Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega.
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega.
Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi, muammo tahlili va boshqalar.
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi:
1.Auditning umumiy standartlari;
2.Auditning ishchi standartlari;
3.Hisobot standartlari;
4.Maxsus standartlar.
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditning asosiy tamoyillari
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir.
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditni rejalashtirish
Auditorlik isbotlash
Auditni hujjatlashtirish
Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash
Audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariga auditorning yozma axboroti.
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi:
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti
Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi
Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish.
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi:
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar
Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar.
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin.
Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.