««xalqaro audit»


 Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining rivojlanish yo’nalishlari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
««xalqaro audit»1

3.4. Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining rivojlanish yo’nalishlari 
 
2001 yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan “Auditorlik 
faoliyati to’g’risida”gi Qonun imzolandi va Rossiyadagi “qonunsiz” auditorlik 
faoliyatining 14 yillik rivojlanishi tugadi. 


27 
Ushbu davrni tahlil qilar ekanmiz, shuni aytish kerakki, normativ boshqarish 
tizimi asosida amal qilib kelayotgan auditorlik faoliyati auditorlik kasbining 
Rossiyada va xalqaro miqyosda boshlang’ich rivojlanishini etarli darajada ta’minladi. 
Birinchi “audit” tushunchasi sobiq Ittifoq Ministrlar Kengashining 13.01.1987 
yildagi № 47 Farmonida keltirib o’tilgan bo’lib, unda “qo’shma korxonalarda soliq 
solish to’g’riligini aniqlashda, ularning moliya-xo’jalik va tijorat faoliyatlarini 
tekshirish” lozimligi ko’rib chiqilgan. 
Besh yil mobaynida bir nechta farmonlar asosida tartibga solinishi oqibatida 
auditorlik faoliyati rivojlandi. 1992 yilda Rossiya Federatsiyasining Yuqori Kengashi 
tomonidan ikki o’qishda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun loyihasi qabul 
qilindi. Lekin shu payt yuzaga kelgan siyosiy inqiroz oqibatida Qonun Prezident 
tomonidan tasdiqlanmay qolib ketdi. 
1993 yilda Prezident qarori asosida “Rossiya Federatsiyasidagi auditorlik 
faoliyatining vaqtinchalik qoidalari” amal qila boshladi va uning amal qilishi sakkiz 
yilga cho’zilib ketdi. 
1995 yildan boshlab auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun ustida ishlash 
yangidan boshlandi va juda sekin - 5 yil davom etdi. Bu vaqt mobaynida audit 
mustahkamlanib, yirik auditorlik firmalari vujudga keldi, davlat moliya organlarining 
ularni tartibga solish talabi yuzaga kela boshladi, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish 
qoidalari ishlab chiqila boshlandi. 
1999 yil o’rtalarida davlat moliya tizimi asosida tayyorlangan qonun loyihasi 
hech qanaqa muhokamasiz va hech kimning tashabbusisiz yana 2 ta mavhum 
loyihalar bilan birgalikda Davlat Dumasida edi. 
Qonun ustida ishlash faqat, u kelgusida davlatning iqtisodiy dasturlari 
rivojlanishida muhim deb sanalalgan hujjatlar tarkibiga kiritilgandan keyingina 
jadallashdi. 2000 yil aprelda qonun loyihasi birinchi o’qishda qabul qilindi. 
Rossiya auditorlar kasbdoshlari (mutaxassislar) va auditorlar hamda 
konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan ko’tarilgan qonun 
muhokamasi butun Rossiya Federatsiyasi bo’yicha davom etdi. Ular auditorlik 
tashkilotlari va turli auditorlik qatlamlarining fikr-mulohazalarini yig’ib borishdi. 


28 
Ular tomonidan yig’ib borilayotgan fikrlar, taklif-mulohazalar va ma’lumotlar 
internet saytlarida bevosita yoritilib borilardi: 
http://www.rka.org.ru/
va 
http://www.nfca.ru/
. Ushbu saytlarda, shuningdek, yuqoridagi 2 ta birlashmaning 
(RAK) va (AKMF), muhokamasida bo’layotgan qonun loyihasiga o’zgartishlar va 
tuzatishlar kiritish ustidagi ishlari kuzatilib borilardi. 
Qonun loyihasiga kiritilayotgan tuzatishlarni umumlashtirish maqsadida, 
Davlat Dumasi qoshida 200 kishidan iborat Ekspertlar Kengashi tashkil etildi. Lekin 
ular biror marta ham to’liqligicha yig’ilishmadi. Amaldagi auditorlar va auditorlik 
birlashmalari vakillari esa, ushbu organ faoliyatiga jalb qilinmas edi. Oqibatda, qonun 
loyihasi yuzasidan vujudga kelgan taklif va mulohazalar hisobga olinmay qolib ketdi. 
Rossiya 
auditorlar 
kasbdoshlari(mutaxassislar) 
va 
auditorlar 
hamda 
konsultantlar milliy Federatsiya birlashmalari tomonidan “Auditorlik faoliyati 
to’g’risida”gi Qonunni qayta ishlab chiqish yuzasidan takliflar tushdi. Ushbu 
Qonunda ko’plab kamchiliklar mavjud edi. Ushbu Qonun Rossiya Federatsisining 
Fuqarolik kodeksiga, Federal qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga zid edi. Shu 
bilan birga, Qonunda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan berilgan № PR-
1160,07.06.2000 yildagi xulosasidagi ayrim ogohlantirishlar ham inobatga 
olinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, Qonun loyihasi butun jahon qabul qilgan 
mustaqillik va konfidentsiallik tamoyillariga zid kelishini ham aytib o’tish lozim.
2001 yilning 13 iyulda bahorgi sessiyalaridan birida, Davlat Dumasi “Auditorlik 
faoliyati to’g’risida” gi Federal Qonunni qabul qildi. 20 iyulda Qonun muhokamasi 
Federatsiya Kengashidan o’tdi va 7 avgustda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 
tomonidan imzolandi. 2001 yil 9 avgustda esa “Rossiya gazetasi” da Qonun rasman 
bosib chiqarildi. 
Qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi. Bosilib chiqqandan so’ng, endi uning pozitiv tomonlari ko’rina boshlandi. 
Shunga qaramasdan, Qonunga ayrim tuzatishlar va aniqliklar kiritish talab 
etiladi, bu esa Rossiyadagi mustaqil auditorlik institutlarining rivojlanishiga o’z 
ta’sirini ko’rsatishi aniq. 
Qonunning kamchiliklariga to’xtab o’tadigan bo’lsak: 


29 
1) 
Qonunning qabul 
qilinishi 
cho’zilib ketishi auditorlik faoliyati 
tamoyillarining ma’naviy eskirishiga olib keldi. Bu vaqt mobaynida ko’pgina rejalar 
o’zgardi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish dasturi 
qabul qilindi, Rossiya Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishliligini e’lon kildi. 
Shuning uchun, Qonunga kerakli kontseptual tuzatishlar kiritish zarur bo’lib qoldi; 
2) Qonunda ikkita - “audit” va “auditorlik faoliyati” atamalari aralashtirib 
yuborilgan va uslubiy jihatdan noto’g’ri yondashilgan. Bular o’z boshqaruv 
mexanizmlariga ega va butunlay turli iqtisodiy tushunchalardir. 
Audit – bu moliyaviy hisobotning to’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan 
mustaqil tekshiruvdir. 
Auditorlik faoliyati esa – bu audit tekshiruvini o’tkazishning tadbirkorlik 
faoliyatlaridan biri. 
3) Qonunda Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik standartlari, 
qoidalarini qo’llash talab etilgan. Audit ishini rejalashtirish va hujjatlashtirishda, 
auditorlik hisobotini tayyorlashda va auditorlik xulosasini taqdim etishda ham 
Federal organ tomonidan tasdiqlangan audit standartlarini qo’llash talab etilgan. Bu 
Qonunda audit faoliyatini olib borishda auditorlik ish usullarini mustaqil tanlash 
tamoyili mavjud emas. Shuningdek, Federal organ tomonidan tasdiqlangan
qoidalarni qo’llash oqibatida, auditor yoki mijozga etkazilgan zarar Federal organ 
javobgarligiga o’tkazilishi keltirilmagan; 
4) Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik faoliyati standartlari, 
qoidalari Xalkaro Buxgalterlar Federatsiyasi tomonidan qabul qilingan va ko’pgina 
jahon mamlakatlarida qo’llash tavsiya qilingan Xalqaro Auditorlik Standartlari bilan 
bir qancha tafovutlar mavjud. 
Federal organ tasdiqlagan standartlarni qo’llash majburligi, Rossiya 
auditorlarining chet el korxonalari, qo’shma korxonalarni audit tekshiruvini 
o’tkazishni cheklab qo’yadi. Oqibatda, chet el korxonalari va qo’shma korxonalar 
chet el auditorlik kompaniyalariga murojaat qilishga majbur bo’lib qolishadi. Sababi, 
ular xalqaro normalar doirasida ish olib borishadi. 


30 
5) Federal organ tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik standartlarini qo’llash 
majburligiga ega Qonun normalari “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash haqida”gi 
Rossiya Federatsiyasining qonuni moddalariga zid keladi. Chunki unda qo’shimcha 
litsenziya olish talablari keltirilgan bo’lib, “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash 
hakida”gi Rossiya Federatsiyasining qonunining moddalarini inkor etadi. 
6) Qonunda Rossiya auditorlik standartlari bilan Xalqaro Auditorlik 
Standartlari o’rtasida o’zaro tafovut muammosi hali ham javobsiz qolmoqda. Chunki 
Rossiya iqtisodiyoti chet el investitsiyasi oqimi bilan chambarchas bog’liq. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin