24-mavzu: Har doim bo`lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan
munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish orqali ularni ―Ayolga e‘tibor – kelajakka e‘tibor‖,
―Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi‖ degan g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Sport-sog„lik garovi. (1 soat) O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy
va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o‘quvchilar ongiga sog‘lom turmush tarzi asosida
yashash qoidalarini singdirish.
26-mavzu: Navro‟z – mehr-oqibatni ulug‟lovchi qadriyat (21 mart – Navro„z bayrami munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an‘analarimizga hurmat
tuyg‘ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik,
boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini
tarbiyalash.
27-mavzu: Amir Temur – komillik namunasi (Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan). (1 soat) O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir
Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur
bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo„lar chiroylik. (1 soat) O`quvchilarda mehnatga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol
mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo‘q bo‘lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish,
o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o‘rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat
qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash.