Fanning maqsadi va vazifalari Fanni oʻqitishdan maqsad: tinglovchilarda xalq pedagogikasi va hozirgi zamon pedagogikasining nazariyasi va uning metodologiyasi tarbiya muassasalarida ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil kdlish, integrasiyalashgan pedagogika - oʻquv fanlaridan biri boʻlib, fanlararo bilimlarni (interaktiv bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun oʻrganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar fanlararo integrasiya obyekti asosida tuzilgan. Integrasiyalashgan pedagogik kurslarning sinflarga boʻlinishini turli asoslarda talqin qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida; maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida; qoʻshiluvchi fan tarmoqlari asosida; integrasiya usullari va yoʻllar asosida; oʻquv rejasidagi oʻrni asosida; kursni oʻrganishga sarflangan vaqt asosida; oʻquvchilar uchun qiyinlik darajasi, pedagogik innovasiyaning predmeti, ilmiy bilim sohasidagi yangi rivojlanishi, maktab faoliyatini tashkil etish va mazmunini boyitish uchun zarur boʻlgan koʻnikmlalar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanning vazifalari:- milliy istiqlol gʻoyalari, uning asosiy tushuncha va tamoyillari, zamonaviy sharoitlarda uning oʻrni va ahamiyati; pedagogika fanlari rivojining asosiy qonuniyatlari haqida; kasbiy faoliyatda tayanch ahamiyat kasb etuvchi fan tarmogʻi, psixologiya haqida; bilish va foydalana olish: ta’lim va tarbiya qonuniyatlari, tamoyillari; ta’lim va tarbiya nazariyasi didaktikasi; ta’lim texnologiyasi; tarbiya nazariyasi mazmuni, tamoyillari, tarbiya shakllari, tarbiya texnologiyasi; umummilliy tushuncha, qonunlar asosida ta’lim va tarbiyani integrasiyalash metodi orqali sinflarga ajratish; ta’lim tuzilishni, oʻqitish va tarbiyani integrasiyalash; zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻquv faoliyatini faollashtirish metodlari; yosh davrlari pedagogikasi texnologiyasi asosiy tushunchalari, ta’lim va tarbiyaning psixo-pedagogik tamoyillarini oʻrgatishdan iborat.
Fan boʻyicha tinglovchilarning bilimiga, koʻnikma va malakasiga qoʻyiladigantalablar "Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi, integrasiyasi va innovasiyasi" fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida tinglovchi: Boshlangich ta’lim pedagogikasi:
pedagogika fanlarining asosiy rivojlanish qonuniyatlari; milliy istiqlol gʻoyasi, asosiy tushuncha tamoyillar, milliy gʻoya va istiqlol mafkurasining tushunchalari zamonaviy davlatlar tarixi, mafkurasi, uning oʻrni va roliga ta’siri; kasbiy faoliyatda bazaviy ahamiyatiga ega boʻlgan fan tarmoqlarini bilishi kerak;
kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarini oʻqitish va tarbiyalashda an’anaviy va yangi kiritilgan ta’lim metodlaridan foydalanish; zamonaviy maktab boshlangʻich sinflarida didaktika va oʻqitish metodikasining alohida xususiyatlarini koʻrsatib berish va joriy etish; bolalar qiziqish, ehtiyojlarini shakllantirish, motivlarni rivojlantirish faoliyatlarini ularni shaxs sifatida shakllantirish;
har bir oʻquvchini sinf-dars tizimi sharoitlarida individual ishlarini boshqarish vositalarini, zamonaviy oʻqitish yangi texnologiyalari vositasini amaliyotga tatbiq etish koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.
ta’lim - tarbiya qonuniyatlari va tamoyillarini; didaktika ta’lim-tarbiya nazariyasi sifatida;
ta’lim texnologiyasi; ta’lim nazariyasi mazmuni, tamoyillari, tarbiya shakli, tarbiya texnologiyasi; ta’lim-tarbiya integrasiyasi metodlari, ularni turkumlashtirish, umumiy tushuncha, qonunlar asosida klassifikasiyalash;
ta’limni oʻqitishni va tarbiyani integrasiyalashtirish;
-xalq ta’limini boshqarish tizimi; xalq ta’limi organlari va pedagogikani tashkil etuvchi ilmiy tamoyillarning zamonaviy jamlanishi (pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti), boshlangʻich ta’lim muammolarini hal etuvchi ilmiy-tekshirish laboratoriyalari; respublika, shahar, tumanda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish organlari;
pedagogika fani rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va uning
amaliyotdagi oʻzaro aloqadorligi; pedagogik jarayonda milliy qadriyatlardan foydalanish;
Markaziy Osiyo va chet el allomalari pedagogik qarashlaridan oʻquv-
tarbiyaviy jarayonda foydalanish, tahlil qilish malakalariga ega boʻlishi kerak.