Xalq ijodiyoti


Madaniy tadbirlarni tashkil etishning metodologik (uslubiy) asoslari



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

1.1.Madaniy tadbirlarni tashkil etishning metodologik (uslubiy) asoslari 

Madaniy tadbirlarni - eng avvalo, insonlar uchun tashkil etiladigan, ularning 

bо‘sh vaqtlarini tо‘ldiradigan, ijodiy, estetik qarashlarini shakllantiradigan, 

madaniy bilimlarini boyitadigan jarayon deb tushunish mumkin.  Insonlar ishdan 

bо‘sh paytlarida madaniy ehtiyojlarini qondirishlari maqsadida turli ijodiy, 

kо‘ngilochar, san’at vositalari ishtirok etgan jarayonlarda qatnashishni hohlaydilar. 

Shaxar sharoitida  teatrlar, turli konsert dasturlari, bog‘lar, madaniyat saroylari va 

boshqa dam olish maskanlariga borib, о‘zlarining madaniy ehtiyojlarini 

qondirishga harakat qiladilar. Qishloq sharoitlarida esa bunday imkoniyatlarni 

madaniyat uylari, klublar, bog‘larda amalga oshirish mumkin bо‘ladi. Har qanday 

sharoitda ham mohirona tashkil etilgan tadbirlar insonlarga ozmi-kо‘pmi  о‘zi 

istagan “ne’matlar”ga ega bо‘lish imkonini beradi.  

Xо‘sh, shunday ekan, madaniy tadbir degan tushunchaga qanday izoh bersak  

maqsadga muvofiq bо‘ladi? 

О‘zbek tilining izohli lug‘atida “tadbir” - biron ishni, maqsadni amalga 

oshirish, rо‘yobga chiqarish vositasi – shuning uchun puxta о‘ylab tuzilgan, ishlab 

chiqilgan amaliy choralar majmuidir, deyilgan. Madaniy tadbirlar  tо‘g‘risida shu 

soha olimlari turli fikr mulohazalarni aytib о‘tganlar. U.Qoraboyev bu tushunchani 

badiiy ommaviy tadbirlar deb, yana boshqalar madaniy-ma’rifiy ishlar deb 

yuritganlar. Madaniy tadbirlar esa bu jarayonlarning barchasini о‘zida qamrab 

oladigan ijodiy jarayondir. Madaniy tadbirlarni kengroq ma’noda qо‘llash 

maqsadga muvofiqdir. Ommaviy bayramlar, konsert dasturlari, tematik kechalar, 

turli mavzudagi musiqiy, badiiy, publitsistik, xoreografik kompozitsiya va h.k.lar, 

bog‘lar, maydonlarda  о‘tkaziladigan turli janrlardagi tadbirlar umumiy nom bilan  

madaniy tadbir tushunchasiga teng bо‘ladi. Bir sо‘z bilan aytganda ijodiy, uslubiy 

jihatdan mukammal, puxta tayyorlangan, tо‘g‘ri tashkil etilgan dasturlar madaniy 

tadbir deb nomlanadi. 

Har qanday madaniy tadbir ijodiy va tashkiliy jarayonlarni о‘z ichiga oldi. 




12 

 

Ijodiy ishlarga tadbirning ssenariy rejasini tuzish, ssenariysini yozish, 



sahnalashtirish, badiiy jamoalar bilan ishlash, tadbir о‘tadigan joyni bezash kabi 

ishlar kirsa, tashkiliy ishlarga esa ana shu ijodiy ishlarni amalga  oshirish uchun 

qilinadigan barcha ishlar kiradi. Masalan, badiiy jamoalar bilan ishlash uchun 

mikrofonlar, texnik jihozlarni tayyorlash kabi vazifalar shular jumlasidandir.  

Madaniy tadbirlar aholini ma’naviy kamol toptirish, madaniy   saviyasini 

oshirish, bilimini o’stirish,

 

dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini 



rivojlantirish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazishga qaratilgan ijodiy, 

tashkiliy jarayondir.  

Madaniy tadbirning tashkilotchi-rahbari avvalo, о‘z oldiga maqsad va 

vazifalarni tо‘g‘ri qо‘yishi zarur.  Tadbirni tashkil etish vazifasini olishi bilan 

rahbar ishni nimadan boshlaydi? 

Tadbirni tо‘g‘ri tashkil etishda turli uslub va vositalarning tо‘g‘ri tanlanishi 

katta ahamiyat kasb etadi.  

 

Madaniyat va san’at muassasalari - fuqorolarni ma’naviy kamol toptirish, 

kishilarning bo’sh vaqtini sermazmun о‘tkazish,  ma’naviy boyitish, aholini 

madaniy, ma’rifiy, ijodiy, hordiqiy faoliyatlari uchun shart-sharoitlar, 

imkoniyat va qulayliklar yaratish, joylarda xalq madaniyatini taraqqiy 

ettirish va rivojlantirish kabi maqsad va vazifalarni о‘zida qamrab oladi. 

 

Ko’zlangan maqsadga erishish uchun bajariladigan har bir ish jarayoni, 



jumladan, madaniy tadbirlarni tayyorlash jarayoni ham, kerakli va ma’lum yo’l-

yo’riqlarni, usul-uslublarni yoki metodlarni qo’llashni talab qilladi. Belgilangan 

tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qanchalik samarali metodlar topilsa, 

uni amalga oshirish jarayoni shunchalik oson bo’ladi. Shuning uchun madaniy 

tadbirlar tashkilotchisi metodlar haqidagi ta’limotni bilishi, ularni tanlashni va 

foydalanish yo’llarini mukammal o’zlashtimog’i kerak. 

     Metod grekcha «metodos» so’zidan olingan bo’lib, «bayon qilish», «bajarish 

usuli» degan ma’noni bildiradi. «Metod» so’zining zamonaviy ma’nosi ma’lum 

faoliyatda maqsadga erishish uchun topilgan, bajarilayotgan va amalga 



13 

 

oshirilayotgan usul, yo’l-yo’riq demakdir.   Madaniy tadbirlar ko’p qirrali faoliyat 



bo’lgani uchun, unda juda ko’plab metodlardan foydalaniladi. 

     Madaniy  tadbirlar – bu tarbiyaviy, ma’rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining 

o’ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli ularda, eng avvalo, 

pedagogikadagi tarbiyaviy ishlarga oid bo’lgan va ma’rifiy (bilim berish, axborot 

tarqatish) faoliyatga mansub metodlarga murojaat qilmaslikning iloji yo’q. 

Shuningdek, ularda dam olish (hordiq chiqarish) va ijodiy jarayonni tashkil qilish 

metodlaridan foydalanilmasa, tadbirlardagi asosiy vazifalarning ba’zilari yo’qolib 

ketadi.  

U.Qoraboyev  о‘zining “Badiiy ommaviy tadbirlar” kitobida ushbu soha 

bо‘yicha ish olib borishda quyidagi metodlardan, ya’ni, tarbiyaviy, ta’limiy, xordiq 

chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil qilish, tashkiliy metodlardan foydalanish 

maqsadga muvofiqligini aytib о‘tadi

3

. Ish jarayonida bu metodlar bir-birini 

to’ldirib, o’zaro bog’lanib ketadi. 

     Xozirgi kunda olib borilayotgan, tashkil etilayotgan barcha jarayonlar ta’lim va 

tarbiya asosiga  qurilgan desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.  

Prezidentimimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlarimizning asosini 

ham mana shu ikki jarayon asosida tuzilgan deyishimiz mumkin. Sababi, yoshlar 

tarbiyasi, ma’naviyat masalalari, ta’lim berish kabi vazifalar davlatimiz tomonidan 

ishlab chiqilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarida  о‘z aksini topganligi 

barchamizga ayon. Shu bois, ta’lim va tarbiya masalalari davlatimiz siyosatining 

ustivor vazifalaridan ekanligini barchamiz tо‘g‘ri anglashimiz zarur.  

Muhtaram yurtboshimiz “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir 

qiladigan muhim hayotiy omil –bu ta’lim –tarbiya tizimi bilan chambarchas 

bog‘liqdir”, deb aytganlari aynan mana shu sohaning vazifalarnini tо‘g‘ri 

anglashga undaydi.

4

  . Shu jihatdan ham tarbiya masalasi barcha masalalardan 



yuqori turishliklarini anglash qiyin emas. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa 

ta’limdan ajratib bо‘lmaydi –bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.  Bu 

                     

3

 U.Qoraboyev, “Badiiy ommaviy tadbirlar”, О‘qituvchi nashr., 1986y, 59b.  



4

I.A.Karimov.“Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” T, 2008, 60b.  




14 

 

haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot –yo 



mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat – falokat masalasidir” degan chuqur 

ma’noli sо‘zlarni eslayman”

5

, degan sо‘zlari ta’lim va tarbiya sohasining о‘ta 



muhimligini  yana bir bor ta’kidlaydi. Madaniy tadbirlarlarni tashkil etishdan 

asosiy maqsad ham insonlarga tо‘g‘ri tarbiya berishdir. Madaniy tadbirlar- bu, eng 

avvalo, tarbiyaviy jarayon bo’lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy 

metodlardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu ularni to’g’ridan-to’g’ri , ko’r-

ko’rona qo’llash, degan gap emas.  

     Ishontirish metodining asosiy vazifasi auditoriyaga ta’sir ko’rsatishdir. Buning 

uchun tadbirning mazmunini ishonarli, haqqoniy qilib tuzish kerak. Omma 

tashkilotchilarning fikriga qo’shila olmasa, berilgan ma’lumotlarga ishonmasa, u 

holda tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo’l qoymaslik uchun tadbirda 

hujjatlar, faktlar, ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, siyosiy arboblar va 

olimlarning fikrlari hamda statistik ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ular 

haqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli shaklda aks ettirilmog’i kerak. Misol 

uchun,  odam savdosiga qarshi kurash mavzusi asosida tayyorlangan “Adashgan 

yо‘llar” kompozitsiyasini (V.Rustamov tomonidan sahnalashtirilgan va 2011 yil 

TDMI anjumanlar saroyida namoyish etilgan) tayyorlashdan asosiy maqsad u 

yerlarga, ya’ni о‘zga yurtlarga borib, kо‘p pul topishni istagan yoshlarga buning 

hammasi safsata ekanligiga ishontirish, u yerdagi shart-sharoit va ahvolning 

naqadar ayanchli ekanligini kо‘rsatish, о‘z yurtining qadriga yetish kabi vazifalarni 

qо‘ygan holda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi kо‘pchilikning tо‘g‘ri 

hulosa chiqarishiga sabab bо‘la oldi deyishimiz mumkin. Shu birgina odam 

savdosiga qarshi kurash mavzusi atrofida kechadigan tadbirlarni bir necha xil 

variantlarda tashkil etish mumkin (inssenirovka qilish, xujjatlarni badiiylashtirish, 

aniq faktlar asosidagi ma’lumotlar asosida kompozitsiyalar tayyorlash va h.k.z.) . 

    Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, U.Qoraboyev namuna metodi haqida ham 

о‘z fikr mulohazalarini bayon etib о‘tadi. Hozirgi kunda bu metod asosini 

                     

5

 I.A.Karimov.“Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” T, 2008, 62b.  



 


15 

 

“Zamonaviy qahramon obrazini yaratish” masalalaridan kelib chiqqan holda 



yondoshish maqsadga muvofiqdir. Namuna metodi orqali  kishilarining eng yaxshi 

fazilatlari tarannum etiladi. Vatanimizning eng yaxshi o’g’lonlarini va mahalliy 

sharoitda samarali ish ko’rsatayotgan mehnat ilg’orlarining hayoti va faoliyatini 

boshqalarga namuna qilib ko’rsatish madaniy tadbirimizning tarbiyaviy qiymatini 

oshirib, ommani ulardan o’rnak olishga, halol ishlashga undaydi. Ular mehnatini 

munosib taqdirlash ham tadbirda foydalanish mumkin bо‘lgan usullardan 

hisoblanda.  

Taqdirlash (rag‘bat) usuli ham insonlarni mehnatini qadriga 

yetayotganliklarini,  moddiy va ma’naviy jihatdan qо‘llanayotganliklarini va 

buning asnosida yanada ter tо‘kib halol mehnat qilishga, qilayotgan mehnati 

natijasiz qolmasliklarini, Vataniga foydasiga tegayotganligi va qilayotgan 

mehnatining samarasi, natijasi о‘zi uchun, qolaversa, jamiyat taraqqiyoti uchun 

ekangligi anglashga  undaydi. Undan tashqari, taqdirlash usulining yana bitta 

afzalligi shundaki, uning atrofida mehnat qilayotganlar ham shu e’tiborlarga 

erishishga intilib mehnat qiladilar. 

       Ma’rifiy  metodlar  ham  madaniy  tadbirlarning asosini tashkil etadi, desak 

yanglishmaymiz. Chunki, madaniy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri ommaga 

yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Bu jarayonda ham pedagogikadagi 

ma’rifiy metodlardan ijodiy foydalanish katta samara beradi. Professor 

M.Bekmurodov о‘zining rahbarlik pozitsiyasida bitta g‘oyani ilgari suradi. Barcha 

pedagoglar, madaniyat targ‘ibotchilari ilmli, bilimli va ma’rifatli  bо‘lishlari 

lozimdir, deydi. Buning uchun nima qilish kerak? M.Bekmurodov о‘zi rahbarlik 

qilayotgan kafedra professor-о‘qituvchilarini kitob о‘qish majburiyatini qо‘yib, 

ularga aniq muddat berib, savol-javob kechalarni о‘tkazish orqali ma’rifatli qilish 

yо‘lidan bordilar. Buning natijasi pedagog kitobni yuzaki emas, kitobning ichiga 

kirib  о‘qishga, uning mazmuni va mohiyatini anglab olishga undaydi. Mana 

shunday usullarni joylarda qо‘llash albatta katta samaralar beradi. 

 Tadbirlarda keng qo’llanishi mumkin bo’lgan ma’rifiy metodlar – bu bayon 




16 

 

etish va namoyish qilishdir.   Bayon etish metodining asosiy maqsadi shundan 



iboratki, u tadbirning g’oyasi, mazmuni, axborot va faktlarini auditoriyaga jonli 

so’z orqali bayon qilish shaklida yetkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida 

ko’pincha shunday faktlar va ma’lumotlar bo’ladiki, ular albatta batafsil 

tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish metodi katta 

yordam beradi. Bu metod yordamida ma’lumotlarning mohiyati ochiladi, 

xususiyatlari yoritiladi va to’liq bilim beriladi. Bayon qilish metodi, ayniqsa, 

og’zaki jurnallarda, tematik kechalarda ko’proq qo’llaniladi. 

    Bugungi kunda texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bir paytda namoyish 

qilishning turli usullarini qо‘llash unchalik katta qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu 

usulning yaqqol misoli sifatida J.Mamatqosimov tomonidan sahnalashtirilgan 

“Qordagi qizg‘aldoq” deb nomlangan badiiy-publitsistik kompozitsiyani aytish 

mumkin. Slaydda tayyorlangan qatag‘onlar hayotiga oid xujjatlar asosida 

tayyorlangan tasvirlar  aktyorlar ijrosi bilan uyg‘unlashib ketadi va yagona 

kompozitsiyaga ega bо‘ladi. Namoyish qilish metodi tadbir mazmunidagi 

voqealarning obrazli tasvirini ko’rgazmali shaklda auditoriyaga yetkazishga 

yordam beradi. Bunda barcha ma’lumotlar obrazli kuzatish (ko’rish) orqali qabul 

qilinadi. Namoyish qilish metodi, asosan, ta’sirchan vositalar oraqli bajarilib, unda 

voqealar yoki kecha qahramonlarining hayotiga oid ma’lumotlar hujjatli, real aks 

ettiriladi. Masalan, portret kechasida ma’lum kishining hayoti va mehnati suratlar, 

filmlar, hujjatlar orqali ko’rgazmali namoyish qilinadi. Bu esa berilgan 

ma’lumotlarni emotsional-obrazli idrok etishga yordam beradi va ular haqidagi 

taassurotlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishga imkon beradi.  

     Hammamizga  ma’lumki,  madaniy  tadbirlar kishilarning ishdan bo’sh, dam 

olish vaqtida ijodiy jarayonga qo’shilishi natijasida vujudga keladi. Eng avvalo, 

havaskorlar o’zlarining ishdan bo’sh vaqtlarida ijodiy jarayonga tadbir 

tayyorlashadi va buning natijasida keng ommani hordiq chiqarishga, qolaversa, 

ularni ham ijodiy faoliyatga tortishadi. Shuning uchun hordiq chiqarish va ijodiy 

jarayonga qo’shilish metodlarini bir-biridan ajratish qiyin. 




17 

 

  Madaniy tadbirlarni tashkil etish kо‘p repititsiyalar asnosida amalga 



oshiriladi. Tadbirni tayyorlash uchun havaskorlar tashkilotchi boshchiligida ko’p 

mashq qilishadi. Bu jarayonni tashkil qilish uchun ham alohida metod, ya’ni mashq 

qilish metodi kerak. Bu metod boshqa metodlardan shu bilan farq qiladiki, u faqat 

tadbirni tayyorlash jarayonida qo’llanadi. Shuni unutmaslik kerakki, mashq qilish 

metodi, asosan, tadbir tayyorlovchi rejjisorning havaskorlar bilan ishlash 

jarayonida amalga oshiriladi. Biroq bu metod faqat birgina tadbir tayyorlash uchun 

kerakli harakatlarni va so’zlarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lib qolmaydi, balki 

har bir mashq jarayonida havaskorlar madaniy tadbirlar sohasiga oid bilimlarni 

o’zlashtirishi, so’z va harakat mahoratini amaliy o’rganishi, o’z qobiliyatini 

o’stirishi lozim. Bu boradagi qonun-qoidalarni chuqur anglagan va o’zlashtirgan 

kishilargina ijodiy faoliyat ko’rsata oladi.   Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga 

qo’shilish metodlari ichida auditoriyani faollashtirish va ommani tadbir 

qatnashchisiga aylantirish metodi muhim o’rin tutadi. Chunki bu jarayonlarsiz 

tadbir qatnashuvchilari passiv tomoshabinlarga aylanib qoladi. Buning natijasida 

ular na yaxshi hordiq chiqarishadi va na ijodiy jarayonga qo’shilishadi. 

     Tadbir auditoriyasini faollashtirish barcha sanab o’tilgan metodlardan samarali 

foydalanish natijasida ham o’z-o’zidan vujudga kelishi mumkin. Tadbir 

voqealarini yaxshi bayon etish, diqqatga sazovor ma’lumotlarni namoyish qilish, 

namunaviy faoliyatlarni aks ettirish, ilg’orlarni ma’naviy taqdirlash, qoloqlarni 

tanqid qilish va mazmunni ishonarli qilib ko’rsatish kabi holatlarning samarali 

bajarilishi ommani so’zsiz aktivlashtirib yuboradi. Lekin shu bilan birga, ommaviy 

tadbirlarda maxsus aktivlashtirish metodi ham qo’llanishi mumkin. Buning uchun 

tadbir qatnashchilaridan intervyu olish, ular bilan savol-javob uyushtirish, 

ba’zilarni so’zga chiqarib, fikrini bilish, viktorina uyushtirish va boshqa shu 

kabilarni bajarish mumkin. Ba’zi sahnaviy harakatlarni zal, omma ichiga 

ko’chirish ham auditoriyani aktivlashtirishga ko’maklashadi. Shuni unutmaslik 

kerakki, faqat aktiv auditoriya tadbir qatnashchisiga aylanishi mumkin. Tadbir 

qatnashchisiga aylantirish metodi – bu oily va eng samarali metod hisoblanadi. 




18 

 

Mazkur usulni bajarish uchun ham boshqa barcha metodlardan samarali 



foydalanish bilan birga, maxsus harakatlardan foydalanish ko’zda tutiladi. 

Masalan, auditoriya ichida ashulalar aytish, ommaviy raqslar tashkil qilish, xalq 

oyinlaridan foydalanish, umumiy qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlar, 

so’zsiz, auditoriyani tadbir qatnashchisiga aylantirib yuboradi. 

    Har qanday tadbirni tashkil etishda rahbardan juda katta mehnat talab  qilinadi. 

Shu  о‘rinda aytib о‘tish joizki, tashkiliy ishlar ijodiy ishlar bilan bir xil darajada 

turadi. Tо‘g‘ri,  ijodiy sharoitlarning ham о‘ziga xos ishlash uslublari bor, ammo, 

mana shu ijodiy jarayonni amalga oshirishning tashkiliy tomonlarini hisobga olish 

muhimdir. Oddiy misol qilib oladigan bо‘lsak, bitta musiqiy nomerni sahnaga olib 

chiqish uchun ham unga bir qancha tashkiliy ishlarni amalga oshirish kerak 

bо‘ladi, masalan, ansambl uchun joy tayyorlash, mikrofon qо‘yish, xonanda va 

musiqachilar uchun liboslar tanlash va h.k.z. Madaniy tadbirlarni uyushtirishning 

o’ziga xos xususiyatlari faqat uning o’ziga mansub tashkil qilish metodlarini talab 

qiladi. Tashkil qilish metodlari deganda, tadbirni vujudga keltirish uchun 

qo’llaniladigan usul, uslub va vositalardan foydalanish yo’llari tushuniladi. Qisqa 

qilib aytganda, bu metodlar ta’sirchan vositalardan foydalanish usullari bilan 

ko’proq  bog’liqdir.  

     Hozirgi  kunda  о‘tkazilayotgan madaniy tadbirlarda eng faol ishlatiladigani - 

bu ilyustratsiyalash metodidir. Bu metod - tadbirdagi sо‘z mazmuniga 

(boshlovchilar matni, boshqaruvchilar fikri va boshqalar) va maqsadiga mos 

keladigan turli-tuman badiiy va san’at vositalaridan foydalanishdir. Bunda 

foydalaniladigan vositalarning sintezlashib, bog’lanib ketishi shart emas. 

Illyustratsiyalashtirilgan tadbirda asosiy urg’u og’zaki so’zga beriladi. Boshqa 

badiiy materialliar esa uni kuchaytirish va to’ldirish uchun xizmat qiladi. Muzika, 

qo’shiq, raqs, she’r, monolog, proza, kinokadrlar va boshqa vositalardan 

illyustratsiya sifatida foydalaniladi. 

llyustratsiyalashtirish metodini sof ilmiy  taddbirglarda ham qо‘llash 

mumkin. (odatda, ilmiy tadbirlar kо‘proq ma’ruza shaklida bо‘ladi) Masalan, 




19 

 

leksiyani illyustratsiyalashtirish, ya’ni unga konsert nomerlarini yoki kinolardan 



lavhalar qo’shish natijasida leksiya-konsert yoki kino-leksiya vujudga kelishi 

mumkin.  

Madaniy tadbirlarni tashkil etishda bir usul borki, bu usul tadbirni tо‘laqonli 

g‘oyaviy jihatdan tо‘liq yoritilishiga, mavzuni aniq tushunishga, yordam beradi. 

Bu -teatrlashtirish deb ataladi.  

Teatrlashtirish –teatr dramaturgiyasi qonuniyatlariga asoslanib, ma’lum 

voqea asosida amalga oshiriladi.    Bu metod alohida maqsadga qaratilgan, badiiy 

obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, dramaturgiya talablariga javob 

bera oladigan tadbirlarda o’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida 

qo’llaniladigan barcha g’oyaviy emotsional vositalar hamda og’zaki chiqishlar 

kompleks tarzda birlashadi va yagona syujet liniyasini vujudga keltiradi. 

Teatrlashtirilgan tadbirlarning alohida qismlari mexanik tarzda birlashmaydi, balki 

organik tarzda sintezlashadi. Bu qismlar endi na faqat tadbir temasi va g’oyasi 

asosida, balki kompozitsion holda ham birlashadi. Ko’p joylarda madaniy-ma’rifiy 

ishlar tashkilotchilarining tipik xatosi shundan iboratki, ular tadbirlarda, asosan, 

dramatik lavhalardan hamda boshqa san’at vositalaridan, ashula va raqslardan 

foydalanib, uni «teatrlashtirilgan shakl» deb nomlashadi. Bu, albatta, teatrlashtirish 

metodini qo’llash talablaridan biridir. 

   Teatrlashtirilgan tadbirlar yagona g’oyaviy-badiiy syujet va kompozitsion 

tuzilishga ega bо‘lishlari kerak. ”Kompozitsion tuzilish” (lotincha “qurmoq”- asar 

qismlarining tuzilishi, mantiqiy joylashishi va uning о‘zaro bog‘lanishi, degan 

ma’noni anglatadi) о‘z ichiga quyidagilarni oladi:  

-prolog(voqealarning boshlanish qismi, adabiyotda ekspozitsiya, kirish yoki 

muqaddima); 

-(asardagi tub burilish yasaydigan qismi);  

-voqealar rivojlanib borgan sari u kulminatsion nuqtaga chiqadi 

(kulminatsiya- harakat rivojlanishining eng yuqori nuqtasi) ;  

-yechim –asarning nihoyasi nima bilan tugaganligini anglatuvchi qism 




20 

 

(yechimda xulosa qismi sifatida epilog berilishi mumkin);  A.D.Silin о‘zining 



“Rejissyorning ochiq maydonlarda va noan’anaviy sahnaviy kengliklarda  ishlashi” 

kitobida,  kopozitsion tuzilish prolog, epizodlar qatori va finaldan iborat bо‘ladi

6



deb kо‘rsatib о‘tgan.( 



     Teatrlashtirilgan  tadbirlarga real qahramon obrazi yoki badiiy asarlardan 

olingan obrazlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Ko’pgina tadbirlarda 

boshqaruvchi hayotimizning real vakili sifatida chiqadi. Lekin hanuzgacha 

teatrlashtirilgan tadbirlarda badiiy yoki tarixiy obrazlar kam uchramoqda. Ulardan 

foydalanish tadbirning badiiy qimmatini oshiradi. 

     Teatrlashtirilgan  tadbirlarda  omma oddiy tomoshabin emas, balki tadbir 

qatnashchisiga aylanib ketishi kerak.   Yuqorida qayd qilingan talablarni hisobga 

olgan ommaviy shakllarni teatrlashtirilgan tadbirlar deb atash mumkin. 

Teatrlashtirilgan tadbirni vujudga keltiradigan teatrlashtirish metodi murakkab, 

ko’p ishlashni, chuqur ijodiy yondashishni talab qiladigan usuldir. Yengil, oson 

bajariladigan ishning har doim samarasi kuchli bo’lavermaydi. 

 

 



  

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, illyustrattsiyalashtirish metodini ham, 

tetrlashtirish metodini ham xohlagan shaklga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Har bir 

metodning o’zi talab qiladigan tadbirlari bor. Masalan, illyustratsiyalashtirish 

metodini ommaviy bayramga nisbatan qo’llasak, ko’p narsa yutqaziladi. Leksiya 

yoki suhbatni tetrlashtirishning hojati bo’lmasa kerak.  

     Illyustratsiyalashtirish  metodidan  tashkil qilinishi oson, har kuni o’tkazilishi 

mumkin bo’lgan shakllarga nisbatan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Tetrlashtirish metodini esa shaxsiy-madaniy qimmati balandroq bo’lgan kompleks 

shakllarda foydalanish zarur. Uni ayniqsa, ommani hayajonlantiradigan, buyuk 

sanalarga va bayramlarga bag’ishlangan tadbirlarda qo’llash lozim.  

Bir sо‘z bilan aytganda, madaniy tadbirlarni tashkil etish mobaynida  

usullarni tо‘g‘ri tanlash, ulardan oqilona foydalanish – tadbirning tо‘laqonligini 

ta’minlaydi,  saviyasini oshirishga xizmat qiladi. 

                     

6

A.D.Silin. “Rejissyorning ochiq maydonlarda va noan’anaviy sahnaviy kengliklarda  ishlashi”. M., 1988., 77б. 



 


21 

 


Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin