Xalq ijodiyoti


Madaniy tadbirlar –ma’naviyat kо‘zgusi



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

1.2.Madaniy tadbirlar –ma’naviyat kо‘zgusi 

Har qaysi davlat, har qaysi millat, nafaqat yer osti va yer usti tabiiy 

boyliklari bilan, harbiy qudrati va salohiyati bilan, balki birinchi navbatda, о‘zining 

yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir

7

.  О‘zbekiston diyori haqli 



ravishda dunyo sivilizatsiyasining  beshiklaridan biri hisoblanad. Bu yerga Abu Ali 

ibn-Sino,  Al-Xorazmiy, Amir Temur, Imom Buxoriy, Xoja Axror Valiy, 

Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Sharafiddin al-Yazdiy, Davlatshoh Samarqandiy, 

Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi kо‘plab hazrati 

insonlar – dunyo xalqlarining ma’naviy, madaniy, estetik hayotiga asos solgan 

buyuk siymolarning qadamlari tekkan. 

Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday о‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, 

insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar insonning ta’sirisiz 

rо‘y bermaydi. Buning uchun avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, 

tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bо‘lmog‘i kerak. Millatning 

tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik sari intilish mafkurasi va qonuniyati jо‘sh 

urishi lozim. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat 

ruhida va axloq qoidalari asosida tarbiyalash, yosh avlodda hayotga qat’iy ishonch 

va qarashni, mentalitetimizga yot bо‘lgan zararli ta’sir va oqimlarga qarshi tura 

olish qobiliyatini rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.  Mazkur sohadagi 

muhim vazifalar quyidagilardan iborat:  

-yosh avlodni mustaqillik g‘oyalariga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalash, ona 

yurtiga muhabbat tuyg‘usini, mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilishda jasorat 

va fidokorlik fazilatlarini tarbiyalash borasida tashkiliy, targ‘ibot va tashviqot, 

ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va 

amalga oshirish;  

-ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mohiyati va shaklini tizimli, uyg‘un bо‘lishiga 

erishish, ularning aniq maqsadga yо‘naltirilganligini ta’minlash; 

                     

7

I.A.Karimov. “Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”.Ma’naviyat, 2010. 



  


22 

 

-turli hududlarning о‘ziga xos jihatlarini, turli qatlamdagi yoshlarning ehtiyoj 



va qiziqishlarini inobatga olgan holda nafaqat madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlar 

rejasini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish; 

-yosh avlodga ruhiy tayanch bо‘lib xizmat qiladigan, ularda milliy va 

umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat munosabatini tarbiyalaydigan buyuk 

ajdodlarimiz merosini chuqur о‘rganish;  

-barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida, korxona va tashkilotlar jamoalaridagi 

yoshlarning ongi va dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan 

kayfiyat va intilishlarni, ma’naviy-ruhiy muhitni muntazam о‘rganib borish.  

-yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasi, siyosiy jarayonlarga ongli munosabatni, 

ma’naviy-axloqiy sohada turli tashqi va ichki tahdidlarga qarshi mustahkam 

mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ijtimoiy loyihalardan foydalanish 

samarali natijalarga erishishning garovidir. 

Shu  о‘rinda ta’kidlash lozimki, bularning barchasining negizida madaniy 

tadbirlarning о‘rni nihoyatda salmoqlidir.  

Madaniy tadbir – bu turmushimizning  madaniy vokealariga oid,  turli shakl 

va badiiy uslub asosida odamlarning  ongi va kо‘ngillariga  tarbiyaviy, ma’rifiy  

ta’sir kо‘rsatadigan jihatlar tushuniladi.  Uning negizida eng muhim insonparvarlik 

masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlantiruvchi kuch bо‘lib 

xizmat qiladigan о‘ziga hos, betakror, ijodiy, tashkiliy jarayonlar yotadi. Madaniy 

tadbirlar milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar, asosida vujudga kelgan bо‘lib, 

har bir odamni mehr-shavqatli, mehr-oqibatli bо‘lishiga da’vat etadi, yer yuzida 

barqarorlik, birdamlik va ahillik tabiatini uyg‘otadi, xalqlarning madaniyatlarini 

о‘zaro birlashtiradi, boyitadi, insonlarning millati, tili va dinidan qat’iy nazar, 

xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Madaniy tadbirlarning asosiy vazifasi – milliy 

va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarinin keng targ‘ib qilish va 

ommalashtirish,  о‘sib kelayotgan avlodni, zamonaviy yoshlarni ma’naviy 

tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bо‘lgan hurmatni uyg‘otish va saqlash 

hisoblanadi. Zotan, xalqlarning о‘ziga hosligi va betakrorligini saqlash, tarixan 




23 

 

shakllangan qadimiy milliy madaniyatlar, san’at va xalq ijodiyoti, yuz yillar 



davomida tarkib topgan milliy an’ana va urf-odatlarning о‘zaro yaqinlashuvi va 

bir-birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan turli millat va elat vakillari 

о‘rtasida  о‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish uchun madaniy tadbirlarning 

ahamiyatini alohida ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, madaniy 

tadbirlarda shaxs о‘z insoniy fazilatlarini shakllantira boshlaydi, yashirin, betakror, 

individual hususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni о‘stiradi va rivojlantirib 

boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. Murakkab ijtimoiy voqelik 

sifatida bu tadbirlarning о‘ziga hosligi shundaki, u insoniyat avlodlarinig mehnati 

va bilimlarini о‘ziga singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ularni 

kelgusi avlodlarga yetkazib beradi. 

Madaniy tadbirlarning maqsad va vazifalariga kо‘ra bir qancha mavzularga 

asoslangan holda bо‘lib о‘rganish mumkin: Masalan: 

-Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy 

qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, 

yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini 

chuqur singdirish masalalariga qaratilgan “Hurlik timsolisan, ona Vatanim!”, 

“Mustaqillik –oliy ne’mat!”, “Vatan yagona, Vatan muqaddas!”, “Ma’naviyatimiz 

va uning asoslari”, “Buyuk tariximizni о‘rganish – kelajagimizning asosi”, “Til 

millatning qalbi”, “Yurtimiz ravnaqi - salohiyatli yoshlar qо‘lida”, “Urf-odat va 

an’analarimiz ma’naviyatimiz kо‘zgusi”, “Millatlar dо‘stligi – yurt boyligi”, 

“Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bо‘lamiz”, “Milliy an’ana va urf-odatlar”, 

“Ma’naviy tarbiya va milliy musiqa” kabi mavzularda tashkil etilgan madaniy-

ma’rifiy tadbirlar. 

-Yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz avliyolarimizning 

ibratli hayoti, qutlug‘ qadamjolariga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan 

hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog‘lom 

turmush tarzi, millatlararo totuvlik, о‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash 

bо‘yicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirishga yо‘naltirilgan tadbirlar 




24 

 

“Millatlararo birodarlik – azaliy odat”, “Yagona oila farzandlarimiz” “Shu aziz 



vatan barchamizniki”, “Dо‘st bilan obod uying”, “Biz yagona oilamiz!”, 

“О‘zbekiston – umumiy uyimiz!” mavzularida dо‘stlik bayramlari, respublikamiz, 

shaharlarimizning tarixiy qadamjolari, muqaddas yurtimizning, millatimizning 

shonu shavkati bо‘lgan maydonlarimizga ekskursiyalar tashkil etish; 

-Insonlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga, 

jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan madaniy 

tadbirlar “Bosh qomusimizni о‘rganamiz” turkum tadbirlaridan “Konstitusiya va 

о‘zbek milliy davlatchiligi an’analari”, “О‘zbekiston – suveren demokratik 

Respublika”, “Davlat – bu xalq hokimiyati”, “Davlat hududi mustaqillik 

nishonasi”, “Til – davlat belgisi”, “О‘zbekistonning davlat ramzlari”, “Xalq 

hokimiyatchiligining asosiy shakllari”, “Demokratiya va inson huquqlari”, 

“Ijtimoiy adolat va qonunchilik”, “Konstitusiya va qonun ustuvorligi”, 

“Konstitusiya – huquqning asosiy manbai”  kabi mavzularni qamrab olishi 

mumkin.  

-Sportga muxabbat, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi  “Biz sog‘lom 

avlodlarmiz”, “Asrimiz pahlavonlari”, “Sog‘lom hayot – sog‘lom kelajak”, 

“Hamisha sog‘lom bо‘l bolajon”, “Avlodlari sog‘lom yurt qudratli bо‘lur” kabi 

mavzularda  о‘tkazilayotgan sport va san’at bayramlari, “Chekish zararli illat”, 

“Voyaga yetmaganlar sog‘lom turmush tarzi uchun” kabi mavzulardagi aksiyalar, 

shuningdek, yosh sportchilar ishtirokida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar  va sport 

tomoshalari,, sport ustalari, murabbiylar, fan va san’at namoyondalari, tibbiyot va 

huquq-tartibot xodimlari bilan uchrashuvlar о‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 

-Respublika miqyosida о‘tkazilib kelinayotgan “Ekologiya va xalq 

salomatligi”, ekofestival, “Inson va tabiat”, “Tabiat va jamiyat”, “Toza muhit – 

sog‘lom avlod garovi” kabi tadbirlar yoshlar va voyaga yetmaganlar ishtirokida 

tashkil qilinib, ular e’tiborini hozirgi kundagi ekologiya muammolariga tortishga, 

ona tabiatni asrab-avaylashga qaratilmoqda. “Tabiat manzaralari musavvirlar 

ijodida”, “Gullar olami”, “Tabiat – ijodkor”, “О‘zbekiston tabiati”, “Qushlar 




25 

 

bizning dо‘stimiz”, “Antiqa о‘simliklar dunyosi” kabi mavzularda kо‘rgazmalar, 



“Bog‘ning yashil tabiati”, “Bog‘ning jonli burchagi” mavzularida bog‘ hududi 

bо‘ylab sayllar tashkil etish; 

-Bolalar uchun о‘tkaziladigan taniqli yozuvchi-shoirlar, qо‘shiqchi, teatr 

artistlari, mо‘yqalam sohiblari, bastakorlar, amaliy san’at va milliy 

hunarmandchiligimiz ustalari bilan о‘tkaziladigan uchrashuvlar hamda “She’riyat 

bо‘stoni”, “Musiqa sehri”, “Gо‘zallikka talpingan qalblar”, “San’at g‘unchalari”, 

“Quvnoqlar davrasi”, “Yoshlar ovozi”, “Raqs malikalari” kabi mavzulardagi 

badiiy kechalar, “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi” kabi festivallar farzandlarimizga 

estetik tarbiyani singdirish va gо‘zallik, qolaversa, san’at olamiga bо‘lgan 

muhabbatni yuraklarga jo qilishda alohida ahamiyatga ega. 

Yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, madaniy tadbirlarda asosan og‘zaki, 

kо‘rgazmali, texnik, matbuot hamda san’at vositalari qо‘llaniladi. Bu kabi 

vositalarning har biri о‘ziga xos usullar, xususiyatlar va shakllarga egadir. Og‘zaki 

vositalar ma’ruzalar, suhbatlar, turli ma’lumot va axborot xabarlari, savol-javob 

kechalari tashkil qilib о‘tkaziladi. Kо‘rgazmali vositalarda esa turli mavzulardagi 

plakatlar, maxsus tayyorlangan kо‘rgazma vositalari, shior va chaqiriqlar, 

diagramma va ma’lumot kо‘rsatkichlaridan, texnik vositalarda esa ovoz 

kuchaytirish apparatlari, radio, televideniye, kino, video va audio apparatlari, 

minidisk, magnitofon va fotoapparatlardan foydalanish mumki. Turli mavzulardagi 

tadbirlarni tashkil qilib о‘tkazishda, yuqorida kо‘rsatilib  о‘tilgan vositalardan 

tashqari rang-barang shakllar ham qо‘llaniladi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, 

о‘tkaziladigan tadbirlarning usul va shakllari vaqtlar о‘tgan sari zamonaga 

moslashib yangilanib boraveradi.  

 

 



 

 

 




26 

 


Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin