Xalq ijodiyoti



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



45 

 

2.2. Zamonaviy bayram tadbirlari dramaturgiyasi muammolari 

Teatr san’atining asosini pyesa tashkil qilsa, bayram tadbirlari asosini 

ssenariy tashkil qiladi. Ssenariy - italyancha «Scenario» sо‘zidan olingan bо‘lib, 

asar tuzilmasi ma’nosini anglatadi. Ssenariy - mahalliy dalillarga asoslanib 

yozilgan adabiy-dramatik asardir

16



Dramaturg, soha pedagogi Haydar Muhammad “ssenariy” tushunchasiga 



quyidagicha ta’rif beradi: “Ssenariynavislik – yozuvchilikdir. Ssenariy - italyancha 

sо‘z bо‘lib, kinoda, televideniyeda, teatrlarda qо‘yiladigan pyesalar ommaviy 

tomoshalar dasturi, rejasi, syujet va sxemasi,  kirish payti, chiqish vaziyatidir. 

Ssenariynavislik - “Ssenariy” sо‘ziga forscha “Navisanda” - yozuvchi, adib 

ma’nosidan “navis” olinib, “Ssenariynavis” atamasi  yaratilgan va joriy 

qilingan”

17



 Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bо‘lib, bunda jiddiy ketma-



ketlik asosida harakat elementlari bо‘lmish mavzu  va g‘oya, bir bо‘lakdan  

ikkinchisiga о‘tish, bloklar, bezaklar, matnlar tо‘liq kо‘rsatiladi. 

Yuqorida aytib о‘tganimizdek, bayramlarni tashkil etish bu asosan ijodiy va 

tashkiliy jarayonlarni qamrab oladi. Bayram tadbirlarini tashkil etish asosan, ikki 

qismdan iborat bо‘ladi: 

1.  Dramaturgiya (ssenariy) asarini yaratish. 

2.  Yaratilgan asarni sahnalashtirish (asar rejissurani amalga oshirish)

18



Tadbirni о‘tkazishda tashkiliy guruh tuzilib, unga rahbar tayinlanadi. Rahbar 

tadbirning yuqori saviyada о‘tishi uchun shu soha mutaxassislari: mahalliy 

dramaturglarni, rejissyorlarni, baletmeyster hamda madaniyat va san’at muassasasi 

ijodiy xodimlarini jalb etadi. 

Maxsus bir tadbir uchun eng avvalo mas’ul shaxslar-ssenariy muallifi va 

rejissyor kelishgan holda,  umumiy reja asosida har bir kishiga taalluqli ishlarning 

rejalarini, kundalik ish faoliyatini aniqlaydi. Tashkiliy guruh о‘z о‘rnida bо‘lg‘usi 

                     

16

 Mamatqosimov J.A. Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. 24b.  



17

 Muhammad H. Ssenariynavislik asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. 3b.  

18

 Qoraboyev U.X. Badiiy-ommaviy tadbirlar. – Toshkent: О‘qituvchi, 1986. – B.35. 




46 

 

teatlashtirilgan ommaviy tadbirning g‘oyasi, maqsadi, ijtimoiy holatidan kelib 



chiqqan holda uning dramaturgiyasi (ssenariysi)ni yaratadi.  

Ommaviy bayramlar rejissurasi sohasida faoliyat yuritayotgan malakali 

pedagog, taniqli rejissyor F.E.Ahmedov “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari” 

darsligida ssenariyning quyidagi turlarini ta’kidlab о‘tadi:  

1. Kino ssenariy: 

a) badiiy filmlar ssenariysi; 

b) hujjatli filmlar ssenariysi; 

v) ilmiy-ommabop filmlar ssenariysi; 

g) qо‘g‘irchoq va multfilmlar ssenariysi. 

2. Televizion ssenariylar: 

a) adabiy-badiiy kо‘rsatuvlar ssenariysi; 

b) publitsistik - axborot kо‘rsatuvlar ssenariysi; 

v) ma’naviy - ma’rifiy kо‘rsatuvlar ssenariysi; 

g) ijtimoiy-siyosiy kо‘rsatuvlar ssenariysi; 

d) о‘yin-kо‘ngil ochar kо‘rsatuvlar ssenariysi; 

 

ye) televizion filmlar ssenariysi; 



j) musiqiy kо‘rsatuvlar ssenariysi va h.k. 

3. Radioeshittirishlar ssenariysi:  

a) ijtimoiy-siyosiy eshittirishlar ssenariysi; 

b) adabiy - badiiy eshittirishlar ssenariysi; 

v) publitsistik-axborot eshittirishlar ssenariysi; 

g) musiqiy eshittirishlar ssenariysi; 

d) ma’naviy - ma’rifiy eshittirishlar ssenariysi; 

ye) о‘yin-kо‘ngil ochar eshittirishlar ssenariysi va h.k. 

4. Sirk tomoshalari ssenariysi 

5. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi

19

 

Ssenariy - bu bо‘lg‘usi tadbirni tayyorlash uchun asosiy badiiy manbadir. 



                     

19

 Ahmedov F.E. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. – Toshkent: Aloqachi, 2008. – B. 223. 




47 

 

Ssenariyda tadbirning g‘oyasi, oliy maqsadi,  kompozitsion tuzilishi aks ettiriladi. 



Shuningdek, ssenariyda tadbir о‘tkaziladigan joy (sahna, maydon)ning bezatilishi, 

qatnashchilar sо‘zlarining matnlari, badiiy va hujjatli materiallar, badiiy fon va fon 

guruhi tasviri, chiroqlar, sahnalashtirish rejasi va rejissyorlik tahlili ham kо‘rsatilib 

о‘tiladi. Ssenariyning puxta bо‘lishi bо‘lajak tadbirning eng asosiy yutuqlaridan 

biridir. Ssenariyning bо‘sh yozilishi esa tadbirning mexanik qismlar 

umumlashmasiga, yagona syujetning buzilishiga, g‘oyaviy mazmunning tо‘la 

yoritilmasligiga olib keladi. Shuning uchun ijodiy guruh a’zolari aynan shu 

kasbning mutaxassislari bо‘lishi hamda ijodiy guruhda ahillik talab qiladi. 

Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash jarayonida ssenariy yozish 

uchun ijodkor shaxslar, shoir yoki yozuvchilar taklif qilinadi. U rejissyor bilan 

ijodiy hamkorlikda ssenariy yaratadi. Lekin, ba’zi tadbirlarimizda ayniqsa chekka 

tuman va qishloqlarimizda  о‘tkaziladigan tadbirlarda mazkur hududdagi 

madaniyat uyi rahbari yoki maxsus mutaxassisning bir о‘zi shug‘ullanadi. Bunday 

holatda u ham tadbir ssenariysini yozadi, ham uni sahnalashtiradi. Ba’zi hollarda 

bu ijobiy, ba’zi xollarda salbiy natija beradi. Bayramshunos olim, professor 

U.X.Qoraboyev bu xususida “Badiiy ommaviy tadbirlar” kitobida shunday yozadi: 

“Ssenariy yozish bilan kim shug‘ullanmasin, u quyidagi talablarga javob bermog‘i 

lozim: 


a) ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini 

chuqur tushuna oladigan hamda uni tо‘g‘ri tahlil qila oladigan shaxs bо‘lmog‘i; 

b) adabiyot va dramaturgiya sohasida bilimga ega bо‘lgan, ulardan samarali 

foydalana oladigan kishi bо‘lishi; 

v) hayotiy materiallarni, hujjatli dalillarni yig‘a oladigan, ularni adabiy-

badiiy shaklda bayon qila biladigan ijodkor bо‘lmog‘i lozim

20

”. 


Ssenariychilik mahorati asosan  uchta  tamoyilga  tayanadi, ya’ni ijodiy 

kuzatishning shakllanishi  (ssenariy muallifi  uchun  juda ham kerak  bо‘lgan  

hayotiy  materiallarni topib, ajrata olish), dramatik fikr  qilishni rivojlantirish – 

                     

20

 Qoraboyev U.X. Badiiy-ommaviy tadbirlar. – Toshkent: О‘qituvchi, 1986. 37b. 




48 

 

(ssenariy ustida ishlashda zarur bо‘lgan dramaning umumiy nazariyasiga rioya 



qilgan holda syujetlar ketma-ketligi va tadbirning kompozitsion tuzilishini tо‘g‘ri 

belgilash), ijodiy  tasavvur  va  obrazli  hal etish. 

Keyingi paytlarda keng miqyosda nishonlanayotgan bayramlarda 

fonogrammalarni montaj qilish asosida bir-biriga bog‘lashga harakat qilinyapti. 

Nomerlar yoki epizodlarni bog‘lash vositasi bо‘lmish “g‘oyaviy kо‘prik”ni tо‘g‘ri 

belgilash - tadbirdagi ortiqcha pauzalarning oldini oladi, о‘rnini tо‘ldiradi, shuning 

bilan birga sahna jihozlarini almashtirish yoki keyingi nomerga tayyorlanib olish 

imkoniyatini beradi, eng asosiysi esa tomoshabinni tadbir g‘oyasidan fikrini 

“uzilib” qolishidan saqlaydi.           

Hozirgi kunda respublika miqyosida о‘tkazilayotgan barcha bayramlarda 

yurtimizning kо‘zga kо‘ringan ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Voxidov, 

Bahodir Yо‘ldoshev, Nosir Otaboyev,  Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev, 

Marat Azimov va boshqalar ssenarist va ssenariy hammualliflari bо‘lib ishtirok 

etib kelmoqdalar. Ular yurtimizda bо‘layotgan chuqur о‘zgarishlarni, О‘zbekiston 

kelajagi buyuk ekanligiga ishonish, Vatanni sevish, о‘z ishiga, Vataniga, oilasiga 

mehr-oqibatli bо‘lish, mamlakatning rivojlanishida yoshlarning о‘rnini belgilash, 

qariyalarga hurmat- e’tiborda  bо‘lish kabi xususiyatlarni turli badiiy vositalar  

orqali  о‘z ssenariylariga jo  qilib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga 

intilmoqdalar va buning uddasidan ham chiqmoqdalar. Ular sahnalashtirgan 

bayram va tomoshalari orqali О‘zbekiston timsolini kо‘klarga kо‘tarib, uning 

ravnaqiga katta hissa qо‘shmoqdalar. 

Yuqorida qayd etganimizdek, spektakl yaratilishida asosiy manba pyesa  

hisoblanadi yoki boshqacha  qilib aytganda, spektaklning dramatik asosi pyesadir. 

Rejissyor spektaklni sahnalashtirishda tayyor manba – pyesaga murojaat qiladi  va  

sahnalashtirish jarayonlarini  boshlaydi. Bu bilan spektakl sahnalashtirish juda 

oson ekan, degan fikrdan yiroqdamiz, zero spektaklni sahnalashtirishning о‘ziga 

xos  murakkab jihatlari bor. Ommaviy  bayram  va  tomoshalarni sahnalashtirishda 

esa tayyor  dramatik manba  yо‘q,  о‘tkaziladigan joy an’anaviy  emas,  unda  




49 

 

chiroqlar, dekoratsiyalar, xullas, hech qanday sahna jihozlari-yu, anjomlari yо‘q. 



Faqat rejissyorning yuqori tashkilotlardan yoki  rahbarlikdan shu tadbirni о‘tkazish 

tо‘g‘risidagi buyurtmasi bor, xolos. 

Rejissyor esa bu «buyurtma»ni san’at darajasiga kо‘tarib, yaxlit bir 

«spektakl» shakliga keltirishi zarur bо‘ladi. Nega endi spektakl  shaklida, degan 

о‘rinli savol tug‘iladi. Spektakl bо‘lishi uchun uning mavzusi, g‘oyasi, janri, 

qarama-qarshiliklar, voqealar qatori, kompozitsion tuzilishi (prolog, tugun, 

qarama-qarshilik, yechim), oliy maqsadi, xullas, dramaturgiyaning barcha 

komponentlari ishtirokini ta’minlash lozim. 

 Tadbirlarni 

tashkil 


etishdagi 

eng qiyin jarayon uni yagona mavzu 

chizig‘iga yо‘naltirishdir. Shu mavzuga mos manbalar izlash, sahna, ya’ni, tadbir 

о‘tadigan joyni jihozlash, ishtirokchilarni tо‘plash, vazifalarni tushuntirish va 

repetitsiyani boshlashdan oldin ssenariy rejissyorning qо‘lida bо‘lishi shart.  

Ssenariyning badiiy jihatdan mukammalligi, uning originalligiga erishish – 

о‘tkaziladigan bayram tadbirlarining yuqori saviyada о‘tishiga kafolatdir. 

Rejissyor va ssenaristning izlanuvchanligi tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini 

saqlab turishda ham muhim rol о‘ynaydi.  

Sahnaning dramatik asosi bо‘lmish pyesa, ssenariy yoki inssenirovkalarning 

sahna yuzini kо‘rishida rejissyorning ijodiy guruh bilan olib borgan faoliyati 

asarning sahnada qancha umr kо‘rishini belgilaydi. Sahnada tayyor bо‘lgan 

mahsulotni о‘simlik yoki niholga о‘xshatish mumkin.  О‘simlikni yerga eksang, u 

yerning tafti bilan kо‘karadi. Ammo unga suv, о‘g‘itlar va boshqa minerallar 

vaqtida berilmasa yoki parvarish qilinmasa nihol nobud bо‘lishi mumkin. San’atda 

ham xuddi shunday. Dramaturgning asarini olib kelib uning quruq  matnini ijro 

qilib bergani bilan u spektakl yoki tomosha bо‘lib qolmaydi. Unga turli badiiy, 

ifodaviy va ta’sirchan vositalarni о‘ylab topish va qо‘llashi lozim. 

Kо‘rinib turibdiki, ssenariy muallifi  rejissyor bilan ijodiy hamkorlikda 

hayotiy va mahalliy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari asosida, о‘z 

g‘oyasiga, mazmuniga ega bо‘lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor bо‘lmog‘i 



50 

 

lozim. Muallif puxta ssenariy yaratish va uni tashkiliy guruhga о‘z vaqtida 



topshirish uchun ish jarayonini rejalashtirish lozim. 

Ssenariy yaratishda bо‘lajak tadbirlarning g‘oyaviy - mavzu asosini chuqur 

о‘ylamoq lozim. Eng muhimi shundaki, ssenariy asosida muhim ijtimoiy va 

mahalliy aholining hayotiga yaqin bо‘lgan qiziqarli mavzu yotishi kerak.  

Ssenariyning ta’sirchanligini oshirish uchun maxsus hujjatlardan: buyruqlar, 

nizomlar, xatlar, kundaliklar, shaxsiy, oilaviy albomlardan, fotohujjatlar, davlat va 

shaxsiy arxiv materiallaridan foydalanish mumkin.  

Bugungi kunda bayram tadbirlarining zaif tomoni bu dramaturgiyadir. 

Ommaviy teatrga, dramaturgiyaning umumiy nazariyasini chuqur fikr qilmay, 

mexanik ravishda kо‘chirib bо‘lmaydi. Har bir tadbirning о‘ziga xosligini hisobga 

olgan holda yondoshilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.   


Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin