51
2.1. Bayram tadbirlarini tashkil etishda dramatik kompozitsiya
elementlarining ahamiyati
Dramaturgik tahlilning murakkabligi shundaki, yaxlit holda mavjud bо‘lgan
jarayonni, elementlari bо‘yicha bо‘lib, kо‘rib chiqishiga tо‘g‘ri keladi.
Yakunlangan asar strukturasini о‘zgartirib bо‘lmaslik - asar badiiyligining
belgisidir. Mukammal dramaturgik asar shunday qurilgan bо‘lishi kerakki, undagi
qayta qurishlar, ba’zi qismlarning olib tashlanishi yoki qо‘shilishi, о‘zgarishlar –
she’riyatdagi kabi, yaxshi she’rdagi qofiya yoki sо‘zni о‘zgartirib bо‘lmagandek,
asarga zarar qilmasligi lozim.
Dramaturgik asar yorqin belgilangan birlikka ega bо‘lishi lozim. Bu umum
qabul qilingan xolatni aniqlash uchun nimaning birligi kо‘zda tutilayotganini
о‘zimiz uchun bilib olishimiz lozim. Jahon dramaturgiyasining kо‘p asrlik
tajribasi, asarning badiiy bir butunligini saqlab qolish uchun, namoyish etilayotgan
voqeada vaqt va joy birligiga, albatta amal qilish shart emasligini kо‘rsatdi. Ammo
xatti-harakat birligi juda ham zarurdir.
Harakat pyesa rivojining konflikti bо‘lib, harakat birligiga rioya qilish,
tasvirlanayotgan predmetning bir butunligiga rioya qilishdir. Albatta, harakat
birligini buzish, tasvirlanayotgan predmetni о‘zgartirishga yoki tо‘laqonli tasvirlay
olmaslikka olib keladi.
Shuni ta’kidlab о‘tish joizki, dramaturgik asardagi harakat – asosiy konflikt
yо‘nalishining rivoji bо‘lib, qahramonlar munosabatining о‘sishidir. «Xatti -
harakat» va «harakat» tushunchalarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak.
Qahramonlarning ahamiyatsiz qiliqlari, xatto joylarini о‘zgartirishlari harakatga
daxldor bо‘ladi.
Masalan, stol atrofida tinch о‘tirib, otasidan qolgan merosni qanday
bо‘lishni tinch muhokama qilayotgan aka-uka suhbati, ularning о‘zaro munosabat
harakati, qarama-karshilikni rivojlantiradi v x.k. Ular о‘rtasida yuzaga kelgan
mushtlashish jarayoni – ular munosabatining harakat jarayonidir. Qahramonlar bir-
birining orqasidan stol atrofida qancha yugurmasin, qahramonlar joylarida behuda
52
yugurib, harakatning tо‘xtash jarayoni yuz beradi. Stolga qaytib, masalani tinch
yо‘l bilan hal etish, ular munosabatining harakat momenti bо‘lib, qahramonlar
harakat qilmayotgan bо‘lsalar ham, harakatning davomiga aylanadi.
Dramaturgik kompozitsiya elementlari, pyesadagi konflikt harakati - bir
butun harakatni tashkil qiladi.
Har qanday pyesaning asosida, prinsipial, barcha hollarda umumiy bо‘lgan
kompozitsiya tuzilishi yotadi. Kurashning boshlanishi, kurash yо‘nalishi,
kurashning natijasi. Gegel bu narsaga katta e’tibor qaratgan. Shuning uchun
dramaturgiyaning bu tuzilishini «Gegel uchligi» deb atash qabul qilingan.
Shunga qaramasdan har bir pyesa о‘zining mazmun jihatdan, aniq
kompozitsiya qurilishiga ega bо‘lishi lozim. Proporsiyalar nuqtai nazaridan pyesa
qurilishidagi bо‘laklar munosabatlari variantlarining nisbati chegarasiz bо‘lib
о‘zining individual xususiyatiga ega bо‘ladi. Shunday bо‘lishiga qaramay
dramaturgik kompozitsiya va uning elementlari bir tipi bо‘lib, ularning strukturasi
va asosi umumiydir, boshlanishsiz yakun bо‘lmaganidek, boshidan oxiriga qarab
rivojlanmaydigan, boshlanishi bilan tugaydigan asarning bо‘lishi mumkin emas.
Shuning uchun biz dramaturgik kompozitsiyaning teatrlashtirilgan bayram
va tomosha borasidagi asosiy elementlari va bajarish funksiyalarini diqqat bilan
kо‘rib chiqishimiz lozim.
Tadbir kompozitsiyasi - asarda sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarni bir
maqsad sari yetaklovchi g‘oya orqali, dramaturgiya qonuniyatlari asosida bir-biri
bilan bog‘lovchi tuzilmadir. Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi
prolog (muqaddima), bosh voqea, voqelar rivoji, tugun, qarama-qarshilik,
kulminatsiya, final kabi komponentlarni о‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda
teatrlashtirilgan tadbirlar, xususan ommaviy bayramlarning kompozitsion
tuzilishida tugun, qarama-qarshilik, yechim kabi komponentlar uchramaydi.
Chunki bu tadbir tо‘laqonli teatrlashtirilmagan bо‘lib, maqsad va g‘oya asosan
qо‘shiq mazmuni va raqs harakatlarida yuzaga chiqariladi.
Mavzu - bu tadbir uchun tanlangan, mahalliy aholini har tamonlama
53
qiziqtiradigan, barcha voqea-hodisalarni birlashtiruvchi omildir.
G‘oya - bu tadbirda ilgari suriladigan asosiy fikr. Fikrning kuchli va aniqligi
tomoshabinni zeriktirishga qо‘ymaydi. Shuning uchun g‘oyaning oydinlashishi
tadbir oxiriga mо‘ljallanishi kerak. Tadbir davomida tomoshabinlar ijtimoiy g‘oya
haqida, uning asosiy fikri haqida о‘ylasin, qiziqishi ortsin. Amalda esa kо‘pgina
tashkilotchilar g‘oyani tayyor kо‘rinishda, tadbirning boshlanishidayoq berib
qо‘yishadi. Bu esa tomoshabinning tadbirga bо‘lgan qiziqishini kamaytiradi, tadbir
qiymati pasayadi.
Maqsad-bu tadbirning tomoshabinga “nima demoqchi” ekanligidir. Har bir
ssenariy muallifi va rejissyor asar yaratishdan oldin, “men bu orqali tomoshabinga
nima demoqchiman?” tariqasida о‘ziga savol bermog‘i va о‘z о‘rnida asar orqali
javob qaytarmog‘i lozim. Tadbirga qо‘yilgan maqsad voqealar zanjiri bо‘lib, u
voqea harakatlarida rivojlanib boradi.
Prolog- asarning boshlanish qismi bо‘lib tadbir nima haqidaligidan xabar
beradi. Tomoshabin diqqatini asosiy voqealarga qaratadi. U kо‘tarinki kayfiyat,
gо‘zallik va nafislikni talab qiladi. Bu qismda hujjatli materiallar, filmlardan
lavhalar, ta’sirchan vositalardan keng foydalanish mumkin. Prolog nafaqat sahnada
balki tadbir о‘tkaziladigan maydonga kirish yо‘lakchalaridan ham boshlanishi
mumkin.
Bosh voqea - bu prologdan keyingi kо‘rinish bо‘lib, voqealar rivojini
ta’minlovchi omildir. Bunda tadbirning g‘oya va maqsadiga ozroq bо‘lsada urg‘u
beriladi.
Voqealar rivoji - bu tadbir mazmuni va syujetinining murakkablashuviga
yordam beruvchi voqealar bо‘lib, ular tugun, qarama-qarshilik, kurash, tо‘qnashuv
va qiyinchiliklarni yengish jarayonidir.
Tugun - bu tomoshabinning bevosita fikri va his-tuyg‘usining ma’lum bir
jumboqqa qaratilishi. YA’ni asar qahramonlarining kutilmagan voqealarga duch
kelishi. Tugun asarda qarama-qarshilikning kuchayishiga, asosiy voqealarning
rivojlanishiga turtki bо‘lishi kerak.
54
Qarama-qarshilik - bu tadbir maqsadi va mazmuniga, asardagi
qahramonlarning xatti-harakatiga zid bо‘lgan voqeadir. Qarama-qarshilik
qanchalik kuchli bо‘lsa, tomoshabinning tadbirga qiziqishi shunchalik ortadi
21
.
Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga kо‘p tomonlama
emotsional ta’sir qilishi bilan birga tomoshabinlarni bayramning faol
ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar о‘rtasidagi u yoki bu
qarama-qarshiliklarga bо‘lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bо‘lishni talab
qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysida doimo
qarama-qarshilikning bо‘lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navrо‘z», «Mehrjon»,
«Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda
teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bо‘lmasligi
mumkin.
Kulminatsiya - bu tadbirning eng qiziqarli chо‘qqisi demakdir. U о‘z-
о‘zidan yechimga olib keladi. Kulminatsiyani о‘zida ifodalagan epizod tо‘g‘ri va
bevosita tomoshabinning fikri, tuyg‘ularini qо‘zg‘ash kuchiga ega bо‘ladi.
Final - bu asarning yakuni, oxirgi eng muhim qismi. Finalda barcha voqea
о‘z yechimini topadi. Final kо‘tarinki kayfiyatda, barcha ishtirokchilarning shо‘x-
shodonligi bilan yakunlanadi. Finalning yaxshi tugallanmasligi tomoshabin his-
tuyg‘ularining susayishiga, asar qimmatining pasayishiga olib keladi. Final ba’zi
hollarda butun ijrochilarning sahnaga ommaviy chiqishlarida, jamoa bо‘lib qо‘shiq
aytishlarida namoyon bо‘ladi.
Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi ham adabiyotda
bо‘lganidek har xil joylashishi mumkin. Masalan: tugun va qarama-qarshilik
prologdan keyin kelishi yoki qarama-qarshilik va tugunning joyi almashishi ham
mumkin. Bu holat tadbirning mazmun va maqsadiga asoslangan holda xato
hisoblanmaydi.
Ssenariy muallifi yuqoridagi talablarga tayangan holda puxta ssenariyni
yaratadi. Rejissyor ssenariyni qо‘lga olar ekan uni eng avvalo tahlil qilib chiqadi.
21
Mamatqosimov J.A. Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. – B.27-28.
55
Har bir ssenariy dramaturgiyaning umumiy talablariga javob bera olishi har
bir epizodning dramaturgik jihatdan tugallanganligi, obrazli kartinaning,
tomoshabinga beriladigan emotsional ta’sirini boshidan oxirigacha о‘sib borishi
uning badiiylik darajasini belgilaydi .
Shunday bо‘lishiga qaramay tomoshalar ssenariysi, teatr pyesasi yoki badiiy
film ssenariysidan farqli boshqacha uslubda quriladi. Undagi publitsistik masalada,
odatda, ahamiyatli, ijtimoiy hodisalarni aniq qahramonlarning shaxsi konfliktlari
orqali emas, balki ijtimoiy konfliktning ahamiyati epik prinsipda namoyon bо‘ladi.
Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariy muallifi, о‘z ssenariysiga
dramaturgik asarlardan parchalar olishi yoki aniq qahramonlar tо‘qnashuvini
ifodalovchi dramaturgik xarakterdagi parchalarni о‘zi yozishi mumkin. Bundan
tashqari uning ssenariysiga san’atning boshqa turlaridan –musiqa, qо‘shiq,
xoreografiya, sport-plastik chiqishlar, kino va video lavhalar namoyish etish,
poeziya va x.k.lar kiritilish mumkin. Albatta ssenariyda qancha kо‘p badiiy
vositalar qо‘llanilsa, shunchalik qiyin bо‘ladi. Lekin, g‘oyaviy-badiiy jihatdan
yaxlit bо‘lgan asarni yaratish oson bо‘ladi. Shuning uchun ssenariy dramaturgiyasi,
uni kompozitsion hal etilishi katta ahamiyatga egadir. Ommaviy bayram va
tomoshalar ssenariysi tomoshabinga kо‘p qirrali emotsional ta’sir qilishdek
imkoniyatga ega ekanligi, hamma vaqt ham tomoshabinni aniq qahramonlar
orasidagi u yoki bu konfliktdagi kechinmalarni boshdan kechirishga unchalik jalb
qilinmaydilar. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi asosida
konfliktning bо‘lishi shart emas. Ba’zi ssenariy mavzularida konflikt umuman
talab qilinmaydi.
Agar ssenariydagi u yoki bu epizodda qandaydir ta’sirli ijtimoiy konflikt
davrni tasvirlayotgan bо‘lsa, demak butun ssenariy uni tasvirlashga qurilgan
bо‘ladi. Ommaviy bayram va tomoshalarda tomoshabinga kuchli emotsional ta’sir
kо‘rsatish uchun birgina uslubdan foydalanish shart emas.
Bayram shart-sharoitiga keladigan bо‘lsak, u konflikt shart-sharoitining
teskarisidir. Hatto – «kо‘z yoshlar bilan kutib olingan» g‘alaba bayrami,
56
dushmanga qarshi kurash g‘oyasi bilan sug‘orilgan bо‘lishiga qaramay - о‘z
mazmuni bо‘yicha harbiy qarama-qarshilikning tugashiga bag‘ishlangan
bayramdir.
Shu vaqtgacha teatr dramaturgiyasi nazariyasi va amaliyotiga amal qilib
kelgani uchun, har bir ommaviy bayram va tomoshada konflikt bо‘lishi kerak
degan talabga rioya qilingan.
Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining yoshligi, san’atning
mustaqil bir kо‘rinishi sifatida endi odimlanayotganligi sababli, ming yillar
davomida shakllanib kelayotgan dramaturgiyaning nazariyasiga tayangan.
Ommaviy bayramlarning о‘ziga xos ssenariy yо‘nalishi deganda, ssenarist
va rejissyorlarning g‘oyasiga javob beruvchi obrazlilik va tomoshaviylik bо‘lishi
lozim.
Ommaviy bayram, xalq sayillarida ekspozitsiya funksiyasini
qatnashchilarning kostyumlashtirilgan, teatrlashtirilgan yurishlari bajarishi
mumkin.
Ekspozitsiya, tugun vazifasini esa she’riy tо‘ldirishlar, pyesalardan
kо‘rinishlar, filmlardan parchalar qо‘shiqlar bajaradi.
Ssenariy kompozitsiyasida asosiy harakatda, kurash jarayoni voqealardagi
tо‘qnashuvlarning zanjiri namoyish etiladi. Ssenariyning bir qismi quyidagilarga
bо‘ysunishi kerak.
1. Mavzuning jiddiy, g‘oyaviy qurilishi ssenariyning har bir epizodi bir-biri
bilan g‘oyaviy kо‘prikchalar bilan birlashgan bо‘lishi shart.
2. Harakat rivoji ekspozitsiya va tugun tomonidan harakat rivojlanish
yо‘nalishi bо‘yicha kulminatsiya va yechimga olib boradi. Emotsional jihatdan
kuchli epizodlardan, bо‘sh epizodlarga о‘tib bо‘lmaydi. Ommaviy harakatga
ishtirokchilarni jalb qilish uchun bunday emotsional holatga, ishtirokchilarni ruhan
tayyorlash lozim.
3. Har bir epizodni yakunlanganligi. Ssenariy doimo epizodlarga quriladi,
ularning har biri о‘zining g‘oyasiga ega bо‘lib, albatta boshqa epizod
57
boshlanguncha tugallangan bо‘lishi lozim. Minatyurada har bir epizod ssenariyni
qaytarib, tugallangan kompozitsiya shaklida bо‘lishi lozim.
4. Saflanishning kontrastligi. Bu talab ommaviy teatrlashtirilgan harakat
kompozitsiyaga taalluqli bо‘lib, ta’sirchan vositalarni sintezlash jarayonida bir xil
buyoqlarni asosiy vosita qilib kо‘rsatmaslik lozim.
Harakat albatta kulminatsiyaga olib kelishi kerak. Kulminatsiya jarayonida
teatrlashtirishning g‘oyasi tо‘liq ochib beriladi.
Bizga ma’lumki ommaviy bayram va tomoshalar ssenariychilari
mutaxassislik sifatida oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida tayyorlanmaydi. Bu
funksiyani hozirgi kunda shoirlar va adiblar ma’lum ma’noda bajarmokdalar.
Lekin baribir asosiy og‘irlik rejissyorlarning zimmasiga tushib, u ssenariy muallifi
vazifasini bajarib kelmokda.
G‘oya, tashkilotchilardan (rejissyor, balayetmeyster, ssenarist va
boshqa)lardan dasturlarni (nomerlarni) tanlab olish, qayta ishlash va yangiliklarni
yaratishni talab qiladi. Mahalliy materiallar asosida ma’lum nomerlarning taxtligi
tadbir rejasini tuzishga asos bо‘ladi va ssenariy yaratish jarayoni boshlanadi.
Ommaviy tomosha harakatchan, tomoshaviy, emotsional obrazli bо‘lishi
kerak. Unga statistik deklomatsiya, quruq gapli epizod va sahnalar mutlaqo tо‘g‘ri
kelmaydi. Bu yerda dialog va monologlarni о‘rnini ramziy va allegorik qurilishlar,
plastik metaforalar obrazli mizanssenalar, assotsiativ tovushlar qatori va x.k.lar,
xullas audio-vidual obrazlar sistemasi egallaydi. Bu narsa, ayniqsa ochiq havoda
о‘tkaziladigan bayram tomoshalarida yaqqol kо‘rinadi.
Amaliyot shuni kо‘rsatayaptiki, ba’zi tomoshalarning asosini asosan quruq
matnlarning о‘zigina egallab, harakat ikkinchi о‘ringa tushib qolgan.
Ba’zi rejissyorlar epizodlardagi adabiy matnlarni «Jonli kartina»lar bilan
almashtirishga harakat qilmokdalar. Lekin harakatdan tashqaridagi obraz hech
qanday effekt bermaydi. Konfliktsiz, kurashsiz bо‘lgan tomoshaning ommaviy
harakatchan qatorlari faqatgina illyuyatratsiya vazifasinigina о‘taydi, xullas
tomoshani zerikarli qilib qо‘yadi. Bu esa har qanday tomosha san’ati uchun
58
fojiadir.
Sahna harakatini jismoniy harakat bilan almashtirish stadionlarda
о‘tkazilayotgan kо‘pgina tomoshalarda ham qо‘llanilmokda. Sportchi –
rejissyorlarning kо‘payishi natijasida (trenerlar, ommaviy gimnastika chiqishlarni
tayyorlaydigan mutaxassislar) ommaviy tomoshalarda musiqiy ritmik saflanishlar,
sport nomerlari va x.k.larning ishlatilishi sababli, jismoniy tarbiya xarakterini
egallab, teatrlashtirish uslubi yо‘q bо‘lib ketyapti.
Hozirgi kunda о‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ba’zi rejissyorlar
faqatgina prolog va finalni sahnalashtirib, uning asosiy qismida konsert nomerlari
namoyishi bilan shug‘ullanmoqdalar. Hatto mana shunday sharoitda ham rejissyor
– ssenariy muallifi nomerlarning ketma-ketligi, janr va ritmlarni tо‘g‘ri
joylashtirish, emotsional rivojlanishi haqida о‘ylashi kerak.
Ommaviy tomosha – estrada konsertidek tayyor nomerlar prokati bо‘lmay,
shu bilan birga qandaydir tezisni tasvirlash ham emas. Bu turli janrdagi nomerlarni,
hujjatli materiallarni, kino-video, maxsus yozilgan matnlar va h.k.larning
qorishmasi bо‘lib, undan yangi sifatli, yangi sintetik, kompleks janrdagi asar
tug‘iladi.
Oxirgi yillarda bizning ssenariy mualliflari va rejissyorlarimiz faqatgina
ma’lum sanalargagina bag‘ishlangan ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalarni
sahnalashtirish bilan chegaralanmoqdalar.
Jahon tajribasidan bizga ma’lumki, tarixiy obidalar, ommaviy
teatrlashtirilgan tomoshalar о‘tkazish joyiga aylanib, minglab sayyohlarni о‘ziga
jalb etmoqda. Masalan, Misr piramidalari, Fransiya va Germaniyadagi qasrlar,
Chexiya, Bolgariya, Angliyadagi obidalarda kо‘p yillardan beri turli tovushli
spektakllar, ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar о‘tkazib kelinmokda .
Nahotki, bizning О‘zbekistonimizda Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz
kabi shaharlardagi butun dunyoga mashhur tarixiy obidalarda shunday tomoshalar
о‘tkazish mumkin emas?
Ssenarist rejissyorlar bunga e’tibor berishganda, shu obidalarning tarixi
59
bilan bog‘liq tomoshalarni yaratishganda sayyohlik ham rivojlanar edi.
Masalan, Samarqand shahrining Registon majmuasida о‘tkazilgan Amir
Temur, Mirzo Ulug‘bek tavalludlariga bag‘ishlangan (Rejissyor B.Yо‘ldoshev)
ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar о‘ziga xos uslubda hal etilgan. Tomoshani
shu tarixiy obidada о‘tkazilishi, obrazlarning haqqoniyligini ta’minlab,
tomoshaning emotsional ta’sir kuchini yanada oshirdi. Bu tomoshalarda joy
harakatlanuvchi shaxsga aylandi. Bu yerning arxitektura xususiyatlari, tarixiy
assotsiatsiyalar katta ahamiyat kasb etadi.
Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshaning
kulminatsiyasida Ulug‘bek yotgan beshikni osmondan (maxsus troslarga
о‘rnatilgan beshik tepadan tushib keladi) tushib kelishi, о‘ziga xos allegorik
g‘oyani ilgari surib, emotsional ta’sirli chiqdi.
Hozirda bu ssenariylarni va sahnalashtirishni asosan teatr rejissyorlari
amalga oshirmoqdalar. Tumanlarda u esa о‘rta maxsus ma’lumotga ega bо‘lgan
musiqachilar yoki sportchilar ssenariy muallifi, rejissyorlik vazifasini
bajarmoqdalar. Ssenariylar esa quruq she’r va qо‘shiqdan iborat bо‘lib, hech
qanday ommaviy teatrlashtirilgan harakat, tadbirning kompozitsion qurilishiga
ahamiyat berilmaganligi bu bayram tadbirining juda past darajada tashkil etilishiga
sabab bо‘lmoqda.
Oxirgi paytda о‘tkazilgan Sidney, Afina, Turin, Doxa, Pekin
Olimpiadalarining ochilish va yopilish tomoshalari buning isbotidir.
Ishonamizki, yaqin kelajakda biz va bizning tengdoshlarimiz shunday
ommaviy bayram va tomoshalarning ssenariylarini yozib, puxta rejissura asosida
kо‘p yillik tajribalarga tayangan holda, о‘zbek ommaviy tomosha san’atini
nimalarga qodir ekanligini butun jahonga namoyish etishdek baxtga muyassar
bо‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: |