Xalq ogʻzaki ijodi na’munalarini toʻplash va nashrga tayyorlash



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#193431
1   2
Ruxshona Haydarova 111

Qaldirgʻoch qora ekan
Qanoti ola ekan
Yoshlikda berilgan koʻngil
Ayrilmas balo ekan.(Xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari,2022,32 -bet)
Bu misradgi ,,qaldirgoch” ramziy obraziga e’tibor beradigan boʻlsak qaldirgʻ och xabarchi ramz sifaida ya’ni ilk bahor xabarchisi sifatida anglashilyapti. Bundan ko’rinib turibdiki, lk bahor insonning yoshlik davrini qaldirgʻoch esa berilgan ko’ngilni ifodalayapti, qaldirgʻoch vaqti kelib uchib ketsa ham yana qaytadi,inson unuttim degani bilan koʻnglida qoladi.Toʻplamda keltirib oʻtilgan mazkur xalq qoʻshigining ramzlar bilan bogliqlik jihatini o’rgansak
Bolani olti oylik vaqtlarida
Qoʻliga koʻtarib suyadi
Otib‑otib suyganda
Olma isi keladi
Tutib‑tutib suyganda
Tutlar isi keladi.(Xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari,2022,30-bet)
Biz bilamizki, olma ramzi farzand ma’nosida keladi(Turdimov.Sh 27-bet), tut daraxti bolali beshik ma’nosida(Turdimov.Sh 27-bet) ham keladi. Beshik ham tobut ham tut daraxtidan tayyorlanishini hisobga olsak buning ham tag zamirida ma’no bor.Inson tugʻ ilgandan beshikka solinsa oʻlgandan keyin esa tobutga solinadi.Yuqoridagi xalq qoʻshigʻida farzandning dunyoga kelganidan xursandligidagi bir vaziyat keltirib o’tilgan. Shu oʻrinda xalq maqollaridan ham namunalarni keltirib o’tsak:
Koʻz tarozi, koʻngil qozi.
Yomgʻirda ot tanlamang, Hayitda qiz tanlamang.
Tosh otganga non uzat.
Bola loy, ona kulol.(Xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari,2022,40-43-bet)

Bu maqollar xalqimiz orasida oʻz oʻrniga ega hanuzgacha qoʻllanib kelayotgan tengi yoʻq xazinalardir. Shu kabi namunalardan koʻplab keltirib o’tishimiz mumkin. Bunday bebaho xazinalarni xalqimiz orasidan toʻplab uni nashr etib kitob holda boʻlishi undan ham katta xazinaning kaliti boʻlib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ham ijro etilib kelayotgan xalq ogʻzaki ijodi namunalarida milliy an’analarimiz, ogʻzakilik bilan bir qatorda folklorning oʻziga xosligi saqlanib qolgan. Fikrimizning tasdigʻi sifatida yuqorida keltirib oʻtilgan tahlil va namunalarni koʻrdik. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash, nashrga tayyorlash masalasining dolzarbligi, bu jarayonda talaba va magistrantlarni oʻrni juda muhim. Sababi ogʻzaki holda saqlanib kelayotgan folklor namunalarini kundan‑kunga yoʻqotib boryapmiz. Biz yuqorida keltirib o’tgan shu va shunga oʻxshash toʻplamlarimiz sonini yanada oshirmogʻimiz lozim. Shuni ta’kidlash lozimki bu toʻplam faqat Qashqadaryo,Surxandaryo viloyatlardagi ma’lum bir hududdagina toʻplangan xalq ogʻzaki ijodi namunalari shunday natijani berayotgan ekan, agar bu butun yurtimiz boʻylab amalga oshirilsa, folklor namunalarini kelajak avlodga yetkazishda muhim rol oʻynaydi. Agarda xalq ogzaki ijodi namunalari hozirdanoq yigʻib olinmas ekan, millat ma’naviy xazinasi tarix saxnidan yoʻqoladi.


Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Nashrga tayyorlovchi:I.Sayitqulov(2022).Xalq ijodiyoti namunalari.Toshkent.Mahalla va Oila nashriyoti
2.Turdimov.SH. Xalq qoʻshiqlarida ramz(2020). Toshkent
3.Mirzayev. T. Xodi Zarif suhbatlar(2013) .Toshkent‑2013
4.Mirzayev.T, Turdimov.SH, Joʻrayev.M, Eshonqulov.J,, Tilavov.A.Oʻzbek folklori.Darslik Toshkent ‑2020


Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin