2-mavzu: Yo„llarda piyodalar harakati (Yo„l harakati qoidalari). (1 soat) Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining
transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa
transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa
eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular
harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang kabi
tushunchalarni singdirish.
3-mavzu: Birinchi tibbiy yordam qanday ko„rsatiladi? (1 soat) Yoqimsiz holatlar kutilmaganda ro‗y berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda
ham ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning ko‗nikmalaringizga
bog‗liq bo‗lsa. Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‗lgan elementar reanimatsion xatti-
harakatlar . Agar jabrlanuvchining pulsi yo‗qligini sezsangiz, yurakni massaj qilish kerak.
4-mavzu: Ustoz mehri (1 oktyabr – O„qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga
ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
5-mavzu: Odobli bola-elga manzur. (1 soat) O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish tuyg‘ularini
singdirish, ularni zo‗ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har
qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va
«ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
Jabrlanuvchini oyna yaqiniga yotqizing va uni havoni to‗suvchi kiyim yoki aksessuarlardan