Bugungi kunda umumta‟lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday
tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat
bo‗lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‗quvchining xulqi muhokamaga qo‗yiladi;
− O‗quvchilarning fanlarni o‗zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi
masalalar xususida so‗z boradi.
Tarbiyaviy soatlar aslida qanday bo„lishi kerak?
− Ta‘lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy
soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta‘sirchan vositalar yordamida amalga
oshiriladi;
− Sinf rahbari ushbu tarbiyaviy soatni o‗tkazishga doir aniq ish rejasiga ega
bo‗lishlari lozim;
−Yuqori tashkilotlardan tavsiya asosida berilgan ―Tarbiyaviy soatlar‖
mavzularining namunaviy rejasini asos qilib olish;
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma‘naviy jihatdan
tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma‘naviyat yo‗q
ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‗la olmaydi. Shuning uchun ham sinf rahbarlari
va butun o‗qituvchilar jamoasi oldida o‗quvchilarga milliy va umuminsoniy
@ustozlar_uchun
Xalq ta‟limi xodimlariga
qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‗rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi
globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‗oyalar o‗rtasidagi kurash
keskinlashgan, ―ommaviy madaniyat‖ xurujlari butun dunyoga tarqalib
borayotgan, internet tarmog‗i orqali uzatilayotgan buzg‗unchi axborotlar inson
qalbi va ongini o‗ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz
bo‗lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash
davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun
tarbiyaning asosi bo‗lgan barcha g‗oyalar qaytadan ko‗rib chiqilishi, asosiy e‘tibor
bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‗plangan ijobiy tajribadan unumli
foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda
murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi,
maktab, mahalla, do‗stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy
axborot vositalari, san‘at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‗z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu
mezonlarni hisobga olishlari shart.
Tarbiyaviy soatlar o‗quvchilarda shakllangan qobiliyatlarni amaliyotga
tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‗g‗ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar
o‗quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy
hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‗quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash,
notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‗g‗ri va samarali foydalanish, shu
bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya
qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir.
Shuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‗quvchilarda to‗g‗ri kasb tanlash,
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‗sh vaqtini to‗g‗ri taqsimlash, o‗z
iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‗garaklarni to‗g‗ri tanlash, tayyor ish joylarida
ishlash emas, balki o‗zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida
shakllantirilgan bo‗lib, quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi. Vatanparvarlik
axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigiyenik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek,
o‗quvchilarni to‗g‗ri kasb tanlashga yo‗naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur
yo‗nalishlari O‗zbekiston Respublikasida ta‘limning uzluksizligi, uzviyligi,
o‗quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh
xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
|