Xalq ta‟limi xodimlariga


nazorat qilishga mas‟ul shaxs hisoblanadi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/83
tarix18.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#99725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR

nazorat qilishga mas‟ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O‗zbekiston 
Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta‘lim sohasidagi 
qarorlari, Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me‘yoriy 
hujjatlar 
va 
Xalq 
ta‘limi 
vazirligining 
2007 
yil 
20 
yanvardagi
19-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan 
“Ta‟lim muassasalari sinf rahbari 
to„g„risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi. 
Mazkur dastur va metodik qo‗llanma yuqorida nomlari keltirilgan ta‘limga 
oid huquqiy va me‘yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‗rta ta‘limning 
uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan. 
Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning 
ilg‗or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, 
ma‘naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan 
iborat. 
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari: 
milliy, umuminsoniy va ma‘naviy qadriyatlar asosida o‗quvchilarni 
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 


@ustozlar_uchun 
 
Xalq ta‟limi xodimlariga 
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish; 
o‗quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta‘lim, fan va ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta‘minlashdan iborat. 
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy 
madaniyatni salbiy ta‘sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o‗quvchilarning 
ijtimoiy hayotlari misolida ko‗rishimiz mumkin. Ba‘zida ota-onalar tomonidan 
bolalarning beodobligi, o‗z fikrini og‗zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay 
olmasligi, mas‘uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, 
o‗ziga tegishli bo‗lgan mablag‗largni to‗g‗ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni 
eshitib qolamiz. Shuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy 
tajribaga asoslanilganligini alohida ta‘kidlab o‗tish joizdir.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin