Fanni o‘qitishdan maqsad –Ushbu fanning maqsadi magistrantlarni oliy ta’lim tizimida maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, metodologiyasi, nazariy va amaliy asoslari, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlar bilan tanishtirish, jumladan;
- davlat ta’lim standartlari va ular asosida ishlab chiqiladigan namunaviy fan dasturlari, o‘quv rejalarni ishlab chiqish tartibi;
- maxsus fanlarni o‘qitishda optimal strategiyani tanlay olish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish;
- maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishda ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi innovatsiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
Fanning vazifasi –maxsus fanlarni o‘qitish bo‘yicha magistrantlarning pedagogik mahoratini oshirish, amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy metodlari bilan tanishtirish, maxsus fanlarga doir o‘quv-uslubiy materiallarni tahlil qilish, mashg‘ulotlarning turli usullarini ishlab chiqish va o‘tkazish, shuningdek, talabalar bilim darajasini nazorat qilish va baholashning zamonaviy yo‘llarini o‘rgatish.
II. Asosiy nazariy qism. (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
mavzu: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining mazmuni, predmeti va maqsadi
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. Dars o‘tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish. Didaktika, uning tamoyillari va o‘quv jarayonini tashkil etish. O‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etuvchi sub’ekt. Ta’lim tizimida o‘qitishning asosiy shakllari.
mavzu: Oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari
Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, mutaxassisliklar klassifikatori, o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv reja, o‘quv dasturi, namunaviy va ishchi o‘quv dastur, taqvimiy mavzular rejasi.
mavzu: Maxsus fanlarnio‘qitishningtashkiliy shakllari
Nazariyta’lim,ma’ruza,amaliyvatajriba mashg‘ulotlari,ishlabchiqarishkorxonalarigaekskursiyadarsi,o‘quv ustaxonasidao‘qitish.Mахsusfаnlаrnio‘rgаnishdаqo‘llаnilаdigаnаsоsiyunivеrsаlvа хususiy mеtоdlаr.
mavzu: Dаrs o‘tish mеtоdlаri vа ulаrni tаnlаshning аsоsiy mеzоnlаri.