11
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining majburiy yoki majburiy emasligiga ko’ra
2 ga bo’linadi:
1.
Majburiy audit;
2.
Tashabbuskorlik auditi.
Xalqaro amaliyotda auditning uchta turi alohida ajratib ko’rsatiladi:
1.
Operatsion audit;
2.
Mos keluvchanlik auditi;
3.
Moliyaviy hisobotlar auditi.
Operatsion auditda barcha xo’jalik muomalalari va jarayonlari, ularning ish
samaradorligiga va unumdorligiga bo’lgan ta’siri o’rganiladi. Operatsion auditda
unumdorlik va samaradorlik ko’rsatkichlari, qimmatli qog’ozlar
hamda moliyaviy
tizimga rioya qilishning buxgalteriya tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan ham
ko’rib chiqiladi.
Mos keluvchanlik auditi – bu xildagi tekshirishda audlitning mamlakat
miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me’yoriy hujjatlarga
mos kelishi yoki
kelmaslik sabablari o’rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik tekshirishdan
o’tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo’riqnomalarga mos bo’lishini
tekshiruvdan o’tkazish.
Moliyaviy hisobotlar auditi – bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya
xodimlari tomonidan o’tkazilib, asosan korxonaning to’lov qobiliyati moliyaviy
natijalar, sotish jarayonlarining hisobotlarda qanchalik
darajada aks ettirilganligi
tekshiriladi.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining davriyligiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1.
Dastlabki audit;
2.
Davriy audit.
Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani
birinchi marta tekshirishni anglatadi.
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki
auditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning malakali
12
auditor bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo’lgan qiziqishidan kelib chiqadi.
Davriy audit dastlabki auditga nisbatan ancha ustundir.
Dostları ilə paylaş: