15
Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish
va o’tkazishda hamda uchraydigan muammmolarni hal etishda qo’llaniladi.
Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (AICPA –
American Institute of certified Public Accountants)ning maxsus bo’limi
tomonidan
ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi.
Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar ustidan nazorat qiluvchi
boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir.
2.2. Xalqaro audit tizimi va uning modellari
XX asrning ikkinchi yarmi hamda XXI asr dastlabki yillari jahon mamlakatlari
o’rtasida o’zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining kuchayishi bilan
izohlanadi. Xalqaro maydonda iqtisodiy munosabatlarning tobora chuqurlashib
borishi jahonning turli mintaqalarida erkin iqtisodiy zonalarning vujudga kelishiga va
transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kuchayishiga turtki berdi.
Biznes va aloqalarning jahon mamlakatlari bo’ylab baynalmilallashuvi
buxgalteriya hisobi va audit tizimining ham xalqaro ko’rinishga ega bo’lishiga olib
keldi. Shunday bir sharoitda transmilliy korporatsiyalar va ularning jahonning boshqa
mamlakatlaridagi bo’linmalari o’rtasida hisob va audit tizimini
yuritishda yangicha
tartib ishlab chiqilishini taqozo qildi. Turli mamlakatlarda auditorlik faoliyatiga
turlicha yondoshilishiga qaramasdan, jahon xo’jaligi
va moliya bozorlarining
baynalmilallashuvi kuchayib borayotganligini aks ettiruvchi unifikatsiyalangan
qoidalarni ishlab chiqish zarur.
16
Ma’lumki, xalqaro audit standartlari jahon mamlakatlarida turlicha qo’llaniladi.
Bunga asosiy sabab, ushbu mamlakatlarda buxgalteriya hisobining turlicha modellari
amal qilishidadir. Olimlarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda dunyoda buxgalteriya
hisobi va audit tizimining quyidagi modellari mavjud:
Jahon mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va audit tizimining turlicha yuritilishi
hisob va audit sohasida standartlarni muvofiqlashtirish va tatbiq etishni taqozo etdi.
Xususan, bu tadbir bilan IAPS shug’ullanadi. IFAC huzuridagi
Xalqaro auditorlik
amaliyoti qo’mitasi (IAPS) auditorlik faoliyati kam taraqqiy etgan davlatlarda ushbu
kasbning mavqeini ko’tarish maqsadida xalqaro auditorlik standartlarini qo’llashni
muvofiqlashtirib turadi.
Bugungi kunga kelib xalqaro audit standartlarini jahon mamlakatlari bo’yicha
qo’llanilish darajasiga ko’ra quyidagi ko’rinishi mavjud:
Dostları ilə paylaş: