviy jihatdan qо‘llanayotganliklarini va
buning asnosida yanada ter tо‘kib halol mehnat qilishga, qilayotgan mehnati
natijasiz qolmasliklarini, Vataniga foydasiga tegayotganligi va qilayotgan
mehnatining samarasi, natijasi о‘zi uchun, qolaversa, jamiyat taraqqiyoti uchun
ekangligi anglashga undaydi. Undan tashqari, taqdirlash usulining yana bitta
afzalligi shundaki, uning atrofida mehnat qilayotganlar ham shu e’tiborlarga
erishishga intilib mehnat qiladilar.
Ma’rifiy metodlar ham madaniy tadbirlarning asosini tashkil etadi, desak
yanglishmaymiz. Chunki, madaniy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri ommaga
yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Bu jarayonda ham pedagogikadagi
ma’rifiy metodlardan ijodiy foydalanish katta samara beradi. Professor
M.Bekmurodov о‘zining rahbarlik pozitsiyasida bitta g‘oyani ilgari suradi. Barcha
pedagoglar, madaniyat targ‘ibotchilari ilmli, bilimli va ma’rifatli bо‘lishlari
lozimdir, deydi. Buning uchun nima qilish kerak? M.Bekmurodov о‘zi rahbarlik
qilayotgan kafedra professor-о‘qituvchilarini kitob о‘qish majburiyatini qо‘yib,
ularga aniq muddat berib, savol-javob kechalarni о‘tkazish orqali ma’rifatli qilish
yо‘lidan bordilar. Buning natijasi pedagog kitobni yuzaki emas, kitobning ichiga
kirib о‘qishga, uning mazmuni va mohiyatini anglab olishga undaydi. Mana
shunday usullarni joylarda qо‘llash albatta katta samaralar beradi.
Tadbirlarda keng qo’llanishi mumkin bo’lgan ma’rifiy metodlar – bu bayon
16
etish va namoyish qilishdir. Bayon etish metodining asosiy maqsadi shundan
iboratki, u tadbirning g’oyasi, mazmuni, axborot va faktlarini auditoriyaga jonli
so’z orqali bayon qilish shaklida yetkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida
ko’pincha shunday faktlar va ma’lumotlar bo’ladiki, ular albatta batafsil
tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish metodi katta
yordam beradi. Bu metod yordamida ma’lumotlarning mohiyati ochiladi,
xususiyatlari yoritiladi va to’liq bilim beriladi. Bayon qilish metodi, ayniqsa,
og’zaki jurnallarda, tematik kechalarda ko’proq qo’llaniladi.
Bugungi kunda texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bir paytda namoyish
qilishning turli usullarini qо‘llash unchalik katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu
usulning yaqqol misoli sifatida J.Mamatqosimov tomonidan sahnalashtirilgan
“Qordagi qizg‘aldoq” deb nomlangan badiiy-publitsistik kompozitsiyani aytish
mumkin. Slaydda tayyorlangan qatag‘onlar hayotiga oid xujjatlar asosida
tayyorlangan tasvirlar aktyorlar ijrosi bilan uyg‘unlashib ketadi va yagona
kompozitsiyaga ega bо‘ladi. Namoyish qilish metodi tadbir mazmunidagi
voqealarning obrazli tasvirini ko’rgazmali shaklda auditoriyaga yetkazishga
yordam beradi. Bunda barcha ma’lumotlar obrazli kuzatish (ko’rish) orqali qabul
qilinadi. Namoyish qilish metodi, asosan, ta’sirchan vositalar oraqli bajarilib, unda
voqealar yoki kecha qahramonlarining hayotiga oid ma’lumotlar hujjatli, real aks
ettiriladi. Masalan, portret kechasida ma’lum kishining hayoti va mehnati suratlar,
filmlar, hujjatlar orqali ko’rgazmali namoyish qilinadi. Bu esa berilgan
ma’lumotlarni emotsional-obrazli idrok etishga yordam beradi va ular haqidagi
taassurotlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishga imkon beradi.
Hammamizga ma’lumki, madaniy tadbirlar kishilarning ishdan bo’sh, dam
olish vaqtida ijodiy jarayonga qo’shilishi natijasida vujudga keladi. Eng avvalo,
havaskorlar o’zlarining ishdan bo’sh vaqtlarida ijodiy jarayonga tadbir
tayyorlashadi va buning natijasida keng ommani hordiq chiqarishga, qolaversa,
ularni ham ijodiy faoliyatga tortishadi. Shuning uchun hordiq chiqarish va ijodiy
jarayonga qo’shilish metodlarini bir-biridan ajratish qiyin.
17
Madaniy tadbirlarni tashkil etish kо‘p repititsiyalar asnosida amalga
oshiriladi. Tadbirni tayyorlash uchun havaskorlar tashkilotchi boshchiligida ko’p
mashq qilishadi. Bu jarayonni tashkil qilish uchun ham alohida metod, ya’ni mashq
qilish metodi kerak. Bu metod boshqa metodlardan shu bilan farq qiladiki, u faqat
tadbirni tayyorlash jarayonida qo’llanadi. Shuni unutmaslik kerakki, mashq qilish
metodi, asosan, tadbir tayyorlovchi rejjisorning havaskorlar bilan ishlash
jarayonida amalga oshiriladi. Biroq bu metod faqat birgina tadbir tayyorlash uchun
kerakli harakatlarni va so’zlarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lib qolmaydi, balki
har bir mashq jarayonida havaskorlar madaniy tadbirlar sohasiga oid bilimlarni
o’zlashtirishi, so’z va harakat mahoratini amaliy o’rganishi, o’z qobiliyatini
o’stirishi lozim. Bu boradagi qonun-qoidalarni chuqur anglagan va o’zlashtirgan
kishilargina ijodiy faoliyat ko’rsata oladi. Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga
qo’shilish metodlari ichida auditoriyani faollashtirish va ommani tadbir
qatnashchisiga aylantirish metodi muhim o’rin tutadi. Chunki bu jarayonlarsiz
tadbir qatnashuvchilari passiv tomoshabinlarga aylanib qoladi. Buning natijasida
ular na yaxshi hordiq chiqarishadi va na ijodiy jarayonga qo’shilishadi.
Tadbir auditoriyasini faollashtirish barcha sanab o’tilgan metodlardan samarali
foydalanish natijasida ham o’z-o’zidan vujudga kelishi mumkin. Tadbir
voqealarini yaxshi bayon etish, diqqatga sazovor ma’lumotlarni namoyish qilish,
namunaviy faoliyatlarni aks ettirish, ilg’orlarni ma’naviy taqdirlash, qoloqlarni
tanqid qilish va mazmunni ishonarli qilib ko’rsatish kabi holatlarning samarali
bajarilishi ommani so’zsiz aktivlashtirib yuboradi. Lekin shu bilan birga, ommaviy
tadbirlarda maxsus aktivlashtirish metodi ham qo’llanishi mumkin. Buning uchun
tadbir qatnashchilaridan intervyu olish, ular bilan savol-javob uyushtirish,
ba’zilarni so’zga chiqarib, fikrini bilish, viktorina uyushtirish va boshqa shu
kabilarni bajarish mumkin. Ba’zi sahnaviy harakatlarni zal, omma ichiga
ko’chirish ham auditoriyani aktivlashtirishga ko’maklashadi. Shuni unutmaslik
kerakki, faqat aktiv auditoriya tadbir qatnashchisiga aylanishi mumkin. Tadbir
qatnashchisiga aylantirish metodi – bu oily va eng samarali metod hisoblanadi.
18
Mazkur usulni bajarish uchun ham boshqa barcha metodlardan samarali
foydalanish bilan birga, maxsus harakatlardan foydalanish ko’zda tutiladi.
Masalan, auditoriya ichida ashulalar aytish, ommaviy raqslar tashkil qilish, xalq
oyinlaridan foydalanish, umumiy qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlar,
so’zsiz, auditoriyani tadbir qatnashchisiga aylantirib yuboradi.
Har qanday tadbirni tashkil etishda rahbardan juda katta mehnat talab qilinadi.
Shu о‘rinda aytib о‘tish joizki, tashkiliy ishlar ijodiy ishlar bilan bir xil darajada
turadi. Tо‘g‘ri, ijodiy sharoitlarning ham о‘ziga xos ishlash uslublari bor, ammo,
mana shu ijodiy jarayonni amalga oshirishning tashkiliy tomonlarini hisobga olish
muhimdir. Oddiy misol qilib oladigan bо‘lsak, bitta musiqiy nomerni sahnaga olib
chiqish uchun ham unga bir qancha tashkiliy ishlarni amalga oshirish kerak
bо‘ladi, masalan, ansambl uchun joy tayyorlash, mikrofon qо‘yish, xonanda va
musiqachilar uchun liboslar tanlash va h.k.z. Madaniy tadbirlarni uyushtirishning
o’ziga xos xususiyatlari faqat uning o’ziga mansub tashkil qilish metodlarini talab
qiladi. Tashkil qilish metodlari deganda, tadbirni vujudga keltirish uchun
qo’llaniladigan usul, uslub va vositalardan foydalanish yo’llari tushuniladi. Qisqa
qilib aytganda, bu metodlar ta’sirchan vositalardan foydalanish usullari bilan
ko’proq bog’liqdir.
Hozirgi kunda о‘tkazilayotgan madaniy tadbirlarda eng faol ishlatiladigani -
bu ilyustratsiyalash metodidir. Bu metod - tadbirdagi sо‘z mazmuniga
(boshlovchilar matni, boshqaruvchilar fikri va boshqalar) va maqsadiga mos
keladigan turli-tuman badiiy va san’at vositalaridan foydalanishdir. Bunda
foydalaniladigan vositalarning sintezlashib, bog’lanib ketishi shart emas.
Illyustratsiyalashtirilgan tadbirda asosiy urg’u og’zaki so’zga beriladi. Boshqa
badiiy materialliar esa uni kuchaytirish va to’ldirish uchun xizmat qiladi. Muzika,
qo’shiq, raqs, she’r, monolog, proza, kinokadrlar va boshqa vositalardan
illyustratsiya sifatida foydalaniladi.
llyustratsiyalashtirish metodini sof ilmiy taddbirglarda ham qо‘llash
mumkin. (odatda, ilmiy tadbirlar kо‘proq ma’ruza shaklida bо‘ladi) Masalan,
19
leksiyani illyustratsiyalashtirish, ya’ni unga konsert nomerlarini yoki kinolardan
lavhalar qo’shish natijasida leksiya-konsert yoki kino-leksiya vujudga kelishi
mumkin.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda bir usul borki, bu usul tadbirni tо‘laqonli
g‘oyaviy jihatdan tо‘liq yoritilishiga, mavzuni aniq tushunishga, yordam beradi.
Bu -teatrlashtirish deb ataladi.
Teatrlashtirish –teatr dramaturgiyasi qonuniyatlariga asoslanib, ma’lum
voqea asosida amalga oshiriladi. Bu metod alohida maqsadga qaratilgan, badiiy
obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, dramaturgiya talablariga javob
bera oladigan tadbirlarda o’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida
qo’llaniladigan barcha g’oyaviy emotsional vositalar hamda og’zaki chiqishlar
kompleks tarzda birlashadi va yagona syujet liniyasini vujudga keltiradi.
Teatrlashtirilgan tadbirlarning alohida qismlari mexanik tarzda birlashmaydi, balki
organik tarzda sintezlashadi. Bu qismlar endi na faqat tadbir temasi va g’oyasi
asosida, balki kompozitsion holda ham birlashadi. Ko’p joylarda madaniy-ma’rifiy
ishlar tashkilotchilarining tipik xatosi shundan iboratki, ular tadbirlarda, asosan,
dramatik lavhalardan hamda boshqa san’at vositalaridan, ashula va raqslardan
foydalanib, uni «teatrlashtirilgan shakl» deb nomlashadi. Bu, albatta, teatrlashtirish
metodini qo’llash talablaridan biridir.
Teatrlashtirilgan tadbirlar yagona g’oyaviy-badiiy syujet va kompozitsion
tuzilishga ega bо‘lishlari kerak. ”Kompozitsion tuzilish” (lotincha “qurmoq”- asar
qismlarining tuzilishi, mantiqiy joylashishi va uning о‘zaro bog‘lanishi, degan
ma’noni anglatadi) о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-prolog(voqealarning boshlanish qismi, adabiyotda ekspozitsiya, kirish yoki
muqaddima);
-(asardagi tub burilish yasaydigan qismi);
-voqealar rivojlanib borgan sari u kulminatsion nuqtaga chiqadi
(kulminatsiya- harakat rivojlanishining eng yuqori nuqtasi) ;
-yechim –asarning nihoyasi nima bilan tugaganligini anglatuvchi qism
20
(yechimda xulosa qismi sifatida epilog berilishi mumkin); A.D.Silin о‘zining
“Rejissyorning ochiq maydonlarda va noan’anaviy sahnaviy kengliklarda ishlashi”
kitobida, kopozitsion tuzilish prolog, epizodlar qatori va finaldan iborat bо‘ladi
6
,
deb kо‘rsatib о‘tgan.(
Teatrlashtirilgan tadbirlarga real qahramon obrazi yoki badiiy asarlardan
olingan obrazlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Ko’pgina tadbirlarda
boshqaruvchi hayotimizning real vakili sifatida chiqadi. Lekin hanuzgacha
teatrlashtirilgan tadbirlarda badiiy yoki tarixiy obrazlar kam uchramoqda. Ulardan
foydalanish tadbirning badiiy qimmatini oshiradi.
Teatrlashtirilgan tadbirlarda omma oddiy tomoshabin emas, balki tadbir
qatnashchisiga aylanib ketishi kerak. Yuqorida qayd qilingan talablarni hisobga
olgan ommaviy shakllarni teatrlashtirilgan tadbirlar deb atash mumkin.
Teatrlashtirilgan tadbirni vujudga keltiradigan teatrlashtirish metodi murakkab,
ko’p ishlashni, chuqur ijodiy yondashishni talab qiladigan usuldir. Yengil, oson
bajariladigan ishning har doim samarasi kuchli bo’lavermaydi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, illyustrattsiyalashtirish metodini ham,
tetrlashtirish metodini ham xohlagan shaklga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Har bir
metodning o’zi talab qiladigan tadbirlari bor. Masalan, illyustratsiyalashtirish
metodini ommaviy bayramga nisbatan qo’llasak, ko’p narsa yutqaziladi. Leksiya
yoki suhbatni tetrlashtirishning hojati bo’lmasa kerak.
Illyustratsiyalashtirish metodidan tashkil qilinishi oson, har kuni o’tkazilishi
mumkin bo’lgan shakllarga nisbatan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tetrlashtirish metodini esa shaxsiy-madaniy qimmati balandroq bo’lgan kompleks
shakllarda foydalanish zarur. Uni ayniqsa, ommani hayajonlantiradigan, buyuk
sanalarga va bayramlarga bag’ishlangan tadbirlarda qo’llash lozim.
Bir sо‘z bilan aytganda, madaniy tadbirlarni tashkil etish mobaynida
usullarni tо‘g‘ri tanlash, ulardan oqilona foydalanish – tadbirning tо‘laqonligini
ta’minlaydi, saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
6
A.D.Silin. “Rejissyorning ochiq maydonlarda va noan’anaviy sahnaviy kengliklarda ishlashi”. M., 1988., 77б.
|