59. Mustaqil ta’lim olish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, o‘z hatti-harakatini adekvat baholay olish qaysi tayanch kompetensiyaga mos keladi? *a) SHaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi
60. Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi qaysi kompetensiyaviy yondashuvga mos keladi? *a) Xususiy kompetensiyalar
61. Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi deb aytilgan ta’rif muallifi kim? *a) YUNeSKO
62. Innovatsiya iborasiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan? *a) Yangilik kiritish
63. O‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradigan, bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladigan va turli masalalarni echishni taklif etadigan usul nima deyiladi? *a) Muammoli vaziyat yaratish
64. Biologiya fani bo‘yicha o‘quvchilarda shakllantiriladigan xususiy kompetensiyalarni belgilang? *a) Biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi, biologik ob’ektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi, Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya
65. Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning echimini hal etishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga quyidagilarning qaysilari kiradi? *a) Kommunikativ kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi,ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar,matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi