jihatdan bezatilgan, effektli ijro uslublaridan mohirona foydalanilgan, tomoshabin
kо‘rib estetik zavq oladigan va bevosita shu tadbirda ishtirokchiga aylanadigan
madaniy tadbirdir.
etilishidir. U ma’lum sanaga, ma’lum bir mavzuga va boshqa jihatlarga
bag‘ishlangan bо‘lishi ham mumkin. Lekin bu uchta tushunchani bir-biridan
tо‘ldirib turadilar.
kunlar» kabi turlarga ajratib kо‘rsatilgan. Shundan quyida keltirilgan asosiy
43
markazlarda balki, yurtimizning chekka joylarida ham tantanali ravishda
о‘tkazilishi an’anaga aylangan. Asosiy (tub) umumxalq bayramlariga: 1 yanvar –
Yangi yil, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 21 mart – Navrо‘z bayrami,9 may – Xotira
va qadrlash kuni, 1 sentabr – Mustaqillik kuni, 1 oktabr – О‘qituvchi va
murabbiylar kuni, 8 dekabr – Konstitusiya kuni, diniy bayramlar – Rо‘za hayiti va
Qurbon hayitining birinchi kunlari
15
ni sanab о‘tish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlar buyuk О‘zbekiston davlatining bayramlar
mamlakati ekanligidan dalolat berib turibdi.
Tomoshabin biror bayramga borish uchun chiroyli kiyimlarini kiyadi, oilasini
bayramga tayyorlaydi va bayramning eng zо‘r daqiqalarini oilasi, dо‘stlari bilan
baham kо‘rishni istaydi va bunga о‘zini, о‘zi bilan boradiganlarni tayyorlab boradi.
Shunday ekan, biz bayram va tomoshadan ularning faqat «falon ovqat yedik» kabi
taassurotlar bilan qaytishini emas, balki bayramni tashkiliy, ijodiy saviyasiga
e’tibor qaratishiga, ma’naviy ozuqa olishiga erishmog‘imiz lozim.
Demak, bayram tadbirlarini tо‘g‘ri tashkil qilish uchun qaysi sohalarga
e’tibor berishimiz kerak?
Birinchidan, bayram tadbirining dramatik asosi bо‘lgan ssenariy, uning
yozilishi jarayonlari haqida bilimga ega bо‘lish;
Ikkinchidan, tomoshabinning nazari darrov bayram yoki tomosha
о‘tkaziladigan joyning bezagiga tushadi. Demak, bunda tadbir о‘tadigan joyning
badiiy bezagi, dekoratsiyalar yaratilishi, sahnani mazmun bilan boyitish haqida
bilishimiz va amalda qо‘llash;
Uchinchidan, kuy, qо‘shiqlar va musiqa barchamizning hayotimizga shunday
singib ketganki, bayramlarni san’atning bu turisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Musiqaning janri, ijro uslubi, turli janrlarda ijod qiladigan ansambllar, havavkorlik
jamoalari bilan ishlashni bilish;
Tо‘rtinchidan, hech bir bayram va tomoshani raqslarsiz amalga oshirish
mumkin emas, demak, raqs san’ati, ya’ni xoreografiya, baletmeysterlar, ularning
15
Shodiyev B.A. Maydon tomoshalari dramaturgiyasi va rejissurasi muammolari. //Doktorlik
diss. -T., 2007.
44
ijodiy faoliyatlari, raqslarning bayram tadbirlarida tutgan о‘rni, ular bilan ishlash,
repititsiyalar tashkil etish;
Beshinchidan, hozirgi kunda har qanday bayram va tomoshalarda,
konsertlarda teatrlashtirish usullaridan foydalanish va qо‘llash an’anaga aylangan.
Demak, teatrlashtirish usullari va shu sohada faoliyat kо‘rsatayotgan ijodkorlar
tо‘g‘risida ma’lumotlarga ega bо‘lish;
Oltinchidan, tadbir qatnashchilarini kiyintirish, mavzuga mos ravishda libos
tanlash jarayoni ham bayram yoki tomoshada tomoshaviylikka erishishining
muhim shartidir. Mana shu jarayonlar madaniy tadbirlarning oliy shakli bо‘lmish
bayramlarni tashkil etishning asosiy mezonlaridandir.
Dostları ilə paylaş: