45
2.2. Zamonaviy bayram tadbirlari dramaturgiyasi muammolari
Teatr san’atining asosini pyesa tashkil qilsa, bayram tadbirlari asosini
ssenariy tashkil qiladi. Ssenariy - italyancha «Scenario» sо‘zidan olingan bо‘lib,
asar tuzilmasi ma’nosini anglatadi. Ssenariy - mahalliy dalillarga asoslanib
yozilgan adabiy-dramatik asardir
16
.
Dramaturg, soha pedagogi Haydar Muhammad “ssenariy” tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beradi: “Ssenariynavislik – yozuvchilikdir. Ssenariy - italyancha
sо‘z bо‘lib, kinoda, televideniyeda, teatrlarda qо‘yiladigan pyesalar ommaviy
tomoshalar dasturi, rejasi, syujet va sxemasi, kirish payti, chiqish vaziyatidir.
Ssenariynavislik - “Ssenariy” sо‘ziga forscha “Navisanda” - yozuvchi, adib
ma’nosidan “navis” olinib, “Ssenariynavis” atamasi yaratilgan va joriy
qilingan”
17
.
Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bо‘lib, bunda jiddiy ketma-
ketlik asosida harakat elementlari bо‘lmish mavzu va g‘oya, bir bо‘lakdan
ikkinchisiga о‘tish, bloklar, bezaklar, matnlar tо‘liq kо‘rsatiladi.
Yuqorida aytib о‘tganimizdek, bayramlarni tashkil etish bu asosan ijodiy va
tashkiliy jarayonlarni qamrab oladi. Bayram tadbirlarini tashkil etish asosan, ikki
qismdan iborat bо‘ladi:
1. Dramaturgiya (ssenariy) asarini yaratish.
2. Yaratilgan asarni sahnalashtirish (asar rejissurani amalga oshirish)
18
.
Tadbirni о‘tkazishda tashkiliy guruh tuzilib, unga rahbar tayinlanadi. Rahbar
tadbirning yuqori saviyada о‘tishi uchun shu soha mutaxassislari: mahalliy
dramaturglarni, rejissyorlarni, baletmeyster hamda madaniyat va san’at muassasasi
ijodiy xodimlarini jalb etadi.
Maxsus bir tadbir uchun eng avvalo mas’ul shaxslar-ssenariy muallifi va
rejissyor kelishgan holda, umumiy reja asosida har bir kishiga taalluqli ishlarning
rejalarini, kundalik ish faoliyatini aniqlaydi. Tashkiliy guruh о‘z о‘rnida bо‘lg‘usi
16
Mamatqosimov J.A. Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. 24b.
17
Muhammad H. Ssenariynavislik asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. 3b.
18
Qoraboyev U.X. Badiiy-ommaviy tadbirlar. – Toshkent: О‘qituvchi, 1986. – B.35.
46
teatlashtirilgan ommaviy tadbirning g‘oyasi, maqsadi, ijtimoiy holatidan kelib
chiqqan holda uning dramaturgiyasi (ssenariysi)ni yaratadi.
Ommaviy bayramlar rejissurasi sohasida faoliyat yuritayotgan malakali
pedagog, taniqli rejissyor F.E.Ahmedov “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari”
darsligida ssenariyning quyidagi turlarini ta’kidlab о‘tadi:
1. Kino ssenariy:
a) badiiy filmlar ssenariysi;
b) hujjatli filmlar ssenariysi;
v) ilmiy-ommabop filmlar ssenariysi;
g) qо‘g‘irchoq va multfilmlar ssenariysi.
2. Televizion ssenariylar:
a) adabiy-badiiy kо‘rsatuvlar ssenariysi;
b) publitsistik - axborot kо‘rsatuvlar ssenariysi;
v) ma’naviy - ma’rifiy kо‘rsatuvlar ssenariysi;
g) ijtimoiy-siyosiy kо‘rsatuvlar ssenariysi;
d) о‘yin-kо‘ngil ochar kо‘rsatuvlar ssenariysi;
ye) televizion filmlar ssenariysi;
j) musiqiy kо‘rsatuvlar ssenariysi va h.k.
3. Radioeshittirishlar ssenariysi:
a) ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar ssenariysi;
b) adabiy - badiiy eshittirishlar ssenariysi;
v) publitsistik-axborot eshittirishlar ssenariysi;
g) musiqiy eshittirishlar ssenariysi;
d) ma’naviy - ma’rifiy eshittirishlar ssenariysi;
ye) о‘yin-kо‘ngil ochar eshittirishlar ssenariysi va h.k.
4. Sirk tomoshalari ssenariysi
5. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi
19
Ssenariy - bu bо‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir.
19
Ahmedov F.E. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – B. 223.
47
Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi, kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi.
Shuningdek, ssenariyda tadbir о‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi,
qatnashchilar sо‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon
guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham kо‘rsatilib
о‘tiladi. Ssenariyning puxta bо‘lishi bо‘lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan
biridir. Ssenariyning bо‘sh yozilishi esa tadbirning mexanik qismlar
umumlashmasiga, yagona syujetning buzilishiga, g‘oyaviy mazmunning tо‘la
yoritilmasligiga olib keladi. Shuning uchun ijodiy guruh a’zolari aynan shu
kasbning mutaxassislari bо‘lishi hamda ijodiy guruhda ahillik talab qiladi.
Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash jarayonida ssenariy yozish
uchun ijodkor shaxslar, shoir yoki yozuvchilar taklif qilinadi. U rejissyor bilan
ijodiy hamkorlikda ssenariy yaratadi. Lekin, ba’zi tadbirlarimizda ayniqsa chekka
tuman va qishloqlarimizda о‘tkaziladigan tadbirlarda mazkur hududdagi
madaniyat uyi rahbari yoki maxsus mutaxassisning bir о‘zi shug‘ullanadi. Bunday
holatda u ham tadbir ssenariysini yozadi, ham uni sahnalashtiradi. Ba’zi hollarda
bu ijobiy, ba’zi xollarda salbiy natija beradi. Bayramshunos olim, professor
U.X.Qoraboyev bu xususida “Badiiy ommaviy tadbirlar” kitobida shunday yozadi:
“Ssenariy yozish bilan kim shug‘ullanmasin, u quyidagi talablarga javob bermog‘i
lozim:
a) ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini
chuqur tushuna oladigan hamda uni tо‘g‘ri tahlil qila oladigan shaxs bо‘lmog‘i;
b) adabiyot va dramaturgiya sohasida bilimga ega bо‘lgan, ulardan samarali
foydalana oladigan kishi bо‘lishi;
v) hayotiy materiallarni, hujjatli dalillarni yig‘a oladigan, ularni adabiy-
badiiy shaklda bayon qila biladigan ijodkor bо‘lmog‘i lozim
20
”.
Ssenariychilik mahorati asosan uchta tamoyilga tayanadi, ya’ni ijodiy
kuzatishning shakllanishi (ssenariy muallifi uchun juda ham kerak bо‘lgan
hayotiy materiallarni topib, ajrata olish), dramatik fikr qilishni rivojlantirish –
20
Qoraboyev U.X. Badiiy-ommaviy tadbirlar. – Toshkent: О‘qituvchi, 1986. 37b.
48
(ssenariy ustida ishlashda zarur bо‘lgan dramaning umumiy nazariyasiga rioya
qilgan holda syujetlar ketma-ketligi va tadbirning kompozitsion tuzilishini tо‘g‘ri
belgilash), ijodiy tasavvur va obrazli hal etish.
Keyingi paytlarda keng miqyosda nishonlanayotgan bayramlarda
fonogrammalarni montaj qilish asosida bir-biriga bog‘lashga harakat qilinyapti.
Nomerlar yoki epizodlarni bog‘lash vositasi bо‘lmish “g‘oyaviy kо‘prik”ni tо‘g‘ri
belgilash - tadbirdagi ortiqcha pauzalarning oldini oladi, о‘rnini tо‘ldiradi, shuning
bilan birga sahna jihozlarini almashtirish yoki keyingi nomerga tayyorlanib olish
imkoniyatini beradi, eng asosiysi esa tomoshabinni tadbir g‘oyasidan fikrini
“uzilib” qolishidan saqlaydi.
Hozirgi kunda respublika miqyosida о‘tkazilayotgan barcha bayramlarda
yurtimizning kо‘zga kо‘ringan ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Voxidov,
Bahodir Yо‘ldoshev, Nosir Otaboyev, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev,
Marat Azimov va boshqalar ssenarist va ssenariy hammualliflari bо‘lib ishtirok
etib kelmoqdalar. Ular yurtimizda bо‘layotgan chuqur о‘zgarishlarni, О‘zbekiston
kelajagi buyuk ekanligiga ishonish, Vatanni sevish, о‘z ishiga, Vataniga, oilasiga
mehr-oqibatli bо‘lish, mamlakatning rivojlanishida yoshlarning о‘rnini belgilash,
qariyalarga hurmat- e’tiborda bо‘lish kabi xususiyatlarni turli badiiy vositalar
orqali о‘z ssenariylariga jo qilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga
intilmoqdalar va buning uddasidan ham chiqmoqdalar. Ular sahnalashtirgan
bayram va tomoshalari orqali О‘zbekiston timsolini kо‘klarga kо‘tarib, uning
ravnaqiga katta hissa qо‘shmoqdalar.
Yuqorida qayd etganimizdek, spektakl yaratilishida asosiy manba pyesa
hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda, spektaklning dramatik asosi pyesadir.
Rejissyor spektaklni sahnalashtirishda tayyor manba – pyesaga murojaat qiladi va
sahnalashtirish jarayonlarini boshlaydi. Bu bilan spektakl sahnalashtirish juda
oson ekan, degan fikrdan yiroqdamiz, zero spektaklni sahnalashtirishning о‘ziga
xos murakkab jihatlari bor. Ommaviy bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda
esa tayyor dramatik manba yо‘q, о‘tkaziladigan joy an’anaviy emas, unda
49
chiroqlar, dekoratsiyalar, xullas, hech qanday sahna jihozlari-yu, anjomlari yо‘q.
Faqat rejissyorning yuqori tashkilotlardan yoki rahbarlikdan shu tadbirni о‘tkazish
tо‘g‘risidagi buyurtmasi bor, xolos.
Rejissyor esa bu «buyurtma»ni san’at darajasiga kо‘tarib, yaxlit bir
«spektakl» shakliga keltirishi zarur bо‘ladi. Nega endi spektakl shaklida, degan
о‘rinli savol tug‘iladi. Spektakl bо‘lishi uchun uning mavzusi, g‘oyasi, janri,
qarama-qarshiliklar, voqealar qatori, kompozitsion tuzilishi (prolog, tugun,
qarama-qarshilik, yechim), oliy maqsadi, xullas, dramaturgiyaning barcha
komponentlari ishtirokini ta’minlash lozim.
Tadbirlarni
tashkil
etishdagi
eng qiyin jarayon uni yagona mavzu
chizig‘iga yо‘naltirishdir. Shu mavzuga mos manbalar izlash, sahna, ya’ni, tadbir
о‘tadigan joyni jihozlash, ishtirokchilarni tо‘plash, vazifalarni tushuntirish va
repetitsiyani boshlashdan oldin ssenariy rejissyorning qо‘lida bо‘lishi shart.
Ssenariyning badiiy jihatdan mukammalligi, uning originalligiga erishish –
о‘tkaziladigan bayram tadbirlarining yuqori saviyada о‘tishiga kafolatdir.
Rejissyor va ssenaristning izlanuvchanligi tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini
saqlab turishda ham muhim rol о‘ynaydi.
Sahnaning dramatik asosi bо‘lmish pyesa, ssenariy yoki inssenirovkalarning
sahna yuzini kо‘rishida rejissyorning ijodiy guruh bilan olib borgan faoliyati
asarning sahnada qancha umr kо‘rishini belgilaydi. Sahnada tayyor bо‘lgan
mahsulotni о‘simlik yoki niholga о‘xshatish mumkin. О‘simlikni yerga eksang, u
yerning tafti bilan kо‘karadi. Ammo unga suv, о‘g‘itlar va boshqa minerallar
vaqtida berilmasa yoki parvarish qilinmasa nihol nobud bо‘lishi mumkin. San’atda
ham xuddi shunday. Dramaturgning asarini olib kelib uning quruq matnini ijro
qilib bergani bilan u spektakl yoki tomosha bо‘lib qolmaydi. Unga turli badiiy,
ifodaviy va ta’sirchan vositalarni о‘ylab topish va qо‘llashi lozim.
Kо‘rinib turibdiki, ssenariy muallifi rejissyor bilan ijodiy hamkorlikda
hayotiy va mahalliy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari asosida, о‘z
g‘oyasiga, mazmuniga ega bо‘lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor bо‘lmog‘i
50
lozim. Muallif puxta ssenariy yaratish va uni tashkiliy guruhga о‘z vaqtida
topshirish uchun ish jarayonini rejalashtirish lozim.
Ssenariy yaratishda bо‘lajak tadbirlarning g‘oyaviy - mavzu asosini chuqur
о‘ylamoq lozim. Eng muhimi shundaki, ssenariy asosida muhim ijtimoiy va
mahalliy aholining hayotiga yaqin bо‘lgan qiziqarli mavzu yotishi kerak.
Ssenariyning ta’sirchanligini oshirish uchun maxsus hujjatlardan: buyruqlar,
nizomlar, xatlar, kundaliklar, shaxsiy, oilaviy albomlardan, fotohujjatlar, davlat va
shaxsiy arxiv materiallaridan foydalanish mumkin.
Bugungi kunda bayram tadbirlarining zaif tomoni bu dramaturgiyadir.
Ommaviy teatrga, dramaturgiyaning umumiy nazariyasini chuqur fikr qilmay,
mexanik ravishda kо‘chirib bо‘lmaydi. Har bir tadbirning о‘ziga xosligini hisobga
olgan holda yondoshilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |