«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi


Auditning turlari va shakllari



Yüklə 166,56 Kb.
səhifə3/55
tarix18.12.2022
ölçüsü166,56 Kb.
#76152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi (1)

Auditning turlari va shakllari


Auditorlik tekshiruvi xarajatlarini hamda audit o’tkazish davrini kamaytirish maqsadida auditni quyidagi turlarga bo’linadi:

    1. Tasdiqlovchi audit;

    2. Tizimli-orientirlangan audit;

    3. Tavakkalchilikka asoslangan audit.

Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo’jalik muomalasini tekshirgan va tasdiqlagan hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzgan. Hozirda esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi.
Tizimli-orientirlangan audit mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki nazorat tizimi oqilona tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo’lsa, tashqi auditorlar o’z ishlarini tanlab tekshirish hamda alohida ob’ektlarni nazoratdan o’tkazish bilan cheklanadi. Bu esa, albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga qilinadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o’tkazishda mijozning xo’jalik faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda korxonada yuz beradigan o’g’irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim.
Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo’lgan joyda tekshirish vaqtini ko’proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo’lgan joyda tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan kelib chiqadi.
Auditorlik tekshirivi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo’linadi:

  1. Ichki audit;

  2. Tashqi audit.

Ichki audit – bu xo’jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o’zi yoki uning bir bo’limi – korxona ichidagi nazorat bo’limi javob beradi. Ichki auditning maqsadi

  • korxona xizmatchilariga o’zlarining majburiyatlarini a’lo darajada bajarishga yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan ob’ektlar haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya maslahat va ma’lumotlarni beradi.

Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:

    • korxonaning ishiga moliyaviy nazorat;

    • iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini tekshirish;

    • boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo’yicha tahlil ishlari;

    • korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash.

    • korxona ishini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Korxonada ichki auditorning bo’lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish o’tkazish usullari tashqi auditnikiga o’xshash bo’lib, tekshirish hajmi va ob’ekti jihatdan farq qiladi.
Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va foydalanilishi, hisob-kitobning to’g’riligi va boshqa ob’ektlarni tekshirishga qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to’liq tekshirish o’tkaziladi.
Ichki audit faoliyatining eng keng tarqalgan turi operatsion auditdir. Operatsion audit – bu auditorning korxonada resurslardan samarali foydalanish, samarali yutuqlarga erish maqsadida korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishdir. Uning maqsadi – xodimlarning o’z vazifalarini bajarish va korxona rentabelligini oshirishga yordam berishdir.
Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to’plashda korxona rahbari tazyiqidan xoli bo’lishi lozim.
Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin:

    • yillik hisobotni tasdiqlash uchun aktsionerlarning umumiy yig’ilishida har yili saylanadigan, doimiy faoliyat ko’rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni

tuzish zaruriyati korxona Nizomida ko’rsatiladi. Ko’p hollarda taftish komissiyasi tuzilmay qoladi.

    • Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil etilgan maxsus ichki nazorat bo’limi shaklida;

    • Auditorlik firmasi bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o’tkazish shaklida.

Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo’lsa, tashqi auditor uning yordamidan foydalanishi mumkin. Tashqi auditor ishining samaradorligi ichki auditor bilan hamkorlik qilsa, ancha ortadi.
Har yillik auditorlik tekshiruvi davomida ichki auditor tashqi auditor nazorati ostida alohida ishlarni bajarishi mumkin.

Yüklə 166,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin