Xalq ijodiyoti


Madaniy tadbirlar shakllari va unda foydalaniladigan vositalar



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

1.3.Madaniy tadbirlar shakllari va unda foydalaniladigan vositalar 

Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, madaniy tadbirlarning shakllari xilma-

xildir. Ularni tashkil etishda har biriga alohida nuqtai nazar bilan yondoshish 

muhimdir.   

Tantanali    kunlar. 

Tantanali kunlar madaniy-ma’rifiy ishlarning о‘ziga xos shakli bо‘lib, tadbir 

qatnashchilarida ma’lum bir yо‘nalish va mavzu bо‘yicha kayfiyat kun davomida 

hukmronlik qiladi hamda bu kun ularning hayotlari davomida uzoq saqlanib 

qoladi. Kunlar о‘tkazish rejasiga kirgan barcha tadbirlar mavzuga  asosan tuzib 

chiqiladi. Tantanali kunning о‘zi alohida ish shakli bо‘lsada, bayramlarga о‘xshab, 

boshqa kо‘plab shakl va usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Masalan: “Bilimlar 

kuni”ni о‘tkazishda ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvlar, ilmni о‘rganish va 

uning inson hayotida zarurligi haqida suhbatlar, kitoblar kо‘rgazmalarini  tashkil 

etish va konsert dasturlarini namoyish qilish kabi.  

Madaniy kechalar 

Kechalar ilm-fan, texnika, madaniyat, san’at yutuqlari, ma’lum bir soha ish 

tajribalarini ommalashtirish, yosh avlodni vatanparvarlik, dо‘stlik, estetik va 

ma’naviy ruhda tarbiyalashda keng qо‘llaniladigan shakllardan hisoblanadi.  

Kechalarning о‘tkazish rejasi quyidagi shakl va usullarni qamrab oladi: 

1. Tantanali qism: tashrif buyurgan mutaxassislarning sо‘zga chiqishlari, mavzu 

yuzasidan ma’ruza va suhbatlar. 

2. Badiiy qism: konsert dasturlari, spektakl va turli tomoshalar. 

3. Ommaviy qism: turli xil ommaviy, harakatli va sport о‘yinlari, viktorinalar, 

asfaltga rasm chizish, musobaqa, kо‘rik-tanlov va boshqalar. 

Kechalarning quyidagi turlari mavjud: 

Mavzuli kechalar – biror bir mavzu bо‘yicha tayyorlanib о‘tkaziladigan 

kechalar.  

Xayriya kechalari  – mehr-muruvvat va turli xil xayriyalar topshirish 

maqsadida uyushtiriladigan tadbir. 




27 

 

E’zoz kechalari  – el-yurt, mehnat, ta’lim muassasalarida о‘z mehnati yoki 



ijodi bilan hurmatga sazovor bо‘lgan insonlarni e’zozlash. 

Xotira kechalari – xalqimiz hurmatiga sazovor bо‘lib о‘z faoliyatida ilm-fan, 

madaniyat, san’at kabi sohalar bо‘yicha muvaffaqiyatlarga erishgan taniqli insonlar 

xotirasiga bag‘ishlab о‘tkaziladi. 

Uchrashuv kechalari  – el-yurt hurmatiga sazovor bо‘lgan taniqli insonlar, 

adabiyot, san’at namoyandalari, huquq tartibot va tibbiyot xodimlari, turli 

mukofotlar sovrindorlari, sport ustalari bilan uchrashuv tadbirlari.  

Badiiy-musiqiy kechalar – biror-bir  tanlab olingan mavzuni badiiy chiqishlar, 

sahna kо‘rinishlari, musiqa, qо‘shiq, raqs va she’riyat kabilar ishtirokida yoritib 

berish. 


Askiya va kulgu kechalari – taniqli qiziqchilar, askiyachilar va hajvchilar 

ishtirokida о‘tkaziladigan kechalar. 

Harbiy xizmatga kuzatish va kutib olish kechalari – harbiy komissariyat va 

mahallalar bilan hamkorlikda о‘tkaziladi. 

Yubiley kechalari – yurtimizdan yetishib chiqqan taniqli insonlar, el-yurt 

hurmatiga sazovor bо‘lgan kishilar, shuningdek, о‘zining bilim va ijodiy yutuqlari 

bilan shuhrat qozongan yoshlarimizning yubileylarini о‘tkazish, mamlakatlar, 

shahar va qishloqlar, turli tashkilot va muassasalarning vujudga kelgan va tashkil 

qilingan yillarini nishonlash.              

Savol-javob kechalari – ma’lum bir mavzuda qatnashchilarni  qiziqtirgan 

savollarga mutaxassislar tomonidan javob berish va turli xil muloqot kechalari. 

Bitiruv kechalari – umumta’lim maktabi va boshqa о‘quv yurtlarini bitirishga 

bag‘ishlab о‘tkaziladigan tadbirlar. 

Bolalar ertaliklari – maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va 

umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari о‘rtasida о‘tkaziladigan tadbirlar. 

Festival va kо‘rik-tanlovlar - badiiy ijodiyot, ayniqsa bolalar va yoshlarda  

bо‘lgan ijod va mahoratni ommalashtirishda alohida о‘rin tutuvchi ish shaklidir. 

Ma’lumki yurtimizda faoliyat kо‘rsatib kelayotgan  madaniyat, san’at va xalq 




28 

 

ta’limi muassasalarida millionlab bolalar ijodiyotning turli xil yо‘nalishlari 



bо‘yicha о‘z iqtidorlarini namoyon qilib bormoqdalar. Ularning ijodiy faoliyatiga 

keng yо‘l ochish, yaqindan yordam kо‘rsatish, yosh iste’dodlarni aniqlash va elga 

tanitish, ijodiy ishlarini davom ettirish uchun imkoniyat  yaratish, ijodiyot 

maskanlarini texnik va musiqa vositalari, rang-barang liboslar bilan ta’minlash 

ham zaruratdir. Sо‘nggi yillarda yurtimizda bolalar havaskorligi rivojlanib, о‘z 

saflarini kengaytirgan holda ijodiyotning texnika, dizayn, kompyuter saytlari 

grafikasi kabi yangidan-yangi turlari bilan boyib bormoqdalar. Ayniqsa, milliy-

amaliy san’atimizning kо‘plab yо‘nalishlari bо‘yicha ijod qilayotgan yoshlarning 

safi kengaymoqda.  

Kо‘rgazmalar.  Madaniyat va istirohat bog‘larida о‘tkaziladigan kо‘rgazmalar, 

ilmiy, texnikaviy, tibbiy, badiiy kabi kо‘plab yо‘nalishlar bо‘yicha tashkil qilinib, 

yoshlar va bolalar uchun ibratli va qiziqarli vositalar qatoriga kiradi. 

Konsert  va spektakllar - mazmun va g‘oyaviy tomondan yetuk, yoshlar va 

bolalar muammolarini hal qilishda kо‘maklashuvchi, ularni vatanga muhabbat, 

insonlarga mehr-muruvvatli bо‘lishga chorlovchi spektakllar, yuksak darajada ijro 

etilgan bolalar badiiy jamoalarining konsert dasturlari insonlarning dam olishini 

tashkil qilish, ularda estetik saviyani о‘stirishda va san’atning kо‘plab yо‘nalishlari 

bо‘yicha qiziqishlarini orttirishda alohida о‘rin egallaydi. Bolalar badiiy 

jamoalarining konsert dasturlari va ular uchun sahnalashtirilgan spektakllarni 

muntazam ravishda kо‘rib borgan bolalarda ushbu san’at turlariga bо‘lgan qiziqish 

о‘sib,  о‘zlarida ham qо‘shiq aytish, raqsga tushish, musiqa asboblarida kuy ijro 

etish yoki biror-bir bolalar spektaklida о‘zi sevgan timsolni yaratish ishtiyoqi 

paydo bо‘ladi. Bu havas va ishtiyoq ularni turli badiiy havaskorlik  tо‘garaklariga 

qatnashishga yetaklaydi.  

Maqsad va ma’nosi, ijro uslublari milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizga 

zid bо‘lgan shovqin-suronli qо‘shiq va raqslar nafaqat ijrochi yoshlarga, balki 

ularni tomosha qilayotgan bolalarga, hattoki katta yoshdagi kishilarga ham salbiy 

ta’sir kо‘rsatadi. Tadbir va konsert dasturlarimizda ona vatanni, xalqlar dо‘stligi, 




29 

 

milliy  о‘zligimiz, el-yurt tinchligi, azaliy qadriyatlarimizni madh etuvchi hamda 



ulug‘lovchi qо‘shiqlarga keng yо‘l berilishi lozim. Ayniqsa xalq ijodiyoti asosidagi 

folklor qо‘shiqlarimiz, milliy raqslarimizning ijrosi, farzandlarimizda azaliy 

qadriyatlarimizga  hurmat hamda milliy о‘zligimizga bо‘lgan e’zozni kuchaytiradi. 

Yurtimiz kо‘p millatli xalq bо‘lgani uchun ularning san’atlari ham rang-

barang. Milliy madaniyat markazlarining badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan 

milliy qо‘shiq va raqslar esa har qanday insonda о‘sha millatga bо‘lgan qiziqishni 

о‘stiradi. Konsert dasturlarimizdan ularga imkoniyat yaratib berishimiz о‘sha 

millatga bо‘lgan hurmatimizni anglatibgina qolmay, dasturlarimizni rang-barang 

va qiziqarli о‘tishiga omil bо‘ladi. 

Ma’ruza va suhbatlar. Yoshlar bilan о‘tkaziladigan og‘zaki suhbatlar о‘z 

xususiyatlari bilan ajralib turadi. Suhbat о‘tkazayotgan ma’ruzachi о‘z 

tinglovchilari bilan uzluksiz bog‘lanib, yaqin munosabatda bо‘ladi. 

Tinglovchilarning yoshlari va qiziqishlariga qarab, zarur masalalarni muhokama 

qilishda ularni ham bevosita jalb etadi. Ma’ruzachi о‘zi bayon etayotgan mavzuni 

ta’sirchan va tushunarli bо‘lishi uchun harakat qiladi. Tarbiyaviy, ilmiy, ma’naviy-

ma’rifiy, huquqiy, tibbiy, ekologiya kabi yо‘nalishlar bо‘yicha suhbat, savol-

javoblar bolalarning bilim darajasi, dunyoqarashi va turli sohalar bо‘yicha savodini 

oshirishda о‘z maxsulini bermay qolmaydi. 

Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, jamoat tashkilotlari tomnidan amalga 

oshiriladigan ijtimoiy loyihalar, madaniy tadbirlar yoshlarimizning jamiyatdagi о‘z 

о‘rnini aniqlab olishiga va о‘ziga munosib о‘rin topishiga, о‘z manfaat va maqsad-

muddaolarini shakllantirishiga hamda ongli, mustaqil pozitsiyaga ega fuqarolar 

bо‘lib voyaga yetishiga ijobiy turtki bо‘ladi. Ixtiyoriy, о‘zining faolligidan kelib 

chiqib bunday jarayonlarda ishtirok etish har bir yosh yigit-qizga о‘z qobiliyat va 

salohiyatlarini tо‘la namoyish etish bilan birga, jamiyatga ijobiy ta’sir etish 

imkonini ham yaratadi. Jamiyatning demokratlashuv darajasi nodavlat notijorat 

tashkilotlarning soni bilan belgilanmaydi va aksincha, ularning samarali 

faoliyatigina yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga, jamiyatdagi mavqeini 




30 

 

mustahkamlashga va ularda fuqarolik jamiyati kо‘nikmalari hosil bо‘lishiga xizmat 



qilishi mumkin. 

Ushbu mavzudan ma’lum bо‘lib turibdiki, О‘zbekistonda madaniy tadbirlar 

muntazam ravishda davlat darajasija tashkil etilib, insonlarga ma’naviy ozuqa 

berish, ularni ma’rifat bilan qurollantirish, bо‘sh vaqtlarni tо‘g‘ri tashkil etish kabi 

muhim vazifalarni bajarib kelinayotganligidan dalolat bermoqda. 

Madaniy tadbirlar nafaqat keng masshtabda, balki tor doira atrofida ham 

tashkil etilishi mumkin.  Masalan, yotoqxonada istiqomat qiluvchi  “Madaniyat va 

san’at muassasalrini tashkil qilish va boshqarish” bо‘limi talaba qizlari bilan 

“Qizlar odobi bilan gо‘zal” mavzusida davra suhbatini tashkil etish mumkin. 

Ushbu bо‘limda 7ta yoki kо‘pi bilan 10ta talaba qiz yotoqxonada (TTJ)da 

istiqomat qilishi mumkin. Ammo, tadbirlarni tashkil etishda uning tor yoki keng 

masshtabda tashkil etilishi muhim emas. Muhimi, insonlarga о‘zlari uchun kerakli 

ma’lumotni olishlari, tadbirdan tо‘g‘ri xulosa chiqarishlari, vaqtini foydali 

mashg‘ulotlarga sarf qilishlari va boshqa ijobiy, tarbiyaviy, ta’limiy jarayonlarda 

faol ishtiroki, ertangi kelajak uchun qayg‘urishlari, Vatanni sevish, mustaqillikni 

qadriga yetish, ota-onaga nisbatan mehr-muruvvatli bо‘lish, ustozlarni, yon 

atrofdagilarga hurmatda bо‘lish kabi fazilatlarni qalbiga joylashtirishdir. 

Madaniy tadbirlarda foydalanadigan  vositalar. 

Madaniy tadbirlarni tashkil etishda tashkilotchi rahbar xilma-xil usullardan 

foydalanish bilan bir qatorda, turli xil vositalardan ham foydalanadi.  Madaniy 

tadbirlarni g’oyaviy emotsional vositlarsiz also tasavvur qilib bo’lmaydi. Maxsus 

materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarsiz tadbirni tashkil qilib bo’lmaydi. 

Agar, imorat sement, yog’och, mix, oyna va shunga o’xshash materiallar asosida 

vujudga kelsa, madaniy tadbirlarni ham o’ziga xos so’z, san’at va texnik 

vositalarsiz tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy 

komponentlari va mexanizmlari sifatida xizmat qiladi. 

   Vosita tushunchasi deganda, kishilarning hissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga 

ta’sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi goyaviy-hissiy qurollar, 




31 

 

asbob-uskunalarni tushunamiz. 



   Madaniy  tadbirlarni  tashkil  etishda  biz bevosita turli vositalarning ishtirokiga 

amin bо‘lamiz.  Ayniqsa bayram tomoshalarida qo’llaniladigan vositalarning 

diapozoni juda keng va ularning soni ko’pdir. Tadbirlarda jonli so’z, matbuot, 

ko’rgazmali qurollar, adabiyot va san’at, har xil texnik apparatlar kabi vositalardan 

keng foydalanamiz. Bular esa har qanday tadbirning sermazmun va qiziqarli 

bo’lishini ta’minlaydi. 

        Tadbirning  g’oyaviy  va  emotsional-obrazli kuchini oshiradigan, ommaning 

qiziqishini orttiradigan vositalardan samarali foydalanish – bu tashkilotchilar 

oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 

  Madaniy  tadbirlar  tashkilotchisi  mavjud  bo’lgan barcha ta’sirchan vositalardan 

yaxshi xabardor bo’libgina qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanish 

metodikasini ham bilmog’i lozimdir. 

Madaniy tadbirlarda quyidagi vositalardan foydalanish mumkin:   Asosiy 

ta’sirchan vositalardan biri – bu jonli so’zdir. (U ba’zi hollarda “og’zaki so’z” deb 

ham yuritiladi.) Jonli so’z klub ishi shakllarining hammasida eng asosiy vosita 

sifatida qo’llanilib, o’zgarmas komponent sifatida xixmat qiladi. Madaniy 

tadbirlarda jonli so’z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan, balki 

syujet bilan ommaviy harakatlarni ham bir-biriga uyg’unlashtirib boradi. Aynan 

jonli so’z voqea ma’nosini tomoshabinga yetkazadi, bir epizodni ikkinchisiga 

bog’laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo’lishi uchun sharoit 

yaratadi. Jonli so’zning yana bir afzallik tomoni shundaki, ba’zan fikrni hech 

qanday ta’sirchan vosita tomoshabinga yetkazib bera olmaydigan daqiqalarda, jonli 

so’z  yordamga keladi.  Sо‘z san’atining darg‘alaridan A.Nosirova о‘zining “Jonli 

sо‘z san’ati asoslari” deb nomlangan  kitobida shunday deb yozadi: “Masalaning 

muhim tomoni shundaki, yangi bosqich xalq bayramlarida jonli sо‘z mavqei 

nihoyatda kengaydi, teranglashdi, yuksaldi. Shuni aytish lozimki, istiqlol xalq 

bayramlarining badiiy sо‘z qatlami jonli sо‘z ijrochilik san’atining barcha tur va 

janrlarini qamrab oldi. Bunday yuksak mavqeli xalq ommaviy bayramlari eng 




32 

 

yuksak unvonli va yuksak iste’dodli professional san’atkorlarning Shekspir, Shiller 



kabi jahon klassiklari asarlaridan keltiriladigan monologlaridan boshlab jahon  va 

milliy adabiyotning eng sara asarlarigacha, folklor durdonalaridan toki ichakuzdi  

askiyalarigacha qamrab oladi”

8

. Darhaqiqat, bu soha о‘ziga xos san’at turi bо‘lib, 



madaniy tadbirlarni ta’sirchanligini oshiradi.  

Madaniy tadbirlarda boshqaruvchi so’zi asosiy o’rinni egallaydi, ba’zi 

hollarda esa u kechaning boshidan to oxirigacha yetakchi vosita sifatida 

qo’llaniladi. U kirish so’zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi 

xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, komentatorga, 

hikoyachiga yoki intervyu beruvchiga aylanib, jonli so’zdan foydalaniladi. 

Tadbirlarda jonli so’zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko’p.  Ammo, bir narsani 

hisobga olish muhimdir. Sahnalashtirish san’atida kо‘pincha sо‘z  о‘rnini harakat 

bilan almashtirish variantlari izlanadi, ya’ni sо‘zning ekvivalenti harakat bilan 

almashtiririladigan holatlarni ham kuzatish mumkin. 

Ta’sirchan vositalardan biri badiiy so’zdir. Badiiy so’z aytilmoqchi bo’lgan 

fikrni badiiy-emotsional tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. Klub kechalarida 

badiiy so’zning she’r o’qish, prozaik va she’riy monologlar, juft yoki ko’pchilik 

tomonidan o’qiladigan deklamatsiyalar kabi turlaridan keng foydalaniladi. 

Badiiy o’qish boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etishi mumkin. 

Masalan, she’r o’qilayotgan bir vaqtda she’rning ma’nosiga mos keladigan kino 

lavhalar  ko’rsatilishi mumkin.  Shuni unutmaslik kerakki, umumiy to’qima gaplar 

bilan aholini hech qachon qiziqtirib bo’lmaydi.  

    Madaniy tadbirlarda dramatik parchalardan ham mohirona foydalanish  yaxshi 

samara beradigan vositalardan hisoblanadi. Dramatik parchalarni tayyor 

pyesalardan olish ham mumkin yoki mavzuga oid turli badiiy asarlarni 

inssenirovka qilish orqali ham ishlatish mumkin. Unda kо‘pincha havaskorlik teatr 

kollektivlarining ijod mahsullari asqotadi. Mahalliy (faktlarga asoslangan) 

muammolarga qaratilgan turli intermediya, hajviy kо‘rinishlarni ijrochilar о‘zlari 

                     

8

A.Nosirova. “Jonli sо‘z san’ati asoslari”,T., 2003,9b. 




33 

 

tо‘qib, yozib, sahnalashtirib tomoshabinlar e’tiboriga havola etishlari mumkin. 



Bunday usuldan foydalanish tomoshabinlarni tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilishi 

mumkin. 


Madaniy tadbirlarni tashkil etishda eng kо‘p qо‘llaniladigan vositalardan 

yana biri -ko’rgazmali vositalardan foydalanishdir. Kо‘rgazmali vositalardan 

foydalanish tadbir mazmunining yaxshiroq yoritilishiga yordam beradi, 

tomoshabinning kayfiyatini ko’taradi va taassurotlarini boyitadi.Tomoshabinni 

bo’lajak tadbir bilan ilk bor tanishtiruvchi vositalar – bu afishalar va 

taklifnomalardir. E’lonlarda faqat tadbir bo’lishi haqidagi xabarning o’ziningina 

yozib qoyish kifoya qilmaydi, balki uning tuzilishiga qarab badiiy bezash mumkin. 

Bu tomoshabinning tadbirga qiziqishini oshiradi. Tadbir boshlanishdan avval 

tematik ko’rgazma ham tashkil etish mumkin. Teatrlashtirilgan kechalardan oldin 

har xil ko’rgazmalarni tashkil qilish ko’p joylarda an’ana bo’lib qolgan. Shunday 

qilish kerakki, bu ko’rgazma bo’lajak tadbirning mazmun ko’prigi vazifasini 

o’tasin.  

 

 

 



 Bunday ko’rgazmali vositalar tomoshabinda tadbirning mazmuni va 

xarakteriga mos psixologik kayfiyat uyg’otadi. Tadbirlarda karta, sxema, 

diagramma, plakatlar, shiorlar va sahna harakatida foydalaniladigan boshqa 

predmetlar ham tadbir mazmunini ochib berishga yaxshi yordam beradi. 

Ko’rgazmali vositani qulay va yengil qilib, almashtirishga oson qilib tayyorlash 

lozim.  


Xulosa qilib aytganda, madaniy tadbirlarni tashkil etishda  ta’sirchan 

vositalardan unumli foydalanish tadbirning salohiyatini kо‘taradi, saviyasini 

oshiradi va badiiyligini ta’minlaydi. Ammo bu vositalardan foydalanish  tadbir 

tashkilotchilardan boy va ijodiy fantaziyani talab qiladi.                            



 

Madaniy tadbirlarda eng kо‘p qо‘llaniladigan vositalardan biri bu -musiqa 

san’ati misolida kо‘rib chiqamiz. Musiqaning nazariy asosi ettita notadan iborat 

bo‘lsa ham, uning ustida tom-tom ilmiy va nazariy xulosalar chiqarish borasida  

haligacha izlaninishlar olib borilmoqda. Turmushning  hamma   qirralarida, 



34 

 

moddiy  va  nomoddiy sohada ham musiqa san’ati kishilarni ezgulikka, 



yaxshilikka, ulug‘likka  chorlovchi, mehnatga undovchi, insonlarda estetik zavq 

uyg‘otuvchi vosita sifatida qaraladi. 

 

Musiqa insonlarning og‘ir damlarida dardkash, quvonchli kunlarida 



hamroh bo‘lib, ularning ma’naviyatini yaxshilik tomonga yunaltirishga xizmat  

qiladi va qilayotir. Faqat san’at jabhalarida emas, balki  hayotning boshqa 

sohalarida  ham musiqa  muhim rollardan birini bajaradi.  

 

Lekin teatrda ham, radio, televidenieda  ham musiqa yordamchi 



komponentlardan  biri  hisoblanadi, deyishadi.  Bu bilan musiqa san’atlar ichida 

ikkinchi darajali ekan, degan fikr kelib chiqmasligi  lozim. Musiqa san’ati – bu 

alohida  san’at  turi bo‘lib, san’atning boshqa  turlariga singib ketgan. Raqs, teatr 

va boshqa  san’at turlarini musiqasiz  tasavvur qilib ko‘rish  mumkinmi? Albatta 

mumkin emas. 

 

«Musiqa» - yunoncha  «musa» turli-tuman  tovushlar bilan  badiiy  obraz  



yaratib beruvchi,  g‘oyaviy emotsional mazmunga ega bo‘lgan san’atning  bir 

turidir


9

. Qisqacha qilib aytganda, musiqa – tovushlar  yig‘indisi,  degan ma’noni 

anglatadi.  

 

Agar xoreografiya, raqs san’ati qo‘l, yuz, mimika  xatti-harakatlari orqali 



badiiy  obraz  yaratuvchi  san’at  turi  hisoblansa, musiqa – tovushlar orqali 

yaratilgan san’at turi hisoblanadi. Insonning jamiyatda tutgan mavqei, madaniy-

tarbiyaviy, g‘oyaviy-tashkilotchilik  rolida  musiqa  yuksak  o‘rinda turadi. Har bir 

xalqning musiqasi  milliy  xususiyatlarga  ko‘ra  bir-biridan farq qiladi. Xalq  

musiqasi uzoq  yillar mobaynida  shakllanib, xalqning boy xazinasiga  aylandi. 

Xalq musiqasi  bilan  mustahkam  boglangani holda  professional  musiqa  ham  

taraqqiy  qilib  keldiki, uning  vujudga kelishiga mohir sozanda, bastakorlar  o‘z  

hissalarini qo‘shdilar

10



 



Musiqa san’ati sahna  asarlari: teatr, drama, musiqali  drama, opera, 

                     

9

 I.Akbarov . Muzika lug‘ati. T. 209- b.  



10

 

10



 I.Akbarov . Muzika lug‘ati. T. 

210- b. 



35 

 

operetta, balet, kino va boshqa san’atlar ichida muhim rol  o‘ynaydi.   Madaniy 



tadbirlarda esa  uning roli  benihoya  ulkandir. 

 

Madaniy tadbirlarda musiqaning  turli  janrlari  ishtirok  etishi  mumkin. 



Undan tashqari, bunday  tadbirlarda  musiqali  jamoalar, vokal cholg‘u  

ansambllari, musiqalardan parchalar, alohida musiqali  nomerlar, 

boshqaruvchilarning  chiqishlari uchun musiqa,  xullas, voqeaning rivojlanishi 

uchun, tadbir yoki tomoshaning tempo-ritmini  ushlab turishi uchun  musiqa  

san’atidan  foydalaniladi.  

Musiqadan tadbirlar janrlaridan kelib chiqqan holda foydalanish maqsadga 

muvofiqdir. 

Tadbirni  tashkil etish va sahnalashtirishda musiqa quyidagi vazifalarni 

bajarishi mumkin: 

  musiqa  -  qatnashuvchilar, ishtirokchi  obrazlarini  xarakterlab beradi; 

  harakat vaqti, joyini ifodalashi mumkin; 

  tomoshabinga ko‘rinmayotgan  voqealarni  ilg‘ab olishga, tez tushuna olishiga 

ko‘maklashadi; 

  harakat, voqeada sahnaviy muhit  yaratadi; 

  monolog va dialoglarning emotsionalligi (hissiyot, hayajonliligini)  kuchaytiradi;  

  so‘z bilan ifodalash  qiyin bo‘lgan daqiqalarni tasvirlay bera olishi mumkin; 

  xatti-harakat, voqealarni to‘ldirishi, boyitishi mumkin; 

  pauzalar o‘rnini to‘ldirishi mumkin; 

  vaqtni tejash yoki cho‘zish va boshqa muhim vazifalarni bajarishi mumkin. 

Spektaklni sahnalashtirishda (bunda musiqali spektallar haqida gap bormayapti, 

chunki musiqali spektakllarda aktyor ijrosi bilan musiqa bir xil o‘rinda turadi) 

musiqa yordamchi  effekt sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, 

spektakl uchun alohida musiqa yaratish yoki tayyor musiqiy asarlardan foydalanish 

ham mumkin. Ko‘pgina spektakllarda musiqa aktyorlar xarakterlarini izohlab 

berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi 



36 

 

doirachilar tomoshaning boshlanganligidan dalolat berib, spektaklni boshdan 



oxirigacha “regilirovka” qilib  nazorat qiladi va  boshqarib turadi. Undan tashqari, 

Farmonbibining o‘g‘illari oyisiga ko‘rsatgan “spektakl” paytida har bir o‘g‘ilning 

chiqishiga chalingan musiqa ijrochilarning xarakterini belgilab, tomoshabinga 

izohlab turadi.  

Spektaklda musiqaning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Drama teatrlarida 

aktyor ijrosini (ovozini) musiqa va shovqin (effektlar nazarda tutilyapti) bosib 

ketmasligi uchun  fonogramma qilinib, oddiy texnik xodim ham “lenta”ni 

aylantirib turishi mumkin.  

   Ammo, madaniy tadbirlarda, ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning 

o‘rni juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday tomoshalar ko‘pincha deyarli 

musiqa asosiga quriladi. Madaniy tadbirlarni tashkil etish va sahnalashtirishda 

musiqa muhim vositalardan biri bo‘lishi bilan birga undan foydalanish, uni 

yaratish,  qo‘llash  bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi qiyinchiliklarni hal qilishga tо‘g‘ri 

keladi. 


  Ayniqsa, ochiq havoda, noan’anaviy sahnaviy maydonlarda 

o‘tkaziladigan tadbirlar bevosita juda katta muammolar bilan bog‘liq bo‘ladiki, 

bunda tadbir tashkilotchilari barcha qiyinchilik, muammolarni bartaraf qilish 

yo‘llarini izlashiga to‘g‘ri  keladi. Joylarda texnik vositalarning hali etarli darajada 

to‘liq talabga javob bera olmasliklari eng asosiy qiyinchiliklaridan biridir. Texnik 

muammolar hal qilingan taqdirda ularni yaxshi ishlatishni biladigan mutaxassislar 

yо‘qligi ham hal qilish lozim bо‘lgan muammolardan biri hisoblanadi. 

  

Biron-bir madaniy tadbir uchun alohida musiqa yozish qiyin kechadigan 



jarayondir. Shuning uchun ko‘pgina tashkilotchilar tayyor musiqa asarlarini 

tanlaydilar va shu musiqa asosida ish olib boradilar.  

  Tadbir tashkilochisi (yoki rejissyor) va bastakor tadbirni 

 

sahnalashtirishdagi  asosiy ijodiy hamkorligi  jarayonida  quyidagi ishlarni amalga 



oshirishlari lozim:  


37 

 

  bastakor ssenariy  bilan to‘liq tanishib chiqadi; 



  rejissyor unga tadbirning mohiyati, mavzusi, g‘oyasi, oliy maqsadi  va  

sahnalashtirish uslubini tushuntiradi; 

  bastakor mavzu va g‘oya uyg‘unligiga  erishgan holda tomoshaning  oliy 

maqsadidan kelib chiqib,  musiqaning xomaki variantini ishlab chiqadi; 

  rejissyor musiqani tasdiqlagandan so‘ng u to‘liq qayta ishlanadi  va  shu asosida  

repetitsiyalar  boshlanadi; 

Repititsiyalar mobaynida musiqali nomerlar ham bir necha marta o‘zgarishi 

mumkin. Ba’zan tez fursatda  yangi musiqa asari  yaratishga to‘g‘ri keladi. Bunday 

sharoitda rejissyor va bastakorning qarashlari, nuqtai nazarlarining  bir-birlariga 

mos kelishi yangi asarni tez va muvaffaqiyatli yaratilishiga asos bo‘la oladi.   

Agar rassom ijodi tasvirlash orqali,  ko‘z bilan ko‘rish va estetik zavqlanish 

imkoniyatini bersa, musiqa san’atidan esa eshitish orqali zavqlanish mumkin. 

Sahnada ijro etilayotgan barcha xatti-harakatlar musiqa jo‘rligida amalga 

oshirilishi – bu yangilik emas. Boshlovchilarning chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar, 

tantanali qutlovlar, dialog va monologlardagi hazin musiqalar, raqslar va boshqa 

barcha ijodiy jarayonlar musiqa jo‘rligida, musiqaning hamohangligida 

ifodalanadi.  

Hozirgi kunda respublika miqyosida o‘tkazilayotgan barcha bayram va 

tomoshalarni sahnalashtirish uchun  kuy, qo‘shiq va musiqa tanlash eng asosiy ish 

bosqichlaridan hisoblanadi. Musiqa va kuylarning turli variantlari tanlangach, 

ularning ijrochilari taklif etilib, qisqartirish yoki qo‘shimcha matn qo‘shish 

(muallif roziligi bilan), xullas, montaj ishlari amalga oshiriladi. Musiqiy montaj 

ishlari amalga oshirilgach, shu asosda repetitsiyalar boshlanadi.  

Musiqa barcha san’atlar ichida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan 

tarbiyaviy vosita hisoblanadi. Ayniqsa, teatr san’atida musiqaning roli kattadir. 

Ammo madaniy tadbirlarda uning roli va ahamiyati yanada oshadi, ya’ni mashhur 

rejissyor N.M.Gorchakov aytib o‘tganidek, musiqaning teatrdagi bir soniyasi, 



38 

 

normal va sahna hayotining 20-30 minutiga to‘g‘ri keladi



11

.  


Musiqa albatta plastika, raqs, chiroq va boshqa ta’sirchan vositalar 

uyg‘unligida ham badiiy obraz yaratish imkoniyatlariga ega. Musiqalashtirilmagan 

tadbir tomoshabinga kerakli effektni bera olmaydi.  Musiqaning to‘g‘ri tanlanishi, 

uni kerakli joyda ishlatilishi, uning g‘oyaviy va mavzu jihatdan tomosha ruhiyatiga 

mos kelishi  bastakorning tadbir yoki tomoshani oliy maqsadini to‘g‘ri anglay 

olganligidan dalolat beradi.  

   Bo‘lajak madaniy tadbirlar tashkilotchilari musiqani biror cholg‘u asboblari 

bilan chalishni yoki qo‘shiq kuylashni bilmasalar ham, uning elementar 

nazariyasini, ularni bir-biridan farqlay oladigan va boshqa sahnalashtirish uchun 

muhim tomonlarini bilib olishlari zarur. Madaniy tadbir tashkilotchisi musiqani 

chala olmasa ham, kuylashni bilmasa ham, tayyor musiqa asarlarini tanlay olishi va 

uni kerakli joyga qo‘llay olishni bilishi, bir so‘z bilan aytganda uni tushunishi 

zarurdir. 

Musiqa tomoshabinni tomoshani yaxshi qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi, 

lekin tomoshabinning asosiy e’tibori aktyorda yoki sahnada bo‘layotgan xatti-

harakatlarda bo‘lganligi uchun musiqani meyoridan (hajmi, ovoz balandligi kabi) 

oshirib yuborsak, biz tadbir yoki tomoshadagi voqealikni tomoshabinga etib kelish 

meyor darajasini buzishimiz mumkin. U meyor darajasida amalga  oshirilsa, bir 

umr tomoshabinning yodida qolishi mumkin.  

 “Musiqa teatrda so‘zdan boshlanadi, - deydi mashhur rejissyorlardan 

Y.A.Zavadskiy, - ritm, melodiya va nutqda davom etadi. Musiqa teatrlashtirilgan 

tomoshaning haqiqiy mavjudligini bildiradi. Men, agar spektakl 

musiqalashtirilmagan bo‘lsa, u ritmik bo‘lmasa, uni yomon spektakl deb 

hisoblayman. Musiqa – buyuk va aniq san’atdir. U bizni mahoratga, yuksaklikka 

undaydi, biz anglamay qolgan fikrlarni ilg‘ab olishga yordam beradi”

12

.  



Madaniy tadbirlarda (ommaviy bayramlar, sayillar, teatrlashtirilgan konsert, 

                     

11

 Силин А.Д. Специфика работы режиссёра при постановка масс. Театрализованных  представлений  под открытым 



небом и на нетрадиционных сценических площадках. М. 1986 г. 63б.  

 

12



 Ю.Козюренко. Музыкальное оформление спектакля. М.Искусство. 1986 .  6 стр. 


39 

 

badiiy publitsistik kompozitsiyalar va h.k)  qo‘llaniladigan musiqa faqat 



tomoshabin uchun emas, ijrochi uchun ham muhimdir. Fikrni bir joyga to‘play 

olish, rolga, obrazga kirishish, sahnada o‘zini erkin his qilish uchun, umuman 

sahna maydondagi voqelikni, ommani boshqarish uchun ham muhim vositalardan 

biri hisoblanadi.  

Musiqaning ifodali imkoniyatlari kengdir. Unda hayot va o‘lim, 

qahramonlarcha kurash, orzu, qayg‘u, shikoyat, tuhmat, hazil kabi mavzularni 

ifodalash mumkin. Musiqaning buyumni ko‘rsatib, tasvirlab beruvchi vositasi 

yo‘q, lekin u tomoshabin sezgisiga, ongiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uni tasavvur 

qilishga unday oladi. Musiqaning tasviriy darajasi turli janrlarda turlicha namoyon 

etiladi. Ayniqsa, kino va teatr san’atida tasviriy imkoniyatlardan keng 

foydalaniladi. Masalan, faqat musiqa yordamida biz poezd «chiza olmaymiz», 

lekin buni ovoz, tovush orqali (musiqa jo‘rligida g‘ildirak aylanishi va h.k.) 

berishimiz mumkin. 

Bo‘lajak madaniy tadbirlar tashkilotchilari musiqaning sahnalashtirish uchun 

muhim jihatlarini bilib olishlari zarurdir.  

Musiqani -tadbirlarning alohida nomeri sifatida va tadbirlarda aks etayotgan 

voqealarning ta’sirchanligini oshirish uchun qo’shimcha vosita  sifatida qо‘llash 

mumkin. Birinchi variantda badiiy havaskorlik kollektivlarining  tayyor yoki 

maxsus tayyorlangan nomeridan foydalaniladi. Ko’pincha musiqa yoki qo’shiq 

tadbirlarda maxsus nomer sifatida qo’llanadi. Bunday paytda nomer tadbir 

mazmuni va mavzuiga mos ravishda epizodning tarkibiy qismiga aylanib ketmog’i 

kerak. Masalan, xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan tadbirlarda onalar tantanali 

ravishda sahnaga taklif qilingandan so’ng «Onajonlar, assalom!» qo’shig’i ijro 

etiladi. Qo’shiq tugashi bilan boshqaruvchilar onalar haqida allomalar so’zlaridan 

namunalar o’qishadi. Bu qo’shiq alohida nomer sifatida foydalanilganligi uchun 

tadbir epizodining mavzusiga to’g’ri keladigan tarkibiy qismga aylanib ketadi. 



 

Tadbirning mazmunidan kelib chiqib foydalanilgan vositalarning о‘z 

joyida, tо‘g‘ri qо‘llanishi tadbirning badiiyligini oshiradi.   



40 

 


Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin