O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


V. Ta’lim natijalari / kasbiy kompetensiyalar



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə4/6
tarix16.09.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#144398
1   2   3   4   5   6
maxsus fan TMT 1 курс 2023-2024 (dastur)

V. Ta’lim natijalari / kasbiy kompetensiyalar
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida magistrant:
- fanning maqsadi, vazifasi va predmeti;
- oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, Davlat ta’lim standarti, malaka talablari, mutaxassisliklar klassifikatori, o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv reja, o‘quv dasturi, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlar xaqida bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- oliy ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritishning mohiyati va muammolari;
- maxsus fanlarni o‘qitishdagi yutuq va muammolar, pedagogik faoliyatni modellashtirishning zamonaviy usullari, va O‘zbekiston Respublikasining jahon ta’lim tizimiga integratsiyasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozim. O‘quv jarayonida bilimlarning fundamental asoslarini, ilm-fan yutuqlarini qo‘llay olish, o‘qitilayotgan fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, fanning asosiy muammo va yutuqlarini bilishi va fan mavzularini modullarga ajrata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Maxsus fanlarni o‘qitishda ilmiy-tadqiqot natijalaridan faydalanish, oliy ta’limda o‘quv-metodik va ilmiy ishlarni olib borish – auditoriyaga mos o‘quv materiallarini tanlash, mavzular bo‘yicha topshiriq, mashq va testlar tuzish, o‘quv va tarbiyaviy ishlarni tizimlashtirish, shuningdek, maxsus fanlarni o‘qitishda og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, mashg‘ulotlarda mavzuga mos ta’lim texnologiyalari, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, talabalarning mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini hamda ularning kasbiy va ijodiy mahoratlarini rivojlantirish, pedagoglik faoliyati bilan bog‘liq turli vaziyatlarda o‘zini qo‘lga olish malakalariga ega bo‘lishi lozim.

4

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar)

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.


Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin