2
«XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA METODI
1.1. «Xalqaro audit » fanining predmeti, metodi va ob’ektlari
Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari
va uning keyingi
bosqichlarida ustivor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni,
jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini
tashkil qilishdan kelib
chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy
kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi
audit fani va auditorlik
kasbidir. Ushbu sohada g’arb mamlakatlarida katta tajriba to’plangan.
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni
anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi
shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha
yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga
nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi
o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni
qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana
shu holatdan ko’rinib
turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini
tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi.
Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va
tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh,
Yaponiya, Germaniya, Frantsiya,
Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik
kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan
biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa
xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-xo’jalik faoliyatida
muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan
ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining
eng muhim unsurlaridan biri
bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida
mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
3
Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy
hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar – auditorlar
(auditorlik firmalari) bajaradi.
Fanning predmeti xalqaro auditorlik standartlarini ishlab chiqish va auditorlik
faoliyatini unifikatsiyalash masalalari hisoblanadi.
Fanning metodi analiz, sintez,
induktsiya, deduktsiya va boshqa usullar hisoblanadi.
Auditning respublikamizda vujudga kelishi hamda keng tarqalishiga sabab,
avvalo turli xil mulkchillikka asoslangan hamda tashkiliy-huquqiy shakllari turlicha
bo’lgan korxonalarning paydo bo’lishidir. Ko’p ukladli iqtisodiyot sharoitida har bir
mulkdor, har bir investor o’z mablag’larining qay holatda
ekanligini va ulardan
qanchalik daromad topayotganligini aniqlash maqsadida auditorning xizmatiga
ehtiyoj sezadi. Shu boisdan auditorlik faoliyati bozor iqtisodiyotining eng muhim
qismlaridan biridir.