-mazkur standartni ishlab chiqishning maqsadi va zarurligi;
-standartlashtiriladigan ob’ekt;
-standartning qo’lanilish (amal qilish) sohasi;
-boshqa standartlar bilan o’zaro aloqasi.
Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auduting –ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet – AAXK (International Auditing Practice Committe) tomonidan ishlab chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham, milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan.
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik (kompetentlilik).
Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, «Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum bo’lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz. Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi:

a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar;
b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari;
v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar.
IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining komitetlari orqali tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti bo’yicha komitet, o’qitish bo’yicha komitet, etika (axloq) bo’yicha komitet, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha komitet, rejalashtirish bo’yicha komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi.
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi.