1.3.Madaniy tadbirlar shakllari va unda foydalaniladigan vositalar
Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, madaniy tadbirlarning shakllari xilma-
xildir. Ularni tashkil etishda har biriga alohida nuqtai nazar bilan yondoshish
muhimdir.
Tantanali kunlar.
Tantanali kunlar madaniy-ma’rifiy ishlarning о‘ziga xos shakli bо‘lib, tadbir
qatnashchilarida ma’lum bir yо‘nalish va mavzu bо‘yicha kayfiyat kun davomida
hukmronlik qiladi hamda bu kun ularning hayotlari davomida uzoq saqlanib
qoladi. Kunlar о‘tkazish rejasiga kirgan barcha tadbirlar mavzuga asosan tuzib
chiqiladi. Tantanali kunning о‘zi alohida ish shakli bо‘lsada, bayramlarga о‘xshab,
boshqa kо‘plab shakl va usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Masalan: “Bilimlar
kuni”ni о‘tkazishda ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvlar, ilmni о‘rganish va
uning inson hayotida zarurligi haqida suhbatlar, kitoblar kо‘rgazmalarini tashkil
etish va konsert dasturlarini namoyish qilish kabi.
Madaniy kechalar
Kechalar ilm-fan, texnika, madaniyat, san’at yutuqlari, ma’lum bir soha ish
tajribalarini ommalashtirish, yosh avlodni vatanparvarlik, dо‘stlik, estetik va
ma’naviy ruhda tarbiyalashda keng qо‘llaniladigan shakllardan hisoblanadi.
Kechalarning о‘tkazish rejasi quyidagi shakl va usullarni qamrab oladi:
1. Tantanali qism: tashrif buyurgan mutaxassislarning sо‘zga chiqishlari, mavzu
yuzasidan ma’ruza va suhbatlar.
2. Badiiy qism: konsert dasturlari, spektakl va turli tomoshalar.
3. Ommaviy qism: turli xil ommaviy, harakatli va sport о‘yinlari, viktorinalar,
asfaltga rasm chizish, musobaqa, kо‘rik-tanlov va boshqalar.
Kechalarning quyidagi turlari mavjud:
Mavzuli kechalar – biror bir mavzu bо‘yicha tayyorlanib о‘tkaziladigan
kechalar.
Xayriya kechalari – mehr-muruvvat va turli xil xayriyalar topshirish
maqsadida uyushtiriladigan tadbir.
27
E’zoz kechalari – el-yurt, mehnat, ta’lim muassasalarida о‘z mehnati yoki
ijodi bilan hurmatga sazovor bо‘lgan insonlarni e’zozlash.
Xotira kechalari – xalqimiz hurmatiga sazovor bо‘lib о‘z faoliyatida ilm-fan,
madaniyat, san’at kabi sohalar bо‘yicha muvaffaqiyatlarga erishgan taniqli insonlar
xotirasiga bag‘ishlab о‘tkaziladi.
Uchrashuv kechalari – el-yurt hurmatiga sazovor bо‘lgan taniqli insonlar,
adabiyot, san’at namoyandalari, huquq tartibot va tibbiyot xodimlari, turli
mukofotlar sovrindorlari, sport ustalari bilan uchrashuv tadbirlari.
Badiiy-musiqiy kechalar – biror-bir tanlab olingan mavzuni badiiy chiqishlar,
sahna kо‘rinishlari, musiqa, qо‘shiq, raqs va she’riyat kabilar ishtirokida yoritib
berish.
Askiya va kulgu kechalari – taniqli qiziqchilar, askiyachilar va hajvchilar
ishtirokida о‘tkaziladigan kechalar.
Harbiy xizmatga kuzatish va kutib olish kechalari – harbiy komissariyat va
mahallalar bilan hamkorlikda о‘tkaziladi.
Yubiley kechalari – yurtimizdan yetishib chiqqan taniqli insonlar, el-yurt
hurmatiga sazovor bо‘lgan kishilar, shuningdek, о‘zining bilim va ijodiy yutuqlari
bilan shuhrat qozongan yoshlarimizning yubileylarini о‘tkazish, mamlakatlar,
shahar va qishloqlar, turli tashkilot va muassasalarning vujudga kelgan va tashkil
qilingan yillarini nishonlash.
Savol-javob kechalari – ma’lum bir mavzuda qatnashchilarni qiziqtirgan
savollarga mutaxassislar tomonidan javob berish va turli xil muloqot kechalari.
Bitiruv kechalari – umumta’lim maktabi va boshqa о‘quv yurtlarini bitirishga
bag‘ishlab о‘tkaziladigan tadbirlar.
Bolalar ertaliklari – maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari о‘rtasida о‘tkaziladigan tadbirlar.
Festival va kо‘rik-tanlovlar - badiiy ijodiyot, ayniqsa bolalar va yoshlarda
bо‘lgan ijod va mahoratni ommalashtirishda alohida о‘rin tutuvchi ish shaklidir.
Ma’lumki yurtimizda faoliyat kо‘rsatib kelayotgan madaniyat, san’at va xalq
28
ta’limi muassasalarida millionlab bolalar ijodiyotning turli xil yо‘nalishlari
bо‘yicha о‘z iqtidorlarini namoyon qilib bormoqdalar. Ularning ijodiy faoliyatiga
keng yо‘l ochish, yaqindan yordam kо‘rsatish, yosh iste’dodlarni aniqlash va elga
tanitish, ijodiy ishlarini davom ettirish uchun imkoniyat yaratish, ijodiyot
maskanlarini texnik va musiqa vositalari, rang-barang liboslar bilan ta’minlash
ham zaruratdir. Sо‘nggi yillarda yurtimizda bolalar havaskorligi rivojlanib, о‘z
saflarini kengaytirgan holda ijodiyotning texnika, dizayn, kompyuter saytlari
grafikasi kabi yangidan-yangi turlari bilan boyib bormoqdalar. Ayniqsa, milliy-
amaliy san’atimizning kо‘plab yо‘nalishlari bо‘yicha ijod qilayotgan yoshlarning
safi kengaymoqda.
Kо‘rgazmalar. Madaniyat va istirohat bog‘larida о‘tkaziladigan kо‘rgazmalar,
ilmiy, texnikaviy, tibbiy, badiiy kabi kо‘plab yо‘nalishlar bо‘yicha tashkil qilinib,
yoshlar va bolalar uchun ibratli va qiziqarli vositalar qatoriga kiradi.
Konsert va spektakllar - mazmun va g‘oyaviy tomondan yetuk, yoshlar va
bolalar muammolarini hal qilishda kо‘maklashuvchi, ularni vatanga muhabbat,
insonlarga mehr-muruvvatli bо‘lishga chorlovchi spektakllar, yuksak darajada ijro
etilgan bolalar badiiy jamoalarining konsert dasturlari insonlarning dam olishini
tashkil qilish, ularda estetik saviyani о‘stirishda va san’atning kо‘plab yо‘nalishlari
bо‘yicha qiziqishlarini orttirishda alohida о‘rin egallaydi. Bolalar badiiy
jamoalarining konsert dasturlari va ular uchun sahnalashtirilgan spektakllarni
muntazam ravishda kо‘rib borgan bolalarda ushbu san’at turlariga bо‘lgan qiziqish
о‘sib, о‘zlarida ham qо‘shiq aytish, raqsga tushish, musiqa asboblarida kuy ijro
etish yoki biror-bir bolalar spektaklida о‘zi sevgan timsolni yaratish ishtiyoqi
paydo bо‘ladi. Bu havas va ishtiyoq ularni turli badiiy havaskorlik tо‘garaklariga
qatnashishga yetaklaydi.
Maqsad va ma’nosi, ijro uslublari milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizga
zid bо‘lgan shovqin-suronli qо‘shiq va raqslar nafaqat ijrochi yoshlarga, balki
ularni tomosha qilayotgan bolalarga, hattoki katta yoshdagi kishilarga ham salbiy
ta’sir kо‘rsatadi. Tadbir va konsert dasturlarimizda ona vatanni, xalqlar dо‘stligi,
29
milliy о‘zligimiz, el-yurt tinchligi, azaliy qadriyatlarimizni madh etuvchi hamda
ulug‘lovchi qо‘shiqlarga keng yо‘l berilishi lozim. Ayniqsa xalq ijodiyoti asosidagi
folklor qо‘shiqlarimiz, milliy raqslarimizning ijrosi, farzandlarimizda azaliy
qadriyatlarimizga hurmat hamda milliy о‘zligimizga bо‘lgan e’zozni kuchaytiradi.
Yurtimiz kо‘p millatli xalq bо‘lgani uchun ularning san’atlari ham rang-
barang. Milliy madaniyat markazlarining badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan
milliy qо‘shiq va raqslar esa har qanday insonda о‘sha millatga bо‘lgan qiziqishni
о‘stiradi. Konsert dasturlarimizdan ularga imkoniyat yaratib berishimiz о‘sha
millatga bо‘lgan hurmatimizni anglatibgina qolmay, dasturlarimizni rang-barang
va qiziqarli о‘tishiga omil bо‘ladi.
Ma’ruza va suhbatlar. Yoshlar bilan о‘tkaziladigan og‘zaki suhbatlar о‘z
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Suhbat о‘tkazayotgan ma’ruzachi о‘z
tinglovchilari bilan uzluksiz bog‘lanib, yaqin munosabatda bо‘ladi.
Tinglovchilarning yoshlari va qiziqishlariga qarab, zarur masalalarni muhokama
qilishda ularni ham bevosita jalb etadi. Ma’ruzachi о‘zi bayon etayotgan mavzuni
ta’sirchan va tushunarli bо‘lishi uchun harakat qiladi. Tarbiyaviy, ilmiy, ma’naviy-
ma’rifiy, huquqiy, tibbiy, ekologiya kabi yо‘nalishlar bо‘yicha suhbat, savol-
javoblar bolalarning bilim darajasi, dunyoqarashi va turli sohalar bо‘yicha savodini
oshirishda о‘z maxsulini bermay qolmaydi.
Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, jamoat tashkilotlari tomnidan amalga
oshiriladigan ijtimoiy loyihalar, madaniy tadbirlar yoshlarimizning jamiyatdagi о‘z
о‘rnini aniqlab olishiga va о‘ziga munosib о‘rin topishiga, о‘z manfaat va maqsad-
muddaolarini shakllantirishiga hamda ongli, mustaqil pozitsiyaga ega fuqarolar
bо‘lib voyaga yetishiga ijobiy turtki bо‘ladi. Ixtiyoriy, о‘zining faolligidan kelib
chiqib bunday jarayonlarda ishtirok etish har bir yosh yigit-qizga о‘z qobiliyat va
salohiyatlarini tо‘la namoyish etish bilan birga, jamiyatga ijobiy ta’sir etish
imkonini ham yaratadi. Jamiyatning demokratlashuv darajasi nodavlat notijorat
tashkilotlarning soni bilan belgilanmaydi va aksincha, ularning samarali
faoliyatigina yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga, jamiyatdagi mavqeini
30
mustahkamlashga va ularda fuqarolik jamiyati kо‘nikmalari hosil bо‘lishiga xizmat
qilishi mumkin.
Ushbu mavzudan ma’lum bо‘lib turibdiki, О‘zbekistonda madaniy tadbirlar
muntazam ravishda davlat darajasija tashkil etilib, insonlarga ma’naviy ozuqa
berish, ularni ma’rifat bilan qurollantirish, bо‘sh vaqtlarni tо‘g‘ri tashkil etish kabi
muhim vazifalarni bajarib kelinayotganligidan dalolat bermoqda.
Madaniy tadbirlar nafaqat keng masshtabda, balki tor doira atrofida ham
tashkil etilishi mumkin. Masalan, yotoqxonada istiqomat qiluvchi “Madaniyat va
san’at muassasalrini tashkil qilish va boshqarish” bо‘limi talaba qizlari bilan
“Qizlar odobi bilan gо‘zal” mavzusida davra suhbatini tashkil etish mumkin.
Ushbu bо‘limda 7ta yoki kо‘pi bilan 10ta talaba qiz yotoqxonada (TTJ)da
istiqomat qilishi mumkin. Ammo, tadbirlarni tashkil etishda uning tor yoki keng
masshtabda tashkil etilishi muhim emas. Muhimi, insonlarga о‘zlari uchun kerakli
ma’lumotni olishlari, tadbirdan tо‘g‘ri xulosa chiqarishlari, vaqtini foydali
mashg‘ulotlarga sarf qilishlari va boshqa ijobiy, tarbiyaviy, ta’limiy jarayonlarda
faol ishtiroki, ertangi kelajak uchun qayg‘urishlari, Vatanni sevish, mustaqillikni
qadriga yetish, ota-onaga nisbatan mehr-muruvvatli bо‘lish, ustozlarni, yon
atrofdagilarga hurmatda bо‘lish kabi fazilatlarni qalbiga joylashtirishdir.
Madaniy tadbirlarda foydalanadigan vositalar.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchi rahbar xilma-xil usullardan
foydalanish bilan bir qatorda, turli xil vositalardan ham foydalanadi. Madaniy
tadbirlarni g’oyaviy emotsional vositlarsiz also tasavvur qilib bo’lmaydi. Maxsus
materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarsiz tadbirni tashkil qilib bo’lmaydi.
Agar, imorat sement, yog’och, mix, oyna va shunga o’xshash materiallar asosida
vujudga kelsa, madaniy tadbirlarni ham o’ziga xos so’z, san’at va texnik
vositalarsiz tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy
komponentlari va mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.
Vosita tushunchasi deganda, kishilarning hissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga
ta’sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi goyaviy-hissiy qurollar,
31
asbob-uskunalarni tushunamiz.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda biz bevosita turli vositalarning ishtirokiga
amin bо‘lamiz. Ayniqsa bayram tomoshalarida qo’llaniladigan vositalarning
diapozoni juda keng va ularning soni ko’pdir. Tadbirlarda jonli so’z, matbuot,
ko’rgazmali qurollar, adabiyot va san’at, har xil texnik apparatlar kabi vositalardan
keng foydalanamiz. Bular esa har qanday tadbirning sermazmun va qiziqarli
bo’lishini ta’minlaydi.
Tadbirning g’oyaviy va emotsional-obrazli kuchini oshiradigan, ommaning
qiziqishini orttiradigan vositalardan samarali foydalanish – bu tashkilotchilar
oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Madaniy tadbirlar tashkilotchisi mavjud bo’lgan barcha ta’sirchan vositalardan
yaxshi xabardor bo’libgina qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanish
metodikasini ham bilmog’i lozimdir.
Madaniy tadbirlarda quyidagi vositalardan foydalanish mumkin: Asosiy
ta’sirchan vositalardan biri – bu jonli so’zdir. (U ba’zi hollarda “og’zaki so’z” deb
ham yuritiladi.) Jonli so’z klub ishi shakllarining hammasida eng asosiy vosita
sifatida qo’llanilib, o’zgarmas komponent sifatida xixmat qiladi. Madaniy
tadbirlarda jonli so’z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan, balki
syujet bilan ommaviy harakatlarni ham bir-biriga uyg’unlashtirib boradi. Aynan
jonli so’z voqea ma’nosini tomoshabinga yetkazadi, bir epizodni ikkinchisiga
bog’laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo’lishi uchun sharoit
yaratadi. Jonli so’zning yana bir afzallik tomoni shundaki, ba’zan fikrni hech
qanday ta’sirchan vosita tomoshabinga yetkazib bera olmaydigan daqiqalarda, jonli
so’z yordamga keladi. Sо‘z san’atining darg‘alaridan A.Nosirova о‘zining “Jonli
sо‘z san’ati asoslari” deb nomlangan kitobida shunday deb yozadi: “Masalaning
muhim tomoni shundaki, yangi bosqich xalq bayramlarida jonli sо‘z mavqei
nihoyatda kengaydi, teranglashdi, yuksaldi. Shuni aytish lozimki, istiqlol xalq
bayramlarining badiiy sо‘z qatlami jonli sо‘z ijrochilik san’atining barcha tur va
janrlarini qamrab oldi. Bunday yuksak mavqeli xalq ommaviy bayramlari eng
32
yuksak unvonli va yuksak iste’dodli professional san’atkorlarning Shekspir, Shiller
kabi jahon klassiklari asarlaridan keltiriladigan monologlaridan boshlab jahon va
milliy adabiyotning eng sara asarlarigacha, folklor durdonalaridan toki ichakuzdi
askiyalarigacha qamrab oladi”
8
. Darhaqiqat, bu soha о‘ziga xos san’at turi bо‘lib,
madaniy tadbirlarni ta’sirchanligini oshiradi.
Madaniy tadbirlarda boshqaruvchi so’zi asosiy o’rinni egallaydi, ba’zi
hollarda esa u kechaning boshidan to oxirigacha yetakchi vosita sifatida
qo’llaniladi. U kirish so’zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi
xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, komentatorga,
hikoyachiga yoki intervyu beruvchiga aylanib, jonli so’zdan foydalaniladi.
Tadbirlarda jonli so’zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko’p. Ammo, bir narsani
hisobga olish muhimdir. Sahnalashtirish san’atida kо‘pincha sо‘z о‘rnini harakat
bilan almashtirish variantlari izlanadi, ya’ni sо‘zning ekvivalenti harakat bilan
almashtiririladigan holatlarni ham kuzatish mumkin.
Ta’sirchan vositalardan biri badiiy so’zdir. Badiiy so’z aytilmoqchi bo’lgan
fikrni badiiy-emotsional tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. Klub kechalarida
badiiy so’zning she’r o’qish, prozaik va she’riy monologlar, juft yoki ko’pchilik
tomonidan o’qiladigan deklamatsiyalar kabi turlaridan keng foydalaniladi.
Badiiy o’qish boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etishi mumkin.
Masalan, she’r o’qilayotgan bir vaqtda she’rning ma’nosiga mos keladigan kino
lavhalar ko’rsatilishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, umumiy to’qima gaplar
bilan aholini hech qachon qiziqtirib bo’lmaydi.
Madaniy tadbirlarda dramatik parchalardan ham mohirona foydalanish yaxshi
samara beradigan vositalardan hisoblanadi. Dramatik parchalarni tayyor
pyesalardan olish ham mumkin yoki mavzuga oid turli badiiy asarlarni
inssenirovka qilish orqali ham ishlatish mumkin. Unda kо‘pincha havaskorlik teatr
kollektivlarining ijod mahsullari asqotadi. Mahalliy (faktlarga asoslangan)
muammolarga qaratilgan turli intermediya, hajviy kо‘rinishlarni ijrochilar о‘zlari
8
A.Nosirova. “Jonli sо‘z san’ati asoslari”,T., 2003,9b.
33
tо‘qib, yozib, sahnalashtirib tomoshabinlar e’tiboriga havola etishlari mumkin.
Bunday usuldan foydalanish tomoshabinlarni tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilishi
mumkin.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishda eng kо‘p qо‘llaniladigan vositalardan
yana biri -ko’rgazmali vositalardan foydalanishdir. Kо‘rgazmali vositalardan
foydalanish tadbir mazmunining yaxshiroq yoritilishiga yordam beradi,
tomoshabinning kayfiyatini ko’taradi va taassurotlarini boyitadi.Tomoshabinni
bo’lajak tadbir bilan ilk bor tanishtiruvchi vositalar – bu afishalar va
taklifnomalardir. E’lonlarda faqat tadbir bo’lishi haqidagi xabarning o’ziningina
yozib qoyish kifoya qilmaydi, balki uning tuzilishiga qarab badiiy bezash mumkin.
Bu tomoshabinning tadbirga qiziqishini oshiradi. Tadbir boshlanishdan avval
tematik ko’rgazma ham tashkil etish mumkin. Teatrlashtirilgan kechalardan oldin
har xil ko’rgazmalarni tashkil qilish ko’p joylarda an’ana bo’lib qolgan. Shunday
qilish kerakki, bu ko’rgazma bo’lajak tadbirning mazmun ko’prigi vazifasini
o’tasin.
Bunday ko’rgazmali vositalar tomoshabinda tadbirning mazmuni va
xarakteriga mos psixologik kayfiyat uyg’otadi. Tadbirlarda karta, sxema,
diagramma, plakatlar, shiorlar va sahna harakatida foydalaniladigan boshqa
predmetlar ham tadbir mazmunini ochib berishga yaxshi yordam beradi.
Ko’rgazmali vositani qulay va yengil qilib, almashtirishga oson qilib tayyorlash
lozim.
Xulosa qilib aytganda, madaniy tadbirlarni tashkil etishda ta’sirchan
vositalardan unumli foydalanish tadbirning salohiyatini kо‘taradi, saviyasini
oshiradi va badiiyligini ta’minlaydi. Ammo bu vositalardan foydalanish tadbir
tashkilotchilardan boy va ijodiy fantaziyani talab qiladi.
Madaniy tadbirlarda eng kо‘p qо‘llaniladigan vositalardan biri bu -musiqa
san’ati misolida kо‘rib chiqamiz. Musiqaning nazariy asosi ettita notadan iborat
bo‘lsa ham, uning ustida tom-tom ilmiy va nazariy xulosalar chiqarish borasida
haligacha izlaninishlar olib borilmoqda. Turmushning hamma qirralarida,
34
moddiy va nomoddiy sohada ham musiqa san’ati kishilarni ezgulikka,
yaxshilikka, ulug‘likka chorlovchi, mehnatga undovchi, insonlarda estetik zavq
uyg‘otuvchi vosita sifatida qaraladi.
Musiqa insonlarning og‘ir damlarida dardkash, quvonchli kunlarida
hamroh bo‘lib, ularning ma’naviyatini yaxshilik tomonga yunaltirishga xizmat
qiladi va qilayotir. Faqat san’at jabhalarida emas, balki hayotning boshqa
sohalarida ham musiqa muhim rollardan birini bajaradi.
Lekin teatrda ham, radio, televidenieda ham musiqa yordamchi
komponentlardan biri hisoblanadi, deyishadi. Bu bilan musiqa san’atlar ichida
ikkinchi darajali ekan, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Musiqa san’ati – bu
alohida san’at turi bo‘lib, san’atning boshqa turlariga singib ketgan. Raqs, teatr
va boshqa san’at turlarini musiqasiz tasavvur qilib ko‘rish mumkinmi? Albatta
mumkin emas.
«Musiqa» - yunoncha «musa» turli-tuman tovushlar bilan badiiy obraz
yaratib beruvchi, g‘oyaviy emotsional mazmunga ega bo‘lgan san’atning bir
turidir
9
. Qisqacha qilib aytganda, musiqa – tovushlar yig‘indisi, degan ma’noni
anglatadi.
Agar xoreografiya, raqs san’ati qo‘l, yuz, mimika xatti-harakatlari orqali
badiiy obraz yaratuvchi san’at turi hisoblansa, musiqa – tovushlar orqali
yaratilgan san’at turi hisoblanadi. Insonning jamiyatda tutgan mavqei, madaniy-
tarbiyaviy, g‘oyaviy-tashkilotchilik rolida musiqa yuksak o‘rinda turadi. Har bir
xalqning musiqasi milliy xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Xalq
musiqasi uzoq yillar mobaynida shakllanib, xalqning boy xazinasiga aylandi.
Xalq musiqasi bilan mustahkam boglangani holda professional musiqa ham
taraqqiy qilib keldiki, uning vujudga kelishiga mohir sozanda, bastakorlar o‘z
hissalarini qo‘shdilar
10
.
Musiqa san’ati sahna asarlari: teatr, drama, musiqali drama, opera,
9
I.Akbarov . Muzika lug‘ati. T. 209- b.
10
10
I.Akbarov . Muzika lug‘ati. T.
210- b.
35
operetta, balet, kino va boshqa san’atlar ichida muhim rol o‘ynaydi. Madaniy
tadbirlarda esa uning roli benihoya ulkandir.
Madaniy tadbirlarda musiqaning turli janrlari ishtirok etishi mumkin.
Undan tashqari, bunday tadbirlarda musiqali jamoalar, vokal cholg‘u
ansambllari, musiqalardan parchalar, alohida musiqali nomerlar,
boshqaruvchilarning chiqishlari uchun musiqa, xullas, voqeaning rivojlanishi
uchun, tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini ushlab turishi uchun musiqa
san’atidan foydalaniladi.
Musiqadan tadbirlar janrlaridan kelib chiqqan holda foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Tadbirni tashkil etish va sahnalashtirishda musiqa quyidagi vazifalarni
bajarishi mumkin:
musiqa - qatnashuvchilar, ishtirokchi obrazlarini xarakterlab beradi;
harakat vaqti, joyini ifodalashi mumkin;
tomoshabinga ko‘rinmayotgan voqealarni ilg‘ab olishga, tez tushuna olishiga
ko‘maklashadi;
harakat, voqeada sahnaviy muhit yaratadi;
monolog va dialoglarning emotsionalligi (hissiyot, hayajonliligini) kuchaytiradi;
so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan daqiqalarni tasvirlay bera olishi mumkin;
xatti-harakat, voqealarni to‘ldirishi, boyitishi mumkin;
pauzalar o‘rnini to‘ldirishi mumkin;
vaqtni tejash yoki cho‘zish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin.
Spektaklni sahnalashtirishda (bunda musiqali spektallar haqida gap bormayapti,
chunki musiqali spektakllarda aktyor ijrosi bilan musiqa bir xil o‘rinda turadi)
musiqa yordamchi effekt sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shunday ekan,
spektakl uchun alohida musiqa yaratish yoki tayyor musiqiy asarlardan foydalanish
ham mumkin. Ko‘pgina spektakllarda musiqa aktyorlar xarakterlarini izohlab
berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi
36
doirachilar tomoshaning boshlanganligidan dalolat berib, spektaklni boshdan
oxirigacha “regilirovka” qilib nazorat qiladi va boshqarib turadi. Undan tashqari,
Farmonbibining o‘g‘illari oyisiga ko‘rsatgan “spektakl” paytida har bir o‘g‘ilning
chiqishiga chalingan musiqa ijrochilarning xarakterini belgilab, tomoshabinga
izohlab turadi.
Spektaklda musiqaning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Drama teatrlarida
aktyor ijrosini (ovozini) musiqa va shovqin (effektlar nazarda tutilyapti) bosib
ketmasligi uchun fonogramma qilinib, oddiy texnik xodim ham “lenta”ni
aylantirib turishi mumkin.
Ammo, madaniy tadbirlarda, ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning
o‘rni juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday tomoshalar ko‘pincha deyarli
musiqa asosiga quriladi. Madaniy tadbirlarni tashkil etish va sahnalashtirishda
musiqa muhim vositalardan biri bo‘lishi bilan birga undan foydalanish, uni
yaratish, qo‘llash bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi qiyinchiliklarni hal qilishga tо‘g‘ri
keladi.
Ayniqsa, ochiq havoda, noan’anaviy sahnaviy maydonlarda
o‘tkaziladigan tadbirlar bevosita juda katta muammolar bilan bog‘liq bo‘ladiki,
bunda tadbir tashkilotchilari barcha qiyinchilik, muammolarni bartaraf qilish
yo‘llarini izlashiga to‘g‘ri keladi. Joylarda texnik vositalarning hali etarli darajada
to‘liq talabga javob bera olmasliklari eng asosiy qiyinchiliklaridan biridir. Texnik
muammolar hal qilingan taqdirda ularni yaxshi ishlatishni biladigan mutaxassislar
yо‘qligi ham hal qilish lozim bо‘lgan muammolardan biri hisoblanadi.
Biron-bir madaniy tadbir uchun alohida musiqa yozish qiyin kechadigan
jarayondir. Shuning uchun ko‘pgina tashkilotchilar tayyor musiqa asarlarini
tanlaydilar va shu musiqa asosida ish olib boradilar.
Tadbir tashkilochisi (yoki rejissyor) va bastakor tadbirni
sahnalashtirishdagi asosiy ijodiy hamkorligi jarayonida quyidagi ishlarni amalga
oshirishlari lozim:
37
bastakor ssenariy bilan to‘liq tanishib chiqadi;
rejissyor unga tadbirning mohiyati, mavzusi, g‘oyasi, oliy maqsadi va
sahnalashtirish uslubini tushuntiradi;
bastakor mavzu va g‘oya uyg‘unligiga erishgan holda tomoshaning oliy
maqsadidan kelib chiqib, musiqaning xomaki variantini ishlab chiqadi;
rejissyor musiqani tasdiqlagandan so‘ng u to‘liq qayta ishlanadi va shu asosida
repetitsiyalar boshlanadi;
Repititsiyalar mobaynida musiqali nomerlar ham bir necha marta o‘zgarishi
mumkin. Ba’zan tez fursatda yangi musiqa asari yaratishga to‘g‘ri keladi. Bunday
sharoitda rejissyor va bastakorning qarashlari, nuqtai nazarlarining bir-birlariga
mos kelishi yangi asarni tez va muvaffaqiyatli yaratilishiga asos bo‘la oladi.
Agar rassom ijodi tasvirlash orqali, ko‘z bilan ko‘rish va estetik zavqlanish
imkoniyatini bersa, musiqa san’atidan esa eshitish orqali zavqlanish mumkin.
Sahnada ijro etilayotgan barcha xatti-harakatlar musiqa jo‘rligida amalga
oshirilishi – bu yangilik emas. Boshlovchilarning chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar,
tantanali qutlovlar, dialog va monologlardagi hazin musiqalar, raqslar va boshqa
barcha ijodiy jarayonlar musiqa jo‘rligida, musiqaning hamohangligida
ifodalanadi.
Hozirgi kunda respublika miqyosida o‘tkazilayotgan barcha bayram va
tomoshalarni sahnalashtirish uchun kuy, qo‘shiq va musiqa tanlash eng asosiy ish
bosqichlaridan hisoblanadi. Musiqa va kuylarning turli variantlari tanlangach,
ularning ijrochilari taklif etilib, qisqartirish yoki qo‘shimcha matn qo‘shish
(muallif roziligi bilan), xullas, montaj ishlari amalga oshiriladi. Musiqiy montaj
ishlari amalga oshirilgach, shu asosda repetitsiyalar boshlanadi.
Musiqa barcha san’atlar ichida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
tarbiyaviy vosita hisoblanadi. Ayniqsa, teatr san’atida musiqaning roli kattadir.
Ammo madaniy tadbirlarda uning roli va ahamiyati yanada oshadi, ya’ni mashhur
rejissyor N.M.Gorchakov aytib o‘tganidek, musiqaning teatrdagi bir soniyasi,
38
normal va sahna hayotining 20-30 minutiga to‘g‘ri keladi
11
.
Musiqa albatta plastika, raqs, chiroq va boshqa ta’sirchan vositalar
uyg‘unligida ham badiiy obraz yaratish imkoniyatlariga ega. Musiqalashtirilmagan
tadbir tomoshabinga kerakli effektni bera olmaydi. Musiqaning to‘g‘ri tanlanishi,
uni kerakli joyda ishlatilishi, uning g‘oyaviy va mavzu jihatdan tomosha ruhiyatiga
mos kelishi bastakorning tadbir yoki tomoshani oliy maqsadini to‘g‘ri anglay
olganligidan dalolat beradi.
Bo‘lajak madaniy tadbirlar tashkilotchilari musiqani biror cholg‘u asboblari
bilan chalishni yoki qo‘shiq kuylashni bilmasalar ham, uning elementar
nazariyasini, ularni bir-biridan farqlay oladigan va boshqa sahnalashtirish uchun
muhim tomonlarini bilib olishlari zarur. Madaniy tadbir tashkilotchisi musiqani
chala olmasa ham, kuylashni bilmasa ham, tayyor musiqa asarlarini tanlay olishi va
uni kerakli joyga qo‘llay olishni bilishi, bir so‘z bilan aytganda uni tushunishi
zarurdir.
Musiqa tomoshabinni tomoshani yaxshi qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi,
lekin tomoshabinning asosiy e’tibori aktyorda yoki sahnada bo‘layotgan xatti-
harakatlarda bo‘lganligi uchun musiqani meyoridan (hajmi, ovoz balandligi kabi)
oshirib yuborsak, biz tadbir yoki tomoshadagi voqealikni tomoshabinga etib kelish
meyor darajasini buzishimiz mumkin. U meyor darajasida amalga oshirilsa, bir
umr tomoshabinning yodida qolishi mumkin.
“Musiqa teatrda so‘zdan boshlanadi, - deydi mashhur rejissyorlardan
Y.A.Zavadskiy, - ritm, melodiya va nutqda davom etadi. Musiqa teatrlashtirilgan
tomoshaning haqiqiy mavjudligini bildiradi. Men, agar spektakl
musiqalashtirilmagan bo‘lsa, u ritmik bo‘lmasa, uni yomon spektakl deb
hisoblayman. Musiqa – buyuk va aniq san’atdir. U bizni mahoratga, yuksaklikka
undaydi, biz anglamay qolgan fikrlarni ilg‘ab olishga yordam beradi”
12
.
Madaniy tadbirlarda (ommaviy bayramlar, sayillar, teatrlashtirilgan konsert,
11
Силин А.Д. Специфика работы режиссёра при постановка масс. Театрализованных представлений под открытым
небом и на нетрадиционных сценических площадках. М. 1986 г. 63б.
12
Ю.Козюренко. Музыкальное оформление спектакля. М.Искусство. 1986 . 6 стр.
39
badiiy publitsistik kompozitsiyalar va h.k) qo‘llaniladigan musiqa faqat
tomoshabin uchun emas, ijrochi uchun ham muhimdir. Fikrni bir joyga to‘play
olish, rolga, obrazga kirishish, sahnada o‘zini erkin his qilish uchun, umuman
sahna maydondagi voqelikni, ommani boshqarish uchun ham muhim vositalardan
biri hisoblanadi.
Musiqaning ifodali imkoniyatlari kengdir. Unda hayot va o‘lim,
qahramonlarcha kurash, orzu, qayg‘u, shikoyat, tuhmat, hazil kabi mavzularni
ifodalash mumkin. Musiqaning buyumni ko‘rsatib, tasvirlab beruvchi vositasi
yo‘q, lekin u tomoshabin sezgisiga, ongiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uni tasavvur
qilishga unday oladi. Musiqaning tasviriy darajasi turli janrlarda turlicha namoyon
etiladi. Ayniqsa, kino va teatr san’atida tasviriy imkoniyatlardan keng
foydalaniladi. Masalan, faqat musiqa yordamida biz poezd «chiza olmaymiz»,
lekin buni ovoz, tovush orqali (musiqa jo‘rligida g‘ildirak aylanishi va h.k.)
berishimiz mumkin.
Bo‘lajak madaniy tadbirlar tashkilotchilari musiqaning sahnalashtirish uchun
muhim jihatlarini bilib olishlari zarurdir.
Musiqani -tadbirlarning alohida nomeri sifatida va tadbirlarda aks etayotgan
voqealarning ta’sirchanligini oshirish uchun qo’shimcha vosita sifatida qо‘llash
mumkin. Birinchi variantda badiiy havaskorlik kollektivlarining tayyor yoki
maxsus tayyorlangan nomeridan foydalaniladi. Ko’pincha musiqa yoki qo’shiq
tadbirlarda maxsus nomer sifatida qo’llanadi. Bunday paytda nomer tadbir
mazmuni va mavzuiga mos ravishda epizodning tarkibiy qismiga aylanib ketmog’i
kerak. Masalan, xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan tadbirlarda onalar tantanali
ravishda sahnaga taklif qilingandan so’ng «Onajonlar, assalom!» qo’shig’i ijro
etiladi. Qo’shiq tugashi bilan boshqaruvchilar onalar haqida allomalar so’zlaridan
namunalar o’qishadi. Bu qo’shiq alohida nomer sifatida foydalanilganligi uchun
tadbir epizodining mavzusiga to’g’ri keladigan tarkibiy qismga aylanib ketadi.
Tadbirning mazmunidan kelib chiqib foydalanilgan vositalarning о‘z
joyida, tо‘g‘ri qо‘llanishi tadbirning badiiyligini oshiradi.
|