Xalq ta‟limi xodimlariga



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/83
tarix18.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#99725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
2019 2020 TARBIYAVIY SOATLAR

@ustozlar_uchun 
 
Xalq ta‟limi xodimlariga 
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda 
birorta xorijiy tilda o‗zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala 
madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada 
samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur 
ma‘lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan 
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta‘minlashni, media madaniyatga 
ega bo‗lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
O„zini-o„zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‗z-o‗zini 
jismoniy, ma‘naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, 
hayoti davomida mustaqil o‗qib-o‗rganish, kognitivlik ko‗nikmalarini va hayotiy 
tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‗z xatti-harakatini muqobil 
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‗nikmalarini egallashni nazarda 
tutadi 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‗layotgan voqea, 
hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‗zining 
fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik 
munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‗lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga 
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‗lish, badiiy 
va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‗lom 
turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
bo„lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan 
holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda 
turli diagramma, chizma va modellarni o‗qiy olish, inson mehnatini 
yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib 
keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Shuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning 
mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 
Umumta‘lim maktablarining 1-11-sinf o‗quvchilari uchun tuzilgan 
―Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi‖ mazmunan tarbiyaviy-
axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan 



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin