Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd



Yüklə 461,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/61
tarix27.07.2022
ölçüsü461,77 Kb.
#62907
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Xalq og‚zaki poetik 4420. qxd

Oilaviy marosimlar
O‘zbek farzandi uchun oila oldidagi mas’uliyati, mahal-
la qarshisidagi burchi muqaddasdir. Bu tushunchalar rivoj
topib, Vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan uyg‘unlashadi.
Shuning uchun qadim zamonlardan buyon shakllanib kel-
gan oilaga munosabat o‘zbeklarda mazmunan teranligi
bilan ajralib turadi. Ota-ona, aka-uka, opa-singil, tog‘a-
jiyan, amaki va amakivachcha tushunchalari hamisha
o‘zbek uchun e’tiborli bo‘lgan. Hatto o‘zbekning otasi
olamdan ko‘z yumsa, u otasining do‘stlarini e’zozlagan.
Binobarin, oilaviy marosimlarga bizning alohida e’tibor
bilan qarashimiz tabiiydir. Oilaviy marosimlarimiz shu
qadar boy va rang-barangki, uning har bir a’zosi balog‘atga
156


yetguniga qadar marosimlar ta’sirida bir-biriga bog‘liq va
mas’ul bo‘lib qoladi. Oilaviy marosimlar to‘ylardan, aza-
ma’rakalardan va so‘zning mo‘jizali quvvatiga asoslangan
odatlardan tashkil topadi. O‘zbekda beshik, xatna (sunnat)
va nikoh to‘ylari o‘tkaziladi. Beshik to‘ylarida yangi
tug‘ilgan go‘dakni turli ins-jinslardan muhofaza qilish,
ko‘rinmas yovuzliklarni aldash va shu yo‘l bilan chaqaloqni
ulardan asrash, farzandning dunyoga kelganiga shukronalar
bildirish maqsadi amalga oshiriladi. Yurtimiz viloyatlarida-
gi beshik to‘yi ularning o‘tkazilishidagi farqlardan qat’i
nazar, mohiyat jihatidan umumiylikka ega. Xususan,
to‘yning go‘dak chillasi chiqqanidan keyin boshlanishi,
beshikni go‘dakning onasi tomon olib kelishi, beshikni turli
bezaklar bilan yasatilishi ko‘p viloyatlarda bir xil saqlangan.
O‘rtada turli tomoshalar uyushtiriladi. Bolani beshikka
yotqizishdan oldin uni odatdagidan boshqacha, turli holat-
da yotqizishadi va shu tarzda yotishining ma’qul ekani atrof
xotinlardan so‘raladi. Ayollar bir ovozdan «Yo‘q, Yo‘q!»
deb javob qaytaradilar. Oxiri chaqaloq beshikda qanday
yotishi lozim bo‘lsa, shunday yotqiziladi va bu udum
nihoyasiga yetadi. Go‘dak quyidagi qo‘shiq jo‘rligida
belanadi:
— Qoch-qoch, babasi
Keldi eshikning egasi,
Ota-onang gapirishsa,
Qichqirishsa yana qo‘rqma!
Beshik to‘yida ham juda qadimgi dunyoqarash belgilari
saqlanib qolgan. Jumladan, yosh go‘dakning sog‘ qolishini
ta’minlash uchun shartli yovuz kuchlarni aldash usulidan
foydalanishlar fikrimiz dalilidir.
Xatna to‘ylari asosan yurtimizda islom dinining shaklla-
nishi bilan bog‘liq. Uni o‘tkazishda bolaning ota-onasi
tomonidan hamma qatnashadi. To‘y bir necha qismdan
iborat bo‘ladi. Xususan, mahalladagi qariyalar ishtirokida
xudoyi qilish, bola xatna bo‘ladigan xonani jihozlash,
qarindosh-urug‘lar uchun bazm tashkil etish va ko‘pincha
yurtga osh berish kabilar shular jumlasidandir.
Nikoh to‘ylari turli vaziyatlarda o‘ziga xos an’analar
bilan o‘tkaziladi. Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va boshqa
viloyatlarning o‘z odatlari va rasm-rusumlari bor. Ammo
hamma hududlarda sovchi, fotiha to‘yi, yor-yor aytish,
157


kelin salomlar kabi an’analar saqlangan. Kelinning ku 
-
yovnikiga kelishi, to‘y kechalarini o‘tkazish odatlarida bir
qator farqlar bor. Xullas, to‘ylar insonning hayotidagi
muhim o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ularni turli o‘yin-kulgi-
lar, shodiyonalar, bazmlar birlashtirib turadi. Inson to‘y
bilan tug‘iladi va aza marosimi bilan hayotdan ko‘z yuma-
di. Shuning uchun xalqimizda odamning qo‘shiq bilan ha -
yotga kelishi, qo‘shiq bilan hayotdan ketishi qayta-qayta
ta’kidlanadi.
Motam marosimi ham juda qadim tarixga ega. Mahmud
Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida saqlanib qol-
gan Alp Ertunga (Artunga) haqidagi marsiya fikrimizga
dalildir. Motam marosimida juda ko‘p kichik-kichik
yig‘inlar o‘tkaziladi. Uch, yetti, yigirma, qirq kunliklar, qor
yog‘di, gul, shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular jum-
lasidandir. Avvalo hayotdan ko‘z yumgan kishining ijobiy
xislatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib yig‘i beriladi:
Baland tog‘lar past bo‘ldimi, voy otam?
O‘lganingiz rost bo‘ldimi, voy otam?
Shamol kelmay o‘chdi chirog‘im, voy otam,
Kuz kelmay xazon bo‘ldi bog‘im, voy otam.
Shu tarzda ota, ona, bola, umuman jigar nomlari
tilga olinadi. Bunday qo‘shiq turlari marsiya deyiladi.
Marsiyalarda yig‘i aytuvchi shaxs boshiga tushgan kul-
fat, yaqin kishidan judo bo‘lish qismati, o‘ta ruhiy
kechinmalar ta’sirida o‘z ifodasini topadi. Ayrim hudud-
larda, ba’zan esa oilalarda marsiyalarni alohida ta’sir-
chan va mahorat bilan kuylaydigan ayollar aytadilar.
Ular motam marosimlarining markazida harakat qiluvchi
bosh shaxslarga aylanadilar. Xalq orasida ko‘pincha
marsiyani «aytib yig‘lash» deb ham atashadi. Odatda,
motam marosimi hayotdan ko‘z yumgan shaxs vafotiga
yillik ma’rakalar o‘tkazish bilan yakunlanadi.
Xullas, o‘zbek xalqi mavsumiy va oilaviy marosimlarni
ko‘plab o‘tkazgan. Xalq qadriyatlariga munosabat yomon-
lashgan zamonlar ta’sirida bu marosimlarning ko‘pchiligi
yo‘qolib ketdi. Mustaqillik sharofati bilan ularni qaytadan
tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.
Xalq marosimlari shakl va mazmunidan qat’i nazar
bugungi kunni o‘tmish bilan bog‘lab turuvchi ma’naviy
zanjir hisoblanadi. Marosimlarning mo‘jizali ta’siriga
ishonish ham xalq vakillarining halolligi, tabiatan pokizali-
gi bilan uzviy bog‘liqdir. Marosim folklori xalq qadriyatla -
158


rining go‘zal namunalari sifatida milliy dunyoqarash va
mafkurani shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 461,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin